Dorivor preparatlari. Damlama.
DORIVOR LIMONO'T YER USTKI QISMI (O'TI) -HERBA MELISSAE OFFICINALIS
O'simlikning nomi. Dorivor limono't — Melissa officinalis L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatac) oilasiga kiradi.
Ko'p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o't o'simlik. Poyasi bitta yoki ko'p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, biroz o'tkir uchli, sertukli (ustki tomonidan), arjasimon qirrali bo'lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o'rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo'ltig'iga joylashib, to'pgulni hosil qiladi. Mevasi — 4ta
yong'oqcha.
Iyun—avgustda gullaydi, mevasi iyul—avgustda yetiladi.
Dostları ilə paylaş: |