Тошкент фармацевтика институти



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə8/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

Termik kuyishlar

Termik kuyishlar umumiy kuyishlarni 90-95 % ini tashkil etadi. Termik kuyishlarga alanga, qaynoq suyuqliklar, bug‘, issiq buyumlar sababchi bo‘lishi mumkin. Kuyishga javoban tanada ruy beradigan patologik xolat kuyish kasalligi deyiladi: Uning quyidagi davrlari farqlanadi: 1) kuyish shoki, 2) o‘tkir kuyish toksemiyasi, 3) o‘tkir septikotoksemiya, 4) rekonvalessensiya.

Kuyish kasalligini og‘irligi kuygan maydonning xajmiga va to‘qimalarni qanchalik chuqur kuyganiga bog‘liq.

Kuyish darajalari:

1-darajali kuyishda to‘qimalarni qizarishi va shishi achishish kuzatiladi. To‘qimalar halok bo‘lmaydi.

2-darajali kuyishda tiniq suyuqlik (plazma) bilan tulgan po‘faklar xosil bo‘ladi. Pufaklar atrofida qizargan soxalar aniqlanadi, achishish bo‘ladi.

3 A darajali kuyishda yorilgan yoki sariq suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar aniqlanadi. YOrilgan po‘fak o‘rnida nam nekroz kuzatiladi, og‘riq sezgisi pasaygan.

3 B darajali kuyish-keng gemorragik suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar kuzatiladi. Po‘faklar yorilgan joyda zich, quruq, qo‘ng‘ir rangli po‘sloq kuzatiladi. Bu quruq nekroz, teri tomirlari trombozi natijasidir.

4 –darajali kuyish-teridan chuqurda yotgan mushaklar va suyaklar ham nekrozga uchraydi.



Kuyish shoki-tananing 20 % i 2- va 3 A darajada yoki 10 % i 3 B va 4-darajada kuyganda kuzatiladi.

I darajali kuyish shokida bemorning holati o‘rtacha bo‘lib, es-xushi saqlangan, titrash, teri oqarishi, puls va arterial bosimning o‘zgarishi, keksalarda qo‘zg‘alish, bolalarda apatiya, tormozlanish kuzatiladi.

II darajada bemorning ahvoli og‘ir, es-xushi saqlangan, harakat qo‘zg‘alishi tormozlanishga o‘tadi, chanqoqlik, ko‘ngil aynish, qusish, teri qurishi, oqarishi, puls tezlashishi, arterial bosim pasayishi, nafas olishning yuzakilashishi, tezlashishi kuzatiladi.

III darajada bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, es-xushi xiralashadi, es-xushi xiralashadi, chanqoqlik, kofe quyqasi kabi qusish, teri oqarishi, puls ipsimon bo‘lishi, arterial bosim va tana harorati pasayishi kuzatiladi.



O‘tkir kuyish toksemiyasi-kuyish kasalligining keyingi davri bo‘lib, 2-3 kundan ikki xaftagacha davom etadi. Bu davrda zaxarlanish belgilari utsun bo‘ladi: tana xarorati 38-400 S, taxikardiya, nafasni tezlashishi, kamqonlik, oqsil almashinuvi buzilishi, jigar va bo‘yrak faoliyatining izdan chiqishi.

Septikotoksemiya-10-15 kunlarda boshlanib, infeksiya rivojlanadi. Ko‘pincha infeksiyaga safilakokklar, ko‘k yiring tayoqchasi, ichak tayoqchasi, proteylar sababchi bo‘ladi.Bu davrda zaxarlanish, kamqonlik, oqsillar etishmovchiligi belgilari kuzatiladi.

Rekonvalessensiya davrida a’zo va to‘qimalarning faoliyati tiklana boshlaydi.

Kuygan soxani aniqlash.

Kuygan odamga to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kuygan soxani aniqlash lozim.



  1. Kaft bilan o‘lchash-katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan yuzasining 1-2 % ini tashkil etadi. Kuygan soxaga serillangan salfetka yopib o‘lchanadi va shu son 1 yoki 1, 2 ga ko‘paytiriladi.

  2. To‘qqizlar qoidasiga muvofiq o‘lchash- bosh, bo‘yin yuzasi jami badanning 9 % ini, bir qo‘l yuzasi 9 % ni, tana 36 % ni, har bir oyoq yuzasi 18 % ni, oraliq va jinsiy a’zolar 1 % ni tashkil etadi. SHu raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash mumkin.

BTYO. Agar bemor olov ta’sirida kuygan bo‘lsa, birinchi navbatda extiyotkorlik bilan uning kiyimini echish kerak. badanga yopishib qolgan kiyimlar qaychi bilan extiyot bo‘lib qiyiladi. Odatda kuygan soxaga quruq aseptik paxta-doka bog‘lam quyishdan iborat bo‘ladi. SHu maqsadda maxsus kuyishga qarshi bog‘lamlardan foydalangan ma’qul. Oyoq-qo‘lning ko‘p joyi kuyganda transport shinasi quyish shart. Badan satxining ko‘p joyi kuyganda bemor serillangan choyshabga o‘raladi. Agar seril material topilmasa toza gazmoldan foydalanish mumkin. Kuygan yuzaga malxamlar, glitserin, bo‘yoq eritmalari surtish man etiladi, chunki bu yarani yuvish va uning chuqurligini aniqlashni qiyinlashtiradi.

Kuygan joyning o‘zida ko‘riladigan chor-tadbirlar: shikatslovchi omilni ta’sirini to‘xtatish, tana va kuygan joyni sovutish, og‘riqni kamaytirish, ximoyalovchi bog‘lam quyish, ishqoriy ichimliklar ichirishdan iborat. Kasalxonaga jo‘natish oldidan esa analgetiklar, neyroleptiklar, gitsaminga qarshi vositalar yuboriladi. Og‘riqni qoldirish uchun narkotik analgetiklar-promedol, omnopon, morfin; gitsaminga qarshi vositalar sifatida dimedrol, tavegil, supratsin va b. ishlatilishi mumkin. SHifoxonada anetseziya qilinadi, kardiotonik vositalar yuboriladi, plazma o‘rnini bosuvchi va elektrolitlar eritmalari (poliglyukin, jelatinol, polifer, reopoliglyukin, «Disol», «Trisol») tomchilab venaga yuboriladi. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.

Maxalliy davolash-yopiq yoki ochiq usulda bo‘lishi mumkin. Bog‘lamlar quyish iloji bo‘lmaganda, ya’ni yuz, oraliq. jinsiy a’zolar soxasi kuyganda ishlatiladi. Bunda kuygan joy kuniga 3-4 marta antiseptiklar va antibiotiklar bilan qayta ishlanadi. Kaliy permanganat 1:5000 eritmasi bilan 3-4 marta yuvish mumkin. Xozirgi vaqtda ayrim kasalxonalarda kuyganlarni ochiq davolash uchun abakterial germetik palatalar tashkil etilgan.

YOpiq usulda bog‘lamlardan foydalaniladi. 2-darajali kuyishda yarani birlamchi yuvgandan so‘ng bakteritsid va og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega malxamlar (5-10 % sintomitsin; 0, 5 % furatsilin, 10 % anetsezin) surib bog‘lab quyiladi. Yiringlash kuzatilmasa bog‘lam bir necha kundan so‘ng almashtiriladi.

3 A darajali kuyishda yiringli-demarkatsion yallig‘lanish rivojlanadi, shuning uchun quruq putsloq xosil bo‘lishiga yordam berish kerak. Buning uchun antiseptiklar (0, 02 % furatsilin, 3 % bor kislota; 0, 5 % kumush nitrat) ishlatilishi mumkin. Malxamlar tavsiya etilmaydi. Epiteliy yangi xosil bo‘la boshlagach Vishnevskiy malxami ishlatilishi mumkin. Bog‘lamlarni almashtirishda 1-3 % vodorod peroksidga namlangan salfetkalar bilan yara yuviladi.

3 B darajadagi kuyishda kuygan soxa platsik jarroxlik amaliyoti uchun tayyorlanadi. CHuqur kuyishlarni 3 bosqichda jarroxlik usuli bilan davolanadi: 1) nekrotomiya-nekroz soxasini kesish, 2) nekroektomiya-nekroz soxasini olib tashlash, 3) teri platsikasi.



Kimyoviy kuyish

Kimyoviy kuyishlar kislota, ishqorlar va b. kimyoviy moddalar ta’sirida kelib chiqadi. Kimyoviy kuyishlarda asosiy tadbir terining oqar suvda kamida 15 daqiqa yuvish xisoblanadi, bu faqat oxak bilan kuyganda tavsiya etilmaydi. Kislotalar bilan kuyganda kuchsiz ishqorlar (natriy gidrokarbonat), ishqorlar bilan kuyganda esa kuchsiz kislotalar (0, 01 % xlorid kislota, 1-2 % chumoli kislota) bilan yuvish tavsiya etiladi. Agar kimyoviy modda kiyimga shimilgan bo‘lsa, uni tezda echib olish lozim.

Kislotalar bilan kuyganda oqsillar parchalanadi, kislotali proteinatlar kompleksi xosil bo‘ladi, to‘qimalar qurib, koagulyasion (quruq) nekroz rivojlanadi. Ishqorlar bilan kuyganda ishqoriy proteinatlar xosil bo‘ladi, yog‘lar sovunlanadi va kollikvatsion (nam) nekroz rivojlanadi.

Ayrim moddalar bilan kuyganda umumiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, fosfor va pikrin kislota nefrotoksik. tanin kislota gepatotoksik ta’siga ega va xak.



Elektr toki va nurdan kuyish.

Elektr tokidan kuyish tok manbai bilan bevosita aloqada bo‘lgan joyda kuzatiladi. Tibbiy yordam va maxalliy davolash tadbirlari termik kuyishdagi kabi.

Nurdan kuyish- yadro portlaganda kuzatiladi. Radioaktiv moddalar tanaga yutilib, to‘qimalarni o‘zgarishiga olib keladi. tanani ma’lum bir qismi nurlanganda nurdan kuyish, butun tana nurlanish olganda esa nur kasalligi deyiladi. Tibbiy yordam tadbirlari aseptik bog‘lam quyish, muzli xaltacha yoki sovuq suvga namlangan bog‘lam quyish, nekrozga uchragan to‘qimalarni olib tashlash va xak. dan iborat. 1-2 darajali kuyishda malxam quyib bog‘lash tavsiya etiladi. Venaga 0, 5 % novokain eritmasi yuborilishi mumkin. Nur kasalligida esa bemor maxsus kasalxonada uzoq vaqt davolanadi.

Sovuq olish.

To‘qimalarni past xarorat ta’sirida SHikastlanishi sovuq olish deyiladi. Ko‘proq Sibir va Uzoq SHarq mintaqalarida uchraydi. Sovuq olishda xavo xarorati, kiyim, namlik, shamol, kishining shaxsiy moslashuv xususiyatlari rol o‘ynaydi. Masalan, sovuq mintaqada yashovchilar ancha moslashgan bo‘ladi. Alkogol qon tomirlarni kengaytiradi va issiqlikni yo‘qolishiga olib kelib, sovuq olishni kuchaytiradi.

Sovuq olishning reaktiv oldi va reaktiv davri farqlanadi. Reaktiv oldi davri bir necha soatdan 1 kungacha davom etib, terining oqarganligi, sianoz, sovuqligi, kam sezuvchanligi bilan tavsiflanadi. Sovuq urgan soxada achishish va paretseziya seziladi, og‘riq bo‘lishi mumkin. SHikastlangan soxada xarorat me’yoriga kelishi bilan reaktiv bosqich boshlanadi.

Reaktiv bosqichda terining qizarishi, qizishi, og‘riq achishish kuzatiladi. Teri shishgan, rangi har xil bo‘ladi. SHish va terining rangi SHikastlanishning chuqurligini bildirmaydi.

Sovuq olishning 4 darajasi farqlanadi:

1-darajali sovuq olganda qon tomirlari torayib ketishi natijasida sovuq olgan soxadagi teri oqarib yoki ko‘karib ketadi va xech narsani sezmaydi. davolash natijasida bir necha kundan keyin bu o‘zgarishlar yo‘qoladi.

2-darajali sovuq olishda tiniq suyuqlikka to‘lgan po‘fakchalar xosil bo‘ladi. Terini o‘suvchi qavati shikatslanmagani uchun u 1-2 xaftada tiklanadi.

3-darajali sovuq olishda qonli suyuqlik bilan to‘lgan po‘faklar xosil bo‘ladi. To‘qimalar chuqur SHikastlangan uchun u tiklanmaydi, agar teri kuchirib utkazilmasa, chandiq xosil bo‘ladi. SHikastlangan soxada sezgi yo‘qoladi. Nam nekroz kuzatiladi.

4-darajali sovuq olishda (mumiyolanish) bo‘g‘imlar va suyaklar ham shikatslanadi. Sovuq urgan soxa qorayib, quriy boshlaydi. Og‘riq va zaxarlanish natijasida bemor xalok bo‘ladi.

BTYO. Sovuq olgan odamni issiq xonaga olib kirish, nam kiyimlarni echib tashlash, badanni sovuq urgan joyini isitish, qon aylanishini tiklash uchun massaj qilish zarur. Sovuq urgan odamni iliq vannaga kiritib, suv xarorati atsa-sekin 360S gacha oshiriladi.Keyin bemor issiqqa uralib, badanni SHikastlangan joyiga aseptik bog‘lam quyiladi. Sovuq urgan soxaga yog‘ va mazlar surtish mumkin emas. Bemorga issiq choy, kofe ichiriladi, so‘ngra shifoxonaga yuboriladi. Og‘ir xollarda analgetiklar qilinadi, yurak-qon tomir va nafas faoliyatini tiklashga harakat qilinadi. Teriga infeksiya tushishini oldini olish, organzmni tiklash uchun vitaminli ovqatlanish zarur. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.
Dala sharoitida


  1. Nam oyoq kiyim, qo‘lqop, paypoq echiladi.

  2. Issiq qo‘l bilan tananing sovuq olgan joylari isitiladi.

  3. Issiq ichimlik beriladi.

  4. Bog‘lom qo‘yiladi.

  5. SHifoxonaga yuboriladi.

Uy sharoitida

  1. Nam oyoq va uts kiyimlari echiladi.

  2. Bemor 17-180 S li vannaga kiritilib, suv xarorati 360 S gacha atsa-sekin ko‘tariladi.

  3. Issiq choy yoki kofe ichirib, issiq joyga yotqizib, o‘rab qo‘yiladi.



4-MAVZU

CHiqish va sinishlar. Ularning turlari

Jarohatlar va ularning turlari

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1.Suyaklarning sinishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

2.Suyak sinishida BTYO

3.Suyaklarning chiqishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

4.Suyak chiqishida BTYO.

5.Jaroxatlarning kelib chiqish sabablari.

6.Jaroxatlarning turlari.

7.Jaroxatlarning turlariga qarab BTYO.


Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga chiqish va sinishlar,jaroxatlar xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

  • chiqish va sinishlar, jaroxatlarda ko‘rsatiladigan BTYO tadbirlari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • CHiqish va sinishlar, jaroxatlar xakida tulik ma’lumot berish.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar, qaror va buyruqlar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona


II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


1.Suyaklarning sinishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

2.Suyak sinishida BTYO

3.Suyaklarning chiqishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

4.Suyak chiqishida BTYO.

5.Jaroxatlarning kelib chiqish sabablari.

6.Jaroxatlarning turlari.

7.Jaroxatlarning turlariga qarab BTYO.


2.1. Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi.



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyat-larida ahamiyatga ega ekanligi muhim-ligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «O’tkir va surunkali jarrohlik infeksiyalari.O‘tkir jarroxlik kasalliklari va unda BTYO.» beriladi.

Savollarga javob beradi



Savollar berishadi

  1. ilova



«Akliy xujum» savollari



Savollar

1.

Suyaklarning sinishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

2.

Suyak sinishida BTYO

3

Suyaklarning chiqishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

4

Suyak chiqishida BTYO.

5

Jaroxatlarning kelib chiqish sabablari.

6

Jaroxatlarning turlari.

7

Jaroxatlarning turlariga qarab BTYO.



4-ma’ruza

Chiqishi va sinishlar. Ularning turlari. Jaroxatlar.
Reja:

1. Suyaklarning sinishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

2.Suyak sinishida BTYO

3. Suyaklarning chiqishi, turlari, asosiy belgilari, asoratlari

4. Suyak chiqishida BTYO.
Suyak butunligining to‘liq yoki qisman buzilishi sinish deyiladi. Suyaklarning sinishi ochiq va yopiq ko‘rinishda buladi. Ochiq sinish-teri butunligining buzilishi,ya’ni jaroxatlanishi bo‘lsa, yopiq sinishda esa teri butunligi saqlanadi. Suyaklar to‘liq va qisman singan bulishi mumkin. Suyakning tuliq sinishida suyak bulaklarga bulinadi yoki dars ketadi.Bunda kundalangiga, qiyshiq, buralgan, maydalanib singan bulishi mumkin. SHikastlanishning joyiga kura suyak sinishi 2 ga bulinadi: 1.Suyakning o‘rta qismi sinsa-diafizar sinish 2. Suyakning bug‘in qismi sinsa epifizar sinish deyiladi. Suyak sinishida kupincha suyak bulaklari mushaklar reflektor qisqarishi yoki ta’sir etuvchi kuch xisobiga yon tomonga va uzunasiga siljiydi.

Suyak sinishining asosiy belgilari

1.qattiq og‘riq. Og‘riq xarakat qilinganda kuchayadi va bu suyakning singan turiga, ta’sir etgan kuchga, Yumshoq to‘qimalarning jaroxatiga bog‘liq. Eng kuchli og‘riq suyakning ochiq sinib juda maydalanib ketgan xolatida buladi. Natijada og‘riqdan bemor shok xolatiga tushish mumkin.

2. Oyoq suyaklari sinishida deformatsiya (qiyshiqlik, kaltaligi) kuzatiladi.

3. singan soxada patologik qimirlash ( singan suyak xarakati) va krepitatsiya (suyak bulaklarining g‘ichirlashi) belgilari seziladi. Bu vaqtda og‘riq yanada kuchayadi, chunki yaqin joylashgan qon tomir va nervlar SHikastlanishi mumkin. Bu belgilarni yuzaki ko‘rish va sog‘ oyoqqa taqqoslash orqali aniqlanadi.

4. Agar yopiq xolda singan bulsa gematoma, shish xosil bulishi, ochiq xolda suyak bulaklari Yumshoq to‘qimadan kurinishi va qon oqishi belgilari kuzatiladi.

Suyak sinishida BTYO.

Suyak sinishida jaroxatlangan odamning taqdiri vaqtida va to‘g‘ri kursatilgan BTYO ga bog‘liq.

Ochiq sinishda: 1. Vaqtinchalik qon oqishi tuxtatiladi.

2. og‘riqni kamaytirish maqsadida jaroxatlangan suyakni va u bilan bog‘liq bug‘inlarni xarakatsizlantiriladi ( immobilizatsiyalanadi) va bu bilan shokka tushishning oldi olinadi. Agar tug‘ri immobilizatsiya qilinmasa, qon tomir, nervning SHikastlanishi, shok xolati kuzatiladi. Asosiysi tranport immobilizatsiyasi SHikastlangan odamni sog‘, asoratsiz va tezlikda satsionarga olib borishdan iborat. Buning uchun maxsus shinalardan (qimirlatilmaydigan, qimirlatish va tortish uchun muljallanib), bular bo‘lmaganda faner, kardon, yog‘och-taxtalardan shina sifatida foydalanish mumkin.

Transport immobilizatsiyasining qoidalari:


  1. quyilayotgan shina pastki va yuqori ikki bo‘g‘imni qamrashi kerak. Ayrim hollarda esa 3 ta bo‘g‘im (son va elka suyaklari sinishida) ham harakatsizlantiriladi.

  2. SHikastlangan oyoq qo‘lni iloji boricha fiziologik holatda, agar imkoniyat bo‘lmasa og‘riq kam seziladigan holatga qo‘yiladi.

  3. ochiq sinishda chiqib turgan suyak bo‘lagini qaytadan joyiga qo‘yish mann etiladi. Bunda serillangan bog‘lam bilan bog‘lanadi va shu holatda shina qo‘yiladi.

  4. YOpiq sinishda jaroxatlangan shaxsni utski kiyimlarini echish taqiqlanadi.

  5. SHina tagiga Yumshoq buyumlar (paxta, sochiq, ro‘mol va b.) qo‘yish tavsiya etiladi.

  6. Jaroxatlangan shaxsni ko‘tarish va yotqizishda SHikastlangan oyoq yoki qo‘lni ushlab turish zarur.

  7. Ushbu tavsiyalar e’tiborga olinmasa jaroxatlangan shaxsni axvoli og‘irlashadi, yopiq sinish ochiq turiga o‘tishi, qon va nerv tomirlari SHikastlanishi va b. asoratlar ro‘y berishi mumkin.

Singan suyakka qarab immobilizatsiyaning turli usullaridan foydalaniladi. Son suyagi singanda Diterixs va norvonsimon simli shinalar, boldir suyagi singanda fanerli, narvonsimon simli va boshqa qo‘l kelgan shinalar ishlatiladi. Qo‘l suyaklarini sinishida narvonsimon simli shina yoki boshqalar (to‘rsimon, fanerli) qo‘llanadi. Qovurg‘a suyaklari singanda Elanskiy shinalari yoki paxtali dokadan yasalgan bog‘lam ishlatiladi.

BTYO dan sung davolash immobilizatsiyasi satsionarda utkaziladi. Bunda gipsli bog‘lamdan foydalaniladi. Gips 100-1300 S issiqlikda quritilgan kalsiy sulfatdir. 10-12 daqiqada qotadi, uta gigroskopik. SHikastlanishning boshlang‘ich davrida langet ( gipsli bog‘lam yarim uraladi), to‘qima shishlari qaytganda sirkulyar (keng, urtacha tor xolda) gipsli bog‘lam uraladi.

Gipslashning asosiy qoidalari:

1. gips qo‘yishda paytda qul-oyoq xarakatsiz va qulay xolatda bulishi lozim,

2. gipslanayotgan a’zo yordamchi tomonidan faqat kaft bilan ushlanadi, 3. gipsning yaxshi qotishi va sinmasligini ta’minlash uchun extiyot choralari ko‘riladi,

4. gipsli bint o‘ralayotganda har gal oldingi o‘rashni 2/3 qismi qamrab olinadi,

5. har bir gipsli bint qavati utsidan qul bilan tekislanadi,

6. gipslangan oyoq yoki qul barmoqlarining uchlari ochiq qoldirilishi lozim,

7. gips qotgach oyoq yoki qul kutarilib quyilishi, agar og‘riq sezilsa maxsus qaychi bilan kesilib langet tarzida utsidan bog‘lanadi.

Suyaklarning chiqishi.

Suyaklarning bug‘imlardan normal xolatidan surilishi suyak chiqishi deyiladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi bir-biriga jips tegmay qolsa to‘liq chiqish, bug‘im yuzasi biroz bulsada tegib tursa qisman chiqish deyiladi. Suyak elka bo‘gimidan chiqsa elka suyagi chiqishi, tirsakda bilak suyaklarining chiqishi va x.k .

Suyak chiqishi sabablariga kura tug‘ma, travmatik, patologik, va odat bo‘lib qolgan chiqish turlariga bo‘linadi:

1. Suyakning to‘g‘ma chiqishi. Ona qornida bo‘g‘im yuzalarining noto‘g‘ri rivojlanishi natijasida chanoq-son bug‘imida son suyagi bir tomndan yoki 2 tomondan chiqib qoladi. Bu bola yura boshlagach oqsoqlanganidan yoki urdakka uxshab yurishidan seziladi.Bu kam uchraydigan chiqish turi bo‘lib kuproq qiz bolalarda uchraydi.

2. Suyakning travmatik chiqishi kuproq uchraydi. YA’ni travma oqibatida masalan, elka bilan yiqilganda elka suyagining chikishi.

3. Patologik chiqish kam uchrab bug‘im va uning atrofidagi to‘qmalarda biron kasallik (sil, zaxm,otseomielit) natijasida buladi.

4. Odat bulib qolgan chiqishi ilgari chiqqanda bug‘im kapsulasining uzilganligi va chuzilganligi sababli suyak takror chikadigan bulib qoladi. Sporsmenlarda (kurashchilar) kup uchraydi.

Suyak chiqishining asosiy belgilari.

CHiqqan soxada o‘ziga xos g‘ichirlagan tovush eshitiladi, qattiq og‘riq turadi, bo‘g‘im faol harakat qila olmaydi, chiqqan bo‘g‘imning tashqi ko‘rinishining uzgaradi. CHiqqan soxada shish xosil bo‘lishi va qon quyilish, chiqqan oyoq-qul uzunligining uzgarishi kuzatiladi. Oyoq-qulni xolatini o‘zgartirishga harakat qilganda agar chiqqan bo‘lsa, qarshilik seziladi.



CHiqqanda BTYO. Bemorni qimirlatmay yotqizib quyish, chiqqan oyoq yoki qulni qimirlamaydigan qilib bog‘lash va tezda kasalxonaga olib borish, og‘riq qoldiruvchi dorilar ( morfin, promedol) beriladi. CHiqqan suyakni o‘zicha to‘g‘rilashga harakat qilish tavsiya etilmaydi.

Hayotda ko‘proq elka suyagining chiqishi kuzatiladi. Bunda chiqqan elka suyagi kasalxonada Koxer, Mota-Muxina, Gippokrat usullari bilan to‘g‘rilanadi.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə