Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha mavzular, ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/7
tarix16.11.2018
ölçüsü0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha mavzular, ko‘rsatma va tavsiyalar





Amaliy mashg‘ulotlarning nomi va mazmuni

Ajratilgan soat

Adabiyotga ko‘rsatma

1

Kirish. Xatoliklar va ularni hisoblash.

2

1,3,4 va h.k.

2

Bajarilgan ishlar hisoboti. YAkuniy nazorat.

2

1,3,4 va h.k.



Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha mavzular, ko‘rsatma va tavsiyalar




Laborotoriya mashg‘ulotlarning nomi va mazmuni

Ajratilgan soat

Adabiyotga ko‘rsatma

1

Analitik tarozida tortishni o‘rganish.

4

1,3,4 va h.k.

2

Geometrik shaklga ega bo‘lgan qattiq jismlar zichligini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

3

Suyuqlik sirt taranglik koeffitsientini halqa uzilish usuli bilan aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

4

Suyuqlik va sochiluvchan qattiq jismlarning zichligini piknometr yordamida aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

5

Stoks usuli bilan suyuqliklarning yopishqoqlik koeffisientini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

6

Biologik suyuqliklarning yopishqoqlik koeffitsien-tini VK-4 viskozimetri yordamida aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

7

Havo molekulalarining o‘rtacha erkin yugurish yo‘li va ichki ishqalanish koeffitsientini aniqlash.

4

1,3,4 va h.k.

8

Halqaning tebranishidan jismlarning erkin tushish tezlanishi aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

9

Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini tomchi uzilishi usuli bilan aniqlash.

4

1,3,4 va h.k.

10

Jismlarning zichligini gidrostatik tortish usuli bilan aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

11

Matematik mayatnik yordamida jismlarning erkin tushish tezlanishini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

12

Osvald viskozimetri yordamida suyuqliklarning yopishqoqlik koeffitsientini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

13

O‘zgarmas bosim va o‘zgarmas hajmdagi issiqlik sig‘mlari nisbatini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

14

Havoning nisbiy namligini Assman psixrometri yordamida aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

15

Gey-Lyussak qonuni yordamida absolyut nol haroratni aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

16

Boyl-Mariott qonunini tajribada o‘rganish.

2

1,3,4 va h.k.

17

Refraktometr yordamida eritmalarning konsentratsiyasini va nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlash.

4

1,3,4 va h.k.

18

Fotokolorometrda rangli suyuqliklarning konsentratsiyasini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

19

Fotoelementning integral sezgirligini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

20

Difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

21

Elektrostatik maydonni o‘rganish.

2

1,3,4 va h.k.

22

Yоrug‘likning qutblanishini o‘rganish.

4

1,3,4 va h.k.

23

Amper qonunini o‘rganish.

2

1,3,4 va h.k.

24

Yorug‘lik to‘lqin uzunligini Nyuton halqalari yordamida aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

25

Spektroskopni darajalash va uning yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

26

Shishaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

27

Radioaktiv yadrolarning yarim emrilish davrini aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

28

Gazlar issiqlik sig‘imlari nisbatini “Kleman-Dezorma” stendi yordamida aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.

29

Yerning magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisi aniqlash.

2

1,3,4 va h.k.


KURS ISHLARINING NAMUNAVIY MAVZULARI: ( rejalashtirilmagan)

MALAKAVIY AMALIYOT: (rejalashtirilmagan)
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.

Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:



  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k.

Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2005 yil 21 fevral 34-buyrug‘i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talabalari asosida nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining umumiy xajmi 74 soatni tashkil qiladi.

O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

1. Ko‘chish va yo‘l. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tekis, notekis, tezlanuvchan, sekinlanuvchan harakat, tezlik va tezlanish, uning tashkil etuvchilari. Tortishish kuchlari.

Butun olam tortishish qonuni. Tortishish maydoni. Og‘irlik kuchi va vazn. Vaznsizlik. Kosmik tezliklar. Qattiq jismlar mexanikasi. Inersiya va kuch momentlari. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining tenglamasi. Qattiq jism deformatsiyasi.

2. So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari Majburiy tebranishlar. Rezonans. Ultratovush. Ultratovush manbalari. Ultratovush jism bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlari. Biologik to‘qima va qattiq jismlarning mexanik xususiyatlari.
3. To‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin soni. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Umov vektori. Doppler effekti. Turg‘un to‘lqinlar. To‘lqinlar interferensiyasi.

4. Djoul – Tomson effekti. Farmatsiya va tibbiyotda past temperatura qo‘llanilishi. Sirt aktiv moddalar va ularning farmatsiyada qo‘llanilishi. Kapillyar bosim. Laplas formulasi. Qattiq, kristall va amorf jismlar. Biopolimerlar, umumiy xususiyatlari va tuzilishining o‘ziga xosligi.

5. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli.

6. Termodinamik potensiallar. Standart erkin energiyaning o‘zgarishi. Dissipativ funksiya va entropiya o‘sish tezligi. Statsionar holat barqarorligi va kriteriy darajasi. Prigojin tenglamasi.

7. Qattiq jismlar. Kristal va amorf qattiq jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. Qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari.

8. Plazma xaqida tushuncha. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. r–tipidagi o‘tkazuvchanlik. n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo‘llanilishi.

9. Organik molekulalarning tebranma va aylana spektrlari. Meditsina va farmatsiyada fotolyuminession miqdor va sifat tahlillari. EPR, Xemilyuminessensiya, YAMR.

10. Turli muhitlarda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi.

11. Qon aylanish sistemalari biofizikasi. Qonning reologik va gemodinamik xarakteristikalari. Eritrotsitlar cho‘kish tezligi. Frank modeli.

12. Hujayra biofizikasi. Membrananing suyuq kristall holati. Qo‘zg‘algan membrananing ekvivalent elektrik sxemasi. Nerv impulsining tarqalishi. Elektrokinetik hodisalar.

13. Ko‘rish biofizikasi. Ko‘rishning molekulyar mexanizmi. Elektron mikroskop va ularning qo‘llanilishi.

14. Elektronlar, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Radioaktiv emirilishlar. Nishonli atomlar, qo‘llanilishi.

15. Biosfera va fizik maydon. Atrof muhit va insonning fizik maydoni.

16. Biologik membranalar. Biologik membranalar, ularning funksiyasi va asosiy holatlari. Biolipidli membrana (BLM) modeli. Liposoma. Biomembranalar dinamikasi. Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi. Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop). Gel-suyuq kristall tipidagi lipid qo‘sh qatlamining mikroyopishqoqligi. Membranalar patologiyasi. Membranalarda fazoviy o‘tishlar.

17. Moddalar transporti. Moddalarning biologik membranalar orqali transporti. Passiv va aktiv transport. Gradient bo‘yicha va gradientga qarshi bo‘ladigan jarayonlar. Passiv transport va uning turlari: oddiy va engillashgan diffuziya, osmos, filtratsiya. Aktiv transport. Ussing tajribasi. Elektrogen ion nasoslari.

18. Bioelektrik potensiallar, ularning turlari. Tinchlik potensiali. Biopotensiallarni qayd qilishning fizik usullari. Mikroelektrod usuli. Nernst-Plank tenglamasining echimi. Goldman-Xodjkin tenglamasi. Nerv impulsi biofizikasi. Harakat potensiali. O‘rganish usullari. Kuchlanishning fiksatsiya qilish usuli. Qo‘zg‘aluvchi membranalar ekvivalent elektr sxemalari. Xodjikin-Xaksli tenglamalari. Organlarning elektroaktivligi.



Fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarga fizika fanini o‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, bilimini oshirish va shu orqali Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan ilmiy salohiyati etuk mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish. O‘qitish jarayonida o‘quv dasturlarini kompyuter orqali o‘qitishni joriy etish, laboratoriya ishlarini bajarishda olingan natijalarga kompyuterdan foydalanib Basic, exsel va Pascal tillarida tuzilgan dasturlar asosida matematik ishlov berish, turli biotexnologik jarayonlarni modellash va ularni kompyuter vositasida echish.

Fizika fanidan oraliq va yakuniy nazorat savollari

1) Mexanikaning fizik asoslari. Umumiy tushunchalar. Kinematika.Mehanik harakat.(sanoq sistemasi, ko‘chish, masofa, tezlik, tezlanish) Aylanma harakat. (burchak va chiziqli tezlik, burchak tezlanish, aylanish davri va chastotasi.)

2) Dinamika qonunlari. Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersion sanoq sistemasi, massa, kuch. Nyutonning 2- qonuni. Harakat miqdori. Jism impulsi o‘zgarishi. 2-qonunni impuls orqali ko‘rinishi. Nyutonning 3-qonuni.

3) Saqlanish qonunlari (energiya, impuls). Ish, quvvat. Kuch momenti. Impuls momenti. Inersiya momenti. Aylanma harakat uchun Nyutonning 3-qonuni.

4) Mexanik tebranishlar. Mayatniklar. Garmonik tebranishlar va ularni xarakterlovchi fizik kattaliklar (siljish, tezlik, tezlanish). Ularning differensial tenglamasi. mayatniklar. Erkin tushish tezlanishini aniqlash usuli. Garmonik tebranish energiyasi

5) So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari siljish, so‘nishning logarifmik dikrementi. Majburiy tebranishlar. Rezonans.

6) To‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin soni. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Umov vektori. Akustika. Ultratovush va qo‘llanilishi. Doppler effekti. Tovush to‘lqinlari. Eshitish sohalari.

7) Suyuqlik va gazlar mexanikasi. Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari.

8) Gidrodinamika. Ideal suyuqlik. Statsionar oqim. SHalolaning uzuliksizlik sharti. Oqim tezligini o‘zgarishi. Bernulli va Torrichelli tenglamalari.

9) YOpishqoqlik (ichki ishqalanish). Nyuton tenglamasi. YOpishqoq suyuqliklarni trubadan oqishi. Puazeyl formulasi. Jismlarning yopishqoq suyuqliklarda harakati. Stoks qonuni. YOpishqoqlikni aniqlash usullari. Laminar va turbulent oqim. Reynolds soni. YOpishqoqlikni o‘lchash usullari.

10) Molekulyar fizika. Gazlar molekulyar kinetik nazariyasi asoslari. Ideal gaz va uning parametrlari. Molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari va ularning energiyasi (moddaning agregat holatlari).

11) Izojarayonlar. Holat tenglamasi. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Gaz molekulalari o‘rtacha kvadrat tezligi. Gaz molekulalarining ilgarilanma xarakat o‘rtacha kinetik energiyasi. Erkinlik darajasi. Erkinlik darajasi bo‘yicha energiyani tekis taqsimlanishi. Ideal gaz ichki energiyasi.

12) Gaz molekulalarining tezliklari bo‘yicha taqsimoti (Maksvel taqsimoti). Bolsman taqsimoti to‘g‘risida tushuncha. Molekulalar orasidagi o‘zaro tuqnashuvlar. Molekulalarning o‘rtacha erkin yugurish yo‘li.

13) Termodinamika elementlari. Termodinamika asoslari. Ish va issiqlik miqdori, issiqlik almashinuvi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni. Termodinamika birinchi qonunining izojarayonlarga tadbiqi. Ideal gazning issiqlik sig‘imi.

14) Qaytuvchi va qaytmas jarayonlar. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya.

15 Gazlarda ko‘chish hodisalari. Ko‘chishning umumiy tenglamasi. Gazlarda diffuziya hodisasi. Gazlarda issiqlik o‘tkazuvchanligi. Gazlarda yopishqoqlik (ichki ishqalanish hodisasi).

16) Real gazlar. Gaz molekulalari o‘rtasidagi ta’sir. Van-der-Vals tenglamasi. Real gazning ichki energiyasi.

17) Bug‘lanish va kondensatsiya. To‘yingan bug‘. Van-der-Vaals izotermalari. Gazlarni suyultirish, ularning qo‘llanilishi (tibbiyot va farmatsiya).

18) Qattiq jismlar. Kristall va amorf qattiq jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari.

19) Suyuqliklar, ularning molekulyar tuzilishining xususiyatlari. Suyuqliklardagi ko‘chish hodisalari. Sirt taranglik.

Molekulyar bosim. Sirt qatlam energiyasi. Egri sirt otsidagi bosim. Kapillyarlik. Sirt taranglikni o‘lchash usullari.

20) Elektrodinamika asoslari. Elektrostatika. Elektr maydon. Elektr zaryadi. Umumiy tushunchalar. Kulon qonuni. Elektrostatik maydon va uning kuchlanganligi. Elektr maydon potensiali. Potensiallar farqi. Kuchlanish.

Elektr maydon kuchlanganligi va kuchlanish orasidagi bog‘lanish. Ekvipotensial sirtlar. Ostragradskiy – Gauss teoremasi.

21) O‘zgarmas tok qonunlari. Tok kuchi va zichligi. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O‘tkazgichning qarshiligi. Elektr o‘tkazuvchanlik. O‘tkazgich qarshiligining temperaturaga bog‘liqligi. Solishtirma qarshilik. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik. Birliklari. To‘la zanjir uchun Om qonuni. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Kirxgof qonunlari. Elektr tokining issiqlik ta’siri. Joul–Lens qonuni. Tokning ishi va quvvati.

22) Elektr tokini issiqlik ta’siri. Joul –Lens qonuni. Elektr tokining ishi va quvvati.

23) Dielektriklar. Elektrik dipol. Dielektriklarni qutblanishi. Dielektriklarni turlari qutblangan molekulalar bilan; qutblanmagan molekulalar bilan; kristal, ya’ni ion tuzilishi bilan.

Qutblanish (dipol, elektron, ionli). Qutblanganlik. Dielektrik singdiruvchanlik.

24) Metallarda elektr toki. Emissiya hodisalari va ularni qo‘llanilishi.

25) Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Plazma haqida tushuncha.

26) Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi.

27) YArim o‘tgazgichlarda elektr toki. YArim o‘tgazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. R – tipidagi o‘tkazuvchanlik. n – tipidagi o‘tkazuvchanlik.

28) Magnitizm. Magnit maydon. Tokli kontur. Magnit induksiya vektori. Magnit oqim. Birliklari. Bio-Savar-Laplas qonuni. Amper qonuni. Magnit maydonining harakatlanayotgan zaryadga ta’siri. Lorens kuchi. Ularning qo‘llanilishi (mass-spektroskopiya, tezlatgichlar). Muhitning magnit singdiruvchanligi. Dio-para va ferromagnetizmlar.

29) Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari. Lens qoidasi. Kontur induktivligi. Uzinduksiya. O‘zaro induktsiya. Elektromagnit tebranishlar. Magnitoelektr induksiya hodisasi. Elektromagnit maydon. Umov – Poyting vektori.. O‘zgaruvchan tok.

30) O‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv, sig‘im va induktiv qarshiliklar. O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni.

31) Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Refraktometriya (tola optikasi va ularning qo‘llanilishi).

32) YOrug‘likning to‘lqin asoslari. YOrug‘lik interferensiyasi. YOrug‘lik to‘lqinining kogerentligi. YOrug‘lik difraksiyasi. Gyuygens – Frenel prinsipi. Difraksion panjara. Difraksion spektr. Vulf –Bregg formulasi. Rentgenostruktur analiz asoslari.

33) YOrug‘likning qutblanishi.

Tabiiy va qutblangan yorug‘lik. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni. YOrug‘likning qaytishi va sinishdagi qutblanish. Bryuster qonuni.

34) Polyarimetriya. YOrug‘likning modda bilan ta’siri. YOrug‘lik dispersiyasi. Dispersiya spektri. YOrug‘likning yutilishi. Buger–Lambert–Ber qonuni. Kolorimetriya. YOrug‘likni sochilishi Tindal hodisasi, molekulyar sochilish. Reley qonuni.

35) Jismlarning issiqlikdan nurlanishi.

Issiqlik nurlanishi va ularning xarakteristikalari. Absolyut qora jism. Kirxgof qonuni. Absolyut qora jism nurlanish qonuniyatlari Plank gipotezasi. Plank formulasi. Stefan – Bolsman qonuni. Vinning siljish qonuni. Nurlanishlarning qo‘llanlishi.

36) Kvant mexanikasi elementlari.

YOrug‘lik dualizmi. Harakatlanayotgan zarrachalar to‘lqin hususiyati. De - Broyl gipotezasi. Bor postulatlari. Elektron, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Elektron mikroskop. Ularning qo‘llanilishi.

37) Fotoefekt. YOrug‘likni korpuskulyar hususiyatlari. Foton. Eynshteyn tenglamasi. Fotoefektning qizil chegarasi.

38) Noaniqlik munosabatlari. Atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlar. Pauli prinsipi. Vodorod spektridagi asosiy qonuniyatlar. Majburiy (induksiyalangan) nurlanish haqida tushuncha

39) Atomning tuzilishi (Atomni Tomson modeli. Rezerford tajribasi. Atomni yadroviy planetar modeli.).

40) YAdro fizikasi tushunchalari. Atom yadrosi. Zaryad, massa va yadro radiusi. Radioaktivlik. Preparatlar aktivligi. Radioaktiv emirilishlar. (alfa, betta, gamma) YAdro reaksiyalari. Nishonli atomlar, belgilar. Ularni qo‘llanilishi.
BAHOLASH MEZONLARI

Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:

joriy baholash (JB)

oraliq baholash (OB)

talabaning mustaqil ishi (TMI)

yakuniy baholash (YAB)

Har bir fan b’yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:






Baholash turi

Maksimal ball

Saralash bali


1

Joriy baxolash

45

27

2

Talabaning mustaqil ishi

5

3

3

Oraliq baholash

20

11

4

YAkuniy baholash

30

17




JAMI

100

58

Talabaning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.






Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə