Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/7
tarix16.11.2018
ölçüsü0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Joriy baholash (JB)
JBda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.

JB har bir fanning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi.

Talabalar fizika fanidan har kuni baholanib, o‘rtachasi to‘rtinchi darsga qo‘yiladi. Semestr davomida har bir talaba jami 9 marotaba baholanib, 10 ustunga mustaqil ish bahosi qo‘yiladi.
Talaba bilimini baholash tartibi

Talabaning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi: har bir JB da talaba maksimal 5 ball oladi. 9 ta JB fan bo‘limlaridan o‘tkaziladi va jami maksimal 45 ball xisobidan o‘zlashtirish baholari quyidagi jadvaldan aniqlanadi.




Ballar__Baho'>O‘zlashtirish, %

Ballar

Baho

86-100

39-45

“5” a’lo

71-85

32-39

“4” yaxshi

56-70

25-32

“3”qoniqarli

56 dan kam

25 dan kam

“2” qoniqarsiz






Ballar

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

39- 45

A’lo“5”

Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha xulosa va qaror qabul qilishi, ijobiy fikrlay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mohiyatini tushunishi, bilishi, aytib berishi, tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

2

32-39

YAxshi“4”

Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha mustaqil mushohada yurita olishi, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mohiyatini tushunishi, bilishi, aytib berishi; tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

3

25-32

qoniqarli“3”

Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha olgan bilimlarini mohiyatini tushunish, bilishi, aytib berishi, tasavvurga ega bo‘lishi lozim

4

25 dan kam

qoniqarsiz “2”

Talabalar ma’ruza va amaliyot bo‘yicha olgan bilimlarini mohiyatini tushunmasa, aniq tasavvurga ega bo‘lmasa, bilmasa.


Talabaning mustaqil ishi (TMI)
Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2005 yil 21 fevral 34 - buyrug‘i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan.

Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.

Talabaning jami mustaqil ishining umumiy xajmi 74 soatni tashkil qiladi.

O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. (Ilova 1)

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • yangi texnologiyalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;

  • talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish:

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish masofaviy ta’lim.

TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.




O‘zlashtirish, %

Ballar

Baho

86-100

5

“5” a’lo

71-85

4

“4” yaxshi

56-70

3

“3”qoniqarli

55 dan kam

3 dan kam

“2” qoniqarsiz


Oraliq baholash (OB)
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni echish qobiliyati aniqlanadi.

OB ikki marta kalendar rejaga asosan o‘tkaziladi. OBga o‘quv mashg‘ulotlaridan qarzi bo‘lmagan talabalar qo‘yiladi.

OB da talabaning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal 20 ball.



O‘zlashtirish, %

Ballar

Baho

86-100

17-20

“5” a’lo

71-85

14 – 17

“4” yaxshi

56-70

11– 14

“3”qoniqarli

56 dan kam

11 dan kam

“2” qoniqarsiz

OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish shaklida o‘tkaziladi. OB bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 11 dan kam ball to‘plagan talaba YABga qo‘yilmaydi.



YAkuniy baholash (YAB)

YAB da talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YAB fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi.

JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YAB ga ishtirok etishga huquq beriladi.

YAB o‘tkazish shakli – test, yozma ish shaklida, Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.

JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (56 dan kam ball to‘plagan) yoki uzrli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:

qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;

OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsientsiz qayd etiladi;

semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.



akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. SHu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).
Namuna:




F.I.SH.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

1

Abidova F

+

+

+

5

+

+

+

5

+

+

+

4

+

+

+

4

+

+

+

5

+

2

Axmedo A

+

+

+

3

+

+

+

3

+

+

+

3

+

+

+

3

+

+

+

3

+





































































F.I.SH.

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

36

mi

JN

ON

YN

Jami

1

Abidova F

+

+

4

+

+

+

4

+

+

+

5

+

+

+

5

5

46

15

25

86

58


2

Axmedo A

+

+

3

+

+

+

3

+

+

+

3

+

+

+

3

3

30

11

17


Atamalar lug‘ati (Glossariy)
Atom fizikasi - atom va u bilan bog‘liq hodisalar fizikasini o‘rganuvchi fan.

YAdro fizikasi - atom yadrosi tuzilishi, xossalari va bir - biriga aylanishlarini o‘rganadi.

Kvant fizikasi - mikrozarrachalar va ulardan tashkil topgan sistemalarning harakat qonunlarini bayon etish usullarini ifodalovchi zamonaviy nazariya.

Zarra- to‘lqin dualizmi- barcha mikrozarrachalar korpuskulyar xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birgalikda to‘lqin xususiyatiga ham ega bo‘ladi.

Geyzenberg (tengsizliklar) noaniqliklar munosabati- mikrozarrachalarning impuls va koordinatasini bir vaqtning o‘zida katta aniqlik bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Bosh kvant soni - n = 1,2,3...N asosan atomning diskret energetik sathlarini aniqlaydi.

Orbital kvant soni - l = 0,1,2...n – 1 bu kvant soni bilan elektronning orbital impuls momenti aniqlanadi.

Magnit kvant soni – Ml= 0, ±1,±2,…± l orbital momentining (masalan:magnit maydon bilan) ruxsat etilgan vaqtda yo‘nalish bo‘yicha proeksiyasini aniqlaydi.

Spin kvant soni – S= ±1/2 elektronning xususiy impuls momenti (spin)ni aniqlaydi.

Spontan nurlanish - atomlarning o‘z-o‘zidan yuqori energetik holatlaridan patski energetik holatlarga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan nurlanish.

Majburiy nurlanish - atomlari (molekulalari, ionlari ) pastki energetik holatdan biror tashqi ta’sir (foton yutishi) natijasida, ya’ni uyg‘ongan holatlardan majburan o‘tishidagi nurlanish.

Metastabil holatlar- bunda ayrim moddalarning atomlarida shunday uyg‘ongan holatlar borki, atomlar bu holatda uzoq vaqt bo‘la oladilar.

Proton - massasi elektron massasidan 1836,1 marta katta bo‘lgan, elektr zaryadi esa elementar zaryadga e= 1,6 10-19 kl, spini esa spini esa S =1/`2 ga teng bo‘lgan musbat zaryadli turg‘un elementar zarradir.

Neytron - massasi elektron massasidan 1838,6 olti marta katta bo‘lgan, zaryadsiz, spini S =1/2ga ga teng bo‘lgan elementar zarradir.

Nuklon - Proton va neytronlardan tashkil topgan bo‘lib, atom yadrosi shu zaryadlardan tuzilgan.

YAdro zaryadi- yadro tarkibiga kiruvchi protonlar soni Z aniqlaydi, u Ze ga teng, Z soni Mendeleev davriy jadvalidagi tartib nomerini ko‘rsatadi.

YAdroning massa soni A- yadrodagi nuklonlar sonini, ya’ni proton va neytronlar yig‘indi sonini ko‘rsatadi.

YAdroning neytronlar soni - N = A-Z ga teng.

Izotoplar - yadrodagi protonlar soni o‘zgarmasdan qoladigan yadrolar guruhi.

Izotonlar - yadrodagi neytronlar soni o‘zgarmasdan qoladigan yadrolar guruhi.

Izobarlar - massa soni o‘zgarmasdan qoladigan yadrolar guruhi.

Radioaktivlik -yadroning o‘z-o‘zidan bir yoki bir necha zarralarni chiqarish hodisasi.

Radioaktiv emirilish - radioaktiv yadrolarning o‘zidan biror bir turdagi zarralarni chiqarib, boshqa yangi yadroga aylanish jarayoni.

Birlamchi yoki ona yadro - radioaktiv emirilishga duchor bo‘layotgan yadrolar.

Ikkilamchi yoki qiz yadro - radioaktiv emirilishi natijasida hosil bo‘lgan yadrolar.

Radioaktiv yemirilish qonuni- emirilishga duchor bo‘layotgan radioaktiv yadrolar soni eksponentsial qonun bo‘yicha kamayadi.

YArim yemirilish davri- boshlang‘ich yadrolar soni ikki marta kamayishi uchun ketgan vaqt.

Preparatning aktivligi- radioaktiv moddalarning bir vaqt ichidagi yemirilishlar soni.

α zarralarni emirilish – og‘ir yadrolarning o‘z-o‘zidan α zarralarini chiqarish jarayoniga aytiladi.

γ –emirilish - yadroning qo‘zg‘algan holatidan o‘z-o‘zidan kvantlarni chiqarish jarayoniga aytiladi.

β – emirilish - yadrolarning o‘z-o‘zidan + yoki - zarralarini chiqarish jarayoniga aytiladi.

Kuchli ta’sirlashuv - nuklonlar orasidagi mutsahkam bog‘lanishni hosil qiladigan yadroviy kuchlar, bu bog‘lanish elementar zarralar (mezonlar) orqali namoyon bo‘ladi.

Elektromagnit ta’sirlashuv - elektromagnit maydon orqali zaryadlangan zarralarga o‘zaro ta’siri fotonlar orqali namoyon bo‘ladi.

Gravitatsion ta’sirlashuv - jismlar orasidagi butun olam tortishish qonuni orqali tushuntiriladi. Namoyon bo‘lish ob’ekti topilmagan.

Elektron qobiq - bir xil bosh kvant soni (n) ga, lekin boshqa kvant sonlari har xil bo‘lgan elektronlar majmuasi.

Elektron qobiqchalar - bir xil bosh kvant soni (n) ga va orbital kvant soni (l), lekin magnit kvant soni (m) har xil bo‘lgan elektronlar majmuasi.

Pauli printsipi - atomda yoki kvant sistemasida to‘rtta n,l,m,s bir xil kvant sonlariga ega bo‘lgan ikkita elektron, bitta elektron holatida bo‘lishi mumkin emas.

Dipolning elektrik momenti - vektor kattalik bo‘lib, miqdoran zaryadning elka L (orasidagi masofaga) ko‘paytmasi bilan aniqlanadi va yo‘nalishi manfiy zaryaddan musbatga yo‘nalgan bo‘ladi.

Nisbiy dielektrik singdiruvchanlik - dielektriklarning elektr maydonida qutblanish qobilyatini miqdoran tavsiflofchi o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, dielektrikning vakuumdagi maydon kuchlanganligini necha marta kuchsizlantirishini ko‘rsatadi.

CHiqish ishi - elektronlarning metall sirti yuzasidan vakuumga uzib chiqarishdagi yuza kuchlariga qarshi bajaradigan ishi.

Elektron emissiya - metallga chiqish ishiga teng yoki undan ortiq energiya beradigandagi elektronlarning metalldan chiqishi.

1 elektronnovolt ga (1 ev) teng chiqish ishi - potensiallar farqi 1 volt bo‘lgandagi maydondan elektron zaryadini yutishida maydon kuchlariga qarshi bajargan ishi.

Termoelektron emissiya - qizitilgan metalldan elektronlarning chiqishi.

Fotoelektron emissiya - yoruglik kuchi ta’sirida moddalardan elektronlarning chiqarilishi.

Gazlar ionizatsiyasi - atom va molekulalardan elektronlarning uzilishi jarayoni, ya’ni musbat va manfiy zaryadlangan ionlarni paydo bo‘lishi.

Gaz razryadi - gazlardan elektr tokining o‘tish jarayoni.

Rekombinatsiya- ionlarning neytral atom yoeki molekulalarga aylanish jarayoni.

Nomustaqil zaryad - gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga keluvchi razryad, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlik.

Mustaqil zaryad - tashqi ionizatorning ta’siri tugaganidan keyin ham davom etadigan gaz razryadi (elektr o‘tkazuvchanligi).

Plazma - moddaning alohida holati bo‘lib, elektronlarning kontsentratsiyasi musbat ionlarning kontsentratsiyasiga taxminan teng bo‘lgan kuchli ionlashgan gaz.

Elektrolitlar - erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan moddalar bo‘lib, ularda elektr toki ion o‘tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi.

Elektrolitik dissotsiatsiya - erituvchi ta’sirida erigan modda molekulalarini musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishi.

Elektroliz - elektrolitdan tok o‘tganda tarkibiga kiruvchi moddalarning elektrodlarda ajralib chiqishi.

Dissotsiatsiyalanish darajasi - elektrolitlardan tok o‘tganda ionlarga dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining moddadagi molekulalarning umumiy soniga nisbati.

Elektrodinamika - fizikaning bir bo‘limi bo‘lib, unda elektromagnit ta’sirlar o‘rganiladi.

Elektrostatika – o‘zgarmas elektrik zaryadlarning xossalari va ta’sirlashuvi o‘rganiladi.

O‘zgarmas tok - tok kuchi va zichlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmas qolishi, ya’ni zaryadlarning tartibli harakat tezligining o‘zgarmasligi.

Elektrik zaryad - elektromagnit ta’sirini aniqlovchi elementar zarrachaning xarakteristikasi.

Elementar zaryad - moduli bo‘yicha elektron (yoki proton) zaryadiga karrali bo‘lgan zaryad miqdori, ya’ni e=1.6*10-19kl.

Nuqtaviy zaryad – o‘lchamlarini shu zaryadning ta’sir qilish nuqtasiga bo‘lgan masofaga nisbatan hisobga olmasa ham bo‘ladigan zaryadlangan modda.

Elektromagnit maydon- materiyaning bir formasi bo‘lib, u orqali zaryadlangan zarrachalar yoki moddalarning elektromagnit o‘zaro ta’siri namoyon bo‘ladi.

Elektrik maydon - elektromagnit maydonning bir ko‘rinishi bo‘lib, uning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, unda bu maydon elektrik zaryadlar yoki zaryadlangan moddalar tomonidan yaratiladi, hamda ular bu ob’ektlarga harakatda yoki harakatsiz bo‘lishidan qat’iy nazar ta’sir ko‘rsatadi.

Magnit maydon - elektromagnit maydonning bir ko‘rinishi bo‘lib, ular tokli o‘tkazgichlar, elektrik zaryadlangan zarrachalar va moddalarning harakati, hamda magnitlangan moddalar va o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’sirida vujudga keladi.

O‘tkazgichlar - butun hajm bo‘yicha erkin zaryad tashuvchilar mavjud bo‘ladi.

Dielektriklar - bu shunday moddalarki, bunda amalda erkin elektronlar, ya’ni erkin zaryad tashuvchilar mavjud emas.

YArim utkazgichlar - bu shunday moddalarki, ular o‘tkazgich va dielektriklar orasida turuvchi.

Kulon qonuni - ikkita nuqtaviy zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi shu zaryadlar modullarining ko‘paytmasiga to‘g‘ri proportsional va ular orasidagi masofaga teskari proporsional.

Elektr maydon kuchlanganligi- vektor kattalikka ega bulgan kuch xarakteristikasi bo‘lib, u berilgan maydonda nuqtaviy zaryadga ta’sir qilayotgan kuchning shu zaryad miqdori bilan xarakterlanadi.

Kuch- elektr maydon kuchlanganligi E bo‘lgan maydondagi q zaryadga ta’siri.

Elektr potentsial- son jihatdan birlik musbat zaryadning ma’lum bir nuqtasidagi potensial energiyasi.

Potensiallar farqi (yoki kuchlanish) - son jihatdan birlik musbat zaryadni boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari orasida harakati natijasida elektrostatika maydon kuchlarini bajargan ishi.

Tok kuchi - elektr tokining miqdoriy o‘lchovi bo‘lib, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasidan vaqt birligida o‘tuvchi elektr zaryadi bilan aniqlanadigan skalyar kattalik.

Tok zichligi - vektor kattalik bo‘lib, uning moduli tok kuchining, zaryadlarning tartibli harakati yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan yuzaga nisbati.

Manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYUK)- zaryadi 1 kulon bo‘lgan musbat zaryad tashuvchilarning butun zanjir bo‘ylab ko‘chirishda tashqi kuchlar bajaradigan ishi.

Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni – o‘tkazgichdagi tok kuchi uning uchlaridagi kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va o‘tkazgich qarshiligiga teskari proporsional.

1 Om qarshilik - kuchlanish 1v bo‘lganda, o‘tkazgich orqali 1 A tok o‘tgandagi shu o‘tkazgich qarshiligi kattaligi.

To‘la zanjir uchun Om qonuni- zanjirdagi tok kuchi shu zanjirdagi EYUK ga to‘g‘ri proporsional va zanjirning ichki va tashqi qarshiliklar yigindisiga teskari proporsional.

Kirxgofning birinchi qoidasi - zanjirning tugunlarida uchrashayotgan tok kuchlarining algebraik yig‘indisi nolga teng.

Kirxgofning ikkinchi qoidasi -zanjirning ixtiyoriy yopiq konturi uchun tok kuchlarini ularning mos karshiliklariga kupaytmasining algebraik yig‘indisi shu konturdagi barcha EYUK larning algebraik yig‘indisiga teng.

Elektr tok quvvati -vaqt birligi ichida tok kuchining bajargan ishi.

Optika-yorug‘lik hodisalari va qonunlari , yorug‘likning tabiati, hamda uning modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi fizikaning bir bo‘limi.

Fotometriya- yorug‘lik to‘lqinlarining yorug‘lik muhiti atrofidagi energiyasi, shu energiyani o‘lchash usulini o‘rganuvchi bo‘lim.

Geometrik optika- yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi, qaytish va sinish qonunlarini o‘rganuvchi bo‘lim.

To‘lqin optikasi - difraksiya , interferensiya , yorug‘likning qutblanishi kabi optik hodisalarni yorug‘likning to‘lqin nazariyasi nuqtai nazaridan tahlili.

Molekulyar optika- yorug‘lik bilan muhit orasidagi o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Bunda yorug‘lik dispersiyasi yorug‘likning yutilishi va sochilishi, spektral analizning nazariy asoslari taxlil qilinadi.

Kvant optikasi- yorug‘lik nurlarini muhitda tarqalishi, muhit bilan ta’sirlashuv jarayoni o‘rganiladi.

YOrug‘lik oqimi- vaqt birligi ichida tashilayotgan nurlanish quvvati bilan o‘lchanadigan kattalik.

Manbaning yorug‘lik kuchi-yorug‘lik oqimining bu oqim tarqalayotgan fazoviy burchak kattaligiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik.

YOritilganlik-yorug‘lik oqimining o‘zi tushayotgan sirt yuzasiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik.

YOrqinlik- yorug‘lik manbaining yuza birligidan barcha yo‘nalishlari bo‘yicha nurlanayotgan yorug‘lik oqimiga son jihatdan teng bo‘lgan kattalik.

Ravshanlik-manba sirtining yuza birligidan ma’lum yo‘nalishda yuzaga normal ravishda chiqayotgan yorug‘lik nuriga son jihatdan teng bo‘lgan kattalik.

Linzaning bosh optik o‘qi-sferik sirtlarning markazlari orqali o‘tgan to‘g‘ri chiziqqa aytiladi.

Linzaning optik markazi-yupqa linzaning nurlar yo’nalishi o‘zgarmay o‘tadigan nuqtasi.

Linzaning fokus masofasi- optik markazdan fokusgacha bo‘lgan masofa F ga aytiladi.

Linzaning optik kuchi-fokus masofaga teskari kattalikka aytiladi.

YOrug‘lik (ko‘rinuvchan) –to‘lqin uzunligi 400 -780 nm gacha bo‘lgan elektromagnit tebranishlarning fazoda tarqalishi.

Kogerent yorug‘lik manbalari-bir xil chastotali va fazalar farqi o‘zgarmas bo‘lgan tebranishlarni yuzaga keltiruvchi to‘lqin manbai.

YOrug‘lik interferensiyasi-ikki kogerent to‘lqinning fazoda qo‘shilib, ular energiyasi (intensivligi) ning qayta taqsimlanishiga, ya’ni o‘zaro kuchayishi yoki susayishi.

Optik yo‘l uzunligi-yorug‘lik absolyut sindirish ko‘rsatkichining, muhitda bosib o‘tgan yo‘li x ga ko‘paytmasi.

YOrug‘lik difraksiyasi- yorug‘lik tulqinlarining to‘siqlarni aylanib o‘tishi va geometrik soya sohasi tomoniga og‘ishi.

Difraksion panjara-bir-biriga yaqin joylashgan juda ko‘p parallel tirqishlar yoki to‘siqlardan iborat sistema.

Tabiiy nur (yorug‘lik) yoki qutblanmagan nur – ko‘ndalang elektromagnit to‘lqindan iborat bo‘lib, fazoning barcha tekisliklarida tebranayotgan elektr va magnit maydon kuchlanganlik vektorlarining mavjudligi.

Qutblangan yorug‘lik -elektr vektorlari biron-bir yo‘l bilan tartibga solinishi, ya’ni elektr tebranish vektorlari bitta tekislikda tebranayotgan nur.

YOrug‘likni yutilishi- yorug‘lik biror muhitdan o‘tayotganda shu muhit qatlamidan chiqqandan so‘ng intensevligini kamayishi.

YOrug‘likning sochilishi-muhitda tarqalayotgan yorug‘likni mumkin bo‘lgan barcha tomonlarga og‘ishi.

YOrug‘lik dispersiyasi- muhit sindirish ko‘rsatkichining moddaga tushayotgan yorug‘lik chatsotasiga (to‘lqin uzunligi) bog‘liqligi.

Spektral analiz - olingan yutilish yoki nurlanish spektrlarga asoslanib, modda tarkibini sifat va miqdori tomonidan o‘rganiladigan fizik metod.

Konsentratsion kolorimetriya- yorug‘likni yutilishiga asoslanib, eritmalarda modda konsentratsiyasini aniqlashning fotometrik usul.

Nefilometriya - eritmalardagi makromolekulalarning o‘lchami, kolloid eritmalardagi zarrachalar, emulsiyalar, aerozollarni xarakterlovchi ma’lumotlarni olish maqsadida sochilgan yorug‘likni o‘lchash usuli.

Saxarimetriya (polyarimetriya)-aktiv moddalar o‘zlaridan o‘tayotgan yorug‘lik nurini qutblanish tekisligini burib yuborish xossasiga asoslangan usul.

Jismning yorug‘lik yutish qobiliyati yoki jismning monoxromatik yutish koeffitsienti- yutilgan yorug‘lik oqimini tushayotgan yorug‘lik oqimiga nisbatiga aytiladi.

Issiqlik nurlanishi-atom va molekulalarning issiqlik harakati natijasida elektromagnit nurlanishning g‘alayonlanishi.

Absolyut qora jism-jism o‘ziga tushayotgan nurlanishni butunlay yutgan hol.

Magnit induksiyasi-vektor kattalik bo‘lib, unig moduli birlik magnit momentiga ega bo‘lgan tokli konturga ta’sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment bilan aniqlanadi.

Tokli konturning magnit momenti-vektor kattalik bo‘lib, uning moduli tokli konturdan o‘tayotgan tok kuchini shu kontur yuzasiga ko‘paytmasi.

Aylantiruvchi kuch momenti-tokli konturning magnit momentini magnit induksiya vektorining vektor ko’paytmasi.

Magnit singdiruvchanlik-o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, u muhitning magnit induksiyasi vakuumdagi magnit induktsiyaga nisbatan necha marta katta (yoki kichik) ekanligini ko‘rsatadi.

Magnit maydon kuchlanganligi- magnit maydonining vektor xarakteritsikasi bo‘lib, u faqat maydon bog‘langan toklarga bog‘liq bo‘lgan holda u joylashgan muhitning xususiyatlariga bog‘liq emas.

Magnit oqimi-skalyar kattalik bo‘lib, u ma’lum bir yuza bo‘yicha o‘tayotgan magnit kuch chiziqlari soni bilan ifodalanadi.

Elektromagnetik induksiya-o‘zgaruvchan magnit maydoni uyurmali elektr maydon manbai bo‘lib hisoblanadi,u esa o‘z paytida tokli konturda elektr tokini (induksiya tokini) qo‘zg‘atadi.

O‘zinduksiya-zanjirdagi tok o‘zgarishi natijasida shu zanjirning o‘zida induksiyalangan EYUK vujudga kelishi.

O‘zaroinduksiya-1A tok o‘tkazuvchi tok bilan chegaralangan yuzadan o‘tuvchi induksiya magnit oqimi kattaligi.

Kontur induktivligi-1A tok o‘tkazuvchi tok bilan chegaralangan yuzadan o‘tuvchi induksiya magnit oqimi kattaligi.

Elektrik tebranishlar-zaryad, tok kuchi, kuchlanish kabi elektrik kattaliklarni qandaydir o‘rtacha qiymatlarga nisbatan qisman yoki to‘la qaytarilishini chekli o‘zgarishi.

Elektromagnit maydon-bir- biri bilan uzviy bog‘langan o‘zgaruvchan elektrik va magnit maydonlar yig‘indisi.

Elektromagnit to‘lqinlar- fazoda tarqaluvchi o‘zgaruvchan elektromagnit maydon.

Tebranish konturi- induktiv galtak L va C sig‘im kondensatordan iborat yopiq elektrik zanjir.

Poyting vektori-bu vektor moduli tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan 1m2 yuza sirti bo‘yicha 1 sekundda elektromagnit to‘lqinlar olib o‘tadigan energiya.

Tranzistor - emitter, baza va kollektordan iborat elektron lampa.

Voltmetr, millivolt metr- kuchlanishni o‘lchaydigan asboblar.

Ampermetr, milliampermetr-tok kuchini o‘lchaydigan asboblar.

Bir kulon-o‘zgarmas tok kuchi 1A bo‘lganda o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan 1s davomida o‘tadigan elektr zaryadining miqdori.

Qarshilikning temperatura koeffitsienti –o‘tkazgich temperaturasi 10S ga o‘zgarganda uning qarshiligi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi kattalik.

Manbaning yorug‘lik kuchi- birlik yuzaga mos keluvchi yorug‘lik oqimi.

Fizik mayatnik-og‘irlik kuchi ta’sirida vertikal ipga nisbatan tebranuvchi qattiq jism.

Burilish burchagi-jism aylana bo‘ylab harakat qilganda uning vaziyati o‘zgarishi.

Burchak tezlik -nuqtaga o‘tkazilgan radiusning birikish burchagining shu burilishga ketgan vaqt orlig‘iga nisbatidir.

Tezlik –ko‘chishdan vaqt bo‘yicha birinchi tartibli hosilasi.

Tezlanish - ko‘chishdan vaqt bo‘yicha ikkinchi tartibli hosila yoki tezlikdan vaqt bo‘yicha birinchi tartibli hosila.

Mexanika – jismlarning harakati, muvozanati va ular orasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganadigan ta’limot.

Dinamika - kuchlar ta’siridagi jismlarning muvozanat qonunlarini o‘rganuvchi ta’limot.

Kinematika – jismlarning massasini va ularga ta’sir qiluvchi kuchlarni hisobga olmagan holda harakat qonunlarini o‘rganadigan ta’limot.

Aylanish davri - bitta aylanish uchun ketgan vaqt.

Burchak tezlanish-burchak tezlikni vaqt bo‘yicha hosilasi yoki burilish burchagidan vaqt bo‘yicha olingan ikkinchi tartibli hosila.

Aylanish chastotasi- vaqt birligidagi aylanishlar soni.

Statika –kuchlar ta’siridagi jismlarning muvozanat qonunlarini o‘rganuvchi ta’limot.

Moddaning uchlamchi nuqtasi -bir xil moddaning uch xil fazasi muvozanatda bo‘lgan holat.

Sublimatsiya -kristall qattiq jismni gaz holatiga o‘tishi.

Moddaning agregat holati- bir – biridan strukturasi va molekulalari issiqlik harakatlari bilan farqlanuvchi holat.

Moddaning fazoviy o‘tishlari- moddaning bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishi.

Bug‘lanish -suyuqlikning gaz holatiga o‘tishi.

Moddaning erishi -qattiq jismning suyuq holatga o‘tishi.

Kattalikning oqim zichligi-vaqt birligi ichida ma’lum bir yuza orqali o‘tayotgan berilgan kattalik miqdori.

Molekulalarning o‘rtacha yugurish yo‘li-molekulalarni ketma-ket to‘qnashishlar orasida o‘tgan o‘rtacha masofasi.

Atom spektrlari - erkin yoki kuchsiz ta’sirlashayotgan atomlarning energetik qatlamlari orasidagi kvant o‘tishlar natijasidagi nurlanish yoki yutilish spektrlari.

Lyuminessensiya- jismning berilgan haroratdagi issiqlik nurlanishidan ortiqcha bo‘lgan, hamda davomiyligi ham nurlanuvchi yorug‘lik to‘lqinlarining davriy (10-15 s) nurlanishi.

Ionolyuminessensiya – ionlar hosil qilgan lyuminessensiya.

Katodolyuminessensiya - elektronlar hosil qilgan lyuminessensiya.

Radiolyuminessensiya- yadro nurlanishlari lyuminessensiyasi.

Fluoressensiya- qisqa muddatli shu’lalanish.



Molekulyar spektrlar- chiqarish va yutilish spektrlari bo‘lib, molekulalarning bir energetik sathdan ikkinchisiga kvant o‘tishlarida vujudga keladi. Kattaroq yoki kichikroq kenglikka ega chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘lgan zich joylashgan chiziqlar.



Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə