1
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA
KAFEDRASI
KIMYOVIY MIKROBIOLOGIYA FANI
BO`YICHA
O‗ Q U V –U S L U B I Y
M A J M U A
Toshkent -2016 y.
2
Mazkur o‗quv-uslubiy majmua Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi
137-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan o‗quv reja va dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchi:
Fayzullaeva Z.R.
–
Ekologiya va mikrobiologiya
kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Qodirova D.E.
–
Ekologiya va mikrobiologiya
kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Taqrizchi:
Saidov S.A.
–
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
mudiri
Maxkamova D.E.
–
ToshPMI Bolalar yuqumli kasalliklari va
mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya
kafedrasi dotsent i
O‘quv -uslubiy majmua Bosh ilmiy-metodik markaz Ilmiy-metodik kengashining 2016 yil
__________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.
Toshkent farmasevtika instituti Markaziy uslubiy kengashi tomonidan muhokama qilindi.
2016 yil _____________ dagi __________sonli bayonnoma
Toshkent farmasevtika instituti Ilmiy kengashining sonli bayoni asosida tastiqlangan.
3
MUNDARIJA
I. Ishchi dastur………………………………………………………..............................................4
II. Sillabus......................................................................................................................................21
III. Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol ta‘lim metodlari.................................................24
IV. Nazariy mashg`ulot materiallari…………………………...................…………………...…37
V. Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………..…………………..………….…....116
VI. Keyslar banki……………………………….........................................................................183
VII. Mustaqil ta‘lim mavzulari ……………………………………………..….........................193
VIII. Testlar …………………………………............................................................................194
IX. Glossariy……………………………………………………..……………………………..219
X. Adabiyotlar ro‗yxati…………………………..…………………………………………….223
4
Kirish
Toshkent Farmatsevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti talabalari kelajakda injener
biotexnolog bo‗lib, mamlakatimizning sotsial taraqqiyotida asosiy omillardan biri bo‗lgan
ikkilamchi metabolitlarni (antibiologik, vitaminlar, polisaxaridlarni) sintez qilishni tashkil
etishlari lozim. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanini
chuqur o‗rganishlari zarur. Bu maqsadga erishish va o‗quv jarayonini tuzishda ishchi dastur katta
rol o‗ynaydi. 2016-2017 o‗quv yili uchun ishlab chiqilgan o‗quv uslubiy majmuada
Microbiology and Immunology /Faculty of Pharmacy. General Microbiology Immunology
.Edition 2015, "Mikrobiolugiai Laboraturiumi Gyakorlatok 2013. xorijiy adabiyotning bob
ma‘lumotlaridan foydalanib mavzulari kiritildi.
Fanning maqsad va vazifalari
Mikrobiologiya, biotexnologiya negizlaridan biri bo‗lib, mikroorganizmlar hayot
faoliyatining molekulyar, genetik, o‗sish mexanizmi, ko‗payishi, metabolizmi, sodda jonivorlar,
zamburug‗lar, viruslar to‗g‗risidagi zamonaviy bilim asoslari bilan ikkilamchi metabolitlarning,
antibiotiklar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintezi bilan tanishtiradi.
Mikroorganizm produtsentlarining tuzilishi, fiziologik aktivligini aniqlash sanitar –
ko‗rsatkich mikroorganizmlarning, yuqumli kasallik qo‗zg‗atuvchilarining, ularga qarshi
ishlatiladigan kimyoterapevtik moddalarning ta‘sirini immunologiya, immunoximiya asosida
o‗rganadi. Mikrobiologiyada o‗rganilgan molekulyar genetika asoslari, biotexnologiya sanoatida
original bilim manbai hisoblanadi. Ishchi dasturda kimyoviy mikrobiologiya fanining asoslari
zamon talablari asosida o‗z aksini topgan. Biotexnologlarni tayyorlashda, kimyoviy
mikrobiologiya fanini o‗rganishdan asosiy maqsad - mikroorganizmlar fiziologiyasining
elementlari:
oziqlanish,
nafas olish, o‗sish, ko‗payish, mikroorganizmlar kimyosi,
mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta‘siri, ularning tabiatda modda almashinuvidagi
ahamiyatini o‗rganish. Biotexnolog professional faoliyatida aseptika, antiseptika, sterillizatsiya,
tayyor dorilar va xom-ashyosini saqlash, dorilarni ekstemporal tayyorlashda kimyoviy
mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir.
O‗quv jarayonida talabalarga mikrob xujayralarini o‗lchash, molekulyar tarkibi,
mikrometriya usullari, bakterial massani o‗lchash, mikrob xujayrasini dezintegratsiyasi, ularning
uglevod tarkibini o‗rganish, DNKni olinishi, ammonifikatsiya, denitrofikatsiya reaksiyalari,
bakteriofaglarning olinishi va ishlatilishi, vaksinalar, immunoglobulinlar olinishi va ishlatilishi
haqida ma‘lumotlar beriladi.
Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar
Talabalar o‗quv jarayonida kimyoviy mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlarning
tasnifi, prokariot va eukariot xujayralarining tuzilishi, aktinomitsetlar, spiroxetlar, rikketsiyalar,
xlamidiya, mikoplazma, zamburug‗lar va sodda jonivorlar morfologiyasi, mikroorganizmlar
kimyosi, kichik molekulalar, katta molekulalar, viruslar morfologiyasi, bakteriofaglar, patogenlik
va virulentlik, vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar, ximioterapevtik preparatlar, ularning
mikroorganizmlarga ta‘sirini, ularning tabiatda modda almashinuvidagi ahamiyatini bilishi
kerak.
Talabalar, o‗qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy
ko‗rsatmalar yordamida quyidagi ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak.
- surtma preparatlarini tayyorlash.
- surtmalarni bo‗yash usullarini bilish.
- mikroorganizmlarni morfologiyasini o‗rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‗llay
olish.
- antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida
aniqlay olish.
- mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qila bilishlari kerak.
- mikrob xujayralarini o‗lchash, bakterial massani o‗lchash.
- mikrob xujayrasini dezintegratsiyalash, uning uglevod tarkibini o‗rganish.
- DNKni olinishi, uning xususiyatlarini o‗rganish.
Dostları ilə paylaş: |