Тошкент фармацевтика институти



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə9/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20

JAROXATLAR.

Reja:

1.Jaroxatlarning kelib chiqish sabablari.

2. Jaroxatlarning turlari.

3. Jaroxatlarning turlariga qarab BTYO.

Teri yoki shilliq pardalarning butunligining buzilishi jarohatlar deyiladi. Belgilari: og‘riq, qon oqishi va jaroxatlangan to‘qima tortilishi, uning chetlarini qochishi. Og‘riqning kuchi: a) jarohatning joylashgan o‘rniga, b) jarohatlagan asbobning turiga, v) to‘qimalarni SHikastlanishining tezligiga, g) jabrlanuvchini shaxsiy xususiyatlari va ruxiy holatiga bog‘liq. Jarohatlangan to‘qima chetlarini qochishi, tortilishi, Ushbu to‘qimaning qisqarishiga, undagi cho‘ziluvchan-elatsik tolalarga bog‘liq. Jarohatlanish natijasida elatsik tolalar ko‘ndalangiga kesilgan bo‘lsa, chetlari qochishi shuncha kattaroq bo‘ladi va shuncha mikroblar tushishi bilan bog‘liq asorat ko‘p bo‘ladi. Qon ketishi jarohatning turiga, katta-kichikligiga, to‘qimaning qon bilan ta’minlangani, qon bosimi va b. ga bog‘liq. Ko‘p qon yo‘qotish o‘tkir kamqonlik, karaxtlik va b.ga sabab bo‘ladi. Jaroxatning kelib chiqish sababiga ko‘ra: beixtiyor va qasddan qilingan; infeksiyalanganiga ko‘ra: aseptik, mikroblar bilan ifloslangan va infeksiyalangan bo‘ladi.

Jarohatlagan buyumning xarakteriga ko‘ra:



Kesilgan jaroxat-o‘tkir asboblar(skalpel,pichoq,lezviya) keltirib chiqaradi va jroxat chetlari tekis bo‘lib ko‘p qon ketadi.

YUlingan jaroxat-teri va teri osti to‘qmasi ko‘chadi va chetlari noto‘g‘ri, qon oqishi kuproq.

CHopilgan- o‘tkir va og‘ir asboblar bolta, tesha, kilich) yordamida xosil qilinadi va chuqurroqda joylashgan to‘qimalar zararlanib, ko‘ndalan chopilsa jaroxatlangan to‘qmaning tortilishi kuchayadi.

Lat egan- o‘tmas, qattiq buyumlar (tosh, temir, yog‘och) yordamida yuzaga keladi va Yumshoq to‘qimalarning ezilishi kuchli va qon oqishi kam bo‘ladi.

Sanchilgan - o‘tkir uchli asboblar nayza bigiz, mix) ta’sirida kelib chiqadi va jaroxat juda chuqur bo‘ladi.

Tishlangan–ko‘pincha xayvonlar ta’sirida kelib chiqadi va mikroblar bilan zararlangan bo‘ladi (asoratida quturishga olib kelishi mumkin).

Zaxarlangan – ilon, chayon kabi zaxarli xayvonlar chaqkanida va kimyoviy moddalar ta’sirida kelib chiqadi.

O‘q tekkan –miltiq,to‘pponcha kabi qurollar ta’sirida yuzaga keladi va tanani teshib o‘tishi yoki o‘tmasligi mumkin.

BTYO ko‘rsatish:

Jarohatlangan odamga yordam ko‘rsatishda jarrohlik qayta ishlovi asosiy ahamiyatga ega. Jarrohlik qayta ishlovi agar birinchi 6 soat ichida o‘tkazilsa erta, 24 soat ichida o‘tkazilsa kechiktirilgan, undan ham keyin o‘tkazilsa o‘ta kechikkan deyiladi.

Birlamchi jarrohlik qayta ishlovida jarohatni og‘ir-engilligiga qarab maxalliy yoki umumiy og‘riqsizlantirilib, yarani yuviladi va quyidagi 5 ta tadbir amalga oshiriladi: 1) yarani kesib ochish, 2) o‘lgan to‘qimalarni olib tashlash, 3) jarohatdagi yot jismlarni olib tashlash, 4) qon oqishini to‘xtatish, 5) jarohatni tikish, drenaj qo‘yish. Har qanday jarohatni iflosliklardan tozalab, chetlari yodonat, yodopiron bilan, jarohatning o‘zi esa 1-2 % vodorod peroksid bilan ishlanadi va aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Iflosliklar bo‘lmaganda, yot jismlarni to‘la olib tashlash va jarohat chetlarini tortmasdan yaqinlashtirish imkoni bo‘lsa, magitsral tomirlar va nerv svollari butun bo‘lsa jarohatni tikish mumkin. Yiringli jarohatlarni yallig‘lanish fazasida davolashda V. I. Sruchkov bemor immun izimini faollashtirish, antiseptiklardan foydalanish, yiringni chiqib ketishiga imkon yaratish, proteolitik fermentlardan foydalanishni tavsiya etadi. Regeneratsiya fazasida esa umumiy quvvatlantiruvchi terapiya, indifferent malhamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Zaruriyat bo‘lsa jarrohlik usullaridan foydalaniladi.


5-MAVZU

Shikastlanishlar. Yumshoq to‘qima SHikastlanishi va BTYO. Bosh miya SHikastlanishi va unda BTYO

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. Shikastlanishlarning tasnifi.

  2. Yumshoq to‘qimalarning yopiq Shikastlanishlari va ularda BTYO.

  3. Uzoq vaqt bosilish sindromi, patogenezi va belgilari.

  4. Uzoq vaqt bosilib qolish sindromi kuzatilganda BTYO tadbirlari.

  5. Boshning SHikastlanishi,turlari,kechishi va asoratlari.

  6. Miyaning SHikastlanishi, miyaning ezilishi va urilishi.

  7. Bosh miyaning SHikastlanishida ko‘rsatiladigan BTYO ning tadbirlarini.

  8. Umurtqa pog‘onasining SHikastlanishi belgi-lari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO.

Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarga Shikastlanishlar va ularda BTYO xakida tulik ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:

talabalarni Shikastlanishlarning turlari, belgilari va ularda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari bilan tanishtirish.



O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar Shikastlanishlarning klinikasi, diagnostikasi, Yumshoq to‘qimalar SHikastlanganda, uzoq vaqt bosilish sindromi kuzatilganda BTYO ko‘nikmalarini hosil qiladilar.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar, qaror va buyruqlar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


  1. Shikastlanishlarning tasnifi.

  2. Yumshoq to‘qimalarning yopiq Shikastlanishlari va ularda BTYO.

  3. Uzoq vaqt bosilish sindromi, patogenezi va belgilari.

  4. Uzoq vaqt bosilish sindromi kuzatilganda BTYO tadbirlari.

  5. BoshningSHikastlanishi,turlari,kechishi va asoratlari.

  6. Miyaning SHikastlanishi, miyaning ezilishi va urilishi.

  7. Bosh miyaning SHikastlanishida ko‘rsatiladigan BTYO tadbirlari.

  8. Umurtqa pog‘onasining SHikastlanishi belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO.

2.1. Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «O’tkir va surunkali jarrohlik infeksiyalari.O‘tkir jarroxlik kasalliklari va unda BTYO.» beriladi.

Savollarga javob beradi



Savollar berishadi

1-ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari


Guruhning har bir a’zosi:

- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

- berilgan topshiriqlar to‘g‘richa faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;








  1. Shikastlanishlarning tasnifi.

  2. Yumshoq to‘qimalarning yopiq Shikastlanishlari va ularda BTYO.

  3. Uzoq vaqt bosilish sindromi, patogenezi va belgilari.

  4. Uzoq vaqt bosilish sindromi kuzatilganda BTYO tadbirlari.

  5. Boshningshikastlanishi,turlari,kechishi va asoratlari.

  6. Miyaning Shikastlanishi, miyaning ezilishi va urilishi.

  7. Bosh miyaning Shikastlanishida ko‘rsatiladigan BTYO tadbirlari.

  8. Umurtqa pog‘onasining Shikastlanishi belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO.






5-MA’RUZA

SHIKASTLANISHLAR. YUMSHOQ TO‘QIMA SHIKASTLANISHI VA BTYO BOSH MIYA SHIKASTLANISHI VA UNDA BTYO

Reja:


1. Shikastlanishlarning tasnifi

2. Yumshoq to‘qimalarning SHikastlanish turlari

3. Uzoq vaqt bosilish sindromi, asosiy belgilari va unda BTYO

4.Bosh miya SHikastlanishining asosiy belgilari

5. Miya chayqalishi

6. Miya urilishi va ezilishi, belgilari, BTYO.


SHikastlanish deb odam organizmiga to‘satdan turli tashqi omillar ta’siri natijasida to‘qimalarda, organlarda anatomik-funksional o‘zgarishlar vujudga kelib, maxalliy va umumiy reaksiyalar bilan davom etadigan patologik holatga aytiladi.

Shikastlanishlarning quyidagi turlari ma’lum:



  1. ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan,

  2. ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan,

  3. harbiy,

  4. qasddan etkazilgan.

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq SHikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq SHikastlanish ham kiradi.

Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan SHikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘lmaydi. Bunga uy sharoitida, transportda, ko‘chada, sport bilan shug‘ullanganda bo‘ladigan Shikastlanishlar kiradi.

Harbiy SHikastlanish esa harbiy xizmat bilan bog‘liq Shikastlanishlarni o‘z ichiga oladi.

Qasddan SHikastlanishga esa o‘zgalar tomonidan ataylab etkaziladigan Shikastlanishlar kiradi. SHikats etkazadigan omillar-mexanik, fizik, kimyoviy va b. bo‘lishi mumkin.

Ko‘rinishi bo‘yicha yopiq va ochiq; kelib chiqishi bo‘yicha bevosita va bilvosita Shikastlanishlar farqlanadi. YOpiq Shikastlanishlarda teri butunligi saqlanadi, teri ostidagi to‘qima va a’zolar shikatslanadi. Ochiq SHikastlanishda esa teri jarohatlanadi. Bevosita SHikastlanishda tashqi omil ta’sir etgan joyda o‘zgarishlar kuzatiladi. Bilvosita SHikastlanishda esa ta’sir joyida o‘zgarishlar bo‘lmay, boshqa joylarda o‘zgarish kuzatiladi. SHikatslovchi omil bir marta yoki uzoq vaqt atsa-sekin ta’sir etishi mumkin (o‘tkir va surunkali Shikastlanishlar).

Shikastlanishlarning maxalliy belgilariga og‘riq, teri rangini va butunligini o‘zgarishi, SHikastlangan a’zo faoliyatini buzilishi va b. kiradi. Umumiy belgilarga xushdan ketish, shok, kollaps kiradi.

SHikastlanish darajasi quyidagi omillarga bog‘liq: 1) shikatslovchi omilni fizikaviy tavsifi, 2)SHikastlangan to‘qimalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari, 3) SHikastlanish vaqtida jabrlanuvchining ahvoli, 4) to‘qima va a’zolardagi patologik o‘zgarishlar va b.

Shikastlanishlar kechishiga qarab: engil (ish qobiliyati yo‘qotilmaydi, o‘rtacha (ish qobiliyati vaqtincha yo‘qotiladi) va og‘ir (ish qobiliyati uzoq vaqt yo‘qotiladi) bo‘lishi mumkin.

Yumshoq to‘qimalarning yopiq shikastlanishi.

Lat eyish. Shikastlanishlar ichida ko‘p uchrab, o‘tmas buyum ta’sirida sodir bo‘ladi.Lat eyish musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish, yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Lat eyishning belgilariga og‘riq, to‘qimalar shishi, teri ostiga qon quyilishi, faoliyatining buzilishi kiradi. Teri to‘qimalari ostiga qon quyilishi qontalash deyiladi, kattaroq qon tomir SHikastlangan bo‘lsa, qon ko‘p miqdorda to‘planadi va gematoma xosil bo‘ladi. Urib olish natijasida ichki a’zolar (jigar, o‘pka, bo‘yrak, ichaklar0 SHikastlanishi mumkin. Bunda shok rivojlanishi mumkin. Og‘riq shikatslovchi omilning kuchi va SHikastlanish joyiga bog‘liq. Nerv svollari va refleksogen zonalar lat eganda og‘riq kuchli bo‘ladi.Og‘riq xarakat qilganda kuchayadi va tinch turganda kamayadi. Xosil bo‘lgan shishning katta-kichikligi quyilgan qon miqdoriga va limfa tomirlarining uzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Surilish jarayonida gemoglobin rangi o‘zgarishiga bog‘liq xolda qon quyilgan joy avval yashil, so‘ng sarg‘ish tus oladi.

BTYO. Lat egan odamga yordam berish tinch qo‘yish, qon quyilishini va og‘riqni kamaytirishga qaratiladi. Og‘riqni qoldirish uchun SHikastlangan soxani yuqori ko‘tarib qo‘yiladi, sovuq kompress buyuriladi, siqib turuvchi bog‘lam qo‘yish mumkin. Lat egan bo‘g‘imni immobilizatsiya qilish lozim bo‘ladi. Gematomaning so‘rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qo‘llaniladi.

Boylamlarning cho‘zilishi bo‘g‘im sohasida uni cho‘zib yuboradigan va hatto boylamlarni uzib yuboradigan zo‘r keladigan harakatlar natijasida kelib chiqadi. Boylam cho‘zilganda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. SHikastlangan soha tezda shishadi va bo‘g‘im faoliyati buziladi, qon tomirlari uzilishi oqibatida cho‘zilish boldir-oyoq panjasi bo‘g‘imida, tizza va tirsak bo‘g‘imlarida ko‘p uchraydi. Boylam cho‘zilganda, bo‘g‘im sohasiga bosib turadigan bog‘lam qo‘yish kerak. Og‘ir xollarda gipsli bog‘lam qo‘yiladi. Bo‘g‘im cho‘zilganda avval muzli xalatacha yoki sovuq kompress ishlatiladi. Keyingi kunlarda esa isituvchi muolajalar qilinadi.

Boylamlarni uzilishi. Ko‘pincha boylamlar, mushaklar, qon tomir va nerv tolalari tortilishi natijasida uzilishi mumkin. Bunday SHikastlanish ko‘proq jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarda uchraydi.

Boylamlarni uzilishi natijasida bo‘g‘imda qon yig‘iladi, og‘riq bo‘ladi. Tizza bo‘g‘imi SHikastlanganda oyoqni bukish yoki yoyish kuchli og‘riq beradi, shu erda shish paydo bo‘ladi.



Mushaklar uzilishida ham qattiq og‘riq seziladi va uzilgan joyda bo‘shliq hosil bo‘ladi, shish kuzatiladi. Mushaklarning yorilishi to‘satdan og‘riq bo‘lishi, teri ostiga qon quyilishi, shish, SHikastlangan a’zo faoliyatining buzilishi bilan tavsiflanadi.

BTYO tadbirlari immobilizatsiya qilish, og‘riq qoldiruvchi dorilar berish, muzli xaltacha qo‘yishdan iborat SHishlarni kamaytirish maqsadida oyoq yoki qo‘l ko‘tarilgan holatda bo‘lishi kerak.

Uzoq vaqt bosilish sindromi – zilzilalar, tabiiy falokatlar tufayli odam uzoq vaqt binolar yoki boshqa qulagan obektlar tagida qolib ketganda kuzatiladi. Uzoq vaqt bosilish sindromi patogenezida asosan 3 ta omil axamiyatga ega:

  1. Kuchli og‘riq sezgisi-buning oqibatida markaziy nerv sitsemasida patologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

  2. Travmatik toksemiya- SHikastlangan to‘qimalarning parchalanish maxsulotlarining qonga surilishi oqibatida kelib chiqadi.

  3. Plazma yo‘qotish- bu SHikastlangan a’zolarni shishishi tufayli rivojlanadi.

SHikastlangan odamda kuchli og‘riq, qo‘zg‘alish belgilari, atrof-muxitga mos bo‘lmagan javob reaksiyasi, titrash, pulsning sekinlashishi, arterial qon bosimining tushib ketishi, xattoki, o‘lim kuzatilishi mumkin. Maxalliy belgilar: teri qoplamlarining oqarishi, ko‘karishlar, o‘sha joyda shish va pufaklar paydo bulishi, qon quyilishi kabilar kuzatiladi. Kon tarkibida qonning quyuqlashishi, gematokrit ko‘rsatkichining oshishi, eritrostitlar va gemoglobin miqdorining ko‘payishi kabi, shuningdek buyrak faoliyatining izdan chiqishi va ajralayotgan peshob miqdorining kamayishi kuzatiladi.

Uzoq vaqt bosilish sindromining kechishida 3 ta davr ajratiladi:

  1. Erta davr-SHikastlangandan keyin 2-3 kun ichida kuzatiladi.

  2. Oraliq davr-3 nchi 12nchi kunlar ichida kuzatiladi

  3. Kech davri- 12 nchi kundan sung kuzatiladi.

Erta davrda tananing shishi va gemodinamik o‘zgarishlar, oraliqda-buyrak etishmovchiligi, kech davrda jabrlanuvchi xolatining atsa –sekin sog‘ayishi kuzatiladi.

Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanuvchini bosib turgan buyumlar ostidan olib chiqish, nafas yullarini tozalash, muzli xaltacha quyish, ezilgan joylarga aseptik bog‘lam quyish, jaroxatli joyni elatsik bint bilan bog‘lash, qon ketayotgan bo‘lsa jgut quyish xamda transport immobilizatsiyasidan iborat. Zaxarlanishni kamaytirish uchun venaga suyuqliklar yuborish yoki ishqoriy suyuqliklar ichirish tavsiya etiladi. Og‘riq qoldirish maqsadida 1-2 ml, 1-2 % li promedol yoki narkotik analgetiklardan (morfin) foydalanish mumkin.
MAVZU: BOSH MIYA VA UMURTQA POG‘ONASI SHIKASTLANISHLARI
Bosh suyagi yopiq va ochiq shikastlanishi mumkin. Urib olish yoki lat eyish, miyaning ezilishi yopiq shikastlanishga kiradi. Bu aksari o‘tmas buyumlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Jaroxatlanish esa ochiq SHikastlanishga kiradi. Bunda terining butunligi buzilib, qon oqadi.

Bosh miya Shikastlanishlarida tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkil qilish uchun uning belgilariga e’tibor berish lozim. SHikastlangan odamda es-xush quyidagicha bo‘lishi mumkin:



Es-xushning tiniqligi-bemor atrof-muxit, vaqt va o‘z xolatini baholay oladi, savollarga mos javob beradi.

Uyquchanlik xolati-bemor oddiy savollarga to‘g‘ri javob beradi, vaqt va turgan joyini aytib berolmaydi, uyqu tortadi.

Sopor xolati-so‘zlarga javob bermaydi, faqat bemorda og‘riqqa javob reaksiyasi mavjud.

Koma xolati-bemor ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga javob bermaydi. Ayrim asosiy reflekslargina saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin, nafas va yurak faoliyati izdan chiqadi, asfiksiya xavfi paydo bo‘ladi, peshob tutiladi.

Xotiraning o‘zgarishi: retrograd va anterograd amneziya tarzida namoyon bo‘ladi.



Retrograd amneziya- SHikastlangan zaxoti xotirani yo‘qolishi va uni qisqa vaqt davom etishi. Anterograd amneziya-xotirani SHikastlangan davrdan to to‘la tiklanguncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘qolishi.

Ko‘z soqqasining xolati: miya chayqalgan odamda odatda ko‘zlari yopiq xolatda bo‘ladi. Ko‘z olmasining noto‘g‘ri joylashishi miyani og‘ir jaroxatlanishidan darak beradi. Ko‘z olmasining muvofiqlashmagan xarakatlanishi (nitsagm) ham miyani SHikastlanganini bildiradi.

Ko‘z qorachig‘ining xolati qorachiqni qisqarishi sekinlashishi yoki yo‘qolishi miya SHikastlanganini bildiradi. Ko‘z qorachig‘ini bir tomonlama kengayishi (anizokoriya) miyaga qon quyilganda, miya ezilganda kuzatiladi. Ko‘z qorachig‘ini ikki tomonlama kengayishi va qorachiqni yorug‘likka reaksiyasini yo‘qolishi miyani ikki tomonlama bosilganligini bildiradigan noxo‘sh belgi xisoblanadi.

Bundan tashqari miya SHikastlanganda mimik mushaklarni asimmetriyasi, ensa mushaklarini rigidligi va b. belgilar kuzatiladi.



Bosh suyaklarining ochiq sinishi-uni o‘rab turgan Yumshoq to‘qima butunligining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining ochiq singanligini aniqlash uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda rentgenografiya usuli qo‘llanadi. Rentgenografiya yordamida bosh suyagi sinishining yo‘nalishini, darz ketganligini, ichiga botganligini va shunga o‘xshash xolatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.

BTYO. Bosh suyaklari singanda birinchi yordam berish, miyaning chayqalishi va shokka qarshi kurashga qaratiladi. Bosh suyagi singan odamni gorizontal xolatda yotqizib, boshiga muzli xaltacha qo‘yish kerak. Nafas olishi to‘xtab qolgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish va nafas analeptiklari (1% li lobelin eritmasi) in’eksiya qilish kerak. Bemor xushiga kelgach davolash muassasasiga junatiladi. Bosh suyagi singanda bemor uzoq vaqt qimirlamay yotishi kerak bo‘ladi. Miya faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lmasa, operatsiya qilinmaydi. Bemorga to‘la orom beriladi. Suyak parchalarining botib ketishi natijasida kala ichki bosimi oshsa, bosimni tushirish va botgan parchalarni olib tashlash uchun bosh suyagi teshiladi, ya’ni trepanatsiya qilinadi. Bosh suyaklari ochiq singanda zudlik bilan jarroxlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Bosh tubining sinishi. Bosh tubi suyaklari (asosi) ko‘pincha bosh bilan yiqilganda sinadi. Rentgenologik tekshirish tashxisni aniqlashda yordam beradi. SHikastlanishdan keyin ko‘karish, burun va quloqdan qon ketishi kuzatiladi.

BTYO. Bemorni bosh tomonini yuqori qilib tinch xolatda yotqizib qo‘yiladi. Eshitish yo‘llarini va burunni yuvmaslik kerak, ko‘p qon oqqanda burunga tampon qo‘yish mumkin. Quloq soxasi aseptik bog‘lanadi. Kala ichki bosimini tushirish uchun glyukozaning 40 % li eritmasidan venaga 10-20 ml yuboriladi; og‘ir xollarda orqa miya suyuqligi olinadi, shunda bosh og‘rishi va bosh aylanishi kamayadi. Infeksiya rivojlanishining oldini olish uchun penitsillin bilan sreptomitsin eritmasini aralashtirilib yuboriladi. Bemor kamida 4-5 hafta, miyadagi o‘zgarishlar butunlay yo‘qolgunicha o‘rinda yotishi shart.

Miyaning ezilishi. Miya suyaklari singanda miya ezilishi, siniq suyak parchalari botishi, qattiq va Yumshoq pardalarga qon quyilishi hamda miya shishib ketishi natijasida qon aylanishi buzilishi va orqa miya suyuqligi ko‘p miqdorda yig‘ilishi mumkin.

Miya ezilishining eng asosiy belgisi qon tomirining sekin urishidir (40-50 marta). Miya ezilganda bosh tinmay og‘riydi, bemor qusadi, qo‘zg‘aladi, nafas olishi tezlashadi, tomiri suts uradi, ko‘z qorachiqlari kengayib ketadi va yorug‘likka reaksiya bermaydi, nixoyat xushidan ketadi.



BTYO. Birinchi yordam boshni qimirlatmaslikka qaratilgan bo‘ladi. Transport immobilizatsiyasi uchun zinapoyasimon yoki Elanskiyning fanerli shinasidan foydalaniladi. Miya shishini oldini olish uchun diuuretiklar va gipertonik eritmalardan foydalanish mumkin. Og‘ir xollarda bosh suyagi trepanatsiya qilinadi.

Miyaning urilishi. SHikatslovchi omilning miyaga karama-qarshi tomondan zarb bilan urilishi natijasida kelib chiqadi, bunda boshning Yumshoq to‘qimasi butun qolib, miya moddasi shikatslanadi. Engil darajada urilganda-es-xushning yo‘qolishi, nevrologik o‘zgarishlar, nutq va sezishning buzilishi, falajliklar kuzatiladi. O‘rta darajada miya faoliyatining buzilish belgilari birmuncha yaqqolroq ifodalanadi. Og‘ir darajada uzoq vaqt xushsizlik, hayotiy faoliyatlarni izdan chiqishi kuzatiladi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə