Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya


-AMALIY MASHG`ULOT: Yunon -lotin termin (atama) elementlari



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə5/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




10-AMALIY MASHG`ULOT: Yunon -lotin termin (atama) elementlari
39-§. Yunon -lotin termin (atama) elementlari
Farmatsevtika atamashunosligida yunon-lotin terminlari ko’p uchraydi. Atamashunoslikni o’rganish termin element (TE) deb nomlanuvchi alohida komponentlarning tahliliga asoslanadi. Har qanday so’z yasovchi element (o’zak, negiz, old qo’shimcha (prefiks), suffiks) termin element deyiladi. Termin elementlar muayyan ma’noga ega. Shuning uchun bir nechta termin elementlardan tuzilgan terminlarni tahlil qilishda asosiy ma’noni bildiruvchi termin elementlarga ilmiy jihatdan yondoshish zarurdir2.

Masalan: dyspepsia (dys-yunoncha old qo’shimcha, faoliyatni buzilishini ko’rsatadi + pepsis – hazm qilish) – dispepsiya- ovqat hazm qilinishning buzilishi; colitis (kolon – yug’on ichak (yunoncha) + itis yunoncha suffiks bo’lib, yalig’lanish degan ma’noni bildiradi) – kolit - yug’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi.

Termin bir yoki bir necha so’z yasovchi elementlardan: old qo’shimcha + o’zak + suffiksdan iborat bo’lishi mumkin.

Ko’pchilik yunon va lotin terminlari o’zbek tiliga tarjimasiz ko’chiriladi.

Masalan: infarctus, us, f – infarkt.

Ba’zi hollarda termin bilan birga uning tarjimasi ham berilishi mumkin.



Masalan: transplantatio, onis, f – transplantatsiya, kuchirib o’tkasizh.

Termin elementlarni o’zlashtirish talabalarning so’z boyligini kengaytirib, tibbiyotga oid terminlarni bemalol tushunishlari uchun imkon beradi.


11 – AMALIY MASHG`ULOT:Dorivor preparatlar nomi. Dorivor preparatlar nomidagi familiyalar. Fe’llarning shart mayli. “ fiat, fiant “ fe’lining retseptlarda qo‘llanilishi
42-§. Dorivor preparatlar nomi
Dorivor preparatlarning nomi asosan II turlanish sredniy roddagi otlar bo‘lib, ular Nominativus Singularis da -um, Genetivus Singularis da -i qo‘shimchasiga ega.

Masalan: Dermatolum, i, n – dermatol

Analginum, i, n – analgin.
43-§. Dorivor preparatlar nomidagi

familiyalar
Ba’zan dorivor preparatlar nomida shu dorini yaratgan mualliflarning familiyasi uchrab turadi. Ayollar familiyasi I turlanish, erkaklar familiyasi

II turlanish otlari singari turlanadi.



Masalan: liguor Burovi – Burov suyuqligi

tabulettae Carmanovae – Karmanova tabletkalari

Ba’zi familiyalar kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi.

Masalan: species Zdrenco – Zdrenko yig‘masi

Balsamum Schostacovsky – Shostakovski balsami.


12-AMALIY MASHG`ULOT: Dorivor vositalar nomenklaturasi.
48-§. Dorivor vositalar nomenklaturasi
Dorivor vosita (medicamentum, remedium) bu odam va hayvonlarning kasalliklarini davolash, oldini olish yoki aniqlash maqsadida ishlatish uchun ruxsat etilgan farmakologik vositadir.

Dorivor modda (materia medica, substantia pharmaceutica) bu alohida kimyoviy birikmadan yoki biologik moddadan iborat bo‘lgan dorivor vositadir.

Dorivor osimliklar xomashyosi bu davolash maqsadida qo‘llash uchun ruxsat etilgan o‘simliklar xomashyosi.

Dorivor vosita yoki dorivor o‘simlik mahsulotiga kerakli davolash ta’siriga erishish uchun berilgan qulay holat dori shakli (forma medicamentorum) deb aytiladi.

Dori preparati (praeparatum) bu ma’lum dori shaklidagi dorivor vositadir.

Murakkab dori vositalari bu bir dori shaklida belgilangan dozalarda birdan ortiq ta‘sir etuvchi modddalarga ega bo‘lgan dorivor vositalardir.

Dorivor vositalar nomenklaturasi (D.V.N.) – bu hozirgi vaqtda ishlatishga ruxsat berilgan hamma dorivor vositalar nomining yig‘indisidir.

Dorivor vositalarning hozirgi zamon nomenklaturasi tabiiy paydo bulgan va qat’iy tuzilish qoidasiga ega emas. Har bir dorivor vosita ma’lum bir nomlanishga ega bo‘ladi. Nomlar esa ixtiyoriy ravishda o‘ylab chiqariladi.

Dorivor vositalar nomenklaturasiga vatanimizda ishlab chiqarilgan vositalar nomi bilan birga chet eldan keltirilgan vositalarning nomi ham kiradi.
49-§. Dorivor vositalar nomenklaturasining

tipik guruhlari
Dorivor vositalar nomenklaturasi oltita tipik guruhga bo‘linadi:

I. O‘simlik va hayvonlardan olingan dorivor mahsulotlar nomlari.

II. O‘simliklar mahsulotidan olingan ajratmalardan iborat bo‘lgan dorivor

preparatlar nomlari.

III. Dorivor moddalarning trivial nomlari.

IV. Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari.

V. Dorivor vositalar(preparatlar)ning savdo nomlari.

VI. Farmakopeynik kimyoviy nomenklatura: kislotalar, oksidlar, tuzlar nomlari.
50 -§. I tipik guruh. O‘simlik va hayvonlardan olingan dorivor mahsulotlar nomlari
I tipik guruhga o‘simlik va hayvonlardan olingan dorivor mahsulotlarning nomlari kiradi.

I tipik guruhdagi nomlar ikkita otdan tashkil topgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot o‘simlik organi(herba, folium, flos, radix va boshqalar) yoki mahsulotlrning nomi (oleum, gummi,resina va boshqalar)ni ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi. Ikkinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi.



Masalan: herba Leonuri – arslonquyruqning yer ustki qismi

folium Sennae – sano bargi

oleum Hyoscyami – mingdevona moyi.
51-§. II tipik guruh. O‘simliklar mahsulotidan olingan ajratmalardan iborat bo‘lgan dorivor preparatlar nomlari
II tipik guruhga quyidagilar kiradi:

1. Zavodlarda ma’lum belgilangan standartlar bo‘yicha tayyorlanadigan dorivor preparatlarning nomlari. Bular – nastoykalar, ekstraktlar va sharbatlarning nomlari bo`lib, ikkita otdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot dori turining nomini ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi. Ikkinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi.

Masalan: tinctura Valerianae – valeriana nastoykasi

extractum Crataegi – do‘lana ekstrakti

sirupus Glycyrrhizae – shirinmiya sharbati

2. Damlama va qaynatma nomlari. Ular uchta otdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot dori turining nomini ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi.Ikkinchi ot o‘simlik organini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi. Uchinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi.

Masalan: infusum foliorum Sennae – sano barglarining damlamasi

decoctum herbae Hyperici – dalachoy (sariqchoy) yer ustki

qismining qaynatmasi.
52-§. III tipik guruh. Organik kimyoviy moddalarning ilmiy va trivial(shartli) nomlanishi
Dorivor vositalar sifatida qo‘llaniladigan organik kimyoviy moddalar ikkita nomga ega: ilmiy (tizimli) va trivial (shartli).

«Trivial» so‘zi lotincha “trivialisodatdagi, oddiydan kelib chiqqan.

Odatda ilmiy nomlar uzun bo‘lgani uchun ularni tibbiyot amaliyotida ishlatish noqulay. Shuning uchun dorivor vositalar nomi sifatida ilmiy emas, balki trivial nomlari qo‘llaniladi. Trivial nomlar qisqaligi bilan amalda qo’llashga qulaydir.

Masalan: Dietilamidsulfamidobenzoat kislota – ilmiy nomlanishi,

Etamid – trivial nomlanishi.

Trivial nomlar dorivor vositalarning kimyoviy tarkibini, davolash ta’sirini, farmakologik guruhga mansublikni va boshqa turli belgilarni ifodalaydi.

53-§. Dorivor vositalarning trivial nomlaridagi tez-tez

takrorlanadigan bo‘laklar
Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklar – bu dorivor preparatlar nomida ko`p qo‘l-

laniladigan so‘z bo‘laklaridir.

Har bir tez-tez takrorlanadigan bo‘lak preparat to‘g‘risida ma’lum bir axborotni (dorining kimyoviy tarkibi, davolash ta‘siri yoki farmakologiyasi) beradi.

Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni va ularning ma’nosi (ahamiyati)ni bilish ko‘p miqdordagi dori nomlarini tushunib olishga yordam beradi.



Masalan: Tarkibida -alg tez-tez takrorlanadigan bo‘lakli preparat og‘riq qoldiruvchi ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek quyidagi preparatlarni shu guruhga kiritish mumkin:

Analginum

Baralginum

Pentalginum

Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni bilish dorivor preparatlarning nomini to‘g‘ri yozishga yordam beradi.
13-AMALIY MASHG`ULOT: Dorivor preparatlarga trivial nomlarni berish qoidalari. IV tipik guruh. Dorivor moddalarning xalqaro patentlan magan nomlari. Alkaloidlar va glikozidlar nomlanishi. Vitaminlar va fermentlar nomlanishi
56-§. Dorivor preparatlarga trivial nomlarni

berish qoidalari

Dorivor preparatlarning trivial nomlarini nomenklatura komissiyasi beradi. Trivial nomlar qisqacha, talaffuz osonligi, berilgan nomning boshqalardan fonenetik - grafik farqlanishi, tez - tez takrorlanadigan bo‘laklar qo‘llanishining aniqligi kabi talablarga mos kelishi kerak.

I. Qisqalik. Eng qulay va ko‘p uchraydiganlari uch, to‘rt va besh bo‘g‘inli nomlardir.

Masalan: Corazolum, Piperazinum, Tanninum.

Ayrim hollarda ko‘p sonli bo‘g‘inli nomlar ham uchraydi.



Masalan: Sulfadimezinum, Novocainamidum, Phenoxymethylpenicil-

linum.


II.Talaffuz osonligi. Talaffuz uchun eng qulay nomlarda undosh unli bilan yoki oson talaffuz qilinadigan ikkita undosh almashinib keladi.

Masalan:Aminazinum, Ditrazinum, Streptocidum, Corvalolum.

III. Berilgan nomning boshqa nomlardan fonetik - grafik farqlanishi.

Yangi dorivor vositaga nom berishda nomenklatura komissiyasi uning talaffuz qilinishi va yozilishi bo‘yicha boshqa nomlardan farqlanishni kuzatib boradi. Nomlarda tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni ishlatish fonetik - grafik farqlanishni kamaytiradi.



Masalan: Methaminum, Methacinum, Methazidum, Phenadonum, Phena-

minum.


IV. Tez- tez takrorlanadigan bo‘laklarning qo‘llanishi aniqligi. Har bir tez-tez takrorlanadigan bo‘lak o‘zining aniq manosi(ahamiyati)ga ega ekan, yangi nomlar berilayotganda tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ymaslikni kuzatib borish zarur, chunki bunday xatolar vrach va farmatsevtlardagi noto‘g‘ri tasavvurga sababchi bo‘lishi mumkin.

57-§. IV tipik guruh. Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari
Bugungi kunda turli davlatlarda ishlab chiqarilayotgan bitta dorivor vosita savdoga har xil nom bilan kirib kelmoqda. Hatto bir davlatdagi turli firmalar ham bitta dorivor vositani har xil nomlar va mahsulot belgilari bilan ishlab chiqarmoqda. Bu esa dorivor vositalarning sinonimlarini ko‘payishiga olib keladi.

Masalan:Pyrantel dorivor vositasining Bifantrel, Cobantril, Combantrin, Helmex, Helmintox, Medintel, Nemocid, Pamex, Pamotrin va boshqa sinonimlari bor.

Ma’lumki, dorivor vositalar nomlari II turlanishdagi sredniy roddagi otlarga (Nom.Sing. -um) kiradi. Lekin ayrim dorivor vositalarning nomlarida -um qo‘shimchasi yo‘q. Bunday dorivor vositalarning nomlari retseptlarga II turlanishdagi otlarning qoidasiga binoan yoziladi, ya’ni:

Rp: Aguipirani

Rp: Combantrini

Bugungi kunda jahonda mavjud bo‘lgan 7000ga yaqin dorivor vositalarning 70000ga yaqin nomlari mavjud. Har yili xalqaro patentlanmagan nomlar ro‘yxati 120dan 150 tagacha nomga ko‘payib bormoqda. Dorivor vositalar nomlarining sinonimiyasi salbiy tomonga ega. Dorivor vositalarning umumiy xalqaro nomlari sinonimiyani kamaytirishga yordam beradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (World Health Organization; qisqacha-WHO) qoshida dori moddalariga halqaro nom berish ishlarini boshqaruvchi maxsus (International Nonproprietary Names For Pharmaceutical Substances; qisqacha-INN) qo‘mita mavjud. Xalqaro nomlardan shu dorivor moddani ishlab chiqaruvchi davlat yoki firma foydalanishi mumkin. Bu nomlar patentlanmagan. Davlat farmakopeyasida patentlanmagan halqaro nomlar (XPN) sinonim sifatida albatta maxsus belgi * bilan ko‘rsatiladi.

Dori moddalariga xalqaro nom beruvchi maxsus qo‘mita tomonidan «Dorivor moddalarning patentlanmagan xalqaro nomlarini tuzish uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy printsiplar» ishlab chiqildi.

Bosh prinsiplarga asosan XPN talaffuz qilishda va yozishda oson ajratiladigan bo’lishi kerak. Ular uzun bo’lmasligi yoki umumiy qo’llanishda foydalanib kelinayotgan nomlar bilan adashtirib yuborilmaydigan bo’lishi lozim.

Farmalogik jihatdan yaqin bo’lgan guruhga taalluqli moddalar uchun XPN ushbu taaluqlikni ko’rsatishi lozim.

Dorivor moddalarning patentlanmagan xalqaro nomlari Jahon Sog‘liqni

Saqlash Tashkilotining “WHO Drug Information” jurnalida to‘rtta tilda quyidagi ketma-ketlikda yoziladi: lotincha, inglizcha, frantsuzcha va ispancha.




Lotincha

Inglizcha

Frantsuzcha

Ispancha

laronidasum

laronidase

laronidase

laronidasa

amotosalenum

amotosalen

amotosalene

amotosaleno


58-§. Alkaloidlar va glikozidlar

nomlanishi
Hamma o‘simliklar tarkibida har xil biologik aktiv moddalar saqlanadi. Ularga alkaloidlar, glikozidlar va boshqalar kiradi. Alkaloidlar va glikozidlar nomi odatda o‘simlik nomini ifodalovchi otning negiziga -in (um) suffiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi.

Masalan: Ephedrinum – efedrin. Ephedra – o‘simligining nomiga - inum suffiksini qo‘shish yo`li bilan hosil qilindi.

Agar bir o‘simlikdan ikki yoki undan ortiq alkaloidlar olingan bo‘lsa, unda ularning nomi bo‘ginlar qoshish orqali yasaladi.



Masalan: Salsola Richteri o‘simligidan olingan ikkita alkaloid nomi Salsolinum-salsolin va Salsolidinum-salsolidin (-id suffiksini qoshish yoli bilan) deb nomlangan.
59- §. Vitaminlar va fermentlar nomlanishi
Vitaminlar (lot. vita-hayot) - odamning o’sishi, rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur elementlardir.

Vitaminlar trivial nomlar (Retinolum,Thiaminum) bilan bir qatorda harfli belgilarga ega: A, B, D, E, K, H, P.

Bitta harf bilan belgilangan ayrim vitaminlar bir-biriga yaqin, lekin har xil birikmalar bo‘lsa, ularning harfli belgisiga tartib soni qo‘shiladi.

Masalan: vitaminum B1

vitaminum B2

vitaminum B6

vitaminum B12

Vitaminlar nomidagi motivasiya belgilari turlicha. Ba‘zilari vitaminlarning kimyoviy tarkibini ko’rsatadi.



Masalan: Thiaminum (B1) , Pyridoxinum(B6), Cyanocobalaminum (B12).

Boshqalari esa terapevtik samaradorlikni ko’rsatadi.



Masalan: A vitamini Retinolum (lot. retina -ko‘z to‘r pardasi) nomi bilan ma‘lum; A vitamini miqdori yetarli bo’lmasa ko’z to’r pardasining yallig’lanishiga olib keladi.

Kombinatsiyalashtirilgan vitamin preparatlari ko‘pincha – vit - tez- tez takrorlanadigan bo‘lak bilan uchraydi.



Masalan: Dragees “Undevitum”

Dragee "Undevitum"(lotincha son undecim -11, chunki draje tarkibiga boshqacha kombinatsiyadagi 11 ta vitamin kiradi).

Fermentlar nomi biokimyoviy nomenklaturaga binoan –as- suffiksi yordamida hosil bo‘ladi.

Masalan: Lydasum, Ronidasum.


14-AMALIY MASHG`ULOT: V tipik guruh. Dorivor vositalar(preparatlar)ning savdo nomlari. Savdo nomlarida sozlarning yasalishi

62-§. V tipik guruh. Dorivor vositalar(preparatlar)ning savdo nomlari
Savdo nomi (ingl. Trade Name) - bu savdo uchun moljallangan preparat (tayyor dorivor vosita) nomidir.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan taklif qilingan savdo nomi undan foydalanishga rasmiy ruxsatni olishi zarur. Belgilangan rasmiy savdo nomi berilgan dorivor vosita qonunchilikka muvofiq royxatga olingan bolishi lozim. Shundan song dorivor vosita unga berilgan savdo nomi ostida Dorivor vositalarning davlat royxatiga kiritiladi.

Savdo nomlarining kelib chiqish manbalari turlicha. Bular bir xil dorivor

substantsiyali preparatlarni turli ishlab chiqaruvchilari tomonidan qollanadigan umumiy, nopatentlangan nomlar, shuningdek aniq ishlab chiqaruvchi firma tomonidan qollanadigan individual firma nomlaridir. Firma nomlari patentlangan va nopatentlangan boladi.

Umumiy savdo nomlarining kelib chiqish manbalari-bu odatda yoki XPN, yoki alohida mamlakat yoki mamlakatlar guruhida qabul qilingan milliy (farmakopeya) nomdir.

Masalan: Diclofenacum (INN): Germaniya, Hindiston, Isroil, Italiya, Makedoniya, Polsha, Yugoslaviyada; Nifedipinum (INN): Angliya, Germaniya, Bolgariya, Polsha, Xorvatiya, Shvesiyada.

Ayrim dorivor vositalarning savdo nomlarida shu preparat togrisida axborot beruvchi qadimgi yunon va lotin tilidagi soz yasovchi qoshimchalar uchraydi.


Masalan:

правая фигурная скобка 31

Venitan (lotincha vena – vena, kok tomir)

Pulmex (lotincha pulmo- opka) Anatomik va fiziologik

Prododerm (yunoncha derma - teri ) xususiyatlarini korsatish

Febichol (yunoncha chole- ot, safro ) uchun

Lправая фигурная скобка 30axatin (lot. laxativum-surgi,ich suradigan)

Allergodil - allegiyaga qarshi

Orto-gynest(yunoncha gyne-ayol)-estrogen Farmakoterapevtik tasirini

Antithrombinum(yunoncha thrombos-quyuq- korsatish uchun

lashish, ivish)-qon ivishiga qarshi vositalar


Sправая фигурная скобка 29enade (lot.Senna-sano)- sano osimligidan

tayyorlangan preparat



63-§. Savdo nomlarida sozlarning yasalishi
Savdo nomlari mavjud bolgan soz yasash qoidalari va modellaridan farqli ravishda soz yasashning malum qoidalariga aniq amal qilmasdan shakllanadi. Shunga qaramasdan, soz yasashning bazi usullarini savdo nomlarini berish amaliyotida uchratish mumkin.

1. Asos yoki soz qoshish - asos yoki sozlar birikmasi, kopincha biror-bir oxirgi boginni qoshish orqali yasaladi. Asos odatda interfiks yordamida birlashadi, yani birlashtiruvchi unli -o-, kam hollarda -i-, yoki -a-.

Masalan:

Valocordinum( lot. valeo -sog bolish + -o- + cor , cordis-yurak)-Valokordin

Myelosanum (yunoncha myelos- miya+ lot. sano-davolash)-Miyelosan.

2. Abbreviatsiya (lot. abbrevio-qisqartirmoq) - dastlabki soz element-larini qoshish yoli bilan qisqartma soz (abbreviaturalar) hosil bolishidir.

Masalan:

Calciparinum - Calcium + Heparinum

Corinfar - cor(lot.) - yurak + infarctus - infarkt

3. Suffiksatsiya - suffiksning asosga biror bir mano keltirib chiqarish uchun birlashishidir.

Savdo nomlarida quyidagi suffikslar kop qollaniladi:



-in – suffiksi kopincha kimyoviy mazmundagi asoslarga qoshiladi: Clophelinum- Klofelin, Ditrazinum-Ditrazin, Isadrinum-Izadrin.

Savdo nomenklaturasida -in-suffiksi maxsus ma'noga ega emas.



Masalan: Fungilin, Fulcin, Octadin.

Boshqa suffikslar:



-al- Abaktal, Almiral, Bronal

-ol- Aloprol, Asectol, Dopanol

-el- Dicetel, Divigel, Quamatel

-an- Advantan, Domenan, Vistagan

-on- Gutron, Haemiton, Dexason

-en- Voltaren, Dilren, Vaskoten

-il-, -yl- Retabolil, Donormil, Biacodyl, Amaryl

-ax-, -ex-, va h.k.

-ix-, -ox-

4. Prefiksatsiya- so’z o’zagi(asosi)ga prefikslar (old qo’shimchalar) qoshilishi.

Ayrim hollarda savdo nomlarida lotin-yunon prefikslari uchrab, ular kasallik yoki uning sababi, yoki kasallik qo’zgatuvchisini bildiradigan o’zak (asos)lar bilan muvofiqlashgan bo’ladi, hamda ularni bartaraf qilish harakatlarini ko’rsatadi:



anti-, contra- - qarshi;

a-, an- - inkor etish;

de(s)- - dan.

Masalan:

Antithrombinum (anti + yunoncha thrombos-quyqa+ in) - Antitrombin- ivishga qarshi

Contraspasminum (contra + yunoncha spasmos- tomir tortishish,spazm + in)-

Kontraspazmin – bronxlarni kengaytiruvchi

Abaktal (a + bacterium+ al) - Abaktal - antibacterial

Decaris (de + ascaris -askarida) - Dekaris - gijjalarga qarshi

Savdo nomlarida preparatlarning samaradorligini takidlaydigan prefikslar ham uchraydi.

Masalan:

super-, supra-(lot.) - зиёд;

ultra- - ортиқ, зиёд;

eu-(yunoncha)- яхши

Suprastin (supra + yunoncha asthma, asthmatic- bog’ilish, astma+ in)-

Suprastin – astmaga qarshi, allergiyaga qarshi

Ultraproct (ultra+ yunoncha proctos-orqa chiqaruv teshigi)-Ultraprokt-

bavosilni davolash uchun

Eunoctin (eu + lot.nox, noctis- tun)- Eunoktin - uyqu dori.



15-AMALIY MASHG`ULOT:Murakkab dorivor preparatlarning nomlanishi
66-§. Murakkab dorivor preparatlarning

nomlanishi
Murakkab dorivor preparatlar ikki yoki undan ortiq dorivor moddalardan iborat bo‘ladi va ma’lum dori shaklida (tabletkalar, shamcha, surtma) ishlab chiqariladi.

Murakkab preparatlarning nomi abbreviaturadan iborat bo‘lib, hamma yoki ba’zi ingrediyentlarning nomidan ixtiyoriy ajratib olingan bo‘laklardan tashkil topadi.



Masalan: Pyrcophenum” abbreviaturasi pyr+co+phen(um) bo‘laklardan tashkil topgan. Bu bo‘laklar Amidopyrinum, Coffeinum, Phenacetinum kabi preparatlar nomidan ajratib olingan.

Odatda bunday shartli nom dori shaklining ma’lum ko‘rinishiga biriktirib qo‘yiladi va qo‘shtirnoq ichiga Nominativus Singularisda yoziladi: tabulettae “Pyrcophenum”, suppositoria “Bethiolum”, dragees “Undevitum”.

Murakkab tarkibli tabletkalar va shamchalardagi «tabletkalar» va «shamchalar» so‘zlari retseptda Accusativus Pluralisda yoziladi:

Masalan: Recipe: Tabulettas “Pyrcophenum” numero 10.

Recipe: Suppositoria “Anusolum” numero 20.

Tabletkalar bitta ta‘sir etuvchi moddadan iborat bo‘lsa, dori shaklidan keyin qaratqich kelishigida yoziladi:

Masalan: Recipe: Tabulettae Cordigiti 0,0008

Shamchalar bitta ta‘sir etuvchi moddadan iborat bo‘lsa uning nomi dori shakliga cum predlogi bilan Ablativusda yoziladi.



Masalan: Recipe: Suppositoria cum Cordigito 0,0012.
16- AMALIY MASHG`ULOT: Sifat. I -II turlanishdagi sifatlar. Moslashgan aniqlovchi. I -II turlanishdagi sifatlarning I, II turlanishdagi otlar bilan moslashuvi

69 -§. Sifat
Predmetning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? savollariga javob bo‘lgan so‘z turkimiga sifat deyiladi.Lotin tilida sifatlar ikki guruhga bo‘linadi:

I guruh – I - II turlanishdagi sifatlar

II guruh – III turlanishdagi sifatlar.

70 -§. I -II turlanishdagi sifatlar
I-II turlanishdagi sifatlarga mujskoy rodda -us yoki -er, jenskiy rodda -a va sredniy rodda -um qo‘shimchasiga ega bo‘lgan sifatlar kiradi.

Masalan: albus, alba, album- oq

Lug‘atda sifatlar mujskoy rod shaklida yoziladi va so‘zning yonida jenskiy hamda sredniy rodlar qo‘shimchasi ko‘rsatiladi.

Masalan: albus, a, um-oq

niger, gra, grum- qora.



-er qo‘shimchasi bilan tamomlanadigan ba’zi sifatlar jenskiy va sredniy rodlarni hosil qilishda - e harfini yo‘qotadi, ba’zilari esa saqlab qoladi.

Masalan: niger, nigra, nigrum – qora

somnifer, somnifera, somniferum – uxlatadigan.



71-§. Sifatlarning kelishiklar bo‘yicha

turlanishi

Mujskoy roddagi sifatlar II turlanish mujskoy roddagi otlar singari, jenskiy roddagi sifatlar I turlanishdagi otlar singari, sredniy roddagi sifatlar II turlanish sredniy roddagi otlar singari turlanadi.



Turlanish namunasi


Casus

Singularis

Pluralis

m

f

n

m

f

n

Nom.

аlbus

аlba

аlbum

аlbi

аlbae

аlba

Gen.

аlbi

аlbae

аlbi

аlborum

аlbarum

аlborum

Dat.

аlbo

аlbae

аlbo

аlbis

аlbis

аlbis

Acc.

аlbum

аlbam

аlbum

аlbos

аlbas

аlba

Abl.

аlbo

аlba

аlbo

аlbis

аlbis

аlbis




Casus

Singularis

Pluralis

m

f

n

m

f

n

Nom.

niger

nigra

nigrum

nigri

nigrae

nigra

Gen.

nigri

nigrae

nigri

nigrorum

nigrarum

nigrorum

Dat.

nigro

nigrae

nigro

nigris

nigris

nigris

Acc.

nigrum

nigram

nigrum

nigros

nigras

nigra

Abl.

nigro

nigra

nigro

nigris

nigris

nigris


72-§ . Moslashgan aniqlovchi
Lotin tilida sifat otdan keyin turadi va u bilan rod, son va kelishikda moslashadi. Moslashgan aniqlovchili atamani lotin tiliga tarjima qilishda avval uning shartli tasvirini tuzamiz.

qanaqa?


полилиния 35

аchchiq nastoyka

S O

прямая соединительная линия 34 O S (Nom.)
Atamani quyidagicha tarjima qilamiz.

1. Otni topib, uning rodini aniqlaymiz:

tinctura , ae , f – jenskiy rod

2. Sifatning lug‘at shaklini aytamiz va otga mos rodini tanlaymiz:

amarus, a, um; amara – jenskiy rod

Atamaning tarjimasini Nom. va Gen. da yozamiz:



Nom. tinctura amara

Gen. tincturae amarae.

73 -§. I -II turlanishdagi sifatlarning I, II turlanishdagi otlar

bilan moslashuvi

Esda tuting! Ot+sifat= kelishik, rod, son3.

gutta pura – toza tomchi


Casus

Sing.

Plur.

Nom.

gutta pura

gutt-ae pur-ae

Gen.

gutt-ae pur-ae

gutt-arum pur-arum

Dat.

gutt-ae pur-ae

gutt-is pur-is

Acc.

gutt-am pur-am

gutt-as pur-as

Abl.

gutt-a pur-a

gutt-is pur-is


sirupus albus – oq sharbat

Casus

Sing.

Plur.

Nom.

sirupus albus

sirup-i alb-i

Gen.

sirup-i alb-i

sirup-orum alb-orum

Dat.

sirup-o alb-o

sirup-is alb-is

Acc.

sirup-um alb-um

sirup-os alb-os

Abl.

sirup-o alb-o

sirup-is alb-is


extractum siccum – quruq ekstrakt


Casus

Sing.

Plur.

Nom.

extractum siccum

extract-a sicc-a

Gen.

extract-i sicc-i

extract-orum sicc-orum

Dat.

extract-o sicc-o

extract-is sicc-is

Acc.

extract-um sicc-um

extract-a sicc-a

Abl.

extract-o sicc-o

extract-is sicc-is


17- AMALIY MASHG`ULOT: Dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli nomlarida sifatlarning qo‘llanilishi. Dorivor preparatlarning ko‘p Bo‘lakli nomlaridagi modellar. Dori vositalarining farmakologik ta‘siri boyicha guruh nomlanishi

75-§. Dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli nomlari-

da sifatlarning qo‘llanilishi
Dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli nomlarida birinchi o‘rinda dori turlari(shakli)ning nomi bosh kelishikda; ikkinchi o‘rinda esa moslashmagan aniqlovchi holidagi shu dori turi tayyorlangan dorivor o‘simlik yoki dorivor modda nomi qaratqich kelishigida yoziladi; oxirida esa moslashgan aniqlovchi holida kelgan shu dori turini xarakterlovchi sifat turadi.

Masalan:

полилиния 43 nimaning?

qanaqa?



полилиния 42

Sanoning murakkab damlamasi

O2 S O1
Shartli tasviri :

прямая соединительная линия 41 O1 S (Nom.)

прямая соединительная линия 40

O2 (Gen.)



Tarjima qilamiz:

Nom. infusum Sennae compositum

Gen. infusi Sennae composite

Ba’zan dori turlarining murakkab nomlaridagi sifat dori turi nomiga emas, balki dorivor o‘simlik nomiga tegishli bo‘ladi va unga rodda, sonda hamda kelishikda moslashadi.



Masalan:

qanday? nimaning?



полилиния 38полилиния 39

qalampir yalpiz nastoykasi

S O2 O1

Shartli tasviri:

O1 (Nom.)



прямая соединительная линия 37

прямая соединительная линия 36 O2 S (Gen.)

Tarjima qilamiz:
Nom. tinctura Menthae piperitae

Gen. tincturae Menthae piperitae.


76-§. Dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli

nomlaridagi modellar
Ba’zan dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli nomlarida shu dori xususiya-

tini xarakterlovchi sifat moslashgan aniqlovchi holida turadi. Quyida dorivor preparatlarning ko‘p bo‘lakli nomlaridagi ayrim modellar berilgan.



1-model. Tabletkalar nomi.

Ularda quyidagi aniqlovchilar ko‘p uchraydi:

obductae –po`st (parda) bilan qoplangan

enterosolubiles - ichakda eriydigan

sublinguales- til ostiga qo‘yiladigan

Masalan: Tabulettae Raunatini obductae - raunatinning po`st bilan

qoplangan tabletkalari



2-model. Ekstraktlar nomi.

Ularda ekstraktlarning konsistensiyasini ifodalovchi quyidagi aniqlovchilar uchraydi:

fluidum- suyuq

spissum- quyuq

siccum- quruq

Masalan:Extractum Crataegi fluidum – do‘lananing suyuq ekstrakti

3-model. Bitta asosiy vosita bilan oddiy va murakkab yozuvlar.

Bunday yozuvlarni farqlash uchun quyidagi sifatlar ishlatiladi:

simplex, icis- oddiy

compositus, a, um- murakkab



Masalan: Emplastrum Plumbi simplex –qo‘rg‘oshinning oddiy malhami

Emplastrum Plumbi compositum-qo‘rg‘oshinning murakkab

malhami

4-model. Gomeopatik preparatlar.

Murakkab tarkibli gomeopatik preparatlarning nomlari ko‘pincha otlardan tashkil topib, birinchisi dorivor vosita tarkibiga kiruvchi o‘simlik yoki hayvon organining nomi, ikkinchi esa compositum ( manosi -murakkab dorivor vosita)so‘zi bo‘lib, u sredniy roddagi otlarga kiradi.



Masalan: Echinacea compositum

Tonsilla compositum.



77-§. Dori vositalarining farmakologik ta‘siri

boyicha guruh nomlanishi

Organizmga bir xil ta‘sir ko‘rsatadigan dorilar farmakologiyada guruhlarga bo‘linadi va ular sifat ko‘rinishida bo‘lib, dorilarning farmakologik ta‘sirini tariflaydi.



Masalan: remedia analgetica – og‘riq qoldiruvchi vositalar

remedia cardiaca – yurakka tegishli vositalar

remedia cholagoga – o‘t (safro) haydovchi vositalar.
18- AMALIY MASHG`ULOT: Farmatsevtik terminlar, tez-tez takrorlanadigan bolaklar, va retseptlarni tarjima qilish Ya N ga tayyorgarlik.
19- AMALIY MASHG`ULOT: BOTANIK NOMENKLATURADA SIFATLARNING ISHLATILISHI

79-§. Botanik nomenklaturada sifatlarning

ishlatilishi

Botanik nomenklaturada sifatlar o‘simlik turini va botanik oilani bildirish uchun ishlatiladi. O‘simlik turini bildiradigan sifatlar ularning geografik tarqali -

shini; o‘sish sharoitini; tashqi ko‘rinishini va boshqa xususiyatlarini ifodalaydi.

Sifatlar o‘simlik nomiga kelishikda, rodda va sonda moslashib keladi.



Masalan: Atropa causcasia - Kavkaz belladonnasi

Lekin ba’zi bir o‘simlik nomi bilan birgalikda keladigan sifat unga rodda moslashmaydi.



Masalan: Polygonum bistorta — ilonsimon toron

Botanik oilalar nomini ko‘rsatuvchi sifatlar -ferae, -ae, -aceae qo‘shimcha- lari yordamida yasaladi. Ular jenskiy roda bosh kelishik va ko‘plik sonda bo’ladi.



Masalan: Fabaceae – dukkakdoshlar

Cruciferae – butguldoshlar

Compositae – murakkabguldoshlar.
20-AMALIY MASHG`ULOT: Vaksinalar, zardoblar va anatoksinlar nomida sifatlarning ishlatilishi
82-§. Vaksinalar, zardoblar va anatoksinlar nomida

sifatlarning ishlatilishi
Vaksinalar, zardoblar va anatoksinlar nomidagi sifatlar tegishli kasallik-

larning nomlariga -icum va -osum suffikslarini qo‘shib hosil qilinadi.

Masalan: vaccinum brucellicum – qora oqsoq(brutsellyoz)ga oid vaksina

serum antigangraenosum – gangrenaga qarshi zardob

anatoxinum tetanicum – qoqsholga qarshi anatoksin

Vaksina, zardob va anatoksinlar nomlarida quyidagi aniqlovchilar qo‘llani-

ladi:

purificatus , a, um – tozalangan



concentratus, a, um – konsentratsiya qilingan

vivus ,a, um – tirik

siccus ,a, um – quruq

adsorptus ,a, um – adsorbsiya qilingan


Masalan: serum antigangraenosum (purificatum concentratum)

vaccinum brucellicum vivum (siccum)

anatoxinum diphtherico - tetanicum (purificatum)

Eslatma: Vaksinalarning moslashmagan aniqlovchi yordamida hosil qilin-

gan nomlari ham uchraydi.



Masalan: vaccinum variolae - chechak vaksinasi (variola, ae, f –chechak ka-

salligi).


21-AMALIY MASHG`ULOT: Majhullik nisbatidagi otgan zamon sifatdoshi
84-§. Majhullik nisbatidagi otgan zamon

sifatdoshi

Lotin farmatsеvtika terminologiyasida kopincha majhullik nisbatidagi otgan zamon sifatdoshi qollaniladi. Ular fеllardan tashkil topib, mujskoy rodda -us, jеnskiy rodda -a, srеdniy rodda esa -um qoshimchasiga ega boladi.

Sifatdoshlar I-II turlanishdagi sifatlarga ohshab turlanadi va otlarga rodda, sonda, kеlishikda moslashadi.

Masalan: distillangan suv -

Nom. aqua destillata

Gen. aquae destillatae.
22-AMALIY MASHG`ULOT: VI tipik guruh. Kimyoviy nomenklatura. Kimyoviy elementlar, kislotalar va oksidlarning lotincha nomlari

85 -§. Kimyoviy nomenklatura
Tarkibida kimyoviy birikmalari (oksidlar, kislotalar, tuzlar, va boshqalar) bo‘lgan retseptlarni yozish jarayonida shifokor ularning kimyoviy belgilarini yoki sistemetik nomlanishlarini emas, balki kimyoviy birikmalarning xalqaro

qoidalarga binoan tuzilgan tizimli yoki trivial nomlanishlarini yozadi.

Tizimli nomlanishlar birikma tuzilishini ifodalash uchun maxsus tuzilgan yoki tanlangan so‘zlardan iborat. Bu nomlanishlar juda uzun. .Shuning uchun retseptlarda, farmakopeyada, axborotnomalarda kimyoviy moddalardan iborat bo‘lgan dorivor vositalarining yarim tizimli yoki trivial nomlari qo‘llaniladi.

Yarim tizimli nomlanishlar an‘anaviy nomlar bo‘lib, bu nomlarda ayrim bo‘g‘inlar yoki bo‘laklar tizim ma‘nosida qo‘llaniladi.



Masalan: fosfat kislota, rux sulfat.

Kimyoviy nomenklaturada trivial nomlanishlar ham keng qo‘llaniladi.

Yarim tizimli nomlanishlarni shifokor tomonidan yozishda, yoki farmatsevt tomonidan o‘qishda ikkita harf xatosi bemor uchun xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin.

Masalan: Barii sulfas – bariy sulfat (ichdan qo‘llash uchun vosita) o‘rniga Barii sulfidum- bariy sulfid (sirtdan qo‘llash uchun vosita) yozilsa yoki o‘qilsa bemor zahar qabul qilgan bo‘ladi.
86 -§. Kimyoviy elementlarning lotincha nomi

Kimyoviy elementlarning nomi ikkinchi turlanish sredniy roddagi otlar bo‘lib, Nominativus Singularisda -um, Genetivus Singularisda -i qo‘shimchaga ega. Faqat quyidagilar bu qoidadan mustasno:

Phosphorus, i, m - mujskoy rod

Sulfur, sulfuris, n - III turlanish.



23 -AMALIY MASHG`ULOT: Tuzlar nomi. Asos tuzlarning nomi. Kislorodsiz kislotalarning organik asoslar bilan hosil qilgan tuzlarining nomi. Natriy va kaliy tuzlarning nomi.Yunoncha old qoshimchali sonlar.Uglevodorodlar, uglevodorodli va kislotali radikallarning nomlanishi
91 -§. Tuzlar nomi

Kation birinchi o‘rinda keladi va qaratqich kelishikda, birlik sonidagi ot bilan ifodalanadi, anion kationdan keyin turadi va bosh kelishikda, birlik sonidagi ot bilan ifodalanadi.

Tuzlar nomini tarjima qilish uchun o‘zbekcha va lotincha suffikslarning mos kelishini eslab qolish kerak.


O‘zbekcha suffiks

Lotincha suffiks




Nom.

Gen.


id

idum

idi

it

is

itis

at

as

atis

Masalan:

Na2S- natriy sulfid – Nom. Natrii sulfidum

Gen. Natrii sulfidi

Na2SO3- natriy sulfit – Nom. Natrii sulfis

Gen. Natrii sulfitis

Na2SO3- natriy sulfat – Nom. Natrii sulfas

Gen. Natrii sulfatis.


92-§. Asos tuzlarning nomi
Asos tuzlarning nomlari sub- old qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi.

Masalan: Asosli vismut gallat-

Nom. Bismuthi subgallas

Gen. Bismuthi subgallatis.
93-§. Kislorodsiz kislotalarning organik asoslar bilan hosil qilgan tuzlarining nomi
Kislorodsiz kislotalarning organik asoslar bilan hosil qilgan tuzlarning nomi hydro- old qo‘shimchasi va -idum, i suffiksi yordamida tuziladi.

Masalan: Papaverin gidroxlorid-

Nom. Papaverini hydrochloridum

Gen. Papaverini hydrochloridi.

94 -§. Natriy va kaliy tuzlarning nomi

Natriy va kaliy tuzlarning nomlari moddalarning nomlariga “natrium" yoki "kalium" so‘zlarini qo‘shish yordamida hosil bo‘ladi.



Masalan: Barbital-natriy –

Nom. Barbitalum- natrium

Gen. Barbitali- natrii.

95 -§. Yunoncha old qoshimchali sonlar
Kimyoviy nomlarda yononcha old qo‘shimchali sonlar keng qo‘llaniladi.

Masalan: simob dixlorid –

Nom. Hydrargyri dichloridum

Gen. Hydrargyri dichloridi.

96-§. Yunoncha old qoshimchali sonlarni yod oling!
1 – mon(o) – bir 9 – ennea (nona - lotincha)

2 di ikki to‘qqiz

3 – tri uch 10 – dec(a) o‘n (deka)

4 – tetra – to‘rt (tetra) 11 – undeka – o‘n bir (undeka)

5 – penta – besh (penta) 12 – dodeca – o‘n ikki (dodeka)

6 – hexa – olti (geksa) 13 – trideca – o‘n uch (trideka)

7 – hept(a) – yetti (gepta 14 – tetradeca – o‘n to‘rt (tetradeka)

8 – oct(a) – cakkiz (okta) 15 – pentadeca – o‘n besh

(pentadeka)



97-§. Uglevodorodlar, uglevodorodli va kislotali radikallarning nomlanishi
1. Uglevodorodlarning ilmiy nomlanishi (C5H12 uglevodorodidan boshlab) yunoncha sonlarning nomlanishiga –an suffiksini qoshish yordamida hosil qilinadi.

Masalan:

Pentanum (C5H12) pentan

Hexanum (C5H14) geksan

Heptanum (C5H16) geptan

Oktanum (C5H18) oktan

Nonanum (C5H20) nonan

Dekanum (C5H22) dekan

Undekanum (C5H24) undekan

Dodekanum (C5H26) dodekan

2. Uglevodorodli va kislotali radikallarning lotincha nomi tegishli uglevodorod va kislotalarning nomlariga -yl suffiksini va -ium qoshimchasini qoshish orqali hosil qilinadi.



Masalan:

uglevodorod methanum(CH4)

aethanum (C2H6)

pentanum(C5H12)

radikal methylium(CH3) metil

aethylium (C2H5) – etil

pentylium seu amylium(C5H11) pentil yoki amil

kislota acidum aceticum

acidum formicum

radikal acetylium (CH3CO) atsetil

formylium (HCO) formil
24-dars III turlanishdagi otlar. Undosh tip. Undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar bilan moslashuvi

98-§. III turlanishdagi otlar

III turlanishdagi otlarga Genetivus Singularisga -is qoshimchasiga ega bolgan mujskoy, jеnskiy va srеdniy roddagi otlar kiradi.

Uchala roddagi otlarning Gen.Sing.da bir xil qo`shimchaga ega bolishi III turlanishdagi otlarning oziga xos xususiyatidir.

III turlanishdagi otlar tеng murakkab va notеng murakkab otlarga bolinadi. Tеng murakkab otlarda Gen. Sing.dagi boginlar soni Nom.Sing.

dagi boginlar soniga tеng boladi.

Masalan: apis, apis.

Notеng murakkab otlarda esa Gen. Sing. dagi boginlar soni Nom. Sing. dagi boginlar soniga nisbatan bitta ortiqcha bo`ladi.



Masalan: corpus, corporis.

III turlanishdagi otlarning nеgizi Genetivus Singularis shaklidan -is qoshimchasini olib tashlash bilan hosil qilinadi.




Nom. Sing.

Gen. Sing


Nеgizi

Sozning lug`at shakli

liquor

liquoris

liquor

liquor, liquoris, m

solutio

solutionis

solution

solutio, solutionis, f

corpus

corporis

corpor

corpus, corporis, n

III turlanishdagi otlar uch tipga bolinadi:



1.Undosh tip (asosiy tip)

2.Aralash tip

3.Unli tip.

99-§. Undosh tip

Undosh tipga Genetivus Singularis da - is qoshimchasiga, Nominativus Singularis da esa har xil qoshimchaga ega bolgan mujskoy, jеnskiy va srеdniy roddagi otlar kiradi.



Masalan: liquor, liquoris, m;

solutio, solutionis, f

corpus, corporis, n.

Undosh tipdagi otlarning kеlishik qoshimchalari
Mujskoy va jеnskiy roddagi otlar kеlishiklar boyicha turlanganda bir xil qoshimchalarga ega bo`ladi.


Casus

Singularis

Pluralis

m

f

n

m

f

n

Nom.

har xil

es

es

a

Gen.

is

is

is

um

um

um

Dat.

i

i

i

ibus

ibus

ibus

Acc.

em

em

=Nom

es

es

a

Abl.

e

e

e

ibus

ibus

ibus



25 -AMALIY MASHG`ULOT: III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi jеnskiy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi jenskiy roddagi otlar bilan moslashuvi
103-§. Undosh tipga kiruvchi jеnskiy roddagi otlar

Undosh tipga kiruvchi jеnskiy roddagi otlar Nominativus Singularisda



-io, -do, -go, -ix, -ax, -ux, -s, -is, -as qoshimchalariga ega.


Nom. Sing.




Gen. Sing.

Misollar


Nom. Sing.

Gen. Sing.


Tarjimasi

-io

-onis

solutio

solutionis

eritma

-do

-inis

hirudo

hirudinis

zuluk

-go

-inis

mucilago

muculaginis

shilliq

-ix

-icis

radix

radicis

ildiz

-ax

-acis

borax

borax

bura

-ux

-ucis

Nux

Nucis

yong’oq

-s

-dis

Berberis

Berberidis

zirk

-is

-idis

Arachis

Arachidis

yеryonіoq

-as

-atis

sanitas

sanitatis

sog`liq


104-§. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi jenskiy roddagi otlar bilan moslashuvi

radix amara – achchiq ildiz


Casus

Sing.

Plur.

Nom.

radix amar-a

radic-es amar-ae

Gen.

radic-is amar-ae

radic-um amar-arum

Dat.

radic-i amar-ae

radic-ibus amar-is

Acc.

radic-em amar-am

radic-es amar-as

Abl.

radic-e amar-a

radic-ibus amar-is



26 -AMALIY MASHG`ULOT: III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi srеdniy

roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi sredniy roddagi otlar bilan moslashuvi

106-§. Undosh tipga kiradigan srеdniy roddagi otlar

Undosh tipga kiradigan srеdniy roddagi otlar Nominativus Singularisda



-en, -ma, -l, -us, -ur qoshimchalariga ega.

-us qoshimchasi bilan tamomlanadigan sozlar jenskiy va sredniy roddagi otlar bolishi mumkin. Agar bu otlar qaratqich kelishigida -oris yoki -eris qoshimchalariga tugallansa, ular sredniy roddagi otlarga kiradi.


Nom. Sing.


Gen. Sing.


Misollar


Nom. Sing.

Gen. Sing.

Tarjimasi

-en

-inis

semen

seminis

urug

-ma

-atis

rhizoma

rhizomatis

ildizpoya

-l

-lis

mel

mellis

asal

-us

-oris

-eris

corpus

genus


corporis

generis


tana, gavda avlod

-ur


-uris

-oris

sulfur

jecur


sulfuris

jecoris


oltingugurt jigar


107-§. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi sredniy roddagi otlar bilan moslashuvi

semen amarum – achchiq urug


Casus

Sing.

Plur.

Nom.

semen amar-um

semin-a amar-a

Gen.

semin-is amar-i

semin-um amar-orum

Dat.

semin-i amar-o

semin-ibus amar-is

Acc.

semen amar-um

semin-a amar-a

Abl.

semin-e amaro

semin-ibus amar-is


27 -AMALIY MASHG`ULOT: ARALASH TIPDAGI OTLAR

109-§. Aralash tipdagi otlar
Aralash tipga uchala roddagi, lеkin asosan jеnskiy roddagi otlar kiradi. Ularni ikkita guruhga bo`lish mumkin:

1.Nеgizi ikkita unsiz tovush bilan tamomlanadigan otlar.



Masalan: - pars, partis, f -qism, bo`lak.

2.-es va - is bilan tamomlanadigan tеng murakkab otlar.



Masalan: apis, apis, f – asalari.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə