Тошкент фармацевтика институти


-ilova «Akliy xujum» savollari



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə6/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


1-ilova



«Akliy xujum» savollari



Savollar

1.

Aseptika tushunchasi


2.

Asboblar, bog‘lov materiallari va oqliklarni serillash usullari

3

Antiseptika usullari: kimyoviy va biologik antiseptika

4

Qon oqishining umumiy belgilari va darajalari.

5

Ichki va tashqi qon oqishlarda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari.

6

Qon oqishning asoratlari va ularning oldini olish choralari.

7

Qon guruxlari va rezus omilni aniqlash.

8

Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar to‘g‘risida tushuncha


Aseptika va antiseptika. Qon oqishi va qon yo‘qotish
Reja.

Aseptika va antiseptika xaqida tushuncha.

Antiseptika usullari.

Qon oqishining turlari va belgilari

Qon yo‘qotish darajalari va uning asoratlari

Qon oqishida ko‘rsatiladigan vrachgacha BTYO

Qon qo‘yish va bunda ishlatiladigan preparatlar.

Antiseptika-bemor tanasiga tushgan mikroblarni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Antiseptika usullari qo‘yidagilar:



Mexanik usul-jaroxatlangan to‘qimani turli iflosliklardan tozalash, birlamchi jarrohlik qayta ishlovi, o‘lgan to‘qimani olib tashlash, chayish va x.k.

Fizik usul-jaroxatlangan to‘qimadan yiringni chiqarib yuborish uchun tampon, drenaj, trubka, kvars, ultrabinafsha lampalar va x.k. dan foydalanish,

Biologik usul-organizmni mikroblarga qarshiligini oshirish uchun immun zardoblar (passiv emlash uchun), fermentlar (tripsin, xemotripsin,xemopasin, rebonukleazalar), antibiotiklar va vaksinalardan (aktiv emlash uchun) foydalanish kiradi. Hozirgi vaqtda mikroblarga qarshi kurashish uchun penitsillinlar, tetratsiklinlar, aminoglikozidlar va makrolidlar qatoriga kiruvchi antibiotiklardan keng foydalaniladi. Bular mikroblarni o‘sish va rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi (bakteriotsatik ta’sir) yoki ularni halok qilishi mumkin (bakteritsid ta’sir). Fermentlar esa nekrolitik ta’sir ko‘rsatib, yiringli yaralarni va bo‘shliqlarni tozalanishiga yordam beradi.

Yiringli kasalliklarni davolashda ko‘pincha safilakokka qarshi anatoksin yoki γ-globulindan foydalaniladi.



Kimyoviy antiseptika- mikroblarga qarshi kurashish uchun turli kimyoviy moddalardan foydalaniladi.

  1. Galogenlar guruxi: xlorli birikmalar (xlorli oxak, xloramin B) va yod saqlovchi birikmalar-yodning 5 %li spirtli eritmasi, Lyugol eritmasi (yod yoki kaliy yodni suvli yoki spirtli eritmasi), yodanat (yodni sulfat bilan kompleks birikmasining suvli eritmasi) kiradi.

  2. Oksidlovchilar: organik moddalar ishtirokida faol kislorodni ajratib mikrob xujayrasida oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini buzadi. Vodorod peroksid, kaliy permanganat, rux oksidi misol bo‘ladi.

  3. Kislota va ishqorlar guruxi: qo‘lni, jarroxlik maydonini, asboblarini, jarroxlik amaliyotida ishlatiladigan ip va materiallarni zararsizlantirish uchun keng qo‘llaniladi.

Bunga pervomur (81ml,85 % chumoli kislotasiq171 ml 33% vodorod peroksid), bor kislotasining 2-3 % li suvli eritmasi, kalsiylangan soda, nashatir spirti, natriy ishkori kabilar.

  1. Og‘ir metall tuzlari guruxi: kuchli bakteritsid ta’sirga ega bulib, rezina perchatkalar va jarroxlik ipini zararsizlantirishda keng ishlatiladi. Sulema (1: 1000 simob xlorid suvli eritmasi), kumush nitrat (5-10% li eritmasi), ksiroform (3-10% malxam mazi va upasi) ishlatiladi.

  2. Spirtlar guruxi: etil spirti amaliyotda keng qo‘llaniladi. 70% lisi yuqori bakteritsid ta’sirga ega bo‘lib, jarroxlik maydoni, asboblar, qulni, ipni tozalash uchun ishlatiladi.

  3. Aldegidlar guruxi: formaaldegid- gazsimon modda, suvda yaxshi eruvchan, 40% li eritmasi-formalin insrumentlar, drenajlar, qo‘lqoplarni zararsizlantirishda ishlatiladi.

  4. Bo‘yoqlar va nitrofuranlar: brilliant yashili 0,1-2%li spirtli eritmasi yiringli yallig‘lanishlarda sirtga, metilen ko‘kining 1-2% li spirtli eritmasi kuyganda ishlatiladi.

Furatsilin eritmasi 0,02 % sirtga qullaniladi.

Antiseptik moddalar bemor tanasidagi mikroblarni, dezinfeksiyalovchi moddalar esa tashqi muxitdagi mikroblar ( kiyimi, tushagi,axlati, balg‘amini va b.sh) ni o‘ldirish uchun qo‘llaniladi.

Aseptika-jarohatgaga mikroblar tushishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. Mikroblar jarohatga tashqi muhitdan (ekzogen infeksiya) havo-tomchi yo‘li, og‘iz orqali, jaroxatda qoldirilgan buyumlar – drenaj va b. orqali, ya’ni implantatsion yo‘l bilan tushishi mumkin. Bundan tashqari infeksiya qo‘zg‘atuvchilari teri, nafas yo‘llari, hazm yo‘llarida mavjud bo‘lib, limfa va qon orqali jarohatga tushishi mumkin (endogen infeksiya).

Ma’lumki, jarroxlik amaliyotidan keyingi yiringli asoratlarni olishda operatsiya blokining ish tartibi katta ahamiyatga ega. Operatsiya bloki xonalari oson tozalanadigan, suv o‘tkazmaydigan materiallardan qilinib, qat’iy ravishda zonalarga bo‘linadi. Bular quyidagilar: 1-zona-qat’iy rejim zonasi-operatsiya xonalari kiradi, 2-operatsiya oldi zonasi, 3-zonaga qon, ko‘chuvchi tibbiy apparatlar va b. saqlanadigan xonalar kiradi. 4-zonaga yordamchi xonalar kiradi.

Kontakt infeksiyalarning jarohatga tushishini oldini olish maqsadida jarroh qo‘lini turli usullar bilan zararsizlantiradi. Qo‘lni zararsizlantirishda Spasokukotskiy-Kochergin, Alfeld usullaridan, serigel, degmen, degmitsid bilan yuvish usullaridan foydalaniladi. Jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan asboblarni, oqlik va bog‘lov materiallarini zararsizlantirishda serilizatsiyaning turli usullaridan foydalaniladi.



Qon oqishi va qon yo‘qotish

Qon oqishi deb qon tomirlardan qonning chiqishiga aytiladi. Qon oqishi sababiga kura 2 xil bo‘lishi mumkin: 1) qon tomir butunligi buzilmasdan turib (diapedez tufayli), 2)qon tomirlar devori butunligi buzilishi bilan. Bu turdagi qon ketishlar a’zo va to‘qimalarga bevosita mexanik ta’sir oqibatida (favqulodda vaziyatlar, transport xodisalar va xak); yoki kasallik tufayli (yallig‘lanishlar, o‘sma kasalliklari, nekroz oqibatida) sodir bo‘lishi mumkin. Oxirgi qayd etilgan xodisa arroziv qon ketishlar (arrozum- emirilish) deyiladi.

SHikastlangan tomirning tuzilishiga ko‘ra: arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz va aralash qon ketishlar farqlanadi. Arterial qon ketishda oqayotgan qon och qizil rangda bo‘lib, tomirdan bosim bilan otilib chiqadi. Ketayotgan qon miqdori tomirning kata-kichikligi va yaraning xarakteriga bog‘liq. Arterial qon ketishlar hayot uchun xavfli hisoblanadi. Venoz qon ketishlar oqayotgan qon to‘q rangda bo‘lib, pulsatsiya qilmaydi, sekin oqadi. Yirik venalarning SHikastlanishi hayot uchun xavf tug‘diradi, yurakka yaqin venalar SHikastlanganda havo emboliyasi kelib chiqishi mumkin. Kapillyar qon ketishlar-teri, shilliq pardalar va mushaklar SHikastlanganda yuzaga keladi, xayot uchun xavfsiz, o‘zi yoki siqib turuvchi bog‘lam ta’sirida tuxtashi mumkin. Parenximatoz qon ketishlar jigar, buyraklar, taloq yoki boshqa ichki a’zolar SHikastlanganda kuzatiladi, ular hayot uchun xavfli va tuxtatish qiyin kechadi.

Qon qaerga quyilishiga qarab ichki, tashqi va yashirin qon ketishlar farqlanadi. Tashqi qon ketishlarda qon qaerdan ketayotganligi ko‘rinib turadi va tashxis qo‘yish oson. Ichki qon ketishlarda qon bushliqlar va ichki a’zolarga qo‘yiladi. Ichki qon oqishni aniqlashda quyidagi o‘zgarishlarga asoslaniladi: bemorni tinka-madori qurishi, quvvatsizlik, quloqni shang‘illashi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, bosh aylanishi, tashnalik, ko‘ngilni behuzur bo‘lishi, qayt qilish, ter iva shilliq pardalarning rangini o‘chishi, qo‘l-oyoqlarni muzlashi, terlash va boshqalar. Bundan tashqari pulsni susayishi, tez urishi, tana harakatini pasayishi, nafas tezlashishi, qon bosimini pasayishi va boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ular bemor qonidagi eritrostitlarni va gemoglobinni kamayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipoksiya (organizmga kislorod etishmasligi) holati sababli yuz beradi. Haddan tashqari ko‘p qon yo‘qotilsa turli og‘ir holatlar koma, karaxtlik hayot uchun ancha xavfli boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qon tomirlar butunligi buzilsa va qon ketishi sodir bo‘lsa, qon tarkibidagi gemoglobin xlorid kislota ta’sirida gematinga o‘tadi va uning rangi to‘q, qoramtil qizil (kofega o‘xshash) rangga o‘tadi va bemor qayt qilganda tashqariga chiqadi. Ingichka ichakka oqqan qon esa najasni qora rangga aylantiradi va tashqariga chiqadi.

Jarohat olgan zaxoti kelib chiqadigan qon ketishlar birlamchi, vaqt o‘tgan so‘ng kelib chiqsa ikkilamchi xisoblanadi.

Qon yo‘qotishning asosiy ko‘rsatkichi, kechishi va asorati yo‘qotilgan qon miqdoriga bog‘liqdir. Qon yo‘kotishning engil, o‘rta va og‘ir darajalari farqlanadi. Engil darajadagi qon ketishda tomirlardagi umumiy qonning 10-15 % i yo‘qotiladi. Bunda arterial bosim 100/60 mm s.u., eritrostitlar 3, 5.1012 /l, gemoglobin miqdori 100 g/l, puls biroz tezlashgan bo‘ladi. Bu depodagi qonni tomirlarga chiqishi va gemopoezni tezlashishi xisobiga 1-2 kunda tiklanishi mumkin. O‘rtacha darajadagi qon ketishida umumiy qoni miqdorining 15-20 % i yo‘qotiladi. Bunda yuqorida keltirilgan belgilar yanada yaqqolroq ifodalangan bo‘ladi (art.bosim 90/60 mm s.u, Nv 80 g/l, eritrostitlar 2, 5 mln dan kam). Bu darajadagi qon ketishida tanaga poliglyukin, reopoliglyukin va xak. infuzion eritmalar kiritiladi. Og‘ir darajadagi qon ketishlarda umumiy qonning 20-30 % yo‘qotiladi. Utkir qon yo‘qotishlarda bemor xushsiz bo‘lib, sitsolik art.bosim 70-80 mm s.u.gacha, Nv 60 g/l dan pastgacha, eritrostitlar soni 2 mln. dan ham tushib ketadi, puls yo‘qoladi. Bunda qonni zudlik bilan to‘xtatishga va qon urnini bosuvchi eritmalar yoki qon qo‘yishga kirishish kerak.

Qon ketishini vaqtincha va butunlay tuxtatishga qaratilgan bo‘ladi. Vaqtinchalik qon ketishini tuxtatish bosib turuvchi bog‘lam quyish, tomirni barmoq bilan bosib turish, jgut quyish, oyoq-qo‘llarni qayirib turish yoki kutarish yordamida amalga oshiriladi. Qon ketishini uzil-kesil to‘xtatishning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari mavjud. Mexanik usullarga qon tomirni tikish, tomirni har ikki tomonidan bog‘lash, sirkulyar bog‘lam qo‘yish va xak. kiradi. Fizik usullarga yuqori xarorat yordamida qon ivishini kuchaytirish, diateromokoagulyasiya-elektr pichoq bilan qonayotgan to‘qimalarni kuydirish, sovuq xaroratdan foydalanish (muzli xaltacha quyish), yuqori energiyalardan foydalanish (lazer pichoq, elektrokoagulyasiya) misol bo‘ladi. Kimyoviy usullar-parenteral usul bilan kalsiy xlorid, aminokapron kislota, vikasol va boshqalarni tanaga kiritishdan iborat. Biologik usullarga qon quyish, gemotsatik gubka, fibrin plyonkadan foydalanish, qon oquvchi yuzalarni tamponadasi kiradi.



BTYO kursatish qon ketishni vaqtinchalik to‘xtatish, bemorga qon yo‘qotishni tiklash uchun kerakli sharoitni yaratish, bemorni davolash muassasasiga junatishdan iborat.

Qon quyish yo‘qotilgan qonning o‘rnini bosish va asoratlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Qon quyish butun organizmga murakkab neyrogumoral ta’sir etadi. Ushbu ta’sir asosan quyidagilardan iborat: qonning o‘rinbosarlik ta’siri, simullovchi ta’sir, qon to‘xtatuvchi ta’sir, zararsizlantiruvchi ta’sir.

Kuyilgan qon bemor organizmida 2 xaftadan 4 xaftagacha saqlanib, kislorod ta’minotida, fagostitoz va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi. Qon quyilgandan keyin, masalan, ko‘mikning qon ishlab chiqarish faoliyati ortadi, leykostitlarning fagostitozlik xususiyati yaxshilanadi. SHuning bilan bir qatorda qon bosimi pasaygan bo‘lsa ko‘tariladi, qonning ivish jarayoni tezlashadi.

Qon quyilishidan oldin uning guruxlarini aniqlash zarur. Eritrostitlar tarkibida bo‘ladigan agglyutinogen A va plazmadagi agglyutinin  va  ga qarab qon 4 guruxga bo‘linadi:

0 (I) gurux qonining eritrostitlarida agglyutinogenlar yo‘q, plazmada esa  va  agglyutininlar bor.

A (II) gurux qonida eritrostitlarida A-agglyutinogen va plazmada esa -agglyutinin bor.

B (III) gurux qoni eritrostitlarida  agglyutinogen va plazmada esa  agglyutinin bor.

AB (IV) gurux qon eritrostitlarida A va V agglyutinogenlari bor, plazmada esa agglyutininlar yo‘q.

Agar qon quyilganda A agglyutinogen -agglyutinin bilan, V-agglyutinogen -agglyutinin bilan uchrashsa, agglyutinatsiya reaksiyasi ro‘y beradi, ya’ni eritrostitlar bir-biriga yopishib, qon ivib qoladi-gemolizga uchraydi. Bu esa og‘ir holatlarga (karaxtlikka) olib keladi.

Qon guruxlari standart zardoblar yordamida aniqlanadi. Buning uchun chini tarelka yoki shisha bo‘lagi olinib, uchga bo‘linadi va I, II, III raqamlari bilan belgilanadi.

Har bir raqam ro‘parasiga muayyan (standart) zardobdan 1 tomchidan tomiziladi. Keyin barmoqdan olingan qonning 1 tomchisidan uchchala zardobga tomiziladi va 5 daqiqa kuzatiladi.

Agar aralashma uchchala guruxda ham o‘zgarmasa (ipir-ipir quyqa xosil bo‘lmasa), tekshirilayotgan qon 1-gurux deb hisoblanadi. Agar II gurux o‘zgarmasa II gurux, III guruxda o‘zgarmasa III gurux, aralashmalar uchchala guruxda ipir-ipir quyqa hosil qilsa tekshirilayotgan qon IV gurux deb hisoblanadi.

Qon beruvchi shaxs donor, qon qabul qiluvchi-retsipient deyiladi. I gurux qoni universal donor deyiladi, chunki uni hamma guruxlarga quyish mumkin. IV gurux qoni esa universal retsipient deyiladi, chunki u hamma gurux qonini qabul qila oladi. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida ko‘proq bir xil guruxdagi qonni quyiladi.

Qon quyishda rezus-faktorni ham xisobga olish lozim. Taxminan 15 % ida rezus faktor bo‘lmaydi (rezus-manfiy kishilar), 85 % kishilarda esa u bo‘ladi (rezus-musbat kishilar). Agar rezus manfiy odamga rezus omili bor qon quyilsa, eritrostitlar yopishib qoladi va gemolitik shok rivojlanadi.

Qon quyishda albatta shaxsiy va biologik moslik tekshiriladi. SHaxsiy mos kelishini tekshirishda 2 tomchi bemor qoni zardobi 0, 1 ml flakondagi qon bilan CHashka Petrida aralashtiriladi. CHashka Petri 10 daqiqa 40-420 S li suv xammomiga quyiladi. Agar shu vaqt ichida agglyutinatsiya bo‘lmasa, qon mos hisoblanadi.

Biologik sinamada bemor venasiga 15-20 ml qon yuborib, 2-3 daqiqa kutiladi. Agar bemor organizmida o‘zgarishlar-titrash, bel og‘rig‘i, qayt qilish, sovuq ter bosishi, pulsni sutslashishi kuzatilmasa YAna shunday qilib ikki marta qon yuboriladi, so‘ngra to‘liq quyish davom ettiriladi.

Qon quyishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Bevosita usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri donordan retsepientga qon quyiladi. Bilvosita usulda qon maxsus tekshiruvlardan o‘tgan sog‘lom odamlardan olinib, konservatsiya qilinib, 4-50 S xaroratda 30 kungacha sovutgichlarda saqlanadi, so‘ngra foydalaniladi. Qon quyish tomchilab va bir martalik bulishi mumkin. Bundan tashqari suyak to‘qimasining g‘ovak moddasiga qon quyilishi mumkin. Arteriya ichiga qon quyish bemor og‘ir (terminal) xolatda bulganda amalga oshiriladi.

Qon preparatlari.

Plazma-qonni 40S da 48 soat tindirib olinadi. Zardob- ivigan yoki fibrinsizlangan qonning suyuq qismi. Plazma va zardob tarkibida oqsil moddalar, antitelolar va gormonlar bo‘ladi. Ular suyuq va quyuq xolda chiqariladi.

Xaar xil shok paydo bo‘lganda, gemotsaz maqsadida qon quyilganda, organizm oqsil yo‘qotganda va boshqa hollarda plazma yoki zardob quyish tavsiya etiladi.

Eritrostitar massa- 80-90 % eritrostit bilan 20 % plazmadan iborat bo‘lib, tayyor ampulalarda chiqariladi.

Leykostitar massa har xil leykopeniyalarda venaga quyiladi, shuningdek, jaroxatning bitishini tezlatish uchun maxalliy chora xisoblanadi.

Trombostitar massa- suyuq va quruq xolda chiqariladi. Qonning ivish xossasi buzilganda gemotsazni tiklash maqsadida venaga quyiladi. Xozirgi vaqtda qon o‘rnini bosuvchi eritmalardan ham amaliyotda keng foydalaniladi.



Qon o‘rnini bosuvchi eritmalar: 1) tuzli kritsallsimon eritmalar-Ringer eritmasi, 2) qon shaklli eritmalarini saqlovchi tuz eritmalari-Petrov eritmasi, quruq plazma, 3) sintetik kolloid eritmalar- poliglyukin, reopoliglyukin, polivinilpirrolidon, 4) geterogen kolloid eritmalar- jelatinol, ferrofuzin, 5) oqsil gidrolizatlari-aminopeptid, kazein gidrolizat, gidrolizin-L-103, aminokrovin va xak. 6) shoka qarshi eritmalar- Asratyan, Banaytis eritmalari, manit, sorbit va xak. kiradi.

Qon quyishga ko‘rsatmalar:o‘tkir kamqonlik, shok xolatlari, surunkali kasalliklardan so‘ng bemorni tinkasi qurigan xollarda, zaharlanishlar, qon kasalliklari, qon ivish tizimi buzilishlari.Qon quyib bo‘lmaydigan xollar: bo‘yrak va jigarning og‘ir yallig‘lanish kasalliklari, yurakning dekompensatsiyalangan nuqsonlari, miyaga qon quyilishi, o‘pka silining infiltrativ shakli.


3-MAVZU

Sovuq olish, kuyish, va ularning tur-lari.Desmurgiya. Bog‘lamlarning turlari

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. Kuyish turlari.

  2. Kuyishning darajalari va uni aniqlash usullari.

  3. Kuyishda BTYO va davolash choralari.

  4. Sovuq olish sabablari va darajalari.

  5. Sovuq olishda BTYO.

  6. Sovuq olishni davolash usullari.

  7. Bog‘lamlarning asosiy turlari.

  8. Bosh va ko‘krak qafasiga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar

  9. Tanaga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar.

  10. Oyoq-qo‘llar va chanoq soxasiga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar.

  11. Yumshoq bog‘lamlarni qo‘yish qoidalari va yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xatoliklar.

12.Qattiq bog‘lamlar va ularning ishlatilishi.

O‘kuv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga kuyish va sovuq olish,bog‘lamlarni turlari va ularni qo‘yish xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

  • Talabalarga kuyish va sovuq olishlarda BTYO ko‘rsata olish, bog‘lamlar to‘g‘risida tushuncha berish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • Kuyish va sovuq olishlarda BTYO ko‘rsata olish va bog‘lamlar,ularning turlari va ularni qo‘yishni bilish.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar, qaror va buyruqlar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar


2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


  1. Kuyish turlari.

  2. Kuyishning darajalari va uni aniqlash usullari.

  3. Kuyishda BTYO va davolash choralari.

  4. Sovuq olish sabablari va darajalari.

  5. Sovuq olishda BTYO.

  6. Sovuq olishni davolash usullari.

  7. Bog‘lamlarning asosiy turlari.

  8. Bosh va ko‘krak qafasiga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar

  9. Tanaga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar.

  10. Oyoq-qo‘llar va chanoq soxasiga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar.

  11. Yumshoq bog‘lamlarni qo‘yish qoidalari va yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xatoliklar.

Qattiq bog‘lamlar va ularning ishlatilishi.

2.1. Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyat-larida ahamiyatga ega ekanligi muhim-ligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «CHiqish va sinishlar. Ularning turlari. Jarohatlar va ularning turlari» beriladi.

3.3.Savollarga javob beradi


Savollar berishadi

Guruh bilan ishlash qoidalari

Guruhning har bir a’zosi:

- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

- berilgan topshiriqlar to‘g‘richa faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;



1-ilova



  1. Kuyish turlari.

  2. Kuyishning darajalari va uni aniqlash usullari.

  3. Kuyishda BTYO va davolash choralari.

  4. Sovuq olish sabablari va darajalari.

  5. Sovuq olishda BTYO.

  6. Sovuq olishni davolash usullari.

  7. Bog‘lamlarning asosiy turlari.

  8. Bosh va ko‘krak qafasiga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar

  9. Tanaga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar.

  10. Oyoq-qo‘llar va chanoq soxasiga ishlatiladigan Yumshoq bog‘lamlar.

  11. Yumshoq bog‘lamlarni qo‘yish qoidalari va yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xatoliklar.

  12. Qattiq bog‘lamlar va ularning ishlatilishi.





Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə