Toshkent farmatsevtika instituti dvs va sm kafedrasi dori vositalarini instrumental tahlil usullari



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə2/9
tarix05.04.2022
ölçüsü3,55 Mb.
#85075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dori vositalari miqdoriy tahlilining fizikaviy va fizik - kimyoviy usullari

2. 1. POTENSIOMETRIK TITRLASH USULI

Potensiometrik titrlash — neytrallash, cho’kma va kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish va boshqa usullar yordamida bajariladigan miqdoriy tahlilda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qo’llaniladi. Rangli va loyqa eritmalarini titrlash uchun ham ushbu usuldan foydalanish mumkin. Bu usulda titrlash jarayondagi alohida tanlangan elektrod juftligida hosil bo’ladigan elektr yurituvchi kuchini (EYK) o’lchash orqali titrantni ekvivalent hajmi aniqlanadi. Elektrod juftligi taqqoslash elektrodi va indikator elektroddan iborat. Indikator elektrod potensiali titrlash jarayonida faol qatnashuvchi yoki hosil bo’luvchi ionlar konsentratsiyasi bilan bog’liq bo’lib, taqqoslash elektrodining potensiali doimiy qiymatini saqlab qoladi. Titrlanganda elektrod juftligi odatda tekshiriluvchi eritmaga tushiriladi. Taqqoslash elektrodidan diffundirlanayotgan ionlar titrlash jarayoniga to’sqinlik qilsa, taqqoslash elektrodi va tekshiriluvchi eritma elektrolitik ko’prik orqali tutashtiriladi. Ushbu elektrolitik ko’prik ionlari to’sqinlik qilmaydigan elektrolit eritmasi bilan to’ldirilgan P-shakldagi naycha ko’rinishda bo’ladi (9-rasm).



9-rasm. Potensiometrik titrlash

usulida ekvivalent nustani aniqlash

Suvsiz sharoitda potensiometrik titrlash usulida elektrolitik ko’prik yoki taqqoslash elektrodi kaliy yoki litiy xloridni tegishli suvsiz erituvchidagi eritmalari bilan to’ldiriladi. Tahlil davomida titrlangan eritmani byuretkadan bir xil miqdorda aralashtirib turilgan holda qo’shiladi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashganda titrantni 0,1 ml yoki 0,05 ml dan qo’shilib, har gal EYK o’lchanadi. Indikatorli elektrod va taqqoslash elektrodi orasidagi potensiallar farqidan paydo bo’ladigan EYK yuqori omli potensiometr yordamida(pH- metr bilan) o’lchanadi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashgan sari EYK qiymati keskin o’zgarib, EYK o’zgarishi (ΔE) titrlovchi miqdorining o’zgarishiga (ΔV) nisbatini mutloq qiymati bu nuqtada maksimal bo’ladi. Titrlash natijasini grafikda ifodalab, hosil bo’lgan egri chiziq yordamida ekvivalent nuqtani hisoblash yo’li bilan niqlash mumkin. XI Davlat farmakomeyasidagi “Potensiometrik titrlash” umumiy maqolasida potensiometrik titrlash egri chizig’i, titrantning ekvivalent miqdorini hisoblash namunasi, turli usullarda titrlashda elektrod tizimini tanlash jadvali keltirilgan. Kislotali-asosli titrlashda — shisha elektrod, cho’ktirish usuli qo’llanganda — kumush elektrod qo’llanadi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga asoslangan usullarda platinali indikator elektrod qo’llanadi.


Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə