Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika


Psixologik metodlarining klassifikatsiyasi



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə7/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Psixologik metodlarining klassifikatsiyasi.
Psixologik tadqiqot metodlari psixologiya amal qiladigan nazariy prinsiplarga va psixologiya hal etayotgan aniq vazifalarga bog’liq ekanligini ko’rsatib beradi. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosini ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak.

Psixologiya fanining asosiy metodlari



Kuzatish metodi

Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv
Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish

So’roq metodi

Og’zaki
Yozma
Erkin (suhbat)
Standartlashtirilgan

Test metodi

Test-so’rov
Test-topshiriq
Proektiv test
Sotsiometrik test

Eksperiment

Tabiiy
Lobaratoriya

Albatta obyektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro’yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro’yxatni to’g’ridan-to’g’ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo’llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to’g’ridan-to’g’ri muloqot metodi orqali o’tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayonda eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi»dan to’g’ridan-to’g’ri kuzatuvchiga nisbatan qo’llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so’rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o’zini erkin tutadi.
Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki aniq tadqiqot vazifalari bilan bog’liq holda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bundan tashqari eksperimental psixologiyada quyidagi metodlardan foydalanish mumkin.
Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo’li bilan qo’lga kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funksiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, qobiliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qo’llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya’ni ko’p masalalar yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’g’ri keladi. Biroq bilimlarni va o’rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo’llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish, texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko’proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.
O’z-o’zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suhbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali bo’lishi mumkin.
Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko’pmi standartlashtirilgan (birxillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo’lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o’tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.

Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə