Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə5/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

III. KONFUSIYLIK


Qadimgi Xitoyda Lao-Szi falsafiy ta’limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Szi Konfusiy - miloddan avvalgi 551-479)ning falsafiy ta’limoti ham paydo bo‘ldi. Konfusiy - Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, konfusiylikning asoschisi. Konfusiy, garchi, samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni e’zozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o‘z ta’limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam e’tibor bergan. Konfusiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi muammolari turadi.

Konfusiy fikricha olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog‘liq. Shuning uchun odamlarning oliyjanobligi yoki tubanligi, oliy yoki past tabaqaga mansubligini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Binobarin, podshoh - podshohligicha, fuqaro - fuqaroligicha, ota - otaligicha, farzand - farzandligicha qolishi kerak. Bunday g‘oya, ko‘ramizki, mavjud tuzumni saqlab qolishni nazarda tutar edi. Shu bilan birga, Konfusiy ideal, oliy inson, asl, mard kishi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu kotsepsiyaga ko‘ra, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo‘ylik, haqgo‘ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishish tufayli yuksak kamolotga yetishuvi mumkin.

Konfusiyning falsafiy ta’limoti keyinchalik Xitoydahukmron dinlarning biriga aylangan va konfusiylik deb nom olgan dinning asosi bo‘ldi. milodning boshlarida). Konfusiylik manbai - Konfusiy izdoshlari yozgan “Lung-Yuy” Suhbatlar va mulohazalar, miloddan oldingi VI asr) kitobidir. Konfusiylik Lao-Szi ta’limotidan tubdan farq qiladi. U jamiyatni ijtimoiy larzalardan asrab qolishga intilgan feodal amaldorlarning qarashlari va manfaatlarini himoya qigan. Konfusiylikning maqsadi - xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdir. Bu din aqidasiga ko‘ra, jamiyatda osmondan yuborilgan “Jeng” Insonparvarlik) qonuni amal qiladi. Bu qonunni o‘rganib olish uchun inson “Li”ga, ya’ni ijtimoiy axloq normalariga, qoidalariga, an’anaviy marosimlarga amal qilishi, o‘zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur.

Konfusiylik belgilangan diniy tartiblarga qattiq amal qilishni talab etadi. Konfusiyning o‘zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan.

Endilikda, har bir oilaning o‘z ibodatxonasi bo‘lishi zarur bo‘ldi. har bir oila o‘z ibodatxonasiga ajdodlarning timsoli bo‘lgan “Chju” tasvirini joylashtiradi. Uning yoniga qurbonliklarni qo‘yadi va diniy marosimlarni ijro etadi.

Konfusiylikda ijtimoiy-axloqiy masala alohida o‘rin egallaydi. Shu ma’noda Konfusiy ta’limotini inson xatti-harakati hayoti me’yorlari haqidagi ta’limot deyishi ham mumkin edi. Insonlar o‘rtasidagi hayot tarzi an’anaviy besh munosabatdan iboratligi qayd etilgan:


  1. davlat boshlig‘i bilan amaldorlar o‘rtasidagi munosabat;

  2. ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat;

  3. er bilan xotin o‘rtasidagi munosabat;

  4. katta va kichik aka-ukalar o‘rtasidagi munosabat;

  5. do‘st-birodarlar o‘rtasidagi munosabat.

Bu ta’limotda shunday qadriyatlar ham borki, unga qoyil qolmay iloj yo‘q. Birgina misol keltiramiz:

O‘g‘il ota-onasi oldida quyidagi beshta vazifani bajarish shart edi:



  1. har doim ota-onani to‘la hurmat qilish;

  2. ularga eng suyukli taomni keltirish;

  3. ular betob bo‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urish;

  4. ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish;

  5. ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish.

Konfusiylikda diniy marosimlarning asosiy mazmuni - konfusiylikka qadar mavjud bo‘lgan an’analarni, urug‘-qabilaviy marosimlarni mustahkamlash, qonunlashtirishni tashkil etardi. Chunki konfusiy o‘zining hech qanday yangi ta’limot yaratmaganligini faqat eski marosimlarga, tartib-qoidalarga qattiq rioya etishni talab qilardi. Bu o‘rinda uning quyidagi so‘zlarini keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik: “g‘adimdan joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar edi, unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikoh marosimini yo‘q qilingchi, unda er-xotinlik bo‘lmaydi, bu bilan bog‘liq katta-katta jinoyatlarga yo‘l ochiladi yoki dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo‘q qilingchi, unda bolalar vafot etgan ota-onalari xotirasi to‘g‘risida o‘ylamay, tiriklarga esa xizmat qilmay qo‘yadilar; Pin-Szin marosimini yo‘q qilingchi - unda podshoh bilan amaldor o‘rtasidagi farq yo‘q bo‘lib ketadi, kichik-kichik knyazchalar o‘z boshimchalik qila boshlaydilar, natijada ta’qib etish va zo‘ravonlik boshlanadi”.

Xitoy xalqi tarixida qadimgi marosimlar katta o‘rin tutganligini Konfusiy yaxshi bilar edi. Shuning uchun ham Xitoy xalq an’analarini, marosimlarini o‘zining ta’limotida asosiy mazmunga aylantirgan. Xitoyliklar uchun eng yomon fojea - erkak tomonidan avlodning qolmasligidir. Ular avlodlari qolmasa, biz o‘lganimizdan so‘ng kim bizlarni yod etadi deb qattiq qayg‘uga tushadilar.



Konfusiylikning bosh xudosi - osmon Xudosi edi. Keyinchalik Konfusiyning o‘zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga, hatto imperatorning o‘zi ham diniy marosimlarni bajo keltirar edi. Bu bejiz emas edi, albatta. Chunki, konfusiylik oddiy xalq ustidan “aslzodalar”ning hukmronligini oqlardi. Bu dinga ko‘ra ayni paytda imperatorning o‘zi oliy Xudoning yerdagi vakili edi. Konfusiylikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslahat ham bor edi: “Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo‘lgan ishidan, o‘zining maqsadidan avlodlarini xabardor etmog‘i kerak. Shu paytda u osmonda yulduzlarning holatiga qaramog‘i, ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng o‘zining maqsadini amalga oshirmog‘i mumkin”.

III. DAOSIZM

Daosizm - aslida falsafiy ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.

Daosizmning falsafiy prinsiplari “Dao-Deszin” kitobida bayon etilgan. Bu asar o‘tmishdagi Xitoy donishmandi Lao-Szi qalamiga mansubdir. Lao-Szining tarixiyligi xususidagi masalaga sinologlar shubha bilan qaraydilar.

Asarning asosiy tushunchasi “dao” yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, go‘yo qandaydir yo‘l bo‘lib, atrofni o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. “Dao” diniy mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi.

O‘tilgan mavzular bo‘yicha savollar


  1. Yahudiylik dini qaysi vaqtda vujudga kelgan?

  2. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi?

  3. Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat?

  4. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan qanday farqi bor?

  5. Braxmanlik jamiyatni qanday tabaqalarga bo‘ladi?

  6. Hinduiylik qanday dinlar qatoriga kiradi?

  7. Hinduiylik ta’limoti nimalardan iborat?

  8. Konfusiylik nima asosida vujudga kelgan?

  9. Konfusiylik Xitoyda qanday mavqega ega edi?

  10. Daosizm asoschisi kim?

Adabiyotlar

  1. Qur’oni Karim.

  2. Bibliya. Moskva, 1997.

  3. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi. T., 1992, 54-63-betlar.

  4. Kulakov A.E. Religii mira. M., 1996, ss. 150-173.

  5. Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997, ss. 170-282.

  6. Yahudiy oy-quyosh kalendari. M., 1990.

  7. Marhaban bikum fi Isroil Isroilga xush kelibsiz). Al-g‘ohira, 1988.

  8. Beruniy, Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. V tom. T., 1973, 157-167-betlar.

  9. Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Tanlangan asarlar, I tom, T., 1968.

  10. Jo‘raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998.

...Har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman, dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin”.



I.A.Karimov.

4-Mavzu


BUDDAVIYLIK

Darsning maqsadi:

Jahon dinlarining xususiyati, xillari va o’ziga xosliklari, Buddaviylikning vujudga kelish tarixi, ta’limoti va muqaddas manba’lari, maroisimlari haqida ma’lumot beriladi

Tayanch so‘zlar

Tripitaka; Tipitaka; Vinaya-pitaka; Sutta-pitaka; Siddxartxa;Budda; Maxayana; Xinayana; Dxarma; Karma; Nirvana; Meditatsiya



Reja

  1. Buddaviylik asoschisining shaxsi;

  2. Buddaviylik ta’limoti;

  3. Meditatsiya;

  4. Buddaviylikning tarqalishi;

  5. Buddaviylik manbalari

1. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar asosan Janubiy, Janubiy Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.

Hozirgi kunda dunyoda Buddizmga e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko‘pgina mamlakatlar huquq normalariga ko‘ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddistlar soni 750 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.Buddizm bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab qonuniy manbalar va ko‘p sonli diniy yo‘nalishlar mavjuddir. Buddizmning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa Buddizmning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi.Buddizmni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.

Hozirgi buddizmga e’tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddizm ta’limotini o‘rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddizm qoida va an’analari buddizmga ‘tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko‘ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddizmning potensial kuchi yotadi.

2. Buddizm asoschisining shaxsi. Buddizm asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko‘plab buddizm bilan shug‘ullangan tadqiqoti olimlar bizgacha yetib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddizm asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo‘lib, shu ismdan uning dinga buddizm nomi berilgan.

Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lumdir: “Maxavostu” - eramizning II asrida yozilgan, “Lalitavistara” - eramizning II-III asrlarida yuzaga kelgan, “Buddaxacharita” - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” - eramizning I asrida yozilgan va “Abnixishkramansutra”.

Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-III asrlar orasidagi turli muddatlarni ko‘rsatadilar. Rasmiy buddizm hisobiga ko‘ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko‘pchilik tadqiqotchilar uning tug‘ilishi er. av. 564 yilda, o‘limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480 deb to‘liq sonlar bilan ko‘rsatadilar. Yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o‘zaro qorishib ketgan.

Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo‘lgan. Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu havaslar og‘ushida tarbiyalar, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan birining qizi Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi.

Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan bola Siddxarta ittifiqo qarigan cholni, bemorni, og‘ir mehnatli bir rohibni uchratadi. Bundan qattiq ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohibga ko‘shilib, ular bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma’lum maqsad yo‘qligini va bu yo‘l o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi - insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi.

U chakalakzor o‘rmonlarda kezib, charchab bir daraxti tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni va’da beradi.

Bu o‘tirishning 49 kuni uni qalbidan “Sen haqiqatni topding” degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilinch qayoqqadir intilishni ko‘radi. Hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch. Trishna - yashash, mavjud bo‘lish umidi barchani tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligin angladi. Shu ondan u Budda - nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa - nurlangan daraxt deb atala boshladi.

Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida, o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va o‘shalar uning birinchi shogirdlari bo‘ldilar.

Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o‘z ta’limotni tarqatib o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o‘z ta’limotini Hindistonning turli joylariga yetkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi hind udumiga ko‘ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.

Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to‘qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida yer yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil shuningdek baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta qayta tug‘ilgan. U doimo qaerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi belgilagan.

So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga ko‘ra yer yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddizmning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o‘tgan desa, ba’zilari minglab Buddalar o‘tgan deb da’vo qiladi.

3. Buddizm ta’limoti. Buddizm qadimiy hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy sistemadir. Uning asosi “Hayot - bu azob, uqubatdir” va “najot yo‘li mavjud” degan g‘oyadir. Buddizm qonuniyatlariga ko‘ra inson o‘ziga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o‘z ifodasini topgan.

Birinchi haqiqat - “Azob uqubat mavjuddir”. Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir.

Tug‘ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o‘lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish - qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o‘zi xohlagan narsaga ega bo‘lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog‘liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddizm dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.

Buddizm ta’limotiga ko‘ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo‘lsin Dxarma element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o‘z xususiyatiga ko‘ra harakatsiz bo‘lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning xayollar va so‘zlaridir. ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg‘u, harakat, anglash. Bu besh forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqa bo‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o‘limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma skandx) o‘z navbatida qayta tug‘iladi. yangi tananing xususiyatlari asos bo‘luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu protsess “hayot g‘ildiragi”ni tashkil qiladi. “Hayot g‘ildiragi”da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo‘ladi.

Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”.

Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo‘lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo‘lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.



Uchinchi haqiqat - “qiynoqlarni tugatish mumkin”. yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to‘g‘ri keladi. Bu holatda inson qayta tug‘ilishdan to‘xtaydi. Nirvana holati buddistlar fikricha “Hayot g‘ildiragidan” tashqariga chiqish. “Men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg‘ullarini to‘la tugatishdir.

To‘rtinchi haqiqat - qiynoqlardan qutilish yo‘li mavjuddir. Bu yo‘l - “Sakkizta narsaga amal qilish, to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri harakat qilish,. to‘g‘ri muomalada bo‘lish, fikrni to‘g‘ri jamlash”. Bu yo‘ldan borgan inson Budda yo‘lini tutadi.

Bu sakkiz narsaga amal qilish meditatsiya deb nomlanadi. Buddizm ta’limoti asosan uch qismdan iborat: 1. meditatsiya; 2. axloq; 3. donolik.



1. Meditatsiya.

  1. To‘g‘ri tushunish;

  2. To‘g‘ri niyat qilish;

  3. To‘g‘ri o‘zini tutish

  4. To‘g‘ri anglash

  5. To‘g‘ri harakat qilish

  6. To‘g‘ri muomalada bo‘lish

  7. To‘g‘ri fikr yuritish

  8. To‘g‘ri gapirish

2. Axloq normalari - Budda “Pancha Shila” besh nasihati,

  1. Qotillikdan saqlanish

  2. O‘g‘rilikdan saqlanish

  3. Gumrohlikdan saqlanish

  4. Yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish

  5. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish

  6. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish

  7. O‘yin - kulgudan saqlanish

  8. Zebu-ziynat, atir-upalardan saqlanish;

3. Donishmandlik - bu buddizmning asosiy maqsadi bo‘lib, narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunish.

Ilk Buddizmning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddizmda ikki oqim “Xinayana” kichik g‘ildirak) va “Maxayana” katta g‘ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi.

Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o‘rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo‘l bilan bo‘ladi. Bu yo‘l juda og‘ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o‘rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishga sabab bo‘ldi. Bu xudolarga ishonish yo‘llari barchaga mumkin. Shu sababli “Katta g‘ildirak” deb nomlanadi.

4. Buddizmning tarqalishi.

Buddizmning yoyilishida Sangxa - buddizm jamoalarining roli katta bo‘lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo‘lgan 9 oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini buddizmga da’vat qilib ularga Budda ta’limotini o‘rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg‘irlari tinmay quygan 3 oydagina o‘z ibodatxonalarida muqim bo‘lib ibodat bilan shug‘ullanganlar.

Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator Ashoka davri buddizmning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi. Ashoka o‘zining ilk hukmronlik paytidanoq buddizmga e’tiqod qila boshladi. U buddizmga, monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik qildi. Ular o‘z da’vatlari asosida biron-bir yerlik aholi yoki ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchrasalar, ular hech qanday qarshi harakat qilmay, o‘z yo‘llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o‘zlariga nisbatan xayrixohlik sezsalar, o‘sha yerga ko‘proq ahamiyat berib, ularni ko‘proq da’vat qilishgan.

Buddizm jamoalari har qanday boshqa din, madaniyat yoki urf-odatlar qamrovida yoki aralashuvda bir necha yuz yillab o‘zlarini saqlab qolish, hamda fursat kelganda ularga o‘z ta’sirlarini o‘tkazish qobiliyatiga egadirlar. Ularni bu xususiyatlari Hindistonda musulmon hukmdorlar davrida, Shri-Lankada portugallar, gollandlar va inglizlar mustamlakasi davrida, Xitoy va Yaponiya konfusianlari davrida, Janubi-Sharqiy Osiyoga buddizmning yoyilishida yaqqol namoyon bo‘lgan.

Shunday qilib, buddizm eramizdan avvalgi 1 ming yillik oxirlarida Shri-Lankaga va O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, hamda Old Osiyoni o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologiya qazish ishlari asnosida ora tepa, Dalvarzin tepa, uva, Zartepa, g‘orovultepa, Ayrito mavzelaridan topilgan. Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g‘ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddizmga katta ahamiyat berilgan.

Buddizm eramizning 1 asrida Xitoyga, IV asrda Koreyaga,VI asrda Yaponiyaga,VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX-XX asrlarda Amerika va Yevropa qit’alariga kirib borgan.

Buddizm o‘z ta’limotida hech qachon boshqa xudolarga sig‘inishni ta’qiqlamagan. Balki ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berish mumkin. Biroq, nirvana holatiga olib bormaydi deb aytgan. Shu sababli buddizm ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan xudolari yoki ulug‘langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan.pagoda6

Masalan, Hindistonning buddizmga mansub xudolari “dunyoni yaratuvchi Braxma”, “chaqmoq va momaqaldiroq xudosi Indra”, “hunarmandchilik ishlari xudosi Xatimanu”, Tibetda: “Tibet eposi qahramoni Baser” timsoli, Mongoliyada Chingizxon kabi milliy panteon buddizm ilohlari sifatiga aylandi. Biroq bu panteonlar Nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda nirvanaga olib boradi va insonni qiynoqdan qutqaradi.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə