Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139

18 
 
17. 
Barg morfologiyasi. 

18. 
Gerbariy namunalari asosida  o‘simliklarning  morfologik belgilarini  (ildiz, 
poya va barglarni)  aniqlash. 

19 
Tuban sporali o‘simliklar, suv o‘tlari. 

20 
Zamburug‘lar va lishayniklar. 

21 
Yuqori sporali o‘simliklar, moxsimonlar, plaunlar,, qirqbo‘g‘imlilar, 
qirqquloqsimonlilar. 

22 
Urug‘li o‘simliklar. Ochiq urug‘lilar. 

23 
Yopiq urug‘lilar. Gul tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi 

24 
To‘pgullar va ularning xillari. 

25 
Meva xillari va urug‘ tuzilishi. 

26 
Magnoliyaguldoshlar,  ayiqtovondoshlar va zirkdoshlar  oilalari 

27 
Ko‘knorguldoshlar, karamguldoshlar va gulxayridoshlar oilalari. 

28 
Atirguldoshlar ,dukkakdoshlar oilasi . 

29 
Mirtadoshlar , jo’kadoshlar oilalari. 

30 
Selderguldoshlar, yasnotkaguldoshlar, ituzumdoshlar oilalari. 

31 
Astraguldoshlar oilasi. Oraliq nazorat. 

32 
Bir pallalilar sinfi: Liliyagullilar tartibi (piyozdoshlar, loladoshlar oilasi: 
shirachlar, marvaridgullilar avlodlari). 

33 
Bir pallalilar sinfi; qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g‘alladoshlar oilasi: 
makkajo‘xori,sholi,bug‘doy avlodlari) 

34 
Gerbariydan foydalangan holda o‘simliklar oilalarini aniqlash 

35 
Gerbariydan foydalangan holda o‘simliklar oilalarini aniqlash 

36 
O‘simliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi 

     jami 
108 
 
 Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Talabaning  mustaqil  ishi  o‘rganilayotgan  mavzu  yuzasidan  kengaytirilgan  ma’lumotlar 
yig‘ish. Buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan 
ma’lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, uning turlari va shakllari referat, slayd, tahlil 
natijalarining  jadvallari,  mavzular  bo‘yicha  informatsion  vositalardan  olingan  adabiyotlar 
ro‘yxati, me’yoriy texnik hujjatlarning nusxalari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishga 
mo‘ljallangan  mavzular  va  topshiriqlar  talabaning  mustaqil  ishini  tashkil  etish  bo‘yicha 
kafedrada  ishlab  chiqilgan  va  muntazam  yangilanib  boradigan  uslubiy  qo‘llanmalarda  keng 
yoritilgan. 
Talabalar  mustaqil  ishi  uchun  botanika  fanidan  tasdiqlangan  namunaviy  dasturga 
kiritilgan  mavzular  bo‘yicha  har  bir  talabaga  semestrda  alohida  topshiriq  beriladi.  Topshiriq 
laboratoriya  mashg‘ulotini  olib  boradigan  o‘qituvchilar  tomonidan  beriladi  va  o‘qituvchi 
jurnalida  belgilanadi.  TMI  ballari  JN  o‘z  ichiga  olgan.  TMI  ni  topshirmagan  talaba  YAB 
kiritilmaydi. 
Talabalar mustaqil ish mavzusi farmatsiya yo‘nalishida  98 soat, kasb ta’lim yo‘nalishiga 
81 soat rejalashtirilgan. 
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida 1 yil mobaynida saqlanadi. 
DASTURNING INFORMATSION-USLUBIY TA’MINOTI 
Botanika  fanini  o‘zlashtirishda  ajratilgan  soatlar  uchun  laboratoriya  mashg‘ulotlari  va 
ma’ruza  darslari  ta’limning  zamonaviy  (xususan  interfaol)  usullari,  pedagogik  va  axborot  – 
kommunikatsiya ( amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron – didaktik) texnologiyalarini 


19 
 
qo‘llash  orqali  olib  boriladi.  Ma’ruza  va  laboratoriya  mashg‘ulotlari  o‘tkazish  vaqtida 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalarning  usullaridan      “  aqliy  xujum”,  “  bumerang”  ,  “ 
vertushka”,  “  blits  o‘yin”,  “klaster”,  kichik  guruxlar  musobaqalari  va  taqdimotlardan  keng 
foydalaniladi.  
O’quv dala amaliyoti 
O‘quv rejaga binoan farmatsiya fakulteti talabalari botanika  fanidan 12 ish kunidan iborat 
bo‘lgan  o‘quv  dala  amaliyotini  4  semestrda  o‘tadilar.    Talabalarning  yil  davomida  botaniqa 
fanidan  olgan  bilimlarini  mustaxkamlash,  o‘simliklar  morfologiyasini,  sistematikasini  va 
geobotaniqa  asoslarini  chuqurroq  o‘rganish  maqsadida  yozgi  o‘quv-dala  amaliyoti 
mashg‘ulotlari  o‘tkaziladi.  Botaniqadan  o‘tkaziladigan  o‘quv-dala  amaliyoti  davomida 
talabalar o‘simliklar qoplami bilan yaqindan tanishadilar. SHuningdek ular yovvoyi va madaniy 
o‘simliklarning  ma’lum  xo‘jalik  axamiyatiga  ega  ekanligi,  ulardan  qimmatbaxo  dorivor,  em-
xashak  va  texnik  o‘simlik  sifatida  foydalanishni  ilmiy  asosda  amalga  oshirish  mumkinligiga 
ishonch  xosil  qiladilar.  O‘simliklarning  nomini  aniqlashda  aniqlagichdan  foydalanish  yo‘llarini 
to‘la o‘zlashtiradilar. 
Botanika  fanidan  o‘quv  dala  amaliyoti  iyun-iyul  oylarida  O‘simlik  va  xayvonot  olami 
genofondi  instituti,  akademik  F.N.Rusanov  nomidagi      botanika  bog‘idagi      o‘simliklarni 
o‘rganadilar.  
 
O‘quv dala amaliyoti yakunida talabalar o‘z rahbarlariga qoidaga kura  rasmiylashtirilgan  
o‘simlik  gerbariysini,    yozib  borgan  kundaligini  taqdim  etadilar  va  o‘rganilgan  materiallar 
yuzasidan  o‘qituvchining  qo‘shimcha  savollariga  javob  beradilar.  SHu  bilan  birga  yakuniy 
mashg‘ulotda  talabalarni  o‘quv  dala  amaliyotida  olgan  bilim  va  ko‘nikmalari  100  ballik 
tizimida  baholanadi.  Baholashda  vaziyatli  masalalar,  bumerang,  vertushka  usullari  kabi 
texnologiyalar qo‘llanadi.  
 
O‘quv  dala  amaliyoti  rejasi,  o‘tish  tartibi  o‘tadigan  mavzular  kafedrada  yaratilgan  “ 
Botanika fanidan o‘quv dala amalyoti o‘tish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan. 
Botanika fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni 
1.  Talabalarning  fan  bo’yicha  o’zlashtorishlarini  baholash  semester  davomida  muntazam 
ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:  
joriy nazorat (JN) 
mashg’ulotlardan bo’sh vaqtda talabalar mustaqil ishini baholash * 
oraliq nazorat (ON)  
yakuniy nazorat (YaN)  
2.  Botanika  fanidan  talabalarning  semestr  davomidagi  o’zlashtirish  ko’rsatkichi  100  ballik 
tizimda baholanadi.  
Ushbu 100 ball nazorat  turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
    -  joriy nazorat   – 60 ball     
    -  oraliq nazorat – 10 ball    
    - yakuniy nazorat – 30 ball 
2.1. 3-4 semestr davomida farmatsiya va kasb ta’limi yo`nalishlarida «Botanika» fani bo`yicha 
ma'ruza va  laboratoriya mashg’ulolar olib boriladi.  Bunda umumiy rejalashtirilgan  242 soat. 
Farmatsiya yo`nalishlarida: ma'ruza - 36 soat, laboratoriya mashg’ulotlari - 108 soat, mustaqil 
ish - 98 soat; soatlar kasb ta’limi yo`nalishlarida kuyidagicha taqsimlangan: ma'ruza -36 soat, 
laboratoriya mashg’ulotlari -108 soat, mustaqil ish - 84 soat 
3. Talabalar bilimini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi: 
Talaba  darsga  kelib,  unga  mutloq  tayyorlanmaganida  va  muhokamada  ishtirok  etmaganida     
2,0   ball qo`yiladi.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə