Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə16/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Ixtiyoriy diqqat qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.



Ixtiyoriydan so’nggi diqqat - diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo’lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflanmasa ham bo’ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali ko’rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog’liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa, faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir.
Diqqat murakkab psixologik jarayon bo’lib, uning bir qancha o’ziga xos xususiyatlari bor. Ulardan asosiylari quyidagilar:


Diqqatning ana shu xususiyatlari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.



Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə