Toshkent davlat stomatologiya instituti m. N. Israilova lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari



Yüklə 429,72 Kb.
səhifə2/107
tarix11.04.2022
ölçüsü429,72 Kb.
#85272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Lotin tili va tibbiy.farmat. Israilova M.N.

UO‘K:615 (083)

KBK 5ya2

Taqrizchilar:

X.P.Kamilov – Toshkent davlat stomatologiya instituti gospital terapevtikstomatologiya kafedrasi professori;

F.I.Olimxodjaev – Toshkent davlat stomatologiya instituti odam anatomiyasi va

OJTA kafedrasi dotsenti;



N.A.Suyundiqov – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta

o‘qituvchisi.


ISBN 978–9943–998–97‒1
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016.




KIRISH
Lotin tili (Lingua Latina) tillar hindiyevropa oilasining italyan guruhiga taalluqlidir. U juda qadimda paydo bo‘lgan.

Avval bu tilda lotinlar – Italiya markazidagi Latsiya orolida yashovchilar (qabila-urug‘), shuningdek, qadimgi Rimda yashovchilar va miloddan avvalgi I asrda Appenin yarim orolida Rimning italiya qabilalari hukumronligi ostidagi urug‘lari so‘zlashgan. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalaridan boshlab lotin tili rim regionlari bilan qadimgi madaniyat o‘choqlari bo‘lmish – Yunoniston, Karfagen, Misr, Suriya va boshqalarga hamda Yevropaning o‘sha davrda madaniyati kam taraqqiy etgan qabilalariga kirib boradi. Asta-sekin Lotin tili territoriyasi hozirgi Ruminiya va Portugaliya yerlarini ham egallangan ulkan Rim imperiyasining hukmron tiliga aylandi. Lekin, agar Yevropaning g‘arbiy qismida lotin tili hech qanday qabila tili qarchiligiga uchramay yetarli darajada tez tarqalgan bo‘lsa, O‘rta Yer dengizi havzasida – Yunoniston, Kichik Osiyo, Misrda uzoqroq davr davomida yozma shakllangan, lotin tiliga nisbatan yuqori madaniyat darajasini o‘zida aks ettirgan tillar qarshiligiga uchraydi. Bu regionlarda yunon va ellin yozuvi katta rol o‘ynagan. Yunonlar bilan bo‘lgan aloqaning bosglanishidayoq rimliklar Yunonistonning yuqori darajada rivojlangan madaniyatning ulkan ta’sirini sezganlar.

Yevropa tibbiyoti ”otasi” Buqrot (taxm. miloddan avvalgi 460 – 370-yillarda) yashagan, ijod qilgan. Uning asarlarida ilmiy tibbiy atamashunoslik boshlanishi aniqlangan.

Buqrot o‘z asarlarida qo‘llangan atamalarning katta qismi xalqaro tibbiy lug‘atga kiritilgan. Buqrotdan so‘ng qadimgi yunon tilidagi tibbiy atamashunoslikning shakillanishida Aleksandriya tibbiyot maktabidan (miloddan avvalgi IV asr) gerofil III (taxm.miloddan avvalgi 330-yilda tug‘ilgan), Erozistar (taxm.miloddan avvalgi 330-240-yillar), keyinroq Ruf Efesskiy (taxm.miloddan avvalgi I asr) va o‘qimishli olim, faylasuf, vrach, anatom, farmatsevt Klavdiy Galen (taxm.miloddan avvalgi 129-yillar) eng ko‘p hissa qo‘shganlar. Ular Buqrot bilan birga bo‘lg‘usi ilmiy tibbiy atamashunoslikka asos solganlar va uning birinchi qavatini ko‘targanlar.Antik tibbiyotni, asosan yunonlar shakllantirganlar. Rim bino bo‘lgandan buyon uning madaniy hayotida Yunonistonning tabiiy, ilmiy va tibbiy fanlari rol oynaydi. Juda ko‘plab yunoncha va lotinlashgan so‘zlar davrlar mobaynida lotin tiliga kirdi.

Roman tillariga asos vazifasini o‘gzaki lotin tili bajaradi. Shu bilan birga adabiy lotin tili kitobiy, ”ilm” tili sifatida sun’iy ravishda o‘sishni Garbiy Yevropada yana 100 yillar mobaynida o‘rta asrlar davrida – o‘rta asr lotini, yuksalish (XIV-XVI asrlar) davrida gumanitar lotin nomi bilan davom ettirdi. Lotin tilida o‘qitildi, ilmiy asarlar yaratildi.qadimgi yunon va arab hakimlari asarlari lotin tiliga o‘girildi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna (980-1037)) ning ”Tib qonunlari” asari XII asrdayoq lotin tiliga o‘girilib, qariyb XVI asr oxirigacha Yevropada tibbiyotni o‘qitish uchun asosiy manba sifatida foydalanib kelindi.

Yuksalish davrining insonparvar olimlari lotin tilini soxtalashtirish, dag‘allashtirishga qarshilik ko‘rsatib, arab so‘zlari aralashib borayotgan toza, klassik lotin tilini saqlab qolishi uchun keskin kurashib kelganlar. Hozirda aytilishi va yozilishi lotin transkripsiyasida bo‘lgan yunoncha so‘zlar Erazm Rotterdamskiy (1469-1536) tomonidan ishlab chiqilgan. Yuksalish davrida lotin tili o‘z mavqeini egallab og‘zaki va yozma axborotlarda fanning hamma sohalarida olimlarning munozara va tortishuvlarida qollana boshladi.

Xuddi shu davrda xalqaro tibbiy atamashunoslik lotin tili asosiga ko‘chadi. Yirik italiyan anatomi, odam anatomiyasi bunyodkori Andrey (Andreas) Vezaliy (1514-1564) anatomiya fani bo‘yicha dars bergan va lotin tilida o‘zining ”De humani corporis fabrica” – ”Inson tanasining tuzilishi” nomli klassik asarini yozgan. Vezaliy lotincha anatomik atamashunoslikning takomillashishida ”to‘g‘ri” sof lotin tilining qayta tiklanishida sara asarlariga asoslanib ko‘p xayrli, ibratli ishlarni amalga oshirgan. Atoqli ingliz hakimi, qon aylanish tizimini kashf etgan Uilyam Garvey (1578-1657) o‘zining ”Exercitatio anatomica de motu cordis et sanguinis in animalibus” – ”Hayvonlarda yurak va qon harakati borasida anatomik tadqiqot” asarini lotin tilida yozgan. Lotin tilida Yevropa mamlakatlarining atoqli mutafakkirlari, faylasuflari, olimlari, hakimlari: F.Bekon, T.Moor, M.Malpigi, T.Gobbs, I.Nyuton, R.Dekart, G.V.Leybnis, N.Kopernik, K.Linney va ko‘plab boshqalar o‘z asarlarini yozib qoldirganlar.

M.V.Lomonosovning ko‘pgina asarlari ham lotin tilida yozilgan. Rus tarjimonlari rus tibbiy atamashunosligi yaratilishida faol mehnat qilganlar, Rossiyada birinchi anatom professor, akademik F.P. Protasov rus tilidagi anatomic atamashunoslikka asos soldi. Rivojlanib bora­yotgan rus tibbiy atamashunosligida ilmiy atamalarni qo‘llash va tartibga solishga XVIII asr rus hakimi va ma’rifatchisi N.M.Maksi­movich-Alebadik xizmat ko‘rsatgan.

XVIII asrda lotin tili Yevropa ilm-fanida ommaviy tan olingan til sifatida milliy tillar bilan birgalikda fan tarkibigakirib ketdi. Hatto XIX asr o‘rtalarida ham tibbiyot borasidagi ko‘plab asarlar lotin tilida yozilar edi. Masalan: Rus xirurgi N.I.Pirogov (1810-1881) ning operativ xirurgiya va topografik anatomiyaga oid (”Muzlatilgan murda ustida uch yo‘nalishda o‘tkaziladigan aralash topografik anatomiya”, 1889) asari va boshqalar. Atoqli rus farmakologi I.Y.Dyadkovskiy o‘zining mashhur ”Odam tanasiga dori-darmon ta’sir etishi usullari” nomli dissertatsi­yasini lotin tilida yozib, himoya qilgan. 1865-yilgacha rus fuqaro va harbiy farmakopeyalari lotin tilida bosib chiqarildi. Kasallik tarixi ham lotin tilida yozilar edi.

Zamonaviy sharoitda axborotlashgan jamiyatga o‘tilishi intellek­tual shaxsni rivojlantirishni shart qilib qo‘ymoqda. Axborotlashgan jamiyatda intellekt va yuksak bilimga ega bo‘lish milliy boylik sanalsa, hayotiy faoliyat jarayonida esa, jamiyat a’zolaridan yuqori intellektual salohiyatga va ijodiy faollikka ega bo‘lishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ”Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqa­ror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so‘zlagan nutqida hozirgi kunda dunyodagi deyarli mutlaq ko‘pchilik davlatlar 2008 yilda boshlangan, global miqiyosdagi yangi resessiya to‘lqinlarini keltirib chiqarish xavfini tug‘dirayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri ostida qolib kelayotgan bir paytda yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tadilar: ”Bugungi kunda umumiy e’tirofga ko‘ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikatsiyasi texnolo­giyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo‘q, albatta.

Bunday sharoitda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investisiya va qo‘yilmalarining o‘sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilash borasida belgilangan maqsadlarga erishish­da eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o‘zining asosiy ustuvor yonalishlari qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini namoyon eta olish mumkin”.

Prezident Islom Karimov fikrlaridan anglanadiki, bugun jamiyat rivojlanishinig barcha sohalarida yuksak bilim va intellektga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash davlatimiz taraqqiyotining qadriyatga yo‘naltirilgan ta’lim siyosatini o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy soha rivojida esa tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning ham alohida o‘rni mavjud. Ana shu sababli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi bi­tiruvchilariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan biri ularni tibbiyot fani uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan lotin tilini o‘rganishlari, antik, o‘rta asr va jahon madaniyati durdonalaridan bahramand bo‘lishi orqali madaniy-intellektual rivojlantirishdir.







Yüklə 429,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə