Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə9/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Psixologiya va pedagogika. Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy hamda azaliy xarakter kasb etib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida, xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
Psixologiya va tabiiy fanlar. Biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqa fanlar psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy-fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi.
Psixologiya va kibernetika. Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi.
Psixologiya va texnika fanlari. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda psixologiyaning bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi singari tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda.
Zamonaviy psixologiya fanining asosiy sohalari.
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ruhiy dunyosini va o’zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat xrdisalarini tushunishga extiyoj sezishdan, o’tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsada, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o’sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to’g’risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o’zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta’siri natijasida psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta’siri, uning xulq-atvorini o’rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shgan bir qator konsepsiyalar, nazariyalar, oqimlar va yo’nalishlar vujudga keldi.

Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə