Ikkinchi oziqlantirish shonalash daviiga to‘g‘ri keladi va
fosforli va kaliyli o ‘g ‘itlarni ko‘proq talab qiladi. Uning o‘sishini
va rivojlanishini tezlashtirish maqsadida gektar hisobiga 30 kg
azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.
0 ‘simliknmg bo‘yi birinchi yili avgust oylariga borib 1 metrga
etadi va gulga kiradi. Uning gullash fazasida gektar hisobiga 40
kg dan azot berib oziqlantirishni tugatiladi.
Dastarboshni o ‘g ‘itlash sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi.
Havoning harorati va tuproq namligining holatiga qarab
vegetatsiya davomida 8-9 marta sug‘oriladi va oralariga ishlov
beriladi, Havo harorati yuqori bo‘lgan yili sug‘orishni ko‘paytirish
kerak. Dastarbosh to‘pgullarini birinchi yilidayoq yig‘ib olinadi.
0 ‘simlik noyabr oyigacha gul lay di va uni tez-tez yig‘ib olishga
to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: