Тошкент фармацевтика институти


Qon oqishi va qon ketishini to‘xtatish usullari



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə5/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Qon oqishi va qon ketishini to‘xtatish usullari


Qon ketishini turlari. Qon oqishini vaqtincha va uzil-kesil to‘xtatish usullari. Qon yo‘qotishning umumiy belgilari. Bevosita va bilvosita qon qo‘yish usullari.
Kuyish va sovuq olishlar

Kuyish kasalliklarning kechishi. Kuyishda birinchi tibbiy yordam berish va davolash; Sovuq olishlar, klinik belgilari. Birinchi tibbiy yordam.



Shikastlanishlar

Ochiq va yopiq shikastlanishlar to‘g‘risida tushuncha. SHikastlanishga sabab bo‘lgan sharoitlar. o‘tkir va surunkali shikastlanishlar. Uzoq vaqt bosilish sindromi va unda BTYO.


Ko‘krak qafasi va bosh miyaning shikastlanishi.

Umurtqa pog‘onasi shikastlanishlari

Ko‘krak qafasi va bosh miyaning shikastlanishi, pnevmotoraks. Umurtqa pog‘onasi shikastlanishlari va ularning asoratlari.


Suyaklarni chiqishi va sinishi

Suyaklarni chiqishi va sinishi. Xayot mobaynida orttirilgan, patologik, tug‘ma chiqish va sinishlar. Bu xollarda birinchi tibbiy yordam va trasport immobilizatsiyasi.


O‘tkir xirurgik kasalliklar

Qorin bo‘shlig‘i o‘tkir jarroxlik kasalliklari, turlari, ularda birinchi tibbiy yordam berish. Operatsiyadan keyin va oldin bemorni parvarish qilish.


O‘tkir terapevtik kasalliklar

O‘tkir terapevtik kasalliklari turlari, kechishi, ularda birinchi tibbiy yordam berish tamoyillari. Bronxial astma, yurak poroklari, stenokardiya va miokard infarktida BTYO. Gipertoniya kasalligining kechimi va BTYO tadbirlari. Gipo va giperglikemik komalar, tutqanoq kasalligida BTYO.



Reanimatsiya. Zaharlanishlar

Reanimatsiya tug‘risida tushuncha. Shok va kollaps holatlarida BTYO. Cho’kkanda va elektr tokidan shikastlanganda BTYO.



Dori vositalaridan zaxarlanish, uning turlari, kechimi va birinchi tibbiy yordam.
IV-NAZARIY MASHGULOTLAR MATERIALLARI


1-MAVZU

BTYO to‘g‘risida tushuncha Bemorlarni parvarish qilish.Davolash muolajalari. (dorilarni yubori-lish usullari)

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli


Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruzaning rejasi

  1. BTYO faniga kirish.

  2. Tibbiy yordamning bosqichlari

  3. YOtiqli bemorlarni parvarishlash

  4. Davolash muolajalarini o‘tkazish usullari.

  5. Dorilarni tanaga yuborish usullari.

Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga birinchi tibbiy yordam fanining vazifasi va funksiyalari bemorlarni parvarishlash va davolash muolajalari xaqida to‘liq tushuncha berish.

Pedagogik vazifalar:

  • birinchi tibbiy yordam fanining vazifasi va funksiyalari

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • bemorlarni parvarishlash va davolash muolajalari xaqida to‘liq tushuncha berish.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Ma’ruzaga tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar


2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


  1. BTYO faniga kirish.

  2. Tibbiy yordamning bosqichlari

  3. YOtiqli bemorlarni parvarishlash

  4. Davolash muolajalarini o‘tkazish usullari.

  5. Dorilarni tanaga yuborish

Usullari

2.1.Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi.



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

    1. Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

    2. Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzu «Aseptika va antiseptika asoslari.

Qon oqishi va qon yo‘qotish turlari, sabablari va oqibatlari va unda BTYO» beriladi.

3.3.Savollarga javob beradi.


Savollar berishadi


Pedagogik texnologiya usullari.

Takdimot usulidan foydalangan xolda axborot texnologiyasi qo‘llaniladi



1-ilova



  1. BTYO faniga kirish.

  2. Tibbiy yordamning bosqichlari

  3. YOtiqli bemorlarni parvarishlash

  4. Davolash muolajalarini o‘tkazish usullari.

  5. Dorilarni tanaga yuborish usullari


1 – ma’ruza.

BTYO to‘g‘risida tushuncha Bemorlarni parvarish qilish.Davolash muolajalari. (dorilarni yuborilish usullari)

Reja:

  1. BTYO faniga kirish.

  2. Etika va deontologiya xaqida tushuncha

  3. Tibbiy yordamning bosqichlari

  4. YOtiqli bemorlarni parvarishlash

  5. Davolash muolajalarini o‘tkazish usullari.

  6. Dorilarni tanaga yuborish usullari

Vrach va provizorlar zaruriyat tug‘ilganda malakali BTYO ni kursata bilishlari kerak. SHundan kelib chiqib BTYO fanining asosiy vazifasi talabalarga malakali BTYO ko‘rsatishni, nazariy va amaliy jixatlarini o‘rgatishdan iborat.

BTYO ko‘rsatishda bir nechta bosqich farqlanadi:



  1. Malakasiz tibbiy yordam-bu xar qanday shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin ( chukkan odamni qutqarish, binolar tagidagi shaxsni tuproqdan olib chiqish va x.k.)

  2. Vrachgacha bulgan BTYO- bu asosan urta tibbiy xodimlar yoki provizorla tomonidan amalga oshiriladi (sun’iy nafas oldirish, yurakni massaj qilish, qon oqishini vaqtinchalik to‘xtatish va x.k.) Bemorni kasalxonaga jo‘natish xam shu bosqichga kiradi.

Malakali shifokorlik yordami- bu shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Oxirgi yillarda deontologiya muammosi har xil kasbga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari va keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Har xil nashr qilingan materiallarda, gazeta va jurnallar, monografiyalarda deontologiyaning turli sohalari bo‘yicha, jumladan tibbiy deontologiya va etikasi haqidagi masalalar yoritilayotganini guvohi bo‘lamiz.

Bular orasida tibbiy deontologiya masalasi muhim o‘rin egallaydi. Bunda birinchi navbatda tibbiyotning etika, ijtimoy psixologiya va fanning boshqa sohalari haqida gap ketsa ikkinchidan tibbiyot xodimlarining ma’lum soha bo‘yicha kasbiy faoliyatini amalga oshirishdagi masalalarga ahamiyat beriladi.

SHuning uchun ham tibbiy deontologiyaning oldida ko‘pgina murakkab ham echilmagan yoki har xil darajada echilgan masalalar turadi. Bu qonuniy holat hisoblaniladi, chunki tibbiyot fanining rivojlanishi tufayli uning oldida YAngi muammolar paydo bo‘la yotganini guvohi bo‘lamiz.

Mamlakatimizda deontologiyaning rivojlanishi tufayli umuman tibbiyotining rivojlanishiga mos holda uning turli sohalariga aloqador turlari shakllandi (xirurgik, terapevtik, pediatriyaga aloqador deontologiya va boshqalar).

SHuni alohida ta’kidlash zarurki, talabalar kasalxonaga birinchi marta kelishi bilan ularga deontologiya haqida ma’lumot beriladi. Birinchi navbatda kasalxona va uning bo‘limlari tartib-qoidalari haqida gapiriladi hamda har bir deontologik muhit bemorning ruhiy holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishligi to‘g‘risida uqtiriladi.

Bunda bemor va uning karindoshlari bilan doimiy aloqa paytida tibbiyot xodimlari ularga nisbatan xushmuomulalik, ochiq yuzlilik e’tiborlilik, toqatlilik bo‘lishi bilan ajralib turishligi haqida gap ketadi.

Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining har xil sharoitda (voqea sodir bo‘lgan joyda, tez yordam mashinasida, davolash muassasasida) og‘ir holatda bo‘lgan bemor bilan o‘zaro aloqasida deontologiya qoidalariga rioya qilish ham muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, navbatchi tibbiyot xodimining kasbiy tayyorgarligi, sifatiy belgilari va navbatchilik paytidagi chidamligi ham alohida o‘rin egallaydi.

Tibbiyot fanining rivojlanishida yanada muhimroq ahloqiy va huquqiy masalalar ham kuzatilish lozim. Ulardan ayrimlari (odam xulqini dori-darmonlar va xirurgik usullar yordamida, sun’iy organlar qo‘llanish va boshqa usullar) jamoatchilikni kuchli tashvishga solishi va gazeta, jurnallar sahifalari hamda xalqaro yig‘ilishlar muhokamasining sababchisi bo‘lishi mumkin. Fuqarolarni sog‘lig‘ini huquqiy himoyalash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan bo‘lib, birinchi navbatda tibbiyot xodimlaridan tibbiy xizmat sifati va madaniyatini kuchaytirishni talab qiladi, ya’ni har bir tibbiyot xodimidan o‘z kasbiga sitqidildan yondashishga undaydi. Bu o‘z navbatida, qonun bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy majburiyatlariga talabni kuchaytiradi.

Konstitutsiyamizda tibbiyot xodimlari kasbiy faoliyatini huquqiy boshqarish bilan moral-etik qoidalar orasida uzviy bog‘lanish borligi ko‘rsatilgan. Axloqiy tarbiya qonunga chuqur hurmat bilan qarashni shakllantirsa, huquqiy tarbiya esa kundalik hayot amaliyotiga axloq prinsiplarini kiritilishini ta’minlaydi. Bunda vrach faoliyatining ayrim axloqiy normalari vrachning qasamyodi hamda vrachning sirida yaqqol o‘z aksini topgan.

Sog‘liqni saqlash organlarining kundalik amaliyotida tibbiyot xodimlari faoliyatini huquqiy boshqarish va moral-etik normalarining uzluqsiz bog‘liqligi alohida ta’qidlangan. Aholiga yomon tibbiy yordam ko‘rsatilayotligi to‘g‘risidagi shikoyatlarning taxlili ko‘pincha vrachlarga xos etika va deontologiya qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq.

Ayrim vrachlarning past axloqiy qobiliyati o‘zlarining kasbiy burchlarini sitqidildan bajarmasligiga olib kelib, bu ularning kasbiy huquqbuzarligi hisoblanadi. Bunga bemorga yordam ko‘rsatmaslik, o‘z mansabini yoki xizmat mavqeini su’istemol qilish, qonunsiz abort qilish, sovuqqonlik, o‘z burchiga e’tiborsizlik bilan qarash, konunsiz vrachlik faoliyati bilan shug‘ullanish, sanitariya epidemiologiya qoidalarini buzilishi, qonunsiz soxta xujjatlar tuzish va berish, fuqarolarda ruxsatsiz tajriba o‘tkazish, tovlamachilik yo‘li bilan pora olish, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli va narkotik moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, bir joydan ikkinchi joyga tashishi, sotish va boshqalar kiradi.

Odatda vrachlar va farmatsevtlar bilan bemorlar hamda ularning qarindoshlari orasidagi kelishmovchiliklar davolashdagi noxush oqibatlar tufayli sodir bo‘ladi. Bularning sabablari esa xilma xildir. Ular ko‘pincha bemordagi kasallikning o‘ziga xos xususiyati va o‘tishiga, bemorni vrachga o‘z vaqtida murojaat qilmasligiga hamda tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri harakati yoki harakat qilmasligi, ishlash uchun etarli sharoit bo‘lmasligi va boshqalarga bog‘liq. Ayrim hollarda hatto birgina kasallikni noaniq holatda o‘tishi, kasallikni ob’ektiv va sub’ektiv belgilarini solishtirishni qiyinligi, noxush oqibatining asosiy sabablarini ajratish qiyinligi kabi holatlar kasallikni noxush oqibatlarini tibbiy va yuridik jihatidan to‘g‘ri baholashda anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi.

Tibbiyotda bemorga bir xil yondoshish, bir xil diagnostik va davolash usulini tanlash mumkin emas, hatto bita kasallikda ham. CHunki vrach kasllikni emas kasalni davolaydi. Tibbiyot kasbining bunday o‘ziga xos xususiyatlari davolashda har xil kasallarda hatto bir xil kasallikda ham operativ, ham konservativ usullarni qo‘llashni takoza qiladi. Ko‘pgina kasalliklarning diagnostikasi va davolashda maxsus qoida va ko‘rsatmalar yo‘qligi tufayli noxush oqibatlarni baholashda anchagina qiyinchiliklar tug‘iladi.

SHuningdek donorlik oqibatining huquqiy aspektlari ham ishlab chiqilishi zarur. Bunda ish qobiliyatini yo‘qotilishi, organning olinishi bilan bog‘liq donorning o‘limi masalasi, etkizilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi fuqaroning talabi, boquvchisining o‘limi haqidagi masalalar muhimligi bilan ajralib turadi. Donor, retsipient va vrach o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni ishlab chiqish, organi olinishi tufayli yuzaga keladigan asoratlar. Haqida donor xabardor qilinadi va bunday xabar huquqiy jihatdan hujjatlantiriladi.

Qonunda spirtli ichimliklar, narkotik moddalalar, psixotrop va boshqa dorivor moddalarni suis’temol qiluvchi axolini sog‘lig‘ini saqlashni huquqiy himoyalash va uning moral-etik normalariga ham alohida e’tibor berilgan. Hozirgi davrda ta’sir qiluvchi qonuniyatlarga asosan alkogoliklar, narkomanlar va toksikomanlarni majburan maxsus kasalxonalarga yotqizish va davolashni tartibga solishni yangicha huquqiy normalari taklif qilinishi zarur. Bu atrofdagilarga xavf tug‘diruvchi (sil, ruhiy, tanosil kasalliklari va SPID) boshqa kasalliklarni davolash va profilaktikasiga ham talluqlidir.

Bundan tashqari eutanaziya, sun’iy urug‘lantirish, sterillash va ular bilan bog‘liq tibbiy va sotsial masalalarni hozirgi zamon qarashlariga ko‘ra tanqidiy taxlil qilish hamda har tomonlama ko‘rib chiqish kabi muammolar ham dolzarbligi bilan ajralib turadi.

Tibbiyot fani yutuqlarini huquqiy boshqarish fuqaro huquqlari buzilishi va bemorlarni asossiz talabalari tufayli vrachlarni qonunsiz ayblanishini oldini oladi hamda ularni himoyalaydi.

Tibbiyot fanini rivojlanishi bilan bemorlar va ularning qarindoshlarini davolash natijalariga talabi yanada oshadi. SHunga qaramasdan barcha hollarda tibbiyot fanining istagan darajasi ham doimo davolashni ijobiy oqibatini ta’minlay olmaydi. SHuni aytib o‘tish kerakki, hatto yuqsak malakali mutaxassis davolaganda ham davolashni noxush oqibatini tibbiy baholashda qiyinchiliklar tug‘iladi. Bu birinchi navbatda tibbiy faoliyatining o‘ziga xosligiga (davolab bo‘lmaydigan kasal, diagnostik yoki dorivor moddalarni individual ko‘tara olmaslik, o‘z vaqtida kasalxonaga yotqizilmaslik, bita kasallikka har xil diagnostik va davolash usullarini qo‘llash va h.q.) bog‘liq. Bunday hollarda salbiy oqibat vrachning haraqatiga bog‘liq bo‘lmay, balki u faqat shu vaqtga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida yuristlar faoliyatida ham qiyinchilik tug‘diradi.

Bizning fakrimizcha, bosh masala fuqarolarga foydali tibbiy yordam ko‘rsatishda, ularning sog‘lig‘ini saqlashda, vrachlarning kasbiy va fuqarolik burchi vrachning kasbiy mahorati, malakasi hamda sifatiy belgilariga bog‘liq. Bunday vrachlar sog‘liqni saqlash sistemasida ishlovchi Gippokrat qasamiga sodiq bo‘lishi kerak. SHunga qaramasdan talabalik yillarida vrachlik kasbiga xos deontologik qoidalarni mujassam o‘zlashtirmaganligi, umumiy tayyorgarlik darajasining pastligi tufayli o‘z burchiga befarq qarovchi vrachlarni ham kuzatishimiz mumkin. Bu o‘z navbatida ularga nisbatan harxil e’tirozlarning sodir bo‘lishini sababchisi hisoblanadi.

Xulosa sifatida shuni aytib o‘tish lozimki, vrachning va farmatsevtning kasbi, xususan xirurglik inson faoliyatining barcha turlari orasida eng muhim insonparvar kasbdir. SHunday ekan, bemorni hayotini saqlab qolish uchun kurashish eng oliyjanob ishdir. Bunda har bir vrach va farmatsevt o‘zining butun bilimi, tajribasini shu oliyjanob ishga qaratishi zarur.


2-MAVZU

Aseptika va antiseptika asoslari.

Qon oqishi va qon yo‘qotish turlari, sabablari va oqibatlari va unda BTYO.

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

Talabalar soni: ta

ma’ruza shakli


Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha ma’ruza

ma’ruza rejasi

  1. Aseptika tushunchasi

  2. Asboblar, bog‘lov materiallari va oqliklarni serillash usullari

  3. Antiseptika usullari: kimyoviy va biologik antiseptika

  4. Qon oqishining umumiy belgilari va darajalari.

  5. Ichki va tashqi qon oqishlarda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari.

  6. Qon oqishning asoratlari va ularning oldini olish choralari.

  7. Qon guruxlari va rezus omilni aniqlash.

  8. Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar to‘g‘risida tushuncha.

ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga aseptika va antiseptika xaqida, Qon oqishi va qon yo‘qotish turlari, sabablari va oqibatlari va unda BTYO

xakida tulik ma’lumot berish



Pedagogik vazifalar:

  • Aeptika va antiseptika,qon oqishi uning turlari belgilari,qon oqishida ko‘rsatiladigan BTYO xaqida tushuncha berish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tanishadilar,qon oqish turlarini biladilar va bir-biridan farqlaydilar,qon oqishida BTYO ko‘rsatishni bilish va amalda qo‘llay olishni bilish.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

Monitoring va baholash

Savol-javob, test


II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI


Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

O‘quv mashg‘ulotiga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar


2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


  1. Aseptika tushunchasi

  2. Asboblar, bog‘lov materiallari va oqliklarni serillash usullari

  3. Antiseptika usullari: kimyoviy va biologik antiseptika

  4. Qon oqishining umumiy belgilari va darajalari.

  5. Ichki va tashqi qon oqishlarda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari.

  6. Qon oqishning asoratlari va ularning oldini olish choralari.

  7. Qon guruxlari va rezus omilni aniqlash.

  8. Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar to‘g‘risida tushuncha.




2.1.Tushunchalarga ta’rif beradilar

2.2.talabalar savollarni muhokama qiladilar, javoblarni aniqlashtiradilar, o‘zlarining qarashlarini shakllantiradilar.

2.3. Berilgan vazifalarni ish daftariga yozadilar.

2.4. Vazifalarni bajaradilar,

2.5. Savol beradilar.

2.6. vaziyatli masalalarni echadilar, o‘rganadilar va o‘z bilimlarini mutsahkamlaydilar.

2.7. Ballarni bilib oladilar


3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

    1. Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

    2. Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «Sovuq olish, kuyish, va ularning turlari.Desmurgiya. Bog‘lamlarning turlari beriladi.

    1. » Savollarga javob beradi

Savollar berishadi

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə