Toshkent farmatsevtika instituti dvs va sm kafedrasi dori vositalarini instrumental tahlil usullari


Refraktometri usul. Ikki komponentli dori turi tarkibidagi aminokapron kislota miqdorini refraktometrik usul yordamida aniqlash



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə5/9
tarix05.04.2022
ölçüsü3,55 Mb.
#85075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dori vositalari miqdoriy tahlilining fizikaviy va fizik - kimyoviy usullari

2.3Refraktometri usul. Ikki komponentli dori turi tarkibidagi aminokapron kislota miqdorini refraktometrik usul yordamida aniqlash

Refraktometrik usul eritmalarning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlashga asoslangan. Nur sindirish ko’rsatkichi turlicha tizimdagi refraktometrlar yordamida 200C haroratda, natriy spektriga mos to’lqin uzunligida (A = 589,3 nm) aniqlanadi. Zamonaviy refraktometrlar oddiy yorug’lik (ko’zga ko’rinadigan nur, =400800 nm) da o’lchanganda ham D natriy spektriga mos bo’lgan nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash imkonini beradi. Normal sharoitda aniqlangan nur sindirish ko’rsatkichi - 20 Dn bilan belgilanadi. Nur manbayidan tarqalgan nur bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tishda yo’nalishini o’zganiradi (sinadi). Ikkinchi muhitning nur tushgan nuqtasidan, muhit yuzasiga perpendikular chiziq o’tkazilib, ikkinchi muhit yuzasiga teng masofalarda parallel chiziqlar tortilsa, gipotenuzalari tushgan va singan nurlardan iborat ikkita to’g’ri burchakli uchburchak hosil bo’lib, α — burchak tushish burchagi, β— burchak esa sinish burchagi deyiladi (14-rasm).



Nur sindirish ko’rsatkichi nurning havodagi tarqalish tezligining, uning tekshiriluvchi eritmadagi tezligiga nisbati yoki tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati bilan ifodalanadi.



Tushish burchagi (α) sinish burchagi (β) dan kichik bo’lganligi uchun, AB>CD bo’lib, sin α> sin β bo’ladi. Shuning uchun nur sindirish ko’rsatkichi birdan katta qiymatdan iborat. Masalan, 200C haroratda tozalangan suvning nur sindirish ko’rsatkichi 1,3330 ga teng. Nur sindirish ko’rsatkichining mutloq va nisbiy qiymatlari mavjud. Mutloq nur sindirish ko’rsatkichi eritmaning vakuumga nisbatan nur sindirish ko’rsatkichi. Nisbiy nur sindirish ko’rsatkichi esa eritmaning havoga nisbatan nur sindirish ko’rsatkichi. Amalda aniqlanuvchi eritmaning havoga nisbatan o’lchangan nur sindirish ko’rsatkichidan foydalaniladi. Eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanuvchi moddaning tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, sinayotgan nurning to’lqin uzunligiga, nur sindirish ko’rsatkichi o’lchanayotgan refraktometr turiga, erituvchining tabiatiga, haroratga va boshqa bir qancha omillarga bog’liq. Amalda farmatsevtik tahlilda Abbe turidagi refraktometrlardan foydalanilib, bu uskuna yordamida natriy spektri to’lqin uzunligi - D dagi (λ=589,3 nm) nur sindirish ko’rsatkichi o’lchanadi. Aniqlash harorati 20±0,50C dan iborat bo’lib, normal haroratdan boshqa haroratda o’lchangan nur sindirish ko’rsatkichi formula orqali normal haroratga o’tkaziladi.

0002,0)20( 020 0   t nn tD D Nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanayotgan eritmaning konsentratsiyasi 2% dan kam bo’lmasligi maqsadga muvofiq. Refraktometrik usul bilan bajariladigan tahlil quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Refraktometmi sozlash; 2. Tekshiriluvchi eritmaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash va uni, agar lozim bo’lsa, normal haroratga o’tkazish; 3. Hisoblash formulasi yoki refraktometrik jadvaldan foydalanib, aniqlanuvchi moddaning foiz yoki gramm miqdorini hisoblash. Refraktometr tozalangan suv yordamida sozlanib, buning uchun kamida besh marotaba nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanadi va tozalangan suvning aniqlangan nur sindirish ko’rsatkichlari bilan solishtirilganda farq (Δ 20 Dn ) 0,0002 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Tekshiriluvchi eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanib, lozim bo’lsa normal haroratga o’tkaziladi. Eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi n = n0 + CF formula bilan ifodalangani uchun eritmaning konsentratsiyasi

formula bilan hisoblanadi.

C — eritmaning foiz konsentratsiyasi;

n — eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi;

n0 — erituvchining nur sindirish ko’rsatkichi;

F— refraktometrik omil bo’lib, eritma konsentratsiyasi 1% ga o’zgarganda nur sindirish ko’rsatkichi qanchaga o’zgarishini ko’rsatadigan kattalik. Aniqlanuvchi eritma bir nechta moddalardan iborat bo’lsa, nur sindirish ko’rsatkichi erituvchining va eritmadagi moddalar nur sindirish ko’rsatkichlari yig’indisidan iborat bo’ladi.

n = n0 + n1 + n2 +...+ ni yoki n = n0 + С1F1 + C2F2 +...+ CiPi

Bir necha moddalardan iborat bo’lgan eritmadagi moddalardan birining konsentratsiyasi quyidagi hisoblash formulasi yordamida aniqlanadi:



n — murakkab tarkibli eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi;

n0 — erituvchining nur sindirish ko’rsatkichi;

S1,S2,Si — eritmadagi moddalarning foiz konsentratsiyasi;

F1,F2,Fi — refraktometrik omillar.

Nur sindirish ko’rsatkichining qiymati asosida aniqlanuvchi modda konsentratsiyasini refraktometrik jadvaldan foydalanib aniqlash ham mumkin. Bunda ko’pincha jadval qiymatlarini interpolyatsiyalashga to’g’ri keladi. Refraktometrik jadvalni interpolyatsiyalash, nur sindirish ko’rsatkichining butundan keyingi to’rtinchi qiymatiga mos kelgan konsentratsiyadagi farqni refraktometrik jadval ma’lumotlari asosida topib, so’ng eritma konsentratsiyasini hisoblashdan iborat.

Masalan: 10% li glukoza eritmasining nur sindirish ko’rsatkichi

Nur sindirish ko’rsatkichining butundan keyingi to’rtinchi xonasiga mos konsentratsiya quyidagi formuladan topiladi:



formulada:

b — nur sindirish ko’rsatkichining butundan keyingi to’rtinchi xonasiga mos kelgan konsentratsiya;

a — nur sindirish ko’rsatkichining butundan keyingi to’rtinchi xonasi qiymati;

ΔС — refraktometrik jadvaldan olingan konsentratsiyadagi farq.

Eritmaning konsentratsiyasi esa quyidagicha hisoblanadi:

X% = С + b = 9,80 + 0,12 = 9,92%

Interpolyatsiyalashni yuqorida berilgan qiymatlar asosida ushbu usul bilan ham bajarish mumkin.1,3480 - 1,3474 = 0,0006

bunda 1,3480—refraktometrik jadvaldan olingan nur sindirish ko’rsatkichining yuqori qiymat

C — nur sindirish ko’rsatkichining yuqori qiymatiga mos konsentratsiya. Moddaning ma’lum konsentratsiyaga mos keladigan refraktometrik omilini, uning dastlabki refraktometrik omili asosida F = F0kC formula yordamida

hisoblash mumkin.

F0 — moddaning 1% li eritmasiga mos kelgan refraktometrik omili;

k—tuzatish koeffitsiyenti

S—eritma konsentratsiyasi.

Glukozaning 5, 10, 25, 40% li in’yeksion eritmalaridagi miqdorini aniqlash

15-rasm. Refraktometrning tuzilishi chizmasi. 1 – nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash shkalasi; 2 – ko’rish naychasi; 3 – tekshiriluvchi eritma yoki modda; 4, 5 – ostki va ustki prizmalar; 6 – okulyar.

Aniqlash tartibi: Eritma 30 minut davomida stakandagi harorati 200C bo’lgan suvga solib qo’yiladi va refraktometr orqali 30 minut davomida harorati 200C bo’lgan suv o’tkaziladi. Refraktometr prizmasiga harorati 200C bo’lgan bir necha tomchi suv tomizilib, nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanadi. Prizma tibbiyot binti bilan quruq holga kelguniga qadar artilib, bir necha tomchi tekshiriluvchi eritma tomizib 3-4 marta nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanadi va hisoblash uchun o’rtacha qiymat olinadi 1 ml eritmadagi glyukozaning gramm miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:

X — 1 ml eritmadagi glukozaning grammlardagi miqdori;

n — eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi;

n0 — tozalangan suvning nur sindirish ko’rsatkichi;

0,00142 — glukozaning refraktometrik omili.

Ikki komponentli dori turi tarkibidagi aminokapron kislota miqdorini refraktometrik usul yordamida aniqlash

Tarkibi: Aminokapron kislota eritmasi 5% - 1000 ml Natriy xlorid - 9,0 Aniqlash tartibi: Natriy xlorid. Bromfenol ko’ki ishtirokida kumush nitratning titrlangan eritmasi bilan titrlash orqali (Fayans usuli) yoki merkurimetrik usul bilan aniqlanadi. Aminokapron kislota. In’yeksion suv va eritmaning nur sindirish ko’rsatkichlari aniqlangach, aminokapron kislotaning miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:

n — eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi;

n0 — suvning nur sindirish ko’rsatkichi;

S1 — eritmadagi natriy xloridning foiz miqdori;

F1 — natriy xloridning refraktometrik omili;

F2 —aminokapron kislotaning refraktometrik omili.

Uch komponentli dori turi tarkibidagi glukoza miqdorini aniqlash

Tarkibi: Askorbin kislota - 0,05; Nikotin kislota — 0,01; Glukoza — 0,25. Aniqlash tartibi: Askorbin kislotasi va nikotin kislota. Bitta kukun massasi 5 ml suvda eritilib, 2 ml eritma o’lchab olinadi, undagi askorbin kislota va nikotin kislotasi yig’indisi 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi bilan titrlash orqali aniqlanadi (indikator — fenolftalein). Titrlangan eritma tarkibidagi askorbin kislota miqdori 0,1 mol/l yod bilan sariq ranggacha titrlash orqali aniqlanadi. Glukoza. Tekshiriluvchi eritma va suvning nur sindirish ko’rsatkichi aniqlanib, glukozaning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:



formulada:

n — eritmaning nur sindirish ko’rsatkichi;

n0 — suvning nur sindirish ko’rsatkichi;

F1 — askorbin kislotaning refraktometrik omili;

F2 — nikotin kislotaning refraktometrik omili;

V — tayyorlangan eritmaning ml dagi hajmi;

P — dori turining grammlardagi massasi (tarkibi bo’yicha);

F — glukozaning nur sindirish ko’rsatkichi;

a — eritma tayyorlash uchun tortib olingan dori turining massasi;

β — glukoza tarkibidagi suvning foiz miqdori


Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə