Toshkent farmatsevtika instituti dvs va sm kafedrasi dori vositalarini instrumental tahlil usullari


Foli kislotasining miqdorini aniqlash



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə4/9
tarix05.04.2022
ölçüsü3,55 Mb.
#85075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dori vositalari miqdoriy tahlilining fizikaviy va fizik - kimyoviy usullari

Foli kislotasining miqdorini aniqlash

Aniqlash tartibi: 0,05 g foli kislotasi (aniq tortma) 50 ml hajmli o’lchov kolbasida 0,05 mol/l natriy karbonat eritmasida eritilib, ayni shu eritma bilan belgisigacha suyultiriladi. 5 ml eritmaga 5 ml 0,05 mol/l natriy karbonat va 10 ml 0,1 mol/l ammoniy xloridning 30% li spirtdagi eritmasidan solib aralashtirilgach, eritma harorati 250C bo’lgan polyarografning yacheykasiga joylashtiriladi va 5 minut davomida azot o’tkazilib 0,6 V dan boshlab polyarogramma olinadi.



formulada: c — suvsiz foli kislotasining kalibrlangan grafik bo’yicha topilgan mg/ ml miqdori; a — foli kislotasining grammlardagi miqdori.

Kalibrlangan grafik tuzish

0,05 g foli kislotasining standart namunasi (aniq tortma) 50 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinib, 0,05 mol/l natriy karbonatda eritilgach, ayni shu erituvchi bilan belgisigacha suyultirilib chayqatiladi.

Eritmadan 3, 4, 5, 6, 7, 8 ml o’lchab olib, har birining hajmi 0,005 mol/l natriy karbonat bilan 10 ml gacha yetkazilgach, 10 ml dan 0,1 mol/l ammoniy xloridning 30% spirtdagi eritmasidan qo’shib, hosil bo’lgan eritmalar ayrim-ayrim, harorati 25°C bo’lgan polyarograf yacheykasiga joylashtiriladi va 0,6 V dan boshlab polyarogrammalari olinadi. To’lqin balandligiga mutanosib bo’lgan mikroamperlardagi tok kuchi ordinataga, foli kislotasi standart namunasining mg/ml dagi miqdori abssissaga qo’yilib, kalibrlangan grafik tuziladi.




Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə