Yuklar oqimi ishchi chizmasining yangi temir yo‘l bo‘yicha tuzish va yo‘ldagi yukni oz-ko‘pligini aniqlash
Yuk oz-ko‘pligini aniqlash uchun ko‘rsatilgan temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha yuk oqim chizmasi quriladi.
Yuk oqimining ishchi sxemasiga asosiy yuklar oqimini va yukni kirish-chiqish hajmini borish va qaytish yo‘nalishida har bir stansiyaga alohida kiritiladi. Kirish-chiqish yo‘nalishini tranzit yuk oqimi yo‘nalishini parallel deb olib aniqlanadi. Har bir stansiya bo‘yicha yuk oqimi tranzit va kirish-chiqish yo‘nalishlarini yig‘indisi olib, har bir uchastka va umumun har bir liniya bo‘yicha umumiy yuk oqimi aniqlanadi. Eng katta yuk oqimi stansiyasi topilib, SHNK 2.05.01 – 19 [1] bo‘yicha yo‘lning kategoriyasi aniqlanadi.
3.1. rasm.-Yuklar oqimi ishchi chizmasi
Yuk o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha temir yo‘l 10-foydalanish yiliga asosan quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:
o‘ta yuk o‘tkazish qobiliyatiga ega - 50 mln tkm/km dan ortiq;
I kategoriya – 30 – 50 mln. tkm/km;
II kategoriya – 15 -30 mln. tkm/km;
III kategoriya 8 – 15 mln. tkm/km;
IV kategoriya – 8 mln. tkm/km. gacha/
O‘ta yuk o‘tkazish qobiliyatiga ega va kategoriyalari magistral liniyalar hisoblanadi, IV kategoriya esa mahalliy liniyalar, stansiyalararo yo‘llarga kiradi.
4-amaliy mashg’ulot:Temir yo‘lda yuk aylanishi. Yangi temir yo‘l toifasini belgilash
Mashg’ulotning maqsadi: Yo‘lni kategoriyasini aniqlashni, asosiy loyihalash me’yorlarini o’rnanish.
Mashg’ulotning vazifalari:
-Berilgan ma’lumotlar bilan yo‘lni kategoriyasini aniqlash
-Asosiy loyihalash me’yorlarini o’rnanish
Mashg’ulotning tarkibi:
Yangi temir yo‘llar va kirish yo‘llari, qo‘shimcha bosh yo‘llar va kuchaytirilayotgan (rekonstruksiyalanayotgan) mavjud yo‘llar, ularning umumiy temir yo‘l tarmog‘ida tutgan o‘rniga qarab, tashish o‘lchamlari va xarakteriga bog‘liq ravishda loyihalashtirish me’yorlari qismida qator toifalarga ajratilali. (4.1-jadval)
Agar yangi loyihalashtirilayotgan yo‘l yuk oz-ko‘pligi foydalanilayotgan o‘ninchi yildan keyin ham jiddiy o‘sish istiqboliga ega bo‘lsa, u holda tegishli asoslar mavjud bo‘lganida yangi qayta quriladigan inshoot va moslamalar (yo‘lning yuqori qurilmasi, aloqa va bosh.) 1.1 – jadvalga muvofiq toifa normalariga, qayta qurilishi murakkab bo‘lgan inshootlar esa nisbatan yuqoriroq toifa normalariga binoan (tuproq ko‘tarma, sun’iy inshootlar va bosh.) loyihalashtiriladi.
4.1-jadval
Temir yo‘lni loyihalash normasi bo‘yicha kategoriyalarga ajratish
Temir yo‘lningtoifasi
|
Temir yo‘lning vazifasi
|
Keltirilgan hisobli yuk oz-ko‘pligi nettosini 10-foydalanish yilida yukli yo‘nalishda mln.tkm/km
|
Yuqori tezyurar
|
Yo’lovchi poyezddlar 200-250 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanish uchun temir yo’l magistral liniyalari
|
|
Tezyurar
|
Yo’lovchi poyezddlar 160-200 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanish uchun temir yo’l magistral liniyalari
|
|
Maxsus yukdan zo’riqqan
|
Katta xajmli yuklarni tashish uchun temir yo’l magistral liniyalari
|
50 dan yuqori
|
I
|
temir yo’l magistral liniyalari
|
30-50gacha
|
II
|
Xuddi shunday
|
-1530-gacha
|
III
|
Xuddi shunday
|
8-15-gacha
|
IV
|
temir yo‘l liniyalari
|
8gacha
|
V
|
Ichki stansiya ulanish va shaxobcha yo‘llari
|
Yukdan zo’riqqanlikdan qat’iy nazar
|
Izoh: 1. Keltirilgan yukdan zo’riqqanlik yo’lovchi poyezdlarining soni va massasini hisobga olgan holda belgilanadi.
2. Yo’lovchi poyezdlarinig maksimal tezligi quyidagilarda: Maxsus yukdan zo’riqqan liniyalarda 120 km/soatgacha (tezligi asosga ega bo’lganada 160 km/soatgacha I va II toifadagi yo’nalishlarda 160 km/soat, III toifa 120 km/soat va 4 toifadagi 80 km/soatgacha nazarda tutiladi/
3. Muayyan uchastkalarda kombinasiyalashgan birlashtirilgan xarakatini saqlash sharoitida 250 km/soat gacha tezlikda xarakatlanadigan yo’lovchi poyezdlar qatnovini joriy etish to’grisidagi qaror “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan belgilanadi.
4. Poyezdlarning xarakat tezligi 80 km/soat dan yuqori bo’lgan shaxobcha va ichki stansiya yo’llari III toifadagi yo’llarning me’yorlariga javob berishi lozim/
5. Ichki stansiya ulanish yo’llariga konteynet maydonlariga, bazalarga, saralash platformalariga, vagonlarni tozalash, yuvish, zararsizlantirish, harakatlanuvchi tarkibni ta’mirlash va boshqa texnologik operasiyalarni amalga oshirish punktlariga olib boradigan yo’llar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |