Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə9/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29

Turlanish namunasi





Casus

Singularis

Pluralis

Nom.

herba

herbae

Gen.

herbae

herbarum

Dat.

herbae

herbis

Acc.

herbam

herbas

Abl.

herba

herbis


19-§.Quyidagi so‘zlarni yod oling!
tinctura, ae, f - nastoyka

mixtura, ae, f - mikstura

aqua, ae, f - suv

tabuletta, ae, f - tabletka

herba, ae, f - o‘t, yer ustki qismi

tela, ae, f - doka

cera, ae, f - mum

pilula, ae, f - habdori

scatula, ae, f - quticha

planta, ae, f - o‘simlik

gemma, ae, f - kurtak

massa, ae, f - massa

gutta, ae, f - tomchi

gelatina, ae, f - jelatin

glandula, ae, f - bez

materia, ae, f - modda

vita, ae, f - hayot

Valeriana, ae, f - valeriana

Betula, ae, f - qayin

Tilia, ae, f - jo‘ka

Farfara, ae , f - oqqaldirmoq

Convallaria, ae, f - marvaridgul

Senna, ae, f - sano

Mentha, ae, f - yalpiz

Chamomilla, ae, f - moychechak

Belladonna, ae, f - belladonna

Urtica, ae, f - gazanda, chayono‘t

Calendula, ae, f - tirnoqgul

Armeniaca, ae, f - o`rik daraxti, o`rik

Mashqlar

9. Quyidagi otlarning bosh va qaratqich kelishik, birlik va ko‘plik son

shakllarini jadval yordamida yozing.

Suv, nastoyka, mum, o‘t, kurtak, bez.


Namuna:


Nom.Sing.

Turl.

Rod

Gen. Sing.

Nom.Plur.

Gen. Plur.

planta-o‘simlik

I

f

plantae-o‘simlikning

plantae-

o‘simliklar



plantarum-

o‘simliklar-

-ning



10. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

1.Date mixturam aegrotae. 6. Colligite plantas.

2. Praeparate tincturas. 7. Depura ceram.

3. Filtra tincturam. 8. Formate pilulas.

4. Exsiccate gemmas. 9. Lavate ollas.

5. Sterilisate telam. 10. Da guttas aegrotas.



11. Lotin tiliga tarjima qiling.

1.Nastoyka tayyorla. 2. Tabletkani ber. 3. Miksturani ber. 4. Yer ustki

qismini yig‘ va qurit. 5. Suvni distillyatsiya qil. 6. Miksturani suzib tindir.

7. Bintga surt. 8. Dokani sterilla.



12. “Ot” mavzusi bo`yicha berilgan klasterni davom ettiring.



















6-AMALIY MASHG`ULOT: Aniqlovchi. Moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar. Moslashmagan aniqlovchili terminlarni tarjima qilish. Yunon tilidan kirib kelgan I turlanishga kiruvchi otlarning turlanishi. Predlog va bog‘lovchilar

20-§. Aniqlovchi

Lotin tilida moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar qo‘llaniladi. Moslashgan aniqlovchi sifat bilan ifodalanadi va aniqlanuvchi so‘z bilan bir xil rod, son va kelishikda turadi. U «qanday?» «qanaqa?» degan savollarga javob beradi.

oq mum
Moslashmagan aniqlovchi qaratqich kelishigidagi ot bilan ifodalanadi va «nimaning degan savolga javob beradi.

valeriananing nastoykasi (valeriana nastoykasi)

Farmatsevtik terminologiyada terminlarning ikki asosiy turini ajratish mumkin:

1. moslashgan aniqlovchili termin;

2. moslashmagan aniqlovchili termin.
Terminlarning har bir turiga shartli tasvir tuzish mumkin:

1. Moslashgan aniqlovchili termin:

qanaqa?



oq mum


S O

Otni O, sifatni S deb belgilaymiz. terminning shartli tasviri quyidagicha bo‘ladi:



O S (Nom.)

2. Moslashmagan aniqlovchili termin:
nimaning?


Valeriana nastoykasi

O2 O1

O1 (Nom.)



O2 (Gen.)



Mashq
1. Quyidagi terminlarning shartli tasvirini tuzib, ularning qanday aniqlovchili

atama ekanligini aniqlang.

Yalpiz suvi, cho‘ktirilgan oltingugurt, qaytarilgan temir, jelatinli kapsula, isitmani tushiradigan mikstura, amidopirin tabletkasi, qayin kurtagi, moyli emulsiya, suvsiz lanolin, oqqaldirmoq barglari, novokain eritmasi, analgin tabletkasi.


21-§. Moslashmagan aniqlovchili terminlarni

tarjima qilish
Terminni tarjima qilish uchun avval uning shartli tasvirini tuzamiz.
nimaning?


Valeriana nastoykasi

O2 O1

O1(Nom.)



O2 (Gen.)


Shartli tasvirga ko‘ra, birinchi ot «nastoyka»ni lotin tiliga tarjima qilganda bosh kelishikda, ikkinchi ot «valeriana»ni qaratqich kelishikda yozishimiz kerak.

Tarjima qilamiz:



Nom. tinctura Valerianae

Moslashmagan aniqlovchili terminni kelishiklar bo‘yicha turlaganda faqat aniqlanuvchi so‘z o‘zgarib, moslashmagan aniqlovchi esa o‘zgarmasdan qoladi.



Nom. tinctura Valerianae

Gen. tincturae Valerianae.

Quyidagi moslashmagan aniqlovchilar qaratqich kelishik ko‘plik sonda ishlatiladi:

aqua Amygdalarumbodom suvi

massa pilularum – habdori massasi

oleum Olivarum – zaytun moyi

oleum Persicorum – shaftoli moyi (II turlanish)


22 -§. Quyidagi so`zlarni yod oling!

bacca, ae, f - rezavor meva, danaksiz meva

officina, ae, f - dorixona

ampulla, ae, f - ampula

lingua, ae, f - til

capsula, ae, f - kapsula

pasta, ae, f - pasta

spongia, ae, f -gubka

membranulla, ae, f-parda

charta ae, f - qog‘oz

substantia, ae, f - modda

Camphora, ae, f - kamfora

Althaea, ae, f - gulxayri

Rubia, ae, f - ro‘yan

Glycyrrhiza, ae, f - shirinmiya, qizilmiya

Liquiritia, ae, f - shirinmiya, qizilmiya

Aralia, ae, f -araliya

Sterculia, ae, f -sterkuliya

Salvia, ae, f -mavrak

Tormentilla, ae, f - g‘ozpanja

Schizandra, ae, f - limonnik

Sophora, ae, f -tuxumak

Arnica, ae, f -arnika

Ephedra, ae, f -efedra, qizilcha

Gentiana, ae, f -gazako‘t, erbahosi

Eucommia, ae, f -evkommiya, xitoy guttapercha daraxti

Amygdala, ae, f - bodom

massa pilularum, massae pilularum - habdori massasi



23 -§. Yunon tilidan kirib kelgan I turlanishga kiruvchi otlarning turlanishi
I turlanishga kiruvchi so‘zlar ichida yunon tilidan o‘tgan ayrim so‘zlarni uchratish mumkin. Bu so‘zlar jenskiy rodga tegishli bolib, bosh kelishikda -e, qaratqich kelishigida -es qo‘shimchasiga ega bo‘ladi. Bu so‘zlarning faqat lug‘at shaklini eslab qolish kerak.

Masalan: chole,es, f – o‘t, safro.
24 -§. Yunon tilidan kirib kelgan sozlarni

yod oling!

Aloё,ёs, f - aloy, sabur

Hippophaё,ёs, f - chakonda

Kalanchoё,ёs, f - kalanxoy

chole, es, f - o‘t, safro

Mashqlar

2. Quyidagi terminlarning qanday aniqlovchili atama ekanini aniqlang va

ularning shartli tasvirini tuzing.

Valeriana nastoykasi, achchiq nastoyka, gazako‘t nastoykasi, jelatinli kapsula, moyli emulsiya, suvsiz lanolin, navokain eritmasi, analgin tablet-kasi, zaytun moyi, sariq surtma.



3. Terminlarning shartli tasvirini tuzib, Nom. va Gen. da lotin tiliga tarjima qiling.

1) tirnoqgul nastoykasi

2) yalpiz suvi

3) qayin kurtaklari

4) marvaridgulning yer ustki qismi

5) arnica nastoykasi

6) bodom suvi

7) belladonna nastoykasi

8) habdori massasi

Namuna:

nimaning?


Chayono`t nastoykasi

O2 O1

O1(Nom.)



O2 (Gen.)




Nom. tinctura Urticae

Gen. tincturae Urticae.

4. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

Tinctura Valerianae, aqua Menthae, tinctura Convallariae, massae pilularum, tinctura Belladonnae, glandulae pilularum,tinctura Tormentillae, massa gelatinae, herba Ephedrae.



5. Quyidagi gaplarni o‘zbek tiliga tarjima qiling va moslashmagan aniqlovchini ko‘rsating.

1.Da aegrotae tincturam Valerianae. 2. Addite massam pilularum. 3. Infunde aquam Menthae. 4. Misce tincturam Belladonnae et tincturam Convallariae.

5.Concide herbam Menthae.
6. Lotin tiliga tarjima qiling.

1.Yalpizning suvidan ol. 2. Marvaridgulning yer ustki qismini qurit. 3. Limon-

nikning nastoykasidan ber. 4. Efedraning yer ustki qismini qirq. 5.Gazako‘tning nastoykasini suz.

25-§. Predloglar
Ko‘p tibbiy va farmatsevtika iboralari predloglar yordamida hosil qilinadi. Lotin tilida predloglar faqat ikki kelishik Accusativus va Ablativus bilan ishlatiladi.

Accusativus da ishlatiladigan predloglar:

ad- uchun, gacha, -da, ga - ad aegrotam - bemorga

ad 100,0 – 100 gr gacha

contra - qarshi - contra anginam - anginaga qarshi

per - orqali - per os - og‘iz orqali.

Ablativus da ishlatiladigan predloglar:

sine – siz - sine aqua - suvsiz

pro - uchun - pro aqua - suv uchun

ex - dan - ex aqua - suvdan

cum – bilan - cum aqua - suv bilan.

Accusativus va Ablativus da ishlatiladigan predloglar:

in - ga, - da - in aquam - suvga (Acc.)

in aqua - suvda (Abl.)

sub - ostiga, ostida -sub linguam - til ostiga (Acc.)

sub linqua - til ostida (Abl.).
26- §. Bog‘lovchilar
et – va – tinctura et mixtura – nastoyka va mikstura

aut – yoki – Convallaria aut Valeriana (ikki xil ma’noni anglatuvchi so‘z -

lar o‘rtasiga qo‘yiladi) – marvaridgul yoki belladonna



seu – yoki – Glycyrrhiza seu Liquiritia (bir xil ma’noni anglatuvchi ya’ni si-

nonim so‘zlar o‘rtasiga qo‘yiladi) – shirinmiya yoki qizilmiya



non – yo‘q, emas – Non scholae, sed vitae discimus. - Maktab uchun emas,

hayot uchun o‘qiymiz.


Mashqlar
7. Lotin tiliga tarjima qiling.

1) qog‘oz orqali 6) ro‘yandan

2) nastoykaga 7) arnika yoki araliya

3) jelatindan 8) tabletka va ampula

4) rezavor mevalar bilan 9) dorixonaga

5) mavrakdan 10) yer ustki qismi bilan



8. Chap ustundagi lotincha so‘zlarning o‘ng ustundagi o‘zbekcha ekvivalent-

larini toping.

1) in capsulam a) til ostida

2) in capsula b) kapsulada

3) sub chartam c) qog‘oz ostida

4) sub charta d) dorixonaga

5) in officinam e) quticha ostiga

6) in officina f) kapsulaga

7) sub scatulam g) dorixonada

8) sub scatula h) til ostiga

9) sub linguam i) quticha ostida

10)sub lingua j) qog‘oz ostiga

9. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

Tinctura Valerianae, tinctura Urticae, tinctura Schizandrae, herba Ephedrae, herba Menthae, tinctura Tormentillae, aqua Menthae, massa gelatinae, tinctura Belladonnae.



10. Nuqtalar o‘rniga predloglardan mosini qo‘yib gaplarni yozing va ularni

o‘zbek tiliga tarjima qiling.

1.Sumite tabulettam . . . horam.

2.Date pilulas . . . scatula.

3.Praeparate pilulas . . . massa pilularum.

4.Date ollam . . . gemmis Betulae.

5.Solve tabulettam . . . aqua.



11.O‘zbek tiliga tarjima qiling.

1.Miscete tincturam Valerianae cum tinctura Convallariae. 2. Praeparate capsulas ex gelatina. 3. Filtrate mixturam per chartam. 4. Date aegrotae ampullas cum camphora. 5. Colligite et exsiccate herbas ad officinam.

6. Ponite tabulettam in aquam. 7.Aralia aut Sterculia. 8.Glycyrrhiza seu Liquiritia.
7-AMALIY MASHG`ULOT: Retsept. Retsept tuzilishi. Aniqlik va majhullik nisbatlari. Esse - bor bo‘lmoq fe’li. Gapda so‘zlarning tartibi
27-§. Retsept. Retsept tuzilishi
Retsept - shifokorning dori tayyorlash kerakligi to‘g‘risida dorixonaga xat orqali murojaat qilishi.

Retsept so‘zi «receptum» - «olingan» so‘zidan kelib chiqqan.

Retsept rasmiy hujjat bo‘lib, uni yozgan shifokor, shu bilan birga dorini tayyorlab bergan dorishunos ham retseptning to‘g‘riligi uchun yuridik jihatdan javobgardir.

Retseptlar yagona nusxali maxsus varaqalarda aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim.

Retseptlardagi so‘zlarni tuzatish yoki o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi.

Retsept quyidagi qismlardan iborat:

1. Davolash muassasasining manzili va telefon raqami.

2. «Bolalar uchun» yoki «Kattalar uchun» belgilari.

3. Retsept yozilgan kun, oy, yil.

4. Bemorning ismi, sharifi va yoshi.

5. Shifokorning ismi sharifi.

6. Kasallik tarixi №

7. Dorining nomi va miqdori.

8. Farmatsevtga ko‘rsatma.

9. Dorini qabul qilish usuli.

10. Shifokorning imzosi va shaxsiy muhri.

Retseptning lotincha qismi Recipe - ol (recipere - olmoq fe’lining buyruq shakli) so‘zidan boshlanadi. Recipe - so‘zidan keyin yozib berilayotgan dori tarkibiga kiradigan dori moddalarining nomi yoziladi. Har bir ingrediyentning nomi qaratqich kelishikda yangi satrdan bosh harf bilan yoziladi.

Recipe: Tincturae Valerianae 10 ml

Tincturae Convallariae 15 ml

Agar ikki dori moddasining miqdori bir xil bo‘lsa, unda ikkinchi dori nomidan keyin ana - teng miqdorda (qisqacha āā) so‘zi yozilib, so‘ngra dori miqdori ko‘rsatiladi:



Recipe: Tincturae Convallariae

Tincturae Valerianae ana 10 ml

Grammlar va millilitrlar arab raqamlari bilan ko‘rsatib yoziladi: 4,0; 0,5;0,01 va boshqalar.

Tomchilar miqdori rim raqamlari bilan ko‘rsatiladi. gtt. V (guttas –tomchilar).

Dori moddalarining biologik ta’sir birligi qisqacha BT shaklida, soni esa arab raqamlari bilan yoziladi.

Retseptning lotincha qismi Da- ber, Signa - belgila so‘zlari bilan tamomlanadi.

Retseptlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Bitta ingrediyent yozilgan retsept oddiy bo‘ladi. Ikkita va undan ortiq ingrediyentlar yozilgan retseptlar murakkab hisoblanadi.

Dorini tezlik bilan tayyorlash lozim bo‘lsa, retsept varaqasining yuqorisiga cito tezda, yoki statim - tez, darhol so‘zlari yoziladi. Bu so‘zlarning tagiga chiziladi va undov belgisi qo‘yiladi:

Cito!

Statim!

Dabolanish jarayoni uzoq davom etadigan bemorlarga dorini qayta olishi uchun shifokor tomonidan retsept varaqasining yuqori qismi o‘ng tomoniga quyidagi so‘zlar yoziladi:



Repete! – Takrorla!

Repete bis! – Ikki marta takrorla!

Repete ter! – Uch marta takrorla!

Dorini takror bermaslik uchun quyidagi so‘zlar yoziladi:



Non repetatur! – Takrorlama!

RETSEPT VARAQASINING NAMUNASI



(davolash-profilaktika muassasasining nomi va rekvizitlari ko’rsatilgan shtampi o’rni)



_________________________

________________________

________________________

(Nodavlat davolash-profilaktika muassasasi lisenziyasining tartib raqami, berilgan sanasi, amal qilish muddati)







(davolash -profilaktika muassasasining nomi va rekvizit-lari ko’rsatilgan shtampi o’rni)



__________________

__________________

__________________

__________________

(Nodavlat davolash-profilaktika muassasasi lisenziyasining tartib raqami, berilgan sanasi, amal qilish muddati)



RETSEPT

RETSEPTNING

yirtma koreshogi


Kattalarga

Bolalarga

Kattalarga

Bolalarga

(keraksizi o’chirilsin)

(keraksizi o’chirilsin)

Retsept yozilgan sana

Retsept yozilgan sana

Kun______

Oy________

Yil_________


Kun______

Oy_______

Yil________

Bemorning F.I.O.:_________

________________________

________________________



Bemorning yoshi: ______________



Bemorning F.I.O.:_____________________

____________________________________

____________________________________


Shifokorning F.I.O.: _________________________

__________________________________________




Shifokorning F.I.O.: ___________________

____________________________________




Kasallik tarixi № ____________________________


Kasallik tarixi № ______________________


Rp:________________________________________

(savdo nomi)

___________________________________________

(xalqaro patentlanmagan nomi)

D.S. _______________________________________

___________________________________________




Rp:_________________________________

(savdo nomi)

____________________________________

(xalqaro patentlanmagan nomi)

D.S. ____________________________________

____________________________________




Shifokorning imzosi ________

tel:_____________

(shifokorning shaxsiy muhri o’rni)


Berilayotgan dori vositasining nomi va seriyasi: _____________

Retseptning amal qilish muddati ______________




Farmasevt xodimning F.I.O.:_____________

____________________________________

(imzosi)
(Dorixona shtampi o’rni)



28-§. Quyidagi so`zlarni yod oling!
axungia, ae,f - yog‘, moy

colla, ae, f – yelim

cella, ae, f - hujayra

cellula, ae, f - hujayracha

Terebinthina, ae, f - terpentin

Scopolia, ae, f - skopoliya

Frangula, ae, f - frangula

Polygala, ae, f - istod

Oliva, ae, f - zaytun

Cucurbita, ae, f - qovoq

Inula, ae, f - andiz

Sanguisorba, ae, f - sangvizorba

Rosa, ae, f - na’matak

Passiflora, ae, f - passiflora

Leuzea, ae, f - levzeya

Bistorta, ae, f - ilonsimon toron

Armeniaca, ae, f - o‘rik
29 -§. Quyidagi retsept iboralarini eslab qoling!
Da in capsulis - Kapsula shaklida ber.

Da in tabulettis - Tabletka shaklida ber.

Da in ampullis - Ampulada ber.

Da in charta - Qog‘ozda ber.

Da in scatula - Qutichada ber.
30-§. Aniqlik va majhullik nisbatlari
Lotin farmatsevtika terminologiyasida aniqlik va majhullik nisbatidagi fe’llar hozirgi zamon III shaxsda qo‘llaniladi.

Aniqlik nisbati III shaxs birlik sonini hosil qilish uchun fe’l negiziga -t, ko‘plik sonini hosil qilish uchun esa -nt qo‘shimchasini qo‘shish lozim.

Majhullik nisbati III shaxs birlik sonini hosil qilish uchun fe’l negiziga

-tur, ko‘plik sonini hosil qilish uchun esa -ntur qo‘shimchasini qo‘shish lozim.



III shaxs

Activum

Passivum

Singularis

t

tur

Pluralis

nt

ntur


I tuslanish

Dare-bermoq (negizi -da)

Activum

III shaxs birlik da-t y berayapti

III shaxs ko‘plik da-nt ular berishayapti

Passivum

III shaxs birlik da-tur berilsin

III shaxs ko‘plik da-ntur berilsin
II tuslanish

Miscere - aralashtirmoq (negizi - misce)

Activum

III shaxs birlik misce-t u aralashtirayapti

III shaxs ko‘plik misce-nt ular aralashtirishayapti

Passivum

III shaxs birlik misce-tur aralashtirilsin

III shaxs ko‘plik misce-ntur aralashtirilsin
III tuslanish

Fe’l negiziga birlik sonda i, ko‘plikda - u harflari qo‘shiladi.



solvere - eritmoq (negizi - solv)

Activum

III shaxs birlik solvi-t y eritayapti

III shaxs ko‘plik solvu-nt ular eritishayapti

Passivum

III shaxs birlik solvi-tur eritilsin

III shaxs ko‘plik solvu-ntur eritilsin

IV tuslanish

Ko‘plikda fe’l negizi bilan qo‘shimchalarni birlashtiruvchi - i harfi qo‘shiladi.

audire - eshitmoq (negizi - audi)

Activum

III shaxs birlik audi-t y eshitayapti

III shaxs ko‘plik audiu-nt ular eshitishayapti

Passivum

III shaxs birlik audi-tur eshitilsin

III shaxs ko‘plik audiu-ntur – eshitilsin.

31-§. Esse - bor bo‘lmoq fe’li
Esse - bor bo‘lmoq yordamchi fe’lining hozirgi zamon III shaxsda tus -

lanishi quyidagicha:

Birlik Ko‘plik

est - u bor sunt - ular borlar.

32-§. Gapda so‘zlarning tartibi
Lotin tilida gaplardagi so‘zlarning tartibi erkindir. Gaplarda birinchi o‘rin-da ega, o‘rtasida to‘ldiruvchi, oxirida kesim keladi.

Masalan: Aegrota tabulettam sumit.-

Bemor tabletka qabul qilayapti.

Mashqlar
1. Jadvaldan foydalanib, quyidagi fe’llarning hozirgi zamon shaklini hosil

qiling.

belgilamoq, bo‘lmoq, sterilizatsiya qilmoq, surtmoq, tamomlamoq, qabul qilmoq, suzmoq.



Namuna:



Fe’l


Ne-gi-zi


Aniqlik nisbati

Majhullik nisbati

III shaxs bir-lik

III shaxs ko‘p-

lik

III shaxs bir-lik

III shaxs ko‘p-lik

рarare

para

parat –

u tayyorlayapti



parant – ular

tayyorlashayapti



paratur – tay-yorlansin

parantur –tayyorlansin


2. O‘zbek tiliga tarjima qiling. Aniqlik nisbatidagi fe’llarning tagiga bitta

chiziq, majhullik nisbatidagi fe’llarning tagiga ikkita chiziq chizing.

1.Collam coquit. 2. Colla coquitur. 3. Pilulas conspergunt. 4. Pilulae consper-

guntur. 5. Massam gelatinae refrigerat. 6. Massa gelatinae refrigeratur. 7.Tincturam Valerianae sumit. 8. Tinctura Valerianae sumitur. 9. Gemmas Betulae servat. 10. Gemmae Betulae servantur. 11.Herbam Convallariae concidit. 12. Herba Convallariae conciditur.

3. Retseptlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Recipe: Tincturae Schizandrae 50 ml

Da.

Signa: Kuniga 2 marta 20-25 tomchidan ichilsin.



2. Recipe: Tincturae Araliae 50 ml

Da.


Signa: Kuniga 3 marta 20 tomchidan ichilsin.

3. Recipe: Tincturae Sterculiae 50 ml

Da.

Signa: Kuniga 3 marta 20 tomchidan ichilsin.



4. Recipe: Tincturae Convallariae 15 ml

Da.


Signa: Kuniga 2-3 marta 15 tomchidan ichilsin.

4. Retseptlarni lotin tiliga tarjima qiling.

1.Ol: Arnika nastoykasi 25 ml

Ber.

Belgila: Kuniga 3 marta 20 tomchidan ichilsin.



2.Ol: Marvaridgul nastoykasi 15 ml

Ber.


Belgila: Kuniga 3 marta 20 tomchidan ichilsin.

3.Ol: Qayin kurtagi

Ber.

Belgila: 1 osh qoshiq kurtak 1 stakan suvda damlan-



sin. Kuniga 3 marta 2 osh qoshiqdan ichilsin.

4.Ol: Belladonna nastoykasi 20 ml

Ber.

Belgila: Kuniga 3 marta 15-20 tomchidan ichilsin.



5.Ol: Marvaridgul nastoykasi 10 ml

Valeriana nastoykasi 10 ml

Aralashtir. Ber.

Belgila: Kuniga 3 marta 15-20 tomchidan ichilsin.

6. Ol: Yalpiz suvi 200 ml

Ber.


Belgila: Kuniga 5-10 marta 1 osh qoshiqdan ichilsin.

8-AMALIY MASHG`ULOT: II turlanishdagi otlar. Mujskoy va jenskiy roddagi otlar

33-§. II turlanishdagi otlar
II turlanishdagi otlarga birlikdagi qaratqich kelishigi (Genetivus Sin-

gularis) da - i qo‘shimchasiga ega bo‘lgan mujskoy va sredniy roddagi otlar kiradi. Bu otlar bosh kelishik birlik son (Nominativus Singularis)da mujs-

koy rodga kirsa -us,- er, sredniy rodga kirsa -um qo‘shimchasiga ega bo‘ladi.



Masalan: succus, i, m

puer, i, m

decoctum, i, n.
34-§. Mujskoy roddagi otlarning kelishik qo‘shimchalari


Casus

Sing.

Plur.

Nom.

us, er

i

Gen.

i

orum

Dat.

o

is

Acc.

um

os

Abl.

o

is




Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə