Toshkent davlat transport universiteti


-rasm. Atomlar orasida kovalent bog’lanish



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə14/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

2.7-rasm. Atomlar orasida kovalent bog’lanish
Yarim o’tkazgichdagi elektronni harakati kristall bo’ylab, teshikni harakatiga teng kuchli (ekvivalent) bo’ladi. Demak, bunda teshik mahalliylashmaydi, balki germaniy panjarasi bo’ylab erkin musbat zaryadli zarrachalar kabi ko’chib yuradi. Bor atomi (aralashma atomi) yaqinida paydo bo’lgan manfiy zaryad aralashma (bor) atomi bilan bog’langan bo’ladi. U panjaradan ko’cha olmaydi, demak, toq tashishda ishtirok qilmaydi.
Endi bu jarayonni zonalar nazariyasi nuqtai nazaridan qarab chiqamiz. Germaniy panjarasiga 3 valentli aralashma kiritilganda ta’qiqlangan zonada elektronlar bilan egallangan A - aralashmali energetik sath hosil bo’ladi 2.7-rasm. Germaniyga bor kiritilgan holda bu sath valent zona ustida, aniqrogi valent zonaning ustki chegarasidan taxminan 0.1 eV yuqorida joylashadi.
Bu A aralashmali sath valent zonaga juda yaqin joylashganidan kristalni nisbatan past haroratlarida ham valent zonadagi elektronlar aralashmali sathga oson o’tadilar va bor atomi bilan boglanib germaniyni panjarasi bo’ylab ko’chishda ishtirok qilmaydilar, toq tashishda xam ishtirok qilmaydilar. Demak, toq tashishda valent zonada hosil bo’lgan teshiklargina ishtirok qiladilar.
Shunday qilib 4 valentli atomdan tashkil topgan kristallga 3 valentli atom kiritilib hosil qilingan aralashmali yarim o’tkazgichda tok tashuvchilar teshiklar bo’lib, unga teshikli aralashmali o’tkazuvchanlik yoki p - tip o’tkazuvchanlik deyiladi. Bunday o’tkazuvchanlikka ega yarim o’tkazgichga teshikli yoki p - tip yarim o’tkazgich deyiladi.
Yarim o’tkazgichni valent zonasidan Elektronlar tortib oluvchi aralashmaga akseptorlar, ularni energetik sathiga akseptor sathlar deyiladi. 
Shunday qilib, xususiy yarim o’tkazgichlarda elektr tokini elektron va teshiklar tashisalar, aralashmali yarim o’tkazgichlarda Elektronlar (n - tip yarim o’tkazgichlarda) yoki teshiklar (p - tip yarim o’tkazgichlarda) tashiydilar. Bu toq tashuvchilar asosiy toq tashuvchilar deyiladi. Aralashmali yarim o’tkazgichlarda asosiy tok tashuvchilardan tashqari asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar ham bo’ladi. Ya’ni n - tip yarim o’tkazuvchilarda teshiklar va p-tip yarim o’tkazgichlarda elektronlar xam asosiy tok tashuvchi zarracha hisoblanadi.



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə