Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə14/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

AVTOKEFAL CHERKOVLAR (yunoncha - “o‘z-o‘zini boshqarish”) – pravoslavlikdagi mustaqil boshqaruvga ega bo‘lgan cherkovlar tuzilmasi. Ma’lum bir tashkilot “avtokefal” maqomini olishi uchun miro moyini mustaqil ravishda tayyorlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

AVESTO (“Apastak”, “Ovisto”, “Ovusto”, “Abisto”, “Avasto”) - joriy qilingan qat’iy qoidalar, sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilda yozilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi.

AQIDA – arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.

AQLIY DALIL – mutakallimlarning o‘z ra’ylari. Fikriy qarashlari asosida biron aqidaviy masalaga bergan javoblari. Aqliy dalil asosan mantiq bilan bog‘liq hisoblangan.

AMERETAT - baxt, abadiylik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.

BIBLIYA (yunoncha - “kitoblar”) – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy muqaddas manbai. Yahudiylar “Bibliya”si “Kitve kadesh” va “Tanax” ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan “Bibliya” “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd”dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat.

BIBLIYA JAMIYATI – “Bibliya”ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha dunyo tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar biror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk “Bibliya” jamiyati 1804 yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140 dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud.

BODDXISATTVA – xudoning nuri, oliy kamolotga erishgan va “nirvana”ga ko‘tarilish huquqiga ega bo‘lgan inson.

VAJRAYANA – “olmos g‘ildirak”, ilk buddaviylikning dharmalar tabiati haqidagi turli qarashlari natijasida yuzaga kelgan yo‘nalish.

VAYSHLAR – savdogar, hunarmand va dehqonlar.

VEDALAR – oriylar o‘zlari bilan olib kelgan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda “muqaddas, ilohiy bilim” ma’nolarini anglatuvchi Hindistonning asosiy muqaddas manbai.

VERETRAGNA - eng mashhur ezgulik yazatlaridan biri.

VIDEVDAT - 22 bobdan tashkil topgan “Avesto”ning saqlanib qolgan eng mukammali bo‘limi.

VIJDON ERKINLIGI – kishilarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi.

DINIY BAG‘RIKENGLIK – kishilar va jamiyatda diniy asosda o‘zaro bir-birini tushunish, xolis va haqqoniy bilimlar, adolatli va haqiqiy baholar, o‘zaro hurmat va ishonchga, hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan qarashlar va amaliy faoliyat tizimini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy-madaniy hodisa.

DINIY MUTAASIBLIK – o‘z aqida va g‘oyalarining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti-harakatlar majmui.

DINIY SEKTA – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh.

DINIY TASHKILOTLAR – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjid, cherkov, sinagoga, monastir va boshqalar).

DODGOH - hamma uchun ochiq bo‘lgan muqaddas olov yoniq turadigan xona.

YEPISKOP (yunoncha — “nazoratchi”) – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. Yepiskoplar havoriylarning izdoshlari, deb hisoblanadi.



JABROIL - Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.

ZAKOT - arab tilida – poklash ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot

ISLOM - arab tilida – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish ma’nolarini beradi.

QAVLIY SUNNAT – Rasululloh (sav)ning turli holat va munosabatlarda aytgan so‘zlari.

QADIMGI AHD – “Bibliya”ning qismlaridan biri. “Tavrot” (Musoning 5 kitobi), “Zabur” va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.

KARDINALLAR KOLLEGIYASI – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash. Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning vazifasini bajarish va yangi Papani saylash vazifalarini bajaradi.

KASTA – ayni ish bilan shug‘ullanuvchi, otalardan meros qolgan haq, vazifa va odatlar bilan qattiq bog‘langan shaxslar toifasidir. Kasta insonlar tomonidan saylanmaydi va tanlanmaydi, uning ichida faqatgina dunyoga kelish mumkin. Bu tizim 4 sinfdan tashkil topadi:

QUR’ONI KARIM - Islom dinining birlamchi muqaddas manbasi bo‘lib, 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambarga (s.a.v.) Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan oyat-oyat, ba’zan esa to‘liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir.

MATTO (Matfey) – “Injil” mualliflaridan biri, Iso Masihning 12 asosiy havoriylaridan biri. “Injil”da Leviy Matfey va Leviy Alfeyev nomlari bilan ham tilga olinadi.

MAHAYANA – “katta g‘ildirak”, ilk buddaviylikning diniy-axloqiy burchga sodiqlik, pok bo‘lish haqidagi qarashlaridan yuzaga kelgan yo‘nalish

MAHSHAR - qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol-javob bo‘lib o‘tadigan joy

MEDIATATSIYA – “fikrlash, o‘ylash”, shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm.

MISSIONERLIK – bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq nazariy qarashlar va amaliy xatti-harakatlar majmui.

MONASTIR (yunoncha) – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.

MUQADDAS YoZUV, XUShXABAR – xristianlikning muqaddas kitobi “Injil”ga nisbatan ishlatiladigan nomlar.

MUQADDAS KITOB - “Bibliya” va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.

MUTAVOTIR – yolg‘onga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan darajadagi ko‘pchilik kishilarning boshdan oxirigacha o‘zlari kabi kishilardan naql qilgan rivoyati.

MU’TAZILIYA – arab tilida “ajralib chiqmoq” ma’nosini anglatadi. Islom olamida eng katta e’tiqodiy ta’limotning nomi.

NAMOZ - har bira musulmon kishining kuniga besh mahal poklanib, qibla tomonga yuzlangan holda amalga oshiradigan ibodati.

NIRVANA – inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu-istaklari, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish.

Ota Xudo - Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan.

OXIRAT KUNI - odamlar qayta tirilib, hayoti davomida bajargan har bir amali uchun hisob-kitob qilinadigan kun. U qiyomat kuni deb ham ataladi.

PAYG‘AMBAR - Allohning yerdagi elchisi bo‘lib, odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqiruvchi va oxirat haqida xabar beruvchi kishi

PASXA (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.

PYATIDESYATNIKLAR - protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri. O‘zlarini Iso vafotidan 50 kun o‘tgach Muqaddas Ruh in’omiga ega bo‘lib, turli notanish tillarda gapira boshlagan havoriylarning izdoshlari, deb hisoblaganlari uchun shu nomni qabul qilganlar.

Rim papasining qarorlari – turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi aqidasiga binoan Papaning qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.

SUNNAT – Payg‘ambar (sav)ning pokiza sayratlari, turmush tarzlari, diniy yo‘llari. Uchga bo‘linadi: qavliy, fe’liy va taqririy.

SUR – Ruh, ichki quvvat. Tangrichilikda u Tangri tomonidan insonga puflash orqali kiritilgan deb e’tiqod qilingan.

SURA - Qur’ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta, eng ko‘pi 286 oyatni o‘z ichiga oladi.

TAVOF - Ka’baning atrofini aylanish.

TAY-LYaO – Xitoydagi eng muqaddas qurbonlik marosimi. Unda uchta jonivor – qo‘y, xo‘kiz va cho‘chqalardan iborat “uchlik” qurbonlik keltiriladi.

FARZ - islom dini ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalil bilan bajarilishi talab qilingan amal.

FE’LIY SUNNAT – Rasululloh (sav)dan sodir bo‘lgan shar’iy ishlar yoki sahobiylar Payg‘ambar (sav)ning bajargan ishlaridan naql qilgan narsaga.

HAROM - atamasi islom ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalillar bilan bajarilishi ta’qiqlangan amal.

HASAN – sahih hadis shartlariga ega bo‘lgan, lekin zabti pastroq bo‘lgan adolatli roviyning o‘zi kabilardan qilgan rivoyati.

HINDUIYLIK - bir tomondan kastachilik asosiga qurilgan yirik ijtimoiy tashkilot hisoblansa, ikkinchi tomondan turli dinlar qorishmasidir.

Xudoning rahmatlari – protestantlikning pyatidesyatniklik yo‘nalishiga hos aqidalardan biri. Xudoning rahmatlari deganda Masihni qabul qilish, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirilish va ruhiy qayta tug‘ilish nazarda tutiladi.

Xudo-odam – Iso Masihga nisbatan ishlatiladigan nom. Muharraf xristianlik aqidasiga ko‘ra Iso asli xudo bo‘lib, insonlarni xalos qilish uchun inson qiyofasiga kirgan.

YAJUR VEDA – “Qurbonliklar vedasi” – Qurbonlik marosimi ko‘rinishlari bilan aloqador vedadir. Uning asosiy qismini qurbonlik qilish usullari – yajus tashkil qiladi. Mazkur yajuslar qurbonlik marosimning ma’lum bo‘limlarida juda past ovozda, ijro etiladi, ular ma’nosini esa, marosimning o‘tkazilish tartibidan kelib chiqib tushunish mumkin. Yajuslarning ba’zi qismlari nazm, ba’zilari esa nasr shaklida yozilgan bo‘lib, qurbonlik bilan bog‘liq so‘z va duolarni o‘z ichiga oladi.

YANGI AHD – “Bibliya” qismlaridan biri. To‘rt Injil, Havoriylar faoliyati kitobi, 21 ta havoriyning nomalari va Yuhannoning “Vahiynomasi” ni o‘z ichiga olgan, 27 kitobdan iborat.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

Normativ – huquqiy hujjatlar

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.:O’zbekison, 2012.- 40 b.

2. O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida (yangi tahriri)» qonuni. - T. : O’zbekiston, 1997.- 22 b.

3. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to’g’risidagi qonuni. - T.: Sharq, 1997. - 63 b.

4. O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risidagi» qonuni. - T.: O’zbekiston,1997.- 30 6.

5. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risida»gi qonuni.(1996 yil 29 avgust)

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to’g’risida»gi farmoni.

7. O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g’oya targ’iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarori.
Rahbariy adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. – T.: O‘zbekiston, 1999.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston. 1997.

  3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqkiyot yo‘li // O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O‘zbekiston, 1998.

  4. Karimov I.A. E’tiqod erkinligi qonuniy asosda bo‘lsin // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis XI sessiyasida so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi, 1998, 5-may.

  5. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. – T.:

  6. O‘zbekiston, 2005. – 158 b.

  7. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. – 176 b.

8.Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir..- T., O’zbekiston, 2015.
Asosiy adabiyotlar:

1.Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jaev H., Rahimjonov D., Komilov M., Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. Darslik / Mas’ul muharrir akad. Ibrohimov N.I. – T.: Mehnat, 2004. – 296 b.

2.Hasanov A., Komilov M., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov Q., Islom tarixi. Darslik. – T.: «Toshkent islom universiteti» matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.

3.Yo‘ldoshxo‘jaev H. Rahimjonov D. Komilov M. Dinshunoslik ma’ruzalar matni. – T.: ToshDShI nashriyoti, 2000.

4.Mo‘minov A.Q. Dinshunoslik asoslarini o’qitish va o‘rganishning yagona konsepsiyasi. – T.: ToshDShI nashriyoti, 1999.

5.Islom va hozirgi zamon: o‘quv qo‘llanma. Mas’ul muharrir Sh.Yovqochev. – T.: “Toshkent islom universieti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2010. – 207 b.


Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy / A.Abdullo tarjimasi. – T.: G‘.G‘ulom nomli «Adabiyot va san’at» nashriyoti, 1993.

  2. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya / Sayyid Mahmud Taroziy Alixon-to‘ra tarjimasi. – T.: «Mehnat» nashriyoti, 1991.

  3. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Sahih al-Buxoriy: 2 jildli. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.

  4. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar, I tom. – T., 1968.

  5. Abu Rayhon Beruniy. Qonuni Mas’udiy // Beruniy. Tanlangan asarlar. V tom. – T., 1973. – B. 157-167.

  6. Bolshakov O.G. Istoriya Xalifata. 1-3 chasti. – M, 1989-1998.

  7. Borisov. A.B. Rol islama vo vnutrenney i vneshney politike Yegipta (XX vek). – M., 1991.

  8. Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. – M., 1997. 14

  9. Dervish R.A., Levteyeva L.G., Musakayeva A. Pamyatniki istorii religii i kulturi v Uzbekistane. Posobie dlya fakultativa po istorii religii. – T.: O‘qituvchi, 1994.

  10. Islam na territorii bivshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar. Vipusk 1. – M., 1998. – S. 47-58.

  11. Istoriya religiy narodov Sentralnoy Azii. / Otv. redaktor: dots. Sh.A.Yovkochev. – T.: Tashkentskiy gosudarstvenniy institut vostokovedeniya, 2006. – 227 s.

  12. Iz istorii drevnix kultov Sredney Azii. Xristianstvo. – T.: «Glavnaya redaksiya ensiklopediy», 1994.

  13. Imom al-Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. – T.: O‘zbekiston, 1990.

  14. Imom al-Buxoriy: Al-Jomi’ as-sahih: IV jild. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993.

  15. Islom ziyosi o‘zbegim siymosida. / Tahrir hay’ati: H.Karomatov, Z.Husniddinov, A.Hasanov va boshq.; rasmlar mualliflari: F.Qurbonboyev va boshq. –T.: «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2001. – 240 b.

  16. Islom ma’rifati: asliyat va talqin: o‘quv-uslubiy qo‘llanma / Mas’ul muharrir Usmonxon Alimov. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. – B. 158.

  17. Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. – T.: Movarounnahr, 1995.

  18. Islom. Ensiklopediya. A-H / Z.Husniddinov tahriri ostida. – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. – 320 b.

  19. Islom va dunyoviy ma’rifiy davlat (o‘zb. va nemis tillarida). / Z.I.Munavvarov va V.Shnayder-Detersning Umumiy tahriri ostida. – T.: Imom Buxoriy xalqaro jamg‘armasi-Fridrix Ebert jamg‘armasi, 2003. – 291 b.

  20. Islom ma’rifatida dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi / mas’ul muharrir O.Yusupov. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. – B. 271.

  21. Ma’naviy va diniy yetuklik – davr talabi / to‘plovchilar: Z.Islomov, Sh.Shojalilov. Mas’ul muharrir R.V.Abdullaev. – T.: «Toshkent islom universiteti» matbaa-nashriyot birlashmasi, 2009. – 444 b.

  22. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. – T.: «Yozuvchi», 1996.

  23. Karomatov H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. – T.: «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti» nashriyoti, 2008. – 664 b.

  24. Karimov A. Diniy mutaassiblikning tarixiy ildizlari va zamonaviy ko‘rinishlari: o‘quv-uslubiy qo‘llanma – T.: Movarounnahr, 2011. – 63 b.

  25. Men A. Istoriya religii. – M, 1994.

  26. Mifi narodov mira. V 2 tomax. – M., 1973.

  27. Markaziy Osiyo dinlari tarixi. / Mas’ul muharrir: dots. Sh.A.Yovqochev. – T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2006. – 207 b.

  28. Konfusiy. Izrecheniya. – M., 1994.

  29. Kon-Щerbok D., Kon-Sherbok L. Iudaizm i xristianstvo. Slovar. – M. 1995.

  30. Krivelev I.A. Istoriya religii. – M., 1989.

  31. Kulakov A.E. Religii mira. – M., 1996. – S. 150-173. .

  32. Limen Oliver. Vvedenie v klassicheskuyu islamskuyu filosofiyu / Per. s angl. – M.: Izdatelstvo «Ves mir», 2009. – 280 s.

  33. Ochildiev A., Najmiddinov J. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo‘llari (yuz savolga - yuz javob). – T., 2008.

  34. Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebnix zavedeniy. Pod obщ. red. M., Yablokova. – M.,1995.

  35. Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. – T.: A. Qodiriy nomli «Xalq merosi» nashriyoti, 1995.

  36. Otamurodov S. va boshqalar. O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy tiklanish. – T.: «Yangi asr avlodi», 2003.

37.B.Raximov va boshqalar “Pedagogik texnologiyalar sxemalarda” Toshkent 2009

38.N.S.Sayidah’medov, Abduraximov S “Pedagogik mah’orat va pedagogik texnologiya” Toshkent 2010.

38.Tolipov U. M. Usmonboeva «Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot» Toshkent 2005 yil

39.Ziyomuxammedov B. “Ta'lim texnologiyalari” Toshkent 2012

40.O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti. Birinchi kitob / Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi U.Uvatov. – T.: Ma’naviyat-Movarounnahr, 2010. – 398 b.

41.Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri. / Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. – T.: «Toshkent islom universiteti» matbaa-nashriyot birlashmasi, 2009. – 617 b.

42.Hasanov A. Makka va Madina tarixi (Qadimgi Arabiston tarixidan lavhalar). – T.: Mehnat, 1992. – 79 b.

43.Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie religii. – M., 1996.

44.Religioznie tradisii mira. V 2 tomax. – M., 1996.

45.Staviskiy B.Ya. Sudbi buddizma v Sredney Azii. Po dannim arxeologii. – M., 1998.

46.Fromm E. Psixoanaliz i religiya // Fromm E. Imet ili bit? – M., 1990.

47.Xrestomatiya po islamu. Per. s arabskogo, vved i primech. – M., 1994.



48.Churakov M.V. Narodnoe dvijenie v Magribe pod znamenem xaridjizma. – M., 1990.

Elektron ta’lim resurslari:


  1. Xalq so‘zi gazetasi – www.infoxs.uz

  2. Turkiston gazetasi – www.turkistonsarkor.uz

  3. Ma’rifat jurnali – www.ma’rifat-inform.uz

  4. Jamiyat va boshqaruv jurnali – www.rzultacademyfreenet.uz

  5. Moziydan sado jurnali – www.moziy.dostlink.net

  6. Ziyonet – www.ziyonet.uz



1Ensiklopedik lug‘at

2 Zuhriddin Husniddinov va Ortiqbek Yusupov, “O‘zbekiston Respublikasida diniy munosabatlar”

Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə