Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə26/85
tarix11.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#86521
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi

KARTOGRAFIK MATERIALLAR
Mahsulot tayyorlashni uyushtirish va amalga oshirish uchun mahsulotni sanoat miqiyosida tayyorlash mumkin bo‘lgan miqdor - ekspluatatsion zapas haqidagi ma’lumotlar sxematik kartalarda aks ettiradi. Bunday kartalar dala sharoitlarida ish olib borganda foydalaniladi va qo‘yidagi kartografik materiallar asosida tuzilishi mumkin. Topografik yirik masshtabli, geobotanik, er tuzilishini aks ettiruvchi kartalar, o‘rmonlarning joylashishi planlari o‘rmon ho‘jaligi sxemalari, o‘rta va mayda masshtabli adminstrativ kartalar.

Har bir kartalar turi va masshtabiga ko‘ra turli maqsadlar uchun hizmat qiladi. Yirik masshtabli sxematik kartalar va planlar (1:25000; 1:1000) rayon miqyosidagi o‘simlik o‘sadigan maydonlar joylashishini aks ettiradi. Bu kartalarni rayon mikyosida mahsulot tayyorlashda, mahsulot yig‘uvchilarni marshrut yo‘llarini, belgilab chiqishda, xhsildor joylarni qidirib topishda, shuningdek tayyorlashda uzoq muddatga mo‘ljallab karta-sxemalar tuzishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O‘rta masshtabli sxematik kartalar (1: 600000), viloyat va o‘lka administrativ (kartalarning) kartografiyasi asosida tuzilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlashni alohida rayonlar va viloyatlar, o‘lka, Avtonom respublikalari buyicha planlashtirishda foydalanish imkonini beradi.

Tayyorlashni rayonlashtiruvchi mayda masshtabli (1:1000000;

1:25000000) kartalar maxsulot tayyorlashni viloyat, o‘lka va avtonom respublikalar bo‘yicha planli taqsimlashga, shuningdek rayonlarni ma’lum bir tur uchun dorivor o‘simlik mahsuloti tayyorlashga ixtisoslashtirishga mo‘ljallanadi.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə