Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


Yangi istiqbolli dorivor o‘simliklarni izlab topish usullari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə9/85
tarix11.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#86521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi

Yangi istiqbolli dorivor o‘simliklarni izlab topish usullari
1. Xalq tabobatida qo‘llanadigan o‘simliklar ichidan kelajagi istiqbolli dorivor o‘simliklarni izlab topish. Hammaga ma’lumki xalq tabobati (xalq va an’anaviy tibbiyot)ning asosiy dorivor vositalarini dorivor o‘simliklar tashkil qiladi. Insonlar qadim zamonlardan beri o‘simliklardan dorivor vosita sifatida foydalanib kelganlar. CHunki ular o‘z atrofidagi tabiatda o‘zlariga zarur bo‘lgan ovqat, ichadigan suvni qidirib topganlaridek, tinchlik bermayotgan kasalliklariga davo qidirishlari, ularning tabiiy talablari bo‘lgai. SHuning uchun inson atrofini o‘rab turgan o‘simliklar dunyosi uning kasalliklarini davolashda asrlar davomida birinchi va eng oson topiladigan birdan-bir yagona shifobaxsh vositasi bo‘lgan. Masalan, qadimgi xaqlar tabobatida ham dorivor vosita sifatida avvalo o‘simliklardan, so‘ngra hayvon mahsulotlari va mineral moddalardan foydalanganlar. «Bu o‘rinda, chamasi jamoa qozonlarida inson organizmiga (kasal va sog‘lom holatida) tonuslovchi, mustahkamlovchi, tozalovchi va kuch beruvchi ta’sirlarni ko‘rsatish maqsadida ovqatlarni tayyorlashda o‘simliklardan ksng foydalangan tajribasi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa kerak».

Demak «Dorivor o‘simliklarni ishlatish butunlay insoniyat jamoasining tajribasi bo‘lgan», shuning uchun «tibbiyot boshlanishida hammani, har bir kishining vazifasi bo‘lgan, faqatgina ko‘p bo‘lmagan qobiliyatlilarni kasbi bo‘lgan". Insoniyat madaniyatining eng qadimgi yozma yodgorliklarining ko‘rsatishicha inson tomonidan dorivor vosita sifatida o‘simliklardan foydalanish tarixi juda qadimiy va albatta yozuv paydo bo‘lishdan oldin boshlangan. SHuning uchun ham inson o‘zini-o‘zi o‘simlik yordamida davolagan vaqtini aniqlash qiyin. CHamasi u ibtidoiy odam bilan tengdir. Ehtimol er yuzida inson iaydo bo‘lishidan ancha burun ba’zi o‘simliklarni shifobaxsh xususiyatlaridan hayvonlar «foydalanganlardir». Haqiqatdan ham ba’zi farmakologik faol ta’sirga ega bo‘lgan o‘simliklarni hayvonlar iste’mol qilgan hollar tarixda ma’lumdir. Assuriyada topilgan eng qadimgi -sopolga bitilgan birinchi yozma manbalarda xam dorivor o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan. Assuriyalilar dorivor o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlariii yaxshi bilganlar, ulardan davolanish maqsadida foydalanganlar. Assuriyalilar dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z navbatida asosan shumerlar va bobilliklardan olganlar, keyinchalik bu ma’lumotlar assuriyaliklardan misrliklarga o‘tgan. Eramizdan -miloddan 4000 yil avval misrliklar -Misrning dorivor o‘simliklari mantiqiy tasvirini tushirganlar. Ovrupada qadimiy tibbiyot sifatida yunon tibbiyotini qabul qilshgan.

U dunyo tibbiyoti rivojiga o‘zining juda katta ta’sirini ko‘rsatgan va insoniyatga Buqrot, Dioskorid va boshqalar kabi buyuk namoyandalarni bergan.



Yunonlarning bu sohadagi muvaffaqiyatlari rimliklar tomonidan, so‘ngra sharqda - Suriya va Eronda qabul qilingan. Bu erda yunon kitoblari arab tiliga tarjima qilinmadi, ulardan nusxalar ko‘chiriladi, qayta ishlab chiqiladi va ularga ilovalar yoziladi. Ovrupa tibbiyoti esa o‘z navbatida Misr, Vavilon va Assuriyaning eng qadimgi ananaviy madaniyati bilan chambarchas bog‘langan va shular asosida fan taraqqiy etgan Gretsiya sivilizatsiyasining samarasidir. Bu borada Ovrupa tibbiyoti yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarni an’anaviy madaniyati ta’sirida taraqqiy etgan arab tibbiyoti kabidir. Hozirgi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari territoriyasida joylashgan davlatlarning tibbiyoti xam, ularni arablar bosib olgaidan so‘ng shu yuqorida zikr etilgan yutuqlar va an’analar asosida hamda ta’sirida taraqqiy qilgan. SHuning uchun ham Ovrupada Abu Ali Ibi Sinoni arab tibbiyot maktabining buyuk namoyandasi deb hisoblaydilar.

Insonlar avvalo o‘z atrofida o‘sadigan o‘simliklardan dorivor vosita sifatida foydalanganlar. SHuning uchun xar qaysi erning dorivor o‘simliklari bo‘lgan. Uzoq vaqtlar davomida bu dorivor o‘simliklar xayot sinovidan o‘tganlar, saralanganlar va eng samaralilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shu er (shu xudud)ning o‘zida og‘zaki avloddan avlodga o‘tgan. Qachonki xalqlar orasida aloqalar tuzilib, mollar almashina boshlangandan so‘ng dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bir xalqdan ikkinchisiga o‘ta boshlaydi. Bu esa har bir erning dorivor o‘simliklar assortimentini xam erli flora turlari, ham chetdan kelgan o‘simliklar hisobiga boyishga olib keladi (1-jadval).



1-jadval


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə