Rosa damascene Mill., Rosa centifolia
L., Rosa gallica L.,
atirgullilar -
Rosaceae
oilasiga kiradi.
Atirgul bo‘yi 1,5-2 m ga etadigan buta. Poyasi sershoxli bo‘lib,
tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli murakkab, 3-5, ba’zan 7
ta bargchadan tashkil topadi. Bargi da qo‘shimcha bargchalar ham
bo‘ladi. Gullari yirik, xushbo'y bo1
'lib, qalqonsimon to‘pgulga
yoki qalqonsimon ro‘vakka to‘plangan. Kosachabargi 5 ta,
tojbargi 25-30 tacha qizii, pushti, ba’zan oq rangga bo‘yalgan.
Otalik va onahklari ko‘p sonli. Mevalari yong‘oqsimon, bir
urug‘li, gal o‘rni bilan birlashib, qizil rangli, cho‘zinchoq, soxta
meva hosil qiladi. Iyun oyida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Atirgullar , yovvoyi holda uchrainaydi.
Atirgul Rossiyada, asosan Gruziya, Moldaviya, Tojikiston,
Qirg‘iziston respublikalarida hamda Qrimda, Zakavkazeda va
Krasnodar o‘lkasids o'stiriladi.
Kimyoviy
tarkibi.
Gultojbargi tarkibida 0,05-0,075% efir
moyi va kratanoidlardan rubiksantin boTadi. Efir moyi ertalab
yig‘ilgan gultojbarglardan suv bug‘i yordamida haydab olinadi.
Efir moyi sarg‘ish, xushbo‘y bo‘lib, +15°C temperaturada
stearopteni (hidsiz, keraksiz qismi) kristal.1 holida ajraladi. Efir
85
moyining solishtirma ogirligi 0,8368-0,8776, refraksiya soni
1,5571, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi - 2,50°
-4,25°.
Efir moyi tarkibida 50-60% geraniol, 22,6% sitronellol, 10%
nerol, 2% gacha feniletil spirti, evgenol hamda sitral, ionil va
boshqa aldegidlar b o ‘ladi.
Ishlatilishi. Atirgul moyipreparati-AquaRosaefarmatsevtika
dorilar hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Atirgul moyi asosan parfyumeriyada qo‘ilaniladi.
Atirgulni yetishtirish texnologiyasi
Atirgul
ra’noguldoshlar
(atirgullilar)
turkumining
xushmanzara o‘simlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq
tomonidan qo‘yilgan umumiy norn hisoblanadi. Bu turkumning
yovvoyi holda o‘sadigan turlari xalqda ra’no, na’matak, gulzavr
va itburun nomlari bilan m a’lum.
Shulardan ra’no va atirgul so‘zlari oila nomiga asos qilib
olingan. Atirgulning yer yuzida 10 mingga yaqin naviari
bor b o iib , 0 ‘zbekistonning barcha iqlim sharoitlarida 6 ta
remontant, choy-duragay, pero‘nsion, poliant, floribund va
chirmashuvchi kabi turlari bor. Atirgulga mansub 340 dan ortiq
naviari sug‘oriladigan mintaqamizda ekib kelinmokda. Bu navlar
gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada o‘mashishi, gullash
davri, poyaning tikka yoki ilashib o‘sishi kabi xususiyatlari bilan
farq qiladi, fasl bo‘yi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan
va poyasi ilashib o‘sadigan xillari ko‘proq ekilib kelinmokda.
Atirgulning bizning sharoitimizda asosan payvand qilish yo‘li
bilan ko‘paytirishda kerakli atirgul navinmg bitta yoki bir nechta
kurtagi avgust oyining oxirlarida payvandtakka (na’matakka)
ulanadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtak unga ulangan kurtak
yuqorisidan kesib tashlanadi va payvandni bog‘lagan chipta
bo‘shatiladi. Mavsum davomida bachki shoxchalar 4-5 marta
yulib tashlanadi. Payvandli gui 15-20 sm o‘sgandan keyin
86
uning bo‘yiga cho‘zilishiga va muddatidan oldin guliashiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesiiib, vaqti-
vaqti bilan yon shoxlari kisqartirib turilads. Oktyabr oyining
oxiri noyabr oyining boshlarida bu payvandlar toTa sbakllangan
ko‘chatga aylanadi. Atirgulning ko‘chatlarini unumdor va suv
bilan ta’minlangan yerlarga kuzda va bahorda o‘tqaziladi. Bu
yerlar oldindan gektar hisobiga 30-50 tonnadan chirigan go‘ng
solib 30-35 sm chuqurlikdahaydaladi. Begona o‘tlardari tozalanib
tekislab qo‘yilgan bo‘ladi. K o‘chatlar 70 x 70 sm oraliqda
o‘tqaziladi. К о‘chat o‘tqaziladigan cnuquming kengligi 30-40 sm,
chuqurligi 40-50 sm dan qilinadi. Vegetatsiya davomida atirgul
ekilgan maydon 20 martacha sug‘oriladi va 6 martagacha oralari
chopiladi. Atirgulning (gulzor) yaxshi o‘sishi va rivojlanishi
uchun mavsum davomida ikki marta (1 m2 yerga 30 g dan
ammoniy nitrat, 20 g dan fosfor va 15 g dan kaliy o ‘g‘iti bilan)
oziqlantiriladi. Atirgulni vegetatsiya davomida zararkunanda va
kasalliklardan himoya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa
un shudringga qarshi oltingugurt kukuni bilan 3 marta dorilash
kerak bo‘ladi. Begona o‘tlardan xoli tutiladi. Atirgulning bazi 82
xillarining gulbarglaridan efir moyidan tashqari gulqand va
murabbolar tayyorlanadi.
SARIMSOQ PIYOZ (SASSIQ PIYOZ) -
ALLIUM 8ATIVURN L.
Sarimsoq (sassiq piyoz) -
Allium
sativum L. lolaguldoshlar
(piyozguldoshiar) - Liliaceae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, piyozboshli, bo‘yi 20-70 (ba’zan 100) sm
ga etadigan o‘i o ‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon
bo Tib, taxminan yarmisigacha barg qini bilan o'ralgan. Bargi
chiziqsimon, yassi yoki tamovsimon, o‘tkir uchli. Sarimsoq
piyozning ba’zi navlarini barg ko‘ltig‘ida piyozchalari boTadi.
Gullari oddiy soyabonga to ‘plangan. Soyabon tushib ketadigan
bitta bargli qinga o‘ralgan. Gul bandlarining oraiig‘ida mavda
piyozchalar bor. Gulqo‘rg‘oni oddiy, 6 ta oq rangli tojbargdan
tashkil topgan. Otaligi 6 ta, onalik tugimi uch xonali, yuqori ga
joylashgan. Mevasi - ko‘p urug‘li ko‘sak. K o‘pincha meva
tugmaydi.
Dostları ilə paylaş: |