o ‘rtacha 120 rning ko ‘chat to‘g ri kelishi kerak. K o ‘chatlar ekish
tugallangandan keyin 6-7 kunda bir marta sug'orib turish lozim.
Har 2-3 sug‘orishdan keyin ko ‘chatlar oralari yumshatiladi va
o ‘toq qilinadi.
Buy rak choy o ‘simligini birinchi o ‘g ‘itlash iyul oyida
gektar hisobiga 50 kg azot va 20 kg fosfor o ‘g ‘iti berish bilan
boshlanadi. Ikkinchi marta oziqlantirishni avgust-sentyabr
oylarida 30 kg azot va 20 kg kaliy o ‘g ‘iti berish bilan tugalianadi.
Oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Keyingi yillar
uchun oktyabr oyining boshlarida o ‘simliklardan qalamchalar
tayyorlanib issiqxonalarda (yuqorida bayon etilgan uslub
asosida) ekiladi. Issiqxonalarda ekilgan buyrak choy oqqanot
va aleurodit hasharotlari bilan zararlanadi. Bu hasharotlar
o ‘simlik barglarining orasiga tuxum qo‘yib, uning soklarini
so ‘radi va katta zarar etkazadi. Kasalni oldini olish maqsadida
fosfororganik preparatlardan antio va aktelikning 2% li suyuqligi
bilan o ‘simliklar ishlanadi.
Buyrak choy o ‘ simligining xom-ashyosi uning bargi va keyingi
vaqtlarda butun yer ustki qismi ham ishlatiiadigan bo‘lgau.
Uning xom-ashyosini iyun oyining o ‘rtalaridan har 15-20
kunda sovuq kunlar boshlanguncha qo ‘lda teriladi.
Mavsum davomida yaxshi parvarish qilingan maydonlardan 2
tonnaga yaqin quraq xom-ashyo yig‘ib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: