Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə6/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Buddizm manbalari. Buddizm ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka yoki Tipitaka)- uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari vinaya-pitaka), buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlariabxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



  1. Buddizmning asoschisi kim?

  2. Buddaviylik qaysi davrda va qaerda vujudga keldi?

  3. Buddaviylikning hayot haqidagi ta’limoti qanday?

  4. Buddaviylik qaysi davrda keng yoyildi?

  5. Hozirgi paytda qaysi mamlakatlarda buddaviylik keng tarqalgan?

  6. Buddaviylikning muqaddas kitobi qaysi?

Adabiyotlar

  1. Jo‘raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T.,1998.

  2. Men A. Istoriya religii. M.,1994.

  3. Mifi narodov mira. V 2-x tomax. M.,1973.

  4. Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebnix zavedeniy. Pod obsh.red. M.N.Yablokova. M.,1995.

  5. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie religii. M.,1996.

  6. Religioznie tradisii mira. V 2-tomax. M.,1996.

  7. Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek,1997.

  8. Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M.,19997

  9. Krivelev I.A. Istoriya religiy. M., 1989.

...Iymon keltirgan zotlarga eng yaqin do‘st bo‘lguvchilar esa: “biz nasroniylarimiz”, degan kishilar ekanini ko‘rasiz. Bunga sabab ularning orasida olimlar va rohiblar bor ekanligi va ularning kibr-havo qilmasliklaridir”.



Qur’oni Karim 5:82)

5-Mavzu


XRISTIANLIK

Darsning maqsad:

Xristianlik vujudga kelish tarixi, ta’limoti va muqaddas manbaalari, marosimlari haqida ma’lumot beriladi.

Tayanch so‘zlar

Bibliya; Muqaddas Ruh; Pasxa; Cho‘qintirish; Xoch; Ikona; Patriarx; Yepiskop; Diakon; Papa; Mitropolit; Altar Indulgensiya; Post.

Reja


  1. Xristianlikning vujudga kelishi;

  2. Pravoslav oqimi;

  3. Katolik oqimi;

  4. Protestant oqimi;

  5. Xristianlikdning boshqa oqimlari;

  6. Xristianlik tarixida apostol Pavelning tutgan o‘rni;

  7. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida xristian dini;

  8. Bibliya” xristianlikning muqaddas kitobi.

Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi.

Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan.

Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.

Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.

Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo‘lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib, insoniyatning gunohlarini o‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo‘lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.

Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi “moshiax” so‘zidan olingan bo‘lib, “silangan” yoki “siylangan” ma’nolarini beradi. Grekchada bu so‘z “xristos” “christos”) shakliga ega. Bu dinning “xristianlik” yoki “masihiylik” deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - “Nazaret” bilan bog‘lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.

Iso Masih o‘z ta’limotini o‘zining 12 o‘quvisi Apostollar - Havoriylarga o‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning “Yangi ahd” qismini tashkil etadi.

Xristianlikning ta’limoti. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko‘p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning xaloskori “messiya” ekanligi yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.c7b8ae7e89cd.jpg

Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida “gunohni yuvish”, ya’ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, bola-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to‘g‘risidagi ta’limoti, targ‘ibot - tashkilotchilik, jannat va do‘zax, oxiratda go‘yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi.

Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshdi.

325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.



  • Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so‘z yuritiladi.

  • Ikkinchi qismda Xudoning o‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so‘z boradi.

  • Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan.

  • To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinadi.

  • Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.

  • Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so‘z yuritiladi.

  • Yettinchi qismda Isoning nuzuli ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida so‘z yuritiladi.

  • Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.

  • To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.

  • O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida.

  • O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi.

Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta rol o‘ynadi. Beshinchi asr bo‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.

Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o‘rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.



Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim iperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari o‘sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.

XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestanlik harakatlari vujudga keldi. Buning davrasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo‘lindi.



1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi.

Muqaddas kitob bo‘lmish Injil va muqaddas o‘gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.

Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.

Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi.



Cho‘qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o‘z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O‘g‘ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi.

Badanga yeleyni surkash ham sirli bo‘lib, bunda dirdorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.

Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko‘rinishida o‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.

Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.

Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko‘tarish uchun yepiskopning qo‘lini o‘sha shaxs badaniga tegizishi yoki qo‘yishi) orqali amalga oshiriladi.

Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.

Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.

Rus Pravoslavining ko‘p kunlik postlari to‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin.

Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o‘rinda turadi. Pasxa Isoning o‘lganidan so‘ng qayta tirilganini nishonlab o‘tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o‘tkaziladigan bayram. U “Otsovskiy den”dan avval o‘tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog‘liq bo‘lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to‘la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.

Pasxadan so‘ng pravoslav dinining o‘n ikki kunlik o‘n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug‘ilishi, Sretenie, Isoni cho‘qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko‘tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga ko‘tarilishi, Blagoveщanie Injilning nozil bo‘lishi), Rojdestvo Bogorodisi Isoning xochga osilishi) va hakozo.

2. Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.

Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo‘lgan.

Katolisizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolisizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir.

Katolisizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.

Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.

Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.

Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, Pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas ruh ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, Katolik ta’limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan “Xayrli ishlar zaxirasiga” ega.

Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul yoki tufha evaziga avf qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish - indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan.

A’rof haqidagi do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u yerda o‘tda kuyadi ehtimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy in’ikosidir), keyin jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli qisqartirilishi ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.

A’rof haqidagi ta’limot 1 asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravoslav va Protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.

Bundan tashqari, pravoslav dini ta’limotidan farqli o‘laroq, katolik yo‘nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870 yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. G‘arb cherkovining Bogorodisaga nisbatan alohida e’tibori 1950 yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi yetti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarning talqin qilinishida qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie tamaddi) qilish qattiq non bilan, pravoslavieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi. Cho‘qintirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho‘ktirilmaydi.

Miropomazanie cho‘qinuvchining peshonasiga yeley surkash) yetti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dakligida emas. Bunda o‘spirin bola) yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmishlari va g‘oyalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustahkamlanishiga xizmat qilishi zarur.

Pravoslavlarda nikohsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikohsizlik selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.

Din markazi - ehromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir.

Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam homilador bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma’noni anglatadi. O‘sha kuni ta’zim qilish uchun ehromlarda go‘dak Isoning figurasi qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi.

Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy kyure, pater, kendz) Yepiskop. Yepiskopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz yashirin ovoz berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida 1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.

3. Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan 1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.

Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.

Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi.

O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.

Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar.

Lyuter tomonidan tuzilgan reformatsiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Mana shu tezislardan bir nusxasi: Iso payg‘ambar: “Tavba qiling, chunki samoviy shohlik yaqinlashib qoldi” deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor.

Tavba-tazarru ruhoniy avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezis, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi.

Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi belgilanadi). Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan hukmronligi rad etiladi.

“Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi”, degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin.

Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian nasoro) “samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi”.

Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning ta’kidlashicha, “xayrli amallar xazinasi”ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.

Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruxsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir.

1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi.

Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin 1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi ko‘rsatmalar” degan bosh asari, protestanizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish - kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.

Dastlabki islohot arboblaridan farqli o‘laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas Tavrot bo‘lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Bu ta’limotga ko‘ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma’lum bo‘lgan irodasiga asosan mag‘firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo‘linadi. Inson na imon, na “xayrli ishlar” bilan taqdirga yozilganni o‘gartira olmaydi: mag‘firat qilinganlar najotga mahkum, mag‘firatdan mahrum bo‘lganlar esa abadiy azobga mahkumdirlar. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.

Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari kalvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada keng obro‘ga va ta’sirga ega edilar.


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə