Toshkent farm atse vtikainstituti


Dorivor issop o‘simligini yetishtirish



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Dorivor issop o‘simligini yetishtirish
Dorivor issop o‘simligi asosan urug'idan va vegetativ yo‘l 
bilan ko‘paytiriladi. Uning yaxshi o‘sishs va rivojlanishi uchun 
unumdor tuproqlar va quyosh yaxshi tushadigan maydonlami 
tanlash kerak bo ‘ ladi. Issop ко ‘p yillik о ‘ simlik bo ‘ lgani uchun uni 
almashlab ekish dalalariga j oy 1 ashtirishni rejalashtirmaslik kerak, 
chunki u bir yerda 20-25 yil davomida hosil berishi mumkin.
Dorivor issop o ‘simligi ekiladigan yerlami kuzda gektar 
hisobida 15-20 tonna chirigan go‘ng va 30-40 kg superfosfat,
74


yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan mintaqalarda va sizot suvlari 
chuqur joylashgan tuproqlarda 20 kg dan azot o‘g ‘iti berib yemi 
25-28 santimetr chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
Issop urug‘idan ko‘paytirish eng yaxshi usul hisoblanadi. 
Uning eng mo“ tadil ekish vaqti oktyabr oyining oxiri va noyabr 
oyining birinchi dekadasi hisoblanadi.
Urug‘lar chuqurroq ekiladi. Agarda ekish bahor oyiga 
qoldirilsa, urugTar stratifikatsiya qilinishi shart. Buning uchun 
ulami namlangan qumli yashiklarga solib, isitilmaydigan 
xonalarda saqlanadi.
Umg‘lar qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun vaqti- 
vaqti bilan namlab turiladi. Ekishdan oldin yerlar begona o‘tlar 
qoldiqlaridan tozalanadi, boronalatiadi va mola bilan tekislanadi. 
Havo harorati 15-17 gradus isiganda egat oralari 70 sm qilib 
ekiladi. Har bir gektar yerga 4 kg gacha urug‘ sarflanadi. Agar 
tuproq tarkibida nam etishmasa ekilgandan keyin darhol 
sug‘oriladi. Urug‘lar 6-8 kunda unib chiqadi. Oradan 10-12 kun 
o‘tgach maysalarda 2-3 tadan chin barg hosil bo‘ladi va o ‘simlik 
oralarini kultivatsiya yordamida yumshatiladi va begona o‘tlardan 
tozalanadi. Bahor oylaridagi yog‘ingarchilik natijasida issop 
ekilgan maydonlarda qatqaloqlar paydo bo‘lishi bilan o‘simlik 
oralari yumshatiladi va shu bilan birga yagana qilinib, har bir 
tupda 20-30 sm uzunlikda 2-3 tadan o ‘simlik qoldiriladi. Ekilgan 
o‘simliklar iyun oyining oxirlarida shonalaydi. Kuzda ekilgan 
o'simliklar may oyining oxiri va iyun oylarining boshlarida gulga 
kiradi. Shonalash fazasigacha o‘simlik ikki marta sug‘oriladi 
va suvdan keyin o ‘simlik oralari kultivatsiya bilan 8-10 sm 
chuqurlikkacha yumshatiladi. Bahorda ekilgan o‘simliklar iyul 
oyining boshlarida gullay boshlaydi. Bu davrga kelib issopning 
ildiz tizimi yaxshi rivojlanganiigi uchun o ‘simlik baquvvat 
b o lib o‘sa boshlaydi. Issopni oziqlantirishni shonalash fazasida 
boshlash tavsiya qilinadi. Sug‘orishdan avval gektariga 50 kg 
azotli, 30 kg kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. 0 ‘simliklami
75


suyultirilgan go‘ng bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi. Issop 
ekilgan maydonlar har 2-3 sug‘orishdan keyin dala o‘toq qilinishi 
lozim.
Ikkinchi oziqlantirish o‘simlik gullash fazasida gektariga 40- 
50 kg azot va 2,0 kg fosfor o‘g‘iti berish bilan tugatilishi kerak.
Uning bitta to‘pgulida 16-20 tagacha gul bo‘ladi. Uning 
gullari ertalab soat 6-7 da ochiladi. Shu vaqtda issop ekilgan 
maydonlarda asalari va kapalaklar paydo bo‘ladi, Vegetatsiya 
davomida dorivor issop havo haroratini hisobga olgan holda 6-8 
marta sug‘oriladi. 0 ‘simlikning xom-ashyosi boshoqli to'pgul 
hisoblanadi.
Ulaming ommaviy gullash fazasida gulbandlarming uzunligi 
30 sm bo Uganda (avgustning ikkinchi yarmida) uning xom- 
ashyosi yig‘iladi. Xom-ashyo yangi o‘rilgan paytda uning 
tarkibida nam ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun o ‘simlik mog‘orlab 
ketmasligi uchun yaxshi shamollatadigan bostirmalarga yupqa 
qilib stelajlarga uyib qo‘yiladi. Hosil shamolsiz quruq vaqtda 
yig‘iladi.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə