Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə7/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14

Presviterianlar. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo‘lib, yunoncha eng eski) mo‘’tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mav’izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na “din ramzi” va na “otche nash” o‘qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi.

Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi - Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig‘i deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. XVI asr o‘rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo‘lmay qoldi. “Mo‘’tadil yo‘l” ta’limoti, ya’ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o‘rtacha yo‘l shakllandi. Anglikan diniy ta’limoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgandir.

Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko‘p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm yunoncha “suvga cho‘ktirish”) XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o‘z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o‘spirinlarnigina cho‘qintirishga olib boradilar. “Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o‘zi ixtiyor qilmog‘i zarur”, degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o‘ta soddalashtirilgan bo‘lib, diniy qo‘shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to‘rtta rusumni saqlab qolishgan: cho‘qintirish, o‘spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo‘l bilan silab qo‘yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.

Adventistlar harakati. Adventistlar harakati lotincha - kelish) Amerikada XIX asrning 30 yillari og‘ir iqtisodiy buhron krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller 1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning eng kattasi “Ettinchi kun adventistlari”. Ularning asosiy g‘oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo‘lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o‘z mablag‘laridan o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishlarini va tinmasdan targ‘ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg‘ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat najot yo‘li deb hisoblanadi.

Hozirgi paytda g‘arbiy hamda sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko‘p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo‘yildi.



Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini.

XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgaririq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda 310 yildan), Marvda 334 yildan), Hirotda 430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda 430 yillar), Hirotda 658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lishgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarash yerlarda ta’qib qilganlar.74.gif

Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham 973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo‘lgan.

Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston 301 yil) va Gruziyada 318 yili) davlat diniga aylanadi. Kavkaz Albaniyasi territoriyasida esa hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasi) IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.



Bibliya. Bibliya Yaxudiylik va Xristianlik dinlari talimotiga ko‘ra u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.

Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar “Qadimiy ahd” deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar “Yangi ahd” deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII davrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar Xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar Xristianlar esa Yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.

Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o‘ram ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flafiyning aytishicha 22 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin 1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo‘linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, “Musoning besh kitobi” avval bir butun bo‘lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, “kichik payg‘ambarlar kitobi” 12 kitobga ajratib yuborilgan.

Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo‘ladilar:



  • birinchisiga “Musoning besh kitobi” - ‎“‎Tora‎”‎ ‎“‎Tavrot‎”‎);

  • ikkinchisiga “Payg‘ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari Netiim);

  • uchinchisiga qolgan kitoblar Ketubim)

Xristianlar Qadimiy Ahdni “Rivoyatlar kitoblari”, “Ta’limotlarga kitoblari”ga, “Payg‘ambar kitoblari”ga bo‘lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini ham shunday tasnif qiladilar. “Rivoyatlar kitoblari”ga “Injil” va “Havoriylar faoliyati” kitoblari kiradi. “Ta’limotlar”ga “Havoriylar maktublari” kiradi, “Payg‘ambarlar kitoblari”ga “Vahy” kitobi kiradi.

Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo‘linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo‘linishi Nenterberiya yepiskopi Stefan Langton vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo‘lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etenlar tomonidan raqamlandi.



Tavrot. Musoga tegishli bo‘lgan, besh kitob “Tavrot” deb ataladi va u quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) “Borliq” yoki “Ibtido”; 2) “Chiqish”; 3) “Levit”; 4) “Sonlar”; 5) “Ikkinchi qonun”.

Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4 ga bo‘linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



  1. Xristianlik birinchi bo‘lib qaysi davrda va qaerda tarqaldi?

  2. Xristianlikning asosiy aqidasi qanday?

  3. Xristianlikning qanday asosiy oqimlarini bilasiz?

  4. Xristianlikning muqaddas kitobi qaysi?

  5. Iisus Xristos shaxsi haqida nimalar bilasiz?

  6. Hozirgi paytda xristianlikning asosiy markazlari qaerda?

  7. Xristianlikning qanday manbalarini bilasiz?

  8. Bibliyaning tarkibiga qanday kitoblar kirgan?

  9. Jumhuriyatimiz hududida xristianlikning qaysi oqimlari tarqalgan?

Adabiyotlar:

  1. Men A. Istoriya religii. M., 1994.

  2. Mifi narodov mira. V 2-x tomax. M., 1973.

  3. Osnovi religiovedeniya. Uchebnoe posobie dlya studentov visshix uchebnix zavedeniy. yaod obsh.red. M..Yablokova. M., 1995.

  4. Radugin A.A.Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennie religii. M-1996.

  5. Religioznie tradisii mira. V 2-tomax. M-1996.

  6. Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek-1997.

  7. Vasilev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M-1997.

  8. Krivelev I.A. Istoriya religiy. M-1989.

...Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish chog‘ida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega.



...Biz hammamiz, “Alhamdulilloh, musulmonman”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz”.

I.A.Karimov

6-Mavzu


ISLOM DINI

Darsning maqsadi:

Islom dininnig vujudga kelish tarixi, ta’limoti va muqaddas manbalari, maroisimlari haqida ma’lumot beriladi

Tayanch so‘zlar

Islom; Johiliya; Vasaniyya; Haniflik; Vahy; Da’vat; G‘azot; Musulmon; Mushrik; Ka’ba; Zakot; Al-Hajar al-Asvad; Fath; Risolat;

Reja


  1. Johiliya;

  2. Islom ta’limoti;

  3. Muhammad alayhis-salomning hayotlari.

  4. Islom Makka davrida.

  5. Madina islom davlatining vujudga kelishi.

Islom ta’limoti. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya, kabi ko‘pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo‘lagi islomga e’tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkaze va Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yer yuzida Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga yetadi va ular soni jihatidan xristianlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. map saudi

Islom so‘zi arabcha “Allohga o‘zini topshirish”, “itoat etish”, “taslim bo‘lish”, “bo‘ysunish” ma’nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo‘lmish Qur’oni Karim VII asrda nozil bo‘lgan bo‘lsa-da, islom ta’limotiga ko‘ra bu din, yer yuzida insoniyat paydo bo‘libdiki, barchalariga nozil qilingan. Muhammad a.s. avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar – Nabiy va Rasul deb tan olinadi.



Nabiy - arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar yetkazuvchi ma’nolarini beradi. Payg‘ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini insonlarga targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi Ismoil, Ishoq, Yaqub, Zakariyo kabi).

Rasul - arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi Ibrohim, Muso, Iso kabi).Islom aqidasi, asosan yetti narsa ­ Allohga, uning farishtalariga, nozil qilgan muqaddas kitoblariga, yuborgan payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, taqdirning yaxshiligi va yomonligi Allohdan ekanligiga, o‘lgandan keyin qayta tirilishga imon keltirishdan iborat. Bu aqidalar imon kalimalari deb atalmish olti kalimada o‘z ifodasini topgan.Islom dini har bir o‘zini musulmon deb atagan kishiga din arkonlari deb atalgan quyidagi besh vazifani yuklaydi: 1) Allohning yagona iloh ekanligiga va Muhammad a.s. uning payg‘ambari ekanligiga guvohlik berish; 2) kuniga besh mahal namoz o‘qish; 3) miqdoriga yetganda o‘z molidan zakot berish; 4) har yili Ramazon oyida ro‘za tutish; 5) qodir bo‘lsa umrida bir marta haj qilish.

Johiliya. Bu so‘z arab tilida jahula-bilmaslik) johillik, bilimsizlik, nodonlik ma’nosini beradi. Johiliya so‘zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko‘pxudolik hukm surib, ular islom yakkaxudoligidan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko‘mish, mayxo‘rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan bo‘lib, islom dini ularga chek qo‘ydi.

Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o‘z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atashgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar ko‘pxudolik hukm surardi. Arablarning eng qadimgi dinlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm va o‘tmish avlodlarga sig‘inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko‘p arab qabilalarining nomini keltirish kifoya; asad arslon), kalb it), bakr bo‘taloq), sa’lab tulki), zi’b bo‘ri) va h.k.

Arabistonda har xil xudolarning timsoli - sanamlar qachon paydo bo‘lganligi haqida konkret tarixiy ma’lumotlar yo‘q. Harqalay, but-sanamlarga sig‘inish - dinning yangi bosqichi bo‘ldi. Eramizdan avvalgi VIII asrdayoq har bir arab qabilasining o‘z sanami bo‘lgan. Ikki qabila urushidan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib qabila sanamiga sig‘ina boshlardi. Ba’zida g‘olib qabila mag‘lub qabilaning sanamini ham o‘z sanami yoki sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’ba sanamlarning panteoniga to‘plangan joyiga) aylanib qoldi. Islom arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har xonadonning o‘z sanami bor edi, deyish mumkin. Safarga otlangan kishi bunday sanamni qo‘li bilan ishqab, so‘ng yo‘lga tushardi, safardan qaytgach esa, birinchi navbatda u yana sanamini silab-siypardi.

Ibn al-Asirning uqtirishicha, 630 yili Muhammad Makkani zabt etganida Ka’ba ichida 360 ta sanamni ko‘rgan va ularni sindirib tashlashni buyurgan. Sanamlarning soni uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Ibn al-Kalbiyning arab ko‘pxudoligiga bag‘ishlangan “Kitob al-asnom” asarida tilga olingan datlabki 5 sanamning nomi Vadd, Suvo, Yog‘us, Youq,Nasr) Qur’onda ham zikr qilingan Nuh, 22-23-oyatlar). Ularning tasviri ko‘pchilikka ma’lum edi. Vadd  erkak kishi, Suvo  ayol kishi, Yog‘us  sher, Youq - ot va Nasr – burgut qiyofasida ifodalanar edi.

Qur’onda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Manot, Allot va Uzza ham kiradi. Johiliya arablarining tasavvurida bu uchchala sanam ham ayol xudolar bo‘lgan.

Islom vujudga kelishi arafasida Janubiy Arabiston aholisining etiqodida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Arabiston yarim orolining janubida ham, shimolida ham aksariyat aholi har xil but-sanamlarga sig‘inardi, ya’ni ko‘pxudolikda edi. Ammo arablarning butparastligi faqat totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy, ilk din shakllari emas, balki uzoq yo‘lni bosib o‘tgan, nisbatan rivojlangan ko‘pxudolik edi.

Islomdan oldin Arabistonning ko‘p joylarida yahud jamoalari mavjud bo‘lgani haqida ma’lumotlar ko‘p. Yahudlar bilan birga Arabiston yarim oroliga yahudiy dini ham kirib keldi. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, Hadis, Tafsir, Sira va axborlar kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga er.av.555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, eramizdan avvalgi 552-542 yillar Shimoliy Arabistondagi Teyma shahrini o‘ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko‘chirgan; ular orasida ko‘pchilikni yahudlar tashkil qildi. Ma’lumki, bundan oldinroq er.av. 586 y.) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir qilib, Bobilga keltirgandi va “Bobil asirligi” 50 yil davom etgandi. Shundan so‘ng ham ba’zi yahudlar Falastinga qaytmay Bobilda qolib ketgandilar.

Makka davri. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Arabiston tarixida “fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topdilar. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha payg‘ambarimizning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otalari Abdulloh Muhammad a.s. tug‘ilmaslaridan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib YasribMadina)da vafot etdilar va o‘sha yerga dafn etildilar.

Bola sog‘lom va ziyrak bo‘lib o‘sishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Ana shu odatga ko‘ra, Bakri qabilasidan bir guruh ayol go‘dak izlab shaharga keladi. Muhammad a.s.ga sut-ona bo‘lish Abu Zuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abu Kabsha edi. Quraysh xalqi Payg‘ambarimiz a.s.ni masxaralab kulganda u kishini Abu Kabshaga mansub qilib: “Bu Abu Kabshaning o‘g‘li nuqul osmondan gapiradi” deyishardi. Rasulullohni 4 yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog‘ilib turdi. “Sharhi sadr” voqeasi ana shu davrda yuz berdi Qur’oni Karimning 94-surasi).

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh Halimaning qo‘ylarini yaylovda boqib yurganlarida ikki oppoq kiyimli kishi kelib u kishining ko‘kraklarini yorishadi-da, ichlaridan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib qo‘yishadi. Muhammad a.s.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketishayotganini ko‘rgan akalari o‘z onalariga bu xabarni yetkazishganida bibi Halima voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib keladilar. Bu vaqtda kichkina Muhammad a.s. ranglari bir holatda turgan edilar. Keyin ularga bo‘lgan voqeani o‘z og‘izlari bilan gapirib beradilar. Shundan so‘ng birovning farzandiga biror shikast yetib qolishidan qo‘rqqan Halima bolani o‘z onalariga topshiradi.

5 yoshlarida onalari Omina vafot etdi. 8 yoshgacha buvalari Abdulmuttalib qo‘llarida qolib, buvalari vafot etgach amakilari Abu Tolib Muhammad a.s.ni o‘z qarmog‘iga oldi.

Muhammad a.s. 25 yoshga to‘lganlarida Asad jamoasidan bo‘lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga Shomga safar qilishni so‘radi. Bu savdodan katta foyda tushdi. Muhammadning to‘g‘ri so‘zlilik, halollik, sadoqatlilik kabi yuksak insoniy fazilatlarini ko‘rgan Xadicha yoshlari ancha katta bo‘lishiga qaramay, taomilga zid ravishda unga sovchi qo‘ydi. Muhammad tomonidan amakilari Abu Tolib, Xadicha tomonidan amakivachchasi Varaqa rozilik berib, nikoh o‘qildi.

Muhammad a.s.ning shu xotinlari u kishining yetti farzandlaridan Moriyadan tug‘ilgan Ibrohimdan boshqa) 6 tasi Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiya, Fotima, Kosim, Abdullo)ning onasi bo‘lgan.

Muhammad 35 yoshga kirganda makkaliklar Ka’bani ta’mir etishadi. Uni qayta qurish jarayonida muqaddas sanalgan “Hajar al-asvad” g‘ora tosh)ni kim o‘rniga qo‘yadi degan masalada tortishib qoladilar. Shunda ulardan biri - “ertalab Safo eshigidan kim birinchi kirib kelsa o‘sha bizga hakamlik qilsin”, deydi. Ertalab Safo tarafidan Muhammad a.s. kirib keladilar. Uni ko‘rgan olamon “Muhammad al-Amin ishonchli Muhammad)keldi” deb, xursand bo‘lishadi. U choponini yechib, “g‘ora tosh”ni qo‘yib, barcha qabila boshliqlarini cho‘ponni baravariga ko‘tarishga buyuradi va o‘zi Qoratoshni joyiga qo‘yadi. Muhammad o‘zining zukkoligi bilan qabilalar o‘rtasida chiqishi mumkin bo‘lgan nizoning oldini oladi.

Muhammad 40 yoshga yetganida ko‘proq tarkidunyochilikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. Makkaning 3 mil yuqorisidagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga ketar va Ramazon oyini u yerda kechirib, ibodat qilardi. G‘amlagan ozuqalari tugagach bibi Xadicha oldiga qaytar, bu yerda bir oz qolib, yana o‘sha g‘orga ketar edi. Uerda o‘zlarini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar edilar. G‘oyibdan quloqlariga “Sen Allohning elchisisan” degan tovushlar tovushlar eshitilar edi. Tush - xayollari to‘g‘ri chiqayotgandek edi.

Milodning 610 yilida Ramazoni sharif oyida Payg‘ambar a.s. odatga ko‘ra, yana Hirodagi g‘orga chiqdilar. Jamiyatda yuz berayotgan nohaqliklar, insoniyat jabr tortayotgan zalolatdan qutulish - oliy haqiqatga erishish haqida fikr yuritar edilar. Hiro tog‘ida avvalgi o‘tgan payg‘ambarlardan Ibrohim, Muso, Iso kabi “tahannus” ibodati bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Imom al-Buxoriy bu ibodatga shunday sharh beradilar: “Payg‘ambarimizning qaysi shaklda ibodat qilganligi so‘raladigan bo‘lsa, buning tafakkur va ibratdan iborat bo‘lganligini aytamiz”.

Payg‘ambarlikning boshlanishi tushda ayon bo‘la boshladi. Tushda ko‘rilgan har bir narsa oydin bir subh kabi o‘ngda yuz berardi. Kunlarning birida Hiro tog‘idagi g‘orda vahy keltirgan malak Jabroil a.s. Payg‘ambarga ko‘rindi va:



  • O‘qi, - dedi.

Payg‘ambar:

  • Men o‘qishni bilmayman, - dedilar.

Malak yana amrini takrorladi. Payg‘ambar yana:

  • Men o‘qishni bilmayman, - javobini berdilar. So‘ngra malak uni boshdan oyoqqa qadar kuchlari qolmaguncha siqdi.

Shunda Payg‘ambar:

  • Nimani o‘qishim kerak? - deb so‘radi.

U zamon farishta ilohiy oyatlarni o‘qiy boshladi:

Yaratgan rabbing nomi bilan o‘qi! U insonni lahta qondan yaratdi. O‘qi! Karami keng bo‘lgan Rabbing haqqi uchunki, U qalam bilan ta’lim berdi, insonga bilmaganlarini o‘rgatdi”.

Alaq surasining boshidagi bu oyatlar ilk kelgan vahydir. Payg‘ambar a.s. bu oyatlarni qalbga joylab, farishtaning ketidan qaytardilar. Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqeadan nihoyatda hayrat va qo‘rquvga tushganlaridan darhol bibi Xadichaning huzurlariga qaytdilar va “Meni o‘rab qo‘ying, o‘rab qo‘ying”, dedilar. Hranganlardan so‘ng uzoq uyquga ketdilar. Uyg‘ongach bo‘lgan voqeani ayollariga so‘zlab berdilar. Xadicha buni yaxshilikka yo‘yib, Varaqa ibn Navfal nomli avvalgi samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan qarindoshlarining huzuriga borib bu voqeaning tafsilotini so‘radilar. Varaqa bu ko‘ringan farishta Muso va Iso payg‘ambarlarga vahyni olib tushgan “Nomusi Akbar” - Jabroil ekanligini aytdi. U yana kelajakda Muhammad a.s. Hz ummatiga payg‘ambar bo‘lishi, bu yo‘lda ko‘p aziyat chekishi, o‘z yurtidan chiqarilishi haqidagi xabarlarni bildirdi.

Rasululoh yashirin da’vatga o‘tdilar. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib iymon keltirishdi. Keyin Zayd ibn Horisa, Abu Bakr iymon keltirishdi. Birinchilardan bo‘lib iymon keltirganlarni ko‘radigan bo‘lsak, ular ayollardan - Xadicha, erkaklardan - Abu Bakr, go‘daklardan - Ali ibn Abi Tolib, qullardan - Zayd ibn Horisa bo‘ldilar. Ular jamiyatning turli tabaqalaridan bo‘lib, bu narsa islom hamma uchun ham munosib din ekanini ko‘rsatardi. Vaqt o‘tishi bilan jami musulmonlar 30 kishiga yetdi. Ular qurayshiylarning yangi dinga qarshi ekanliklarini bilganliklari uchun o‘z dinlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi. Shundan so‘ng islomga ochiq da’vat qilish vaqti yetdi. Quyidagi mazmundagi oyatlar nozil bo‘ldi:

Yaqin qarindoshlaringni uyg‘ot, mo‘minlardan senga tobe bo‘lganlarga rahmat va himoya qanotlarini tushir. Agar senga osiy bo‘lib qarshi turaversalar, ularga: Men sizning amallaringizdan pokdurman tamomila uzoqman), deb ayt” Shuaro surasi, 214-216-oyatlar).

Sen o‘zingga amr qilingan ishni haq dinga da’vat qilishni) ochiqdan-ochiq yuzaga chiqar va mushriklardan yuz o‘gir” Hijr surasi, 94-oyat).

Payg‘ambar bu oyatga binoan Abdulmuttalib oilasini, amakilari Abu Tolib, Abbos, Hamza, Abu Lahablarni uylariga ziyofatga taklif etdilar. Ovqatdan so‘ng Payg‘ambar vahy qabul qilganlari, yangi din islomga da’vat etishga buyurilganlari haqida gapirdilar. Abu Lahab bu so‘zlarni qat’iy inkor etib, yig‘ilganlarni tarqatishga tushdi.

Bir muddat o‘tgach Payg‘ambar da’vatni yanada kuchaytirdilar. Bir kuni Safo tepaligiga chiqib: “Ey Quraysh xalqi”, - deya xitob qildilar. Bu xitobni eshitganlar Muhammad a.s.ning atrofiga to‘plandilar. U kishi to‘planganlarga qarata:



  • Sizga shu tepaning orqasida bir dushman qo‘shini borligi xabarini aytsam, menga ishonasizmi? - deya so‘radilar.

  • Ha, ishonamiz, chunki sening yolg‘on so‘zlaganingni hech eshitmadik,- dedilar.

Payg‘ambar ularga:

  • U holda sizni ogoh etaman. Agar siz Allohga ishonmasangiz, buyuk bir azobga duchor bo‘lasiz,- deb qabila nomlarini birma-bir sanab o‘tdilar. So‘ngra:

  • Xabaringiz bo‘lsinki, Alloh menga yaqin qabilamni ogoh etishimni amr etdi. Men siz uchun na dunyo manfaatini saqlamoqqa, na oxiratda topadigan nasibamizni hozirlashga qodir emasman. Bular sizning bir so‘zingizga bog‘liq. U ham bo‘lsa, “Allohdan boshqa iloh yo‘qdir”, deyishingizdir,- dedilar.

Tinglovchilar orasida bo‘lgan Abu Lahab darhol o‘rnidan turib:

  • Kunimizni zahar qilding. Bizni bu yerga shuning uchun to‘pladingmi?- dedi.

Shu sabab bo‘lib, bu yig‘in ham bir natija bermadi.

Ilk musulmon bo‘lganlarning ichidan hech kimi va orqasida quvvatli suyanchig‘i bo‘lmaganlar mushriklarning ta’qibiga uchradilar. Makka mushriklari Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi buyuk va badavlat zotlarga bir narsa deya olmas edilar. Ammo zaif bo‘lgan faqirlarni och va suvsiz tutishar, urar edilar. Ular orasida Bilol Habashiy, Ammor ibn Yosir, Suhayb Rumiy, Habbob ibn Arat, Abu Fakayha kabi qullar hamda Lubayna, Nahdiyya, Zinnira, Ummu Abis kabi joriyalar bor edilar.

Mushriklar Usmon ibn Affon kabi musulmonlarga qo‘llaridan kelgan azoblarni berishdan chekinmayotgan edilar. Payg‘ambarga eng ko‘p dushmanlik qilganlar quyidagilar edilar: Abu Lahab, Abu Jahl, Valid ibn Mug‘ira, Abu Sufyon, Umayya ibn Xalaf, Os ibn Voil.

Quraysh ulug‘lari Payg‘ambarning Alloh elchisi bo‘lganligini tan olgan edilar. Ammo hasad yuzasidan unga qarshi chiqar edilar. Buni Ahnas Abu Jahldan islom haqidagi fikrini so‘raganida u bergan javobdan bilsa bo‘ladi: “Biz bilan Hoshimiylar o‘rtasida qadimdan raqobat bordir. Sharafni o‘rtada bo‘lisha olmaymiz. Ular ziyofat bersalar, biz ham beramiz. Ular xayr-saxovat ko‘rsatsalar, biz ham ko‘rsatamiz; ulardan orqada qolmaymiz. Shunday barobar ketayotgan paytimizda ulardan biri o‘ziga ko‘kdan vahy kelganini xabar beryapti. Biz bunga qanday qo‘shila olamiz? Vallohi, biz ularning Payg‘ambariga ishonmaymiz!..”.

Musulmon bo‘lmagan makkaliklar ham Muhammadning yuksak axloq egasi ekanini tan olar edilar. Musulmonlar safi kengayib Payg‘ambar amakilari - jasur Hamza undan so‘ng Umar ibn al-Xattobning imon keltirishlaridan mushriklar sarosimaga tushib qoldilar. Ular musulmonlarga ozor berishni yanada kuchaytirib yubordilar. Bu aziyatlardan xoli bo‘lishlari uchun Payg‘ambar musulmonlarga Habashistonga hijrat qilishni buyurdilar.

Habashistonga ketishni istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqiya Payg‘ambarning qizi), Abu Huzayfa va xotini, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. 15 kishi bir guruh holida vahyning 5-yili Habashistonga ketdilar. Ularni Habashistonda juda yaxshi kutib oldilar. U yerda yaxshi sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi bir guruh holida u yerga hijrat etdilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abi Tolib bo‘lib Alining akasi), ular 80 kishi edilar.

Habashiston xalqi va uning podshohi Najoshiy musulmonlar juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar.

Makkaliklar Abdumanof urug‘ini Abu Tolib darasiga qamal qildilar. Shundan so‘ng ikki marta habashistonga hijrat qilindi.

Qamaldan so‘ng Xadija vafot etdi. Payg‘ambar Toifga hijrat qildilar.

Makkada “Isro va Me’roj” voqeasi yuz berdi. Dushmanlar Rasulullohni o‘ldirishga qaror qilishdi.

Madina davri. Madinaliklar Makkaga Payg‘ambar huzurlariga kelib islomni qabul qildilar. Ular bilan makkalik musulmonlar o‘rtasida do‘stlik aloqalari o‘rnatildi. Makka mushriklarining musulmonlar ustidan tazyiqlari kuchaygach Payg‘ambar ularga YasribMadina)ga hijrat qilishni buyurdilar. Ular ketidan o‘zlari ham jo‘nadilar.

Madinalik “ansor”“yordamchi”)lar makkalik muhojirlarni juda samimiy kutib oldilar. Muhammad a.s.ning hijratlari rabi al-avval 8-kuni milodiy 622 yil 20 sentyabrda bo‘ldi. Birinchi musulmonlar masjidi qurildi. Azonga asos solindi. Avs va Xazraj arab qabilalari va Banu Qurayza, Banu Qaynuqo‘, Banu Nadir qabilalari bilan o‘zaro sulh tuzildi. Har tomondan musulmonlarga qarshi hujumlar uyushtirildi. Musulmonlar ularni muvaffaqiyat bilan qaytardilar. “Badr” g‘azoti bo‘ldi.

Madina davrida Muhammad payg‘ambar yetakchiligidagi islom jamoasi yaqin davlatlar orasida tuzilajak kuchli bir davlatning vazifalarini bajarib, turli arab qabilalarining va bir-biriga qaram bo‘lgan qabilalar ittifoqlarining o‘zaro dushmanligini yo‘qotishga ular o‘rtasida yaqin va uzoq muddatli sulx shartnomalarini tuzishga kirishgan edi.

Hijratning 6 - yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Xudaybiya shartnomasi eng muhim tarixiy xujjatlardan biridir. Bu sulx bitimi tuzilishi arafasida payg‘ambar 1500 sahoba jangchilar bilan, o‘q-yoy va nayzalar olmasdan, faqat qilich taqib, Baytulharam ziyorati vaqtida qurbonlikka so‘yiladigan 70 tuyani haydab, Makka shahriga yaqin keldilar. Bu kichik qo‘shin Makka mushriklariga ko‘p ko‘rinib, ular Rasulullohni jang qilishga, urushga kelgan hisoblab, shaharga kiritmadilar. Har ikki taraf bir necha bor elchilar almashib, vaziyatni tushintirdilar. Musulmonlarning tinch maqsadda kelganiga ishonmasdan, Makka mushriklari urushga tayyorlanib turdilar. Ammo johiliyat zamonlarida ham Baytulharamda - Ka’ba va uning atrofida jang qilish, qon to‘kish man qilingan edi. Buni yaxshi bilgan Muhammad payg‘ambar Usmon ibn Affon yetakchiligida navbatdagi elchilarni yubordi. Makka mushriklari bularni garovga, asir olganday, qaytarib jo‘natmadilar. Musulmonlar ham Makka vakillarini vaqtincha ushlab turdilar.

Oradagi keskin vaziyatni yumshatish uchun payg‘ambar Hudaybiya degan joyda Makka raislari bilan o‘n yillik sulh shartnomasini tuzishni taklif etdilar. Hudaybiya shartnomasi musulmonlar uchun murakkab vaziyatda tuzildi.

Musulmonlar davlatining ilk tarixiy xujjatlaridan bo‘lgan Hudaybiya bitimida quyidagi shartlar yozildi:



  • O‘n yilgacha tarflardan hech biri urush boshlamaydi.

  • Shu muddat ichida musulmonlar va makkaliklar o‘zaro aloqada bo‘ladilar.

  • Ulardan kimki musulmon bo‘lib Makkadan Madinaga voliy ruxsatisiz qochib kelsa, agar mushriklar uni talab qilsalar qaytariladi. Musulmonlar tarafidan murtad bo‘lib qochgan kishilar qaytarilmaydi.

  • O‘rtamizda dushmanlik tugatiladi, talonchilik va makr-hiylalarga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Istagan odamlar Muhammad bilan shartnoma tuzib, ittifoqqa qo‘shilishni istasa-qo‘shilaveradi, istagan odamlar qurayshiylar bilan shartnoma tuzib, ittifoqqa qo‘shilishni istasa qo‘shilaveradi.

  • Sen Muhammad) bu yil Makkaga kirmay qaytib ketasan, kelasi yili biz Makkadan chiqib turamiz va musulmonlar uch kun Makkada turishlari ixtiyoriydir. O‘sha vaqtda musulmonlarning qilichlari qinida bo‘lib, boshqa hech qanday qurol bilan kelamaydilar.

Shartnomaga musulmonlar jamoasi tarafidan Muhammad payg‘ambardan so‘ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Abdurahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Suxayl g‘uraysh vakilining o‘g‘li), Sa’d ibn Abi-l-Vaqqos, Muhammad ibn Maslama imzo chekdilar. Qurayshilar tarafidan Suxayl ibn Amr, Miqroz ibn Xafs, Xuvaylid ibn Abdul Uzza imzo chekdilar.

Hijratning 8-yili Makka fath etildi. Havozin, Saqif qabilalari bilan Hunayn janggi bo‘ldi. Mushriklarning Lot, Manot, Uzzo nomli budlari yo‘q qilindi.

Makka fathidan so‘ng islom hukumati Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki shundan so‘ng Madinadagi musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida yagona davlat va siyosiy kuchga aylandi.

632 yili payg‘ambar hajga borishga qaror qildi. Bu uning oxirgi haji bo‘lganligi tufayli islom tarixida “Hajjatul vado” xayrlashuv haji) deb nomlandi. Bu safarga to‘qson ming musulmon otlandi. Zu-l-hijja oyining to‘qqizinchi kuni Arafot tog‘ida Payg‘ambar a.s. islom dinining asosiy shartlarini bayon etgan “Vidolashuv xutbasi”ni o‘qidilar. Shundan so‘ng, deyarli barcha arab qabilalari islomni tan olib Payg‘ambar a.s.ga elchi va maktublar yo‘llay boshladilar.

Hajdan Madinaga qaytgan Payg‘ambar bir oz muddatdan so‘ng kasllikka chalindilar. Zotan “Moida” surasining 3-oyati nozil bo‘lgan vaqtda sahobalarning ba’zilari payg‘ambar hayotining oxirlashib qolganligini sezgan edilar. Jumladan ushbu oyatda quyidagilar bayon etilgan:

...Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun faqat) Islomni din qilib tanladim” Moida surasi, 3-oyat).



Hijratning o‘n birinchi yilida Payg‘ambar a.s. vafot etdilar. Payg‘ambarning vafot etgan kuni haqida tarixchilar orasida turli xil fikr-mulohazalar mavjud. Tarixchilar V.V.Bartold, Muhammad Xuzariy Sayid Amir Ali, marhum profesor Mutalib Usmonov, Doktor Abdulmun’im Majid Muhammad payg‘ambarning vafot etgan kunini 632 yilning 8 iyun deb beradilar. Tarixchi Muhammad Rizo payg‘ambarni 632 yil 9 iyunda 11 xijriy yil, 12 rabiul avval) vafot etgan deb xisoblaydi.

Xulafo ar-Roshidin davri. Payg‘ambar vafoti xaqidagi xabar Madina axli orasida yoyilgach, ansorlar Bani soida saqfasida Xazraj qabilasining sayidi Sa’d ibn Uboda yoniga to‘plandilar. Ayni paytda musulmonlardan birining Abu Bakr oldiga kelib, Bani soida saqfasida ansorlar Rasulullohga xalifa saylash uchun yig‘ilganlarini xabar berishi e’tiborga loyiq. Chunki xuddi shu ma’lumot musulmonlar o‘rtasida xalifa saylash bir qator murakkab ixtilofiy muammolar bilan amalga oshishidan xabar beradi. Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob va Abu Ubayda ibn Jarrohlar Sa’dning betob bo‘lishiga qaramasdan, ansorlarga ma’ruza kilayotgan paytiga yetib keldilar.

Muhojirlar xalifani Quraysh qabilasidan saylanishini xohlar edilar. Chunki Quraysh qabilasi Arabiston yarim orolida nufuzi yuqori edi. Agar xalifa boshqa qabiladan saylansa, davlat ichida fitna oralashi shubhasiz, chunki muxojirlar birinchilardan bo‘lib payg‘ambarga iymon keltirganlar va Makka mushriklarining azoblarini birga totgan edilar.

Ansorlar esa muhojirlardan ko‘ra xalifalikka o‘zlarini haqliroq deb bilardilar. Ular payg‘ambar qiyin ahvolda qolganda unga yordam qilganlar va o‘z shaharlarining to‘rini bo‘shatib bergandilar va u bilan birga mushriklarga qarshi yelkama-elka turib jang qilgan edilar.

Muhojirlar xalifalikka Quraysh qabilasining nomzodini qo‘yar ekanlar, payg‘ambarning “Imomlik Quraysh haqqi”, “Imomlik Qurayshdan, qozilik ansordan va azon chaqirish esa habashdandir” - degan hadislarini dalil qilar edilar. Ular xalifalikka Umar ibn al-Xattob yoki Abu Ubayda ibn Jarrohning nomzodini ko‘rsatardilar.

O‘z o‘rnida ansorlar ham Qur’on oyatlari va payg‘ambarning hadislariga tayangan holda Sa’d ibn Uboda nomzodini xalifalikka qo‘ydilar. Ular muxojirlarning muayyan qabiladan xalifa saylash xaqidagi fikriga qarshi chiqib, xalifani har qanday qabiladan unga loyiq odamni topib saylash mumkin degan xulosaga keldilar.

Ansorlarning asosiy dalillari Qur’ondagi “Ollohning huzurida sevimlirog‘ingiz taqvodorlaringizdir” - degan oyati va payg‘ambarning “Agar boshi mayizga o‘xshagan qora xabash sizlarga boshliq bo‘lsa, unga itoat etinglar” - degan hadisi edi.

Mazkur xalifalikka nomzodlar orasida Payg‘ambarning urug‘idan xalifa saylanish tarafdorlari ham bor edilar. Ular Ali ibn Abi Tolib, Abbos, Zubayr, Fotima va boshqa Hoshim urug‘ining vakillari edi. Ular xalifalikka payg‘ambar oilasidan boshliq saylash ishtiyoqida edilar. Bu guruh xalifalikka Alini, undan keyin uning o‘g‘lini, keyin nabirasini va h.k. saylamoqchi edilar. Ularning ta’birlaricha, o‘rinbosar emas, faqat yetakchi imomgina Qur’onni sharh va tafsir qilishi, hadislarni tahlil etishi va shariat ishlarida hukm, fatvo chiqarishi mumkin edi. Shuning uchun ular payg‘ambar izdoshiga xalifa emas, “Imom” laqabini berganlar.

Shu ikki guruh orasidagi kichkina ixtilof islom ummatining Sunniy va Shia oqimlariga bo‘linishiga sabab bo‘ldi.Abu Bakr xalifalikka saylangach, uni musulmonlar “xalifat Rasululloh”, ya’ni “Payg‘ambarning o‘rinbosari” deb atadilar. Undan so‘ng xalifalikka saylangan Umar ibn al-Xattob payg‘ambarning emas, balki Abu Bakrning o‘rinbosari bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun musulmonlar uni “xalifat xalifat Rasululloh”, ya’ni “Payg‘ambar o‘rinbosarining o‘rinbosari” deb atashlari zarur edi. Bunday qiyin talaffuzdan qochish maqsadida Umar ibn al-Xattob o‘zini “Amirul mu’minin”, ya’ni mu’minlarning amiri deb atashlarini ma’qul ko‘rgan edi.

Xalifalik Ali ibn Abi Tolibga yetib kelgach, esa uning tarafdorlari uni “Imom” deb atay boshladilar. Shunday qilib, ilk arab xalifalari: xalifa, amirul mu’minin va imom laqablari bilan nomlanganlar.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar


  1. Islom dining asosiy aqidasi nimalardan iborat?

  2. Muhammad alayhi-s-salom qaysi davrda va qaerda dunyoga keldilar?

  3. Birinchi vahy qachon nozil bo‘ldi?

  4. 622 yildagi hijratning mohiyati nimadan iborat?

  5. Badr janggi qachon va qaerda bo‘lib o‘tdi?

  6. Makka fathi qachon amalga oshirildi?

Adabiyotlar

  1. Bolshakov O.G. Istoriya Xalifata. 1-3 chasti. M., 1989-1998.

  2. Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. M., 1991. - 315 s.

  3. Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi. T., 1992.

  4. Usmon Keski o‘g‘li. Hazrati Payg‘ambar hayoti. Turkchadan Ibrohim Yo‘ldosh Jo‘raboy o‘g‘li tarjimasi. T., 1997.

Bizning dinimiz avvalambor Qur’oni Karimga, uning ilohiy oyatlarini tushuntirib, ma’no-mazmunini bizga ayon qilib beradigan Hadisi sharifga asoslanadi”.



I.A.Karimov

7-Mavzu


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə