Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


Vaqt relesining ishlash prinsipi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə7/7
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134768
1   2   3   4   5   6   7
1.Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari

Vaqt relesining ishlash prinsipi.

4.13-rasm. РВ tipidagi vaqt relesi tuzilishi.
1-chulg‘am; 2-yakor; 3-qaytish prujinasi; 4-richag; 5-tishli segment;
6-boshqaruvchi prujina; 7-sabr vaqti hosil qiluvchi soat mexanizmi; 8-rele kontakti; 9-lahza kontakti;

K uchlanish ostida chulg‘amdan tok o‘tganda yakor tishli segment bilan richagni bo‘shatib o‘zakka bir lahzada tortiladi. Boshqaruvchi prujinaning ta’sirida richag soat mexanizmi yordamida sekinlashib harakatga keladi. Richag tezlik bilan burchakka bogliq vaqt t=f( )da harakatga keladi va kontaktlarni qo‘shadi.


Relening ishlash vaqti
Yakor richaglar sistemasi orqali soat mexanizmlariga burilish beradi va bu bilan bir vaqtda vaqt bo‘yicha sabrsiz ulaydigan lahza kontaktini ulaydi. Kuchlanish o‘chirilganda richaglar sistemasi o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi, lahza kontaktlari uziladi, bunda burilgan soat mexanizmi richagga ta’sir etadi, harakatlanuvchi kontaktni siljitadi va kontaktlar uziladi. Sabr vaqti kontaktni siljitish bilan o‘rnatiladi.



14-rasm. Vaqt relesi


Elektr mexanik vaqt relelari sifatida sinxron kichik motorli vaqt relelari ham qo‘llaniladi.


Vaqt relesining gabaritlarini kamaytirish uchun uzoq vaqt kuchlanish ostida bo‘ladigan rele chulg‘amlari ketma-ket ulangan qo‘shimcha qarshilik rd bilan bog‘langan bo‘ladi.
Qarshilik rd normal holatda lahzada ishlaydigan relening uzuluvchi kontakti bilan shuntlangan. Rele ishlagandan keyin bu kontakt uziladi va qarshilik rd relening zanjiriga ulanadi.
Soat mexanizmining prujinasi 11 doim tortilgan holatda bo‘ladi. Chulg‘amga 1 kuchlanish berilganda yakor 3 qaytaruvchi prujina 4 qarshiligini yengib, tortiladi va soat mexanizmining richagini 9 qo‘yib yuboradi. Soat mexanizmi 10 prujina 11 ta’sirida harakatlana boshlaydi va qo‘zg‘aluvchan kontaktni 22 bir tekis haraktlanishini ta’minlaydi, u esa berilgan vaqt oralig‘idan so‘ng qo‘zg‘almas kontaktni 23 yopadi. 22 va 23 kontaktlarning yopilish vaqti 23 kontaktning holatini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgartiriladi.
Soat mexanizmining bir tekis haraktlanishi ankerli mexanizm 20 yordamida ta’minlanadi, uning harakatlanish tezligi yukchalarning 21 holatini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi.



4.15 – rasm. RV–200 turdagi vaqt relesi: a) tashqi ko‘rinishi; b) friksion maxkamlash moslamasi ishlamagan holatda; d) friksion maxkamlash moslamasi ishlagan holatda; 1-chulg‘am; 2-magnit
o‘tkazgich; 3-Yakor; 4-qaytaruvchi prujina; 5-o‘tkazgich simcha; 6qo‘zg‘aluvchan kontakt; 7 va 8 –qo‘zg‘almas kontaktlar; 9-palets
(barmoq); 10-tishli sektor; 11-haraktlantiruvchi prujina; 12-prujinani tortish uchun skoba; tishli g‘ildirak; 14- friksion ulovchi mexanizm; 15-
harakalantiruvchi tishli g‘ildirak; 16- soat mexanizmining trubkasi; 17 va
18- tishli uzatma; 19-ankerli tishli g‘ildirak; 20-ankerli skoba; 21yukchalar; 22- qo‘zg‘aluvchan kontakt; 23-qo‘zg‘almas kontakt; 24-shkala.

Rele ta’minlash manbasidan uzilganda Yakor 3 prujina 4 ta’sirida oldingi holatiga qaytadi, bunda rele kontaktlari ochiladi, prujina 11 ko‘tariladi va rele keyingi harakatga tayyor bo‘ladi. Releni oldingi holatga qaytarish tez amalga oshiriladi, Chunki rele oldingi holatiga qaytayotganda etaklovchi shesternani 15 shesterna g‘ildiragi 13 bilan bo‘linishini ta’minlovchi friksion maxkamlash moslamasi 14 mavjud.


Nazorat savollari:



  1. Asosiy relelar qaysilar?

  2. Qanday relelar yordamchi hisoblanadi?

  3. Bevosita ulanuvchi relelarni sxemasini tushuntiring?

  4. Bilvosita ulanuvchi relelarni qo‘llash sohasi qaysilar?

5. Elektromexanik relelarning turlari
6. Elektromagnit ishlash prinsipini tushuntiring
7. Elektromagnit relening konstruksiyasi qanday?
8. Yakorga ta’sir qiluvchi kuch nimaga teng?
9. Titrashni o‘chirish yo‘llarini keltiring.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə