Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Milliy istiqlol g‘oyasi evolyusiyasida I.A.Karimovning O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat konsepsiyasining axamiyati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə10/18
tarix17.11.2018
ölçüsü0,87 Mb.
#80707
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18

Milliy istiqlol g‘oyasi evolyusiyasida I.A.Karimovning O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat konsepsiyasining axamiyati.
Ijodiy izlanishlar natijasida Prezidentimiz O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Bu konsepsiyada o‘z yo‘limizning shart-sharoiti va zaminlari, O‘zbekistoi demokratik va ijtimoiy adolat jamiyati ekanligi, O‘zbekiston - kelajagi buyuk, mustaqil, demokratik, hukuqiy davlat, bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodidan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat ekanligi ilmiy- nazariy jihatdan asoslab berildi.

Konsepsiyada milliy manfaatlarning ustivorligi va teng huquqligi, hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatning mohiti, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mustaqil O‘zbekistonning ichki sissatining negizi ekanligi, bunda inson manfaatlariga qaratilgan mehnatni rag‘batlantirish, kuchli mexanizmiga ega bo‘lgan va aholining ijtimoiy nochor bo‘lgan qatlamlarini davlat yo‘li bilan himoya qilish, mamlakat rivojlanishining ma’naviy-ahloqiy negizlari bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bosh g‘oyaviy tamoyillar ta’riflab berildi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish mamlakatda davlat va jamiyatning eng muxim vazifasi ekanligini ko‘rsatib berildi.

SHunday qilib, YUrtboshimiz rahnomoligida erkni qo‘lga kiritgan halqimiz u kishi rahnomaligida o‘z taraqqiyot yo‘lining, yangi jamiyat bunyod etishning o‘z andozalari xisoblangan bosh g‘oyalar tizimiga ham ega bo‘ldilar. Biz milliy davlatga hos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo‘li orqali, barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik, hukuqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini, xalqning munosib turmushini, huquqi va erkinligini kafolatlaydigan, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni qayta tiklash, insonning ma’naviy-ahloqiy barkamolligini ta’minlashiga xizmat qiladigan jamiyatni qurishga kirishdik.

Milliy istiqlol mafkurasinipg nazariy asoslarining takomillashuvida 1992 yili 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Konstitutsiya bevosita I.A. Karimovning fuqaro huquqi mafkurasi, davlat va uning funksiyalariga oid qarashlari asosida tayyorlandi. Bunda 12-modda bilan Respublikadagi ijtimoiy xayot, siyosiy institutilar, mafkuralar va fikrlarning xilma xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilish mumkin emasligi deb belgilab qo‘yildi. Bu milliy mafkuramizning naqadar demokratik va gumanistik xarakterga ega ekanligini qonunga ko‘ra belgilab berdi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi inson g‘oyasini chuqur va keng ifodalagan muhim xujjatdir. Unda inson, uning hayoti va erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquq, erkinliklari muqaddas hisoblanib, davlat himoyasidadir, deyilgan. Unda inson huquqi davlat huquqidan ustun turadi. YUrtboshimiz aytganlaridek davlat, uning barcha organlari, mansabdor shaxslar inson manfaatlari va hukuqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmog‘i lozim.

Asosiy qonunda belgilab qo‘yilganidek Respublikamizning barcha fuqarolari bir xil hukuk va erkinliklarga ega. Ayni vaqtda unda yagona fuqarolik o‘rnatilgan. Haqiqatda ham Prezidentimiz aytganlaridek, har bir shaxs faqat bir davlatning fukarosi bo‘la oladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir.



Milliy istiqlol mafkurasi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalkimiznipg quyidagi umumiy manfaatlarini ifodalaydi:

-mamlakatning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlar daxlsizligi;

-yurtning tinchligi, davlatning xarbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy, ekologik, informatsion taxdidlardan muhofaza etilishi;

-mamlakatda fuqorolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muxitini ta’minlash;

-har bir oila va butun xalkning farovonligi;

-jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillariga amal qilishi.



Milliy istiqlol mafkurasi ana shu talablarga javob bergan taqdirdagina quyidagi asosiy vazifalarni bajara oladi:

-mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurii shakllantirish ;

-hur fikrli, mutelik va jur’atsizlikdan xoli bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan iisonni tarbiyalash;

-odamlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon-e’tiqodini mustaxkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy muxit yaratish;

-vatandoshlarimiz tafakkurida o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab-avaylash,

-vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish;

-xalqimizga xos bo‘lgan iymon e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu-xayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirish. Mamlakatimizning ko‘p millatli xalqi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona vatan» degan tushunchani akllantirish va rivojlantirish.
(2 - ma’ruza)
Milliy davlatchilik g‘oyalarining mazmun-moxiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Ijodiy izlanishlar natijasida Prezidentimiz O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Bu konsepsiyada o‘z yo‘limizning shart-sharoiti va zaminlari, O‘zbekistoi demokratik va ijtimoiy adolat jamiyati ekanligi, O‘zbekistoi - kelajagi buyuk, mustaqil, demokratik, hukuqiy davlat, bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodidan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat ekanligi ilmiy- nazariy jihatdan asoslab berildi.

Konsepsiyada milliy manfaatlarning ustivorligi va teng huquqligi, hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatning mohiti, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mustaqil O‘zbekistonning ichki sissatining negizi ekanligi, bunda inson manfaatlariga qaratilgan mehnatni rag‘batlantirish, kuchli mexanizmiga ega bo‘lgan va aholining ijtimoiy nochor bo‘lgan qatlamlarini davlat yo‘li bilan himoya qilish, mamlakat rivojlanishining ma’naviy-ahloqiy negizlari bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bosh g‘oyaviy tamoyillar ta’riflab berildi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish mamlakatda davlat va jamiyatning eng muxim vazifasi ekanligini ko‘rsatib berildi.

SHunday qilib, YUrtboshimiz rahnomoligida erkni qo‘lga kiritgan halqimiz u kishi rahnomaligida o‘z taraqqiyot yo‘lining, yangi jamiyat bunyod etishning o‘z andozalari xisoblangan bosh g‘oyalar tizimiga ham ega bo‘ldilar. Biz milliy davlatga hos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo‘li orqali, barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik, hukuqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini, xalqning munosib turmushini, huquqi va erkinligini kafolatlaydigan, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni qayta tiklash, insonning ma’naviy-ahloqiy barkamolligini ta’minlashiga xizmat qiladigan jamiyatni qurishga kirishdik.

Milliy istiqlol mafkurasinipg nazariy asoslarining takomillashuvida 1992 yili 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Konstitutsiya bevosita I.A. Karimovning fuqaro huquqi mafkurasi, davlat va uning funksiyalariga oid qarashlari asosida tayyorlandi. Bunda 12-modda bilan Respublikadagi ijtimoiy xayot, siyosiy institutilar, mafkuralar va fikrlarning xilma xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilish mumkin emasligi deb belgilab qo‘yildi. Bu milliy mafkuramizning naqadar demokratik va gumanistik xarakterga ega ekanligini qonunga ko‘ra belgilab berdi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi inson g‘oyasini chuqur va keng ifodalagan muhim xujjatdir. Unda inson, uning hayoti va erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquq, erkinliklari muqaddas hisoblanib, davlat himoyasidadir, deyilgan. Unda inson huquqi davlat huquqidan ustun turadi. YUrtboshimiz aytganlaridek davlat, uning barcha organlari, mansabdor shaxslar inson manfaatlari va hukuqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmog‘i lozim.

Asosiy qonunda belgilab qo‘yilganidek Respublikamizning barcha fuqarolari bir xil hukuk va erkinliklarga ega. Ayni vaqtda unda yagona fuqarolik o‘rnatilgan. Haqiqatda ham Prezidentimiz aytganlaridek, har bir shaxs faqat bir davlatning fukarosi bo‘la oladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir.


O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning rivojlanish bosqichlari.
Insonning o‘zligini, dunyoda tutgan o‘rni va istiqbolini anglashga bo‘lgan ehtiyoj natijasida rivoj topgan mafkuralar tarixiy tarakqiyot davomida va bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlar ta’sirida muayyan ijtimoiy qatlamlar, davlatlarning boshqalar ustidan hukmronligini asoslovchi, uni ta’minlashga xizmat qiluvchi axamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy-siesiy, madaniy - ma’rifiy, ilmiy - texnik aloqalarning kengayishi va chuqurlashi sharoitida bunday mafkura shakllari g‘oyaviy kurashning keskinlashuvi, global xarakter kasb etishiga va dunyonish mafkuraviy manzarasining yangi sifatiy holatiga olib keldi.

Bugungi kunda aksariyat davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadri-yatlar va demokratik tamoyillarga asoslansa-da, moxiyat e’tibori bilan insoniyat istiqbolini belgilashda universallikka da’vogarlik qilayotgan, etnik, kupkonfessional xarakterga ega bo‘lgan mafkura shakllarining o‘ziga xos ierarxiyasi yuzaga kelmoqda. Bu til, madaniyat, urf-odat, an’analarning ta’sirchan kuchi, inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati bilan belgilanadi.

Biz I.A.Karimov asarlaridagi metodolo a va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta xavf tugdiruvchi mafkura shakllaridan biri bo‘lgan shovinizmning g‘ayriilmiy va g‘ayriinsoniy xarakteri, uning tarixiy ildizlari, yangidan jonlanishini keltirib chiqarayotgan sabablarni taxlil kilamiz. SHovinizmning xavfi bunday pozitsiyada turgan kuchlarning axborot orkali tazyiq ko‘rsatish imkoniyatlarining kengligi, geosiyosiy maqsadlarga erishshish yo‘lida foydalanayotgan g‘oyaviy ta’sir utkazish vosita va mexanizmlarining xilma-xilligi bilan belgilanadi.

Xususan, mamlakatimizga nisbatan o‘tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy kiyiichiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uygotish yo‘li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chikarish va mintaqa davlatlari o‘rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishga urinishlarda, «bo‘lib tashla va hukmronlik qil» degan g‘arazli geosiesiy tamoyilga amal qilinayotgani ko‘rsatib berilgan. Bunda mintaqada gegemonlikka davogar bo‘lgan mamlakat borligini asoslash, ta’bir joiz bo‘lsa. shunday davlat obrazini yaratish yo‘lida ham jiddiy xarakatlar qilinmoqda. Bunday «obraz»larning yaratilish millatlar va davlatlararo munosabatlarda nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirgan. Hozirda bunday «obraz»larning yaratilishi natijasida mamlakatlarning iqtisodiy, ma’naviy-intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o‘rniga ana shu «obraz» ta’sirining oldini olishga yo‘naltirilmokda. Natijada asosiy maqsadga - muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o‘z ittifokchisiga aylantirishga xarakat kilinmokda.

«Imtiyozli hamkor»ni belgilash muayyan mintaqada razryadli geostrategik manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan yana bir tamoyil xisoblanadi.

Diniy, milliy birlik, madaniy yaqinlik, tarixan qaror topgan ij-timoiy-iqtisodiy aloqalar eki boshqa sabablarga ko‘ra har bir davlat kim bilandir imtiyozli hamkorlik kiladi. Bu tabiiy holat. Ammo gap «imtiyozli xamkor»dan mintaqa davlatlari o‘rtasida ayirmachilikni shakllantirish, «nomaqbul» mamlakatlar imkoniyatlarini cheklash yo‘lida foydalanish, shu bilan birga «hamkor» davlatning mintaqada qaysidir jihatdan ustun-likni ta’minlashga qaratilgan intilishlar haqida bormokda. Aslida u yoki bu ko‘rinishdagi ustunlikni ta’minlash-ham asosiy maqsad emas. Bosh maqsad - muayyan mintaqaga ta’sir o‘tkazish platsdarmiga ega bo‘lishdir. Bunday platsdarmga ega bo‘lishga intilish esa o‘z navbatida ushbu mintaqaning geostrategik imkoniyatlari bilan belgilanada. Amalda imtiyozli xamkorni belgilashda ana shunday uzoqni ko‘zlovchi garazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlar asos kilib olinayotganini, «imtiyozli hamkor» tamoyili «bo‘lib tashla va hukmronlik qil» prinsipining to‘ldiruvchisi sifatida chiqayotganini ko‘rsatmoqda.

Qayd etilgai tamoyillarning nazariy ifodasi sifatida chiqadigan g‘oyaviy qarashlar taxliliy muxim axamiyatga egadir.

SHuningdek, uzoq vaqt davomida bir ittifoq - imperiya doirasida yashash natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy aloqadorlik va bog‘liqlik, ijtimoiy-madaniy hayotdagi muayyan yakinlik, o‘xshashlik, umumiylikni mutlaklashtirdir. SHunga asoslangani bilan ajralib turuvchi va pan-sovetizm deb atalishi mumkin bo‘lgan qarashlarning mohiyati, uning tarafdori bo‘lgan kuchlarning o‘z maqsadlarige erishish yo‘lida ilgari sura-yotgan g‘oyalarini xam chukur urganish mumkin.

Inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan hozirgi davrda e’tikod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’miilashga harakat qilayotgan kuchlar ham bor. Xususan, islom dinini qurol qilib olgan akidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qati nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi hakidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona xalifalik ostida, sodda qilib aytganda, diniy asosda siyosiy birlashuvi g‘oyasini ilgari suradilar Ular o‘z qarashlarini aksariyat xollarda diniy-ma’naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, texnik sohalardagi hamkorligiga, xalklar taraqqiyotiga yo‘l ochadi, degan shaklda taqdim etishga harakat qiladilar.

Ammo jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish yoki uni yo‘kotish hisobiga yagona islom davlati tuzishni ko‘zlayotganlari ma’lum bo‘ladi. Ikkinchidan, musulmon xalifaligini tikllashga, uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu harakatlar aynan milliy o‘z-o‘zini anglashning o‘sishiga qarshi qaratilganini yashiradilar. Zero, bu g‘oyani singdirish yo‘lida xalqimizning islom diniga e’tiqod qiliishga alohida urgu beriladi. Masalaning nozik jihati shundaki, bunday kuchlar shu yo‘l bilan o‘z tariximiz, tilimiz, betakror madaniyatimiz, jahon xalklari o‘rtasidagi o‘ziga xos o‘rnimiz, o‘z taraqqiyot yo‘limiz borligini tan olmaslikka harakat qiladilar.

SHuningdek, bugungi kunda aqidaparastlik, diniy ekstremistik xarakterdagi sekta va harakatlar faoliyati jonlanganlining sabablari, inson hayoti va jamiyat taraqqiyotiga taxdidini urganish unga real baxo berish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham muxim axamiyatga ega. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi va ularning xar birining dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinishi va konkret masalalarni, mintaqaviy va xalqaro muammolarni hal kilishda, geostrategak maqsadlarni belgilashda «birodar» mamlakatlarga o‘zaro yon bosishlik hollarida yaqqol namoyon bo‘lmokda.

Jahonning mafkuraviy sahnasida kechayotgan jarayonlar taxlili asosida dunyoning mafkuraviy manzarasi yaxlit ijtimoiy fenomen sifatida ta’rif-langan. Aksariyat mamlakatlarning ko‘p millatliligi, bir tomondan, milliy sissat davlat kundalik siyosatining uzviy qismiga, ikkinchi tomondan, millatlar o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteri mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi, unga kuchli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biriga aylanishiga olib keldi.

Aksariyat mamlakatlarga xos bo‘lgan bunday ko‘p millatlilikni tabiiy-tarixiy kup millatlilik, deb atash maksadga muvofikdir. CHunki, u tabiiy ravshida kechgan va vaqt nuqtai nazaridan nisbatan uzoq davom etgan tarixiy jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.

Ikkinchi turdagi ko‘p millatlilikni shartli ravishda ijtimoiy-siesiy ko‘p millatlilik, deb atash mumkin. U turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar va bir xalqning ikkinchisi ustidan hukmronligini ta’minlash, u yoki bu millatning miqdoriy ustuvorligiga barham berish niyatida jamiyatning etnik tarkibini ataylab murakkablashtirgan.

Respublikamiz aholisining etnik tarkibida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy ko‘p millatlilikning chukurlashib borishi sabablarini urganish muxim axamiyat kasb etadi.

Dunyoning turli nuktalarida milliy uygonish, etnik o‘z-o‘zini ang-lashning o‘sishi sodir bo‘lmoqda.

Milliy differensiatsiya jarayoni nafaqat federativ davlatlar o‘rnida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi shaklida, balki quyidagi ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘lmoqda.

Tarixan millatlarning shakllanishi tabiiy-stixiyali tarzda - ob’ektiv iqtisodiy, insoniy, madaniy aloqalar zamirida yuzaga kelgan. Ammo hozirgi davrda ichki milliy munosabatlarni kuchaytirish, mustaxkamlashda onglilik, aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilishga va mustaqil milliy dav-latni tuzishga bo‘lgan intilish kuchayib bormoqda. Bu o‘zining davlat tu-zilmalariga ega bo‘lgan millatlar tajribasi ta’sirida sodir bo‘lmokda.

Bugun integratsiya jarayonlari ham chuqurlashib bormokda va bunday holat dunyoning barcha mintaqalarida kuzatilmokda, yaqin istikbolda insoniyatniig taqdiriga dahldor masalalarni xal etishda chuqur integratsiyalashgan mintaqalarning o‘rni yuqori bo‘lishligi xakdir.

SHunday istiqboldan kelib chiqib, iiida I. A. Karimovning tashab-busi va bevosita ishtirokida tuzilgan Markaziy Osiyo hamkorligi tash-kilotining mintaqamizning jahonda yuzaga kelayotgan mintaqaviy integratsiya qutblarida munosib o‘rinni egallashiga imkon yaratilganligi asoslab berilgan.

Istiqlolning millatlar taqdiri va ular o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish uchun sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan ayrim respublikalardagi mavjud voqelikni urganib chikish lozim.

O‘zbek milliy siyosati modeliga xos xususiyatlar Konstitutsiyamiz va amaldagi qonunlarimizda o‘z ifodasini toptan va «etnik rang» kasb etgan tamoyillar va O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi faoliyatida xam

Millatlararo munosabatlarni o‘ziga xos, murakkab va serkirra tizim sifatida qarash mumkin. Bu o‘ziga xoslik boshqaruv jarayonida inobatga oli-nishi va, birinchidan, jamiyat milliy tuzilinshning tarkibiy qismi xisoblangan etnoslarning ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy, madaniy ehtiyoj va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ikkinchidan, millatlararo munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni to‘gri baholash hamda mavjud muammolarni hal kilishga qaratilgan, kompleks xarakterga ega chora-tadbirlarni ishlab chiqishdek bir-biri bilan uzviy bog‘liq vazifalarni hal etishga xizmat kilishi zarur. Qayd etilgan vazifalarning qanday maqsaddarni ko‘zlab hal etilishi mohiyat e’tibori bilan stixiyalilikka deyarli o‘rin qoldirmaydigan, ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo munosabatlarning muayyan tipini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur xulosadan kelib chiqqan holda, respublikamizda ijobiy mazmunga ega millatlararo munosabatlarni qaror toptirish borasida olib borilayotgan harakatlar bugungi kunda o‘zining real natijalarini bera boshlagani migratsiya jarayonlari barqarorlashuvi, aholi ongi va ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini kursatib turibdi. Tashqi migratsiya jarayonlarining barqarorlashuvi, birinchidan, respublikamizda ko‘p millatlilikka buzuvchi kuch emas, balki yaratuvchilik qudratiga ega bulgan omil sifatida qaralgani va baholangani natijasidir. SHuningdek o‘zbeklar va qoraqalpoqlar bilan asrlar davomida birgalikda yashab kelgan tojik, qozok, kirgiz, turkman xalklari o‘rtasidagi aloqalarning millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, Markaziy Osiyo madaniy-ma’naviy makonini qaror toptirishdagi o‘rni va bu jarayonda «Turkiston - umumiy uyimiz» g‘oyasining ahamiyati katta buldi.

Ayni payt-da, milliy-madaniy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan institutsional asoslarning yuzaga kelishi uchun ham tegishli shart-sharoitlar yaratildi. Millatlararo munosabatlarni yanada takomillanggirish, milliy kadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiklashtirish, ularga tashkiliy va uslubiy yordam berishni yo‘lga qo‘iish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublikada baynalmilal madaniyat markazining tashkil etilgani fikrimizning isboti bula oladi. ansambllari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.

YUrtimizda yashovchi turli millat va elat vakillarida yagona Vatan tuy-gusining shakllanib borayotgani metodologik ahamiyatga ega. SHu nuktai nazardan qaraganda, turli millatlar va elatlar vakillarining etnosiyosiy vatanlari bilan alokalarining kengayishi milliy o‘zlikni saqlab qolishga ishonch tuygusining mustahkamlanshiga xizmat qiladi.

Genezisi nuqtai nazaridan insoniyat taraqqiyotining turli davrlariga taallukli bo‘lsada, bugungi kunda din va millat hamda diniylik va mil-liylik murakkab o‘zaro bog‘liklikni tashkil etadi. Ma’lumki, din o‘zining integrativ funksiyasining kuchliligi bilan ajralib turadi. Dinlarning polietnik xarakterga egaligi sharoitida esa bu nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday ekan, muayyan dinga xolis yoki noxolis munosabat unga e’tiqod qiluvchi etnoslar tomonidan tegishlicha anglanishi, baholanish va millatlararo munosabatlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir kilishi mumkin.

Konstruktiv hamkorlik tarafdori bo‘lgan mo‘tadil diniy oqimlardan tortib, uz maqsadlariga erishish yo‘lida hech qanday vosita va usullardan tan tortinmaydigan o‘ta radikal okimlargacha faoliyat olib borayotgani bugungi kunda kuzatilmoqda.

Konkret sotsiologik tadqiqotlar natijalariga tayangan holda diniy ekstremizmning millatlararo munosabatlarga ta’sirini ko‘rsatib berish muximdir.

Mustaqillik sharofati tufayli ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori dinga, dindorlarga bo‘lgan munosabat sohasida ham tub o‘zgarishlarga yo‘l ochilgani xam diniy bag‘rikenglik an’analarining rivoji uchun imkoniyat yaratgan omil bo‘ldi. Bu, birinchidan, bugungi kunda ulamolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari, ikkinchidan, diniy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berilganida yaqqol ko‘rinmokda.

Noislomiy konfessiyalar faoliyati bilan bog‘liq ijobiy o‘zgarishlar ham buni tasdiklaydi. Istiqlol sharofati tufayli tarixda birinchi marta Toshkentda pravoslav, Samarqandda esa protestantlar seminariyasi faoliyat ko‘rsata boshlagani ham yuqoridagi fikrimizning isboti bo‘la oladi.

Respublikamizda pravoslavlikka e’tiqod qiluvchilar miqdoran islom diniga mansub aholidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ana shu holatni e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu ikki konfessiya vakillari o‘rtasidagi mu-nosabatnin: ijtimoiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni ta’min-lashdagi o‘rni nechogli muhim ekanligi oydinlashadi.

Millatlararo munosabatlarning xarakteri fuqarolarning e’tiqod er-kinligi nechog‘li adolatni ta’minlanganiga ham bog‘likligini inobatga olib, Uzbekiston Reslublikasining yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunining ahamiyatiga ham urgu berish kerak.

Demokratik qadriyatlar, milliy istikdol g‘oyasi va millatlararo mu-nosabatlarnipg o‘zaro aloqadorligini tadqik, etish jarayonida «davlat maf-kurasi» va «milliy mafkura» tushunchalarining mazmuni qiyosiy taxlil qilingan va Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan «Uzbekistan Res-publikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar-ning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.

Turli ijtimoiy institutlarning hamkorliqdagi faoliyati hamda ti-zimli va tadrijiy tarzda olib borilgan mafkuraviy tarbiya natijasidagi-na milliy istiklol g‘oyasini kishilar qalbi va ongiga singdirishdek mu-rakkab va serqirra jarayon ko‘zlangan natijani beradi. Xususan, fan, mada-niyat, madaniy-ma’rifiy muassasalar, oila, mahalla, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari kabi ijtimoiy institutlar bu jarayonda muhim o‘rinni egallaydi. Bu, bir tomondai, ularning har birining kishilar ongiga ta’sir o‘tkazishning o‘zi-ga xos va betakror usullarga ega ekani va, boshka tomondan, har bir inson butun hayoti davomida oila, mahalla, ommaviy axborot vositalarining mun-tazam ta’siri ostida bo‘lishi bilan belgilanadi. SHuningdek, ko‘p millatlilik sharoitida yoshlar ongida millatlararo totuvlik g‘oyasi ustuvor bo‘lishining ahamiyati va bu jarayonda ta’lim tizimining o‘rni masalasiga ham alohid e’tibor berilgan.

Ta’lim tizimi milliy tarix, madaniyat va an’analarni o‘rgatish ja-rayonida boshqa xalqlarning shunday belgi va sifatlariga nisbatan ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydi, ularni o‘rganishga sharoit yaratadi. Bu ikki holat, ya’ni o‘z millatini sevish, boshqa millatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish insonda yagona insoniyatga daxldorlik tuygusini kamol toptiradi, tashuvchisi turli etnoslar bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlarni asrab avaylashga o‘rgatadi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mafkuraviy tarbiya jarayonida yoshlarni millatlararo muloqotning to‘laqonli sub’ekti sifatida shakllantirish ham alohida e’tiborni talab qiladi.

SHuningdek, milliy istiklol g‘oyasini turli millatga mansub o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish borasidagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil etish asosida ularni hal qilishga qaratilgan taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish va bunga keng jamoatchilikni jalb kilmok kerak.

Hozirgi zamon kishisi ulkan axborotlar ummoniga ko‘milgan paytda, uzatilayotgan axborotlarning ob’ektivligi masalasiga alohida e’tibor be-rish lozim. Axborotning ob’ektiv emasligi, bir tomondan, ularga ishonch-sizlikning shakllaniishga, boshqa tomondan, noto‘g‘ri tasavvurning ildiz otishiga va jamiyatda kechayotgan jarayonlarning mohiyatini tushunmaslikka zamin yaratadi.

Milliy hayot, millatlararo munosabatlar keng ma’nodagi ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bo‘ladi. SHundan kelib chiqib, biz milliy istiqlol g‘oyasini kishilarimiz ongiga singdirish yo‘lida hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar tahliliga alohida e’tibor berilgan va mahalliychilik, kompaniyabozlik kabi illatlarga qarshi kurashish bilan bog‘lik masalalarni Prezident I.A.Karimov asarlari va sotsiologik tadqikotlar natijalariga tayanib baho bermog‘imiz kerak.

Mamlakatimizning kup millatliligi sharoitida titul millat sifatida milliy o‘zligimizni anglashimizda yurtimiz fuqarolari hisoblanmish o‘zga el va elatlar vakillariga chuqur hurmat, ularning o‘zligini, qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirishga bo‘lgan intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axlokiy javobgarlik, bir so‘z bilan aytganda, milliy mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash xam nihoyatda muhimdir. Ana shundagina millatlararo totuvlik, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik barkaror bo‘ladi.

Milliy hayot va millatlararo munosabatlar sohasida onglilik va aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish hollarining kuchayib borishi milliy differensiatsiya va integratsiya jarayonlari hamda aksariyat hollarda tabiiy-tarixiy xarakterga ega bo‘lgan ko‘p millatlilikning ijtimoiy-siyosiy omil-lar ta’sirida yanada chuqurlashuviga sabab bo‘lmoqda. Bu, bir tomondan, dunyo-ning milliy asosda bo‘linishining davom etishsa, ikkinchi tomondan, min-taqaviy integratsiya qutblarining yuzaga kelishiga zamin yaratadigan milliy siyosatning o‘ziga xos modellarining shakllaniishga olib kelmoqda.


Hozirgi davrdagi davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar.
XIX asrga kelib jahonda mustamlakachilik harakatlarining kengayib borishi Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikadagi ko‘plab yangi-yangi xalqlarning bo‘ysundirilishiga olib keldi. Zabt etilgai hududlarda «Evropa - madaniyatlar o‘chog‘i» degan aqidaga asoslangan evropatsentrizm g‘oyasi, irqchilik va millatchilik avj oldi. Jahondagi barcha xalqlar G‘arbning dini, ma’naviyati, ma’rifati, urfodatlari va turmush tarzidan o‘rnak olishi lozim, degan aqida mustamlakachilarning asosiy g‘oyasiga aylandi. Evropatsentrizm g‘oyalari turli hududlarda zo‘ravonlik yo‘li bilan tatbiq etildi. Bu g‘oya asosida evropalashtirish (g‘arblashtirish) jarayoni avj oldi. G‘arbcha dunyoqarash va turmush tarzi keng targ‘ib etila boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmida dunyo xaritasi iqtisodiy va harbiy jihatdan ustun mamlakatlar va ularga qaram bo‘lgan, aholisi qashshoq, mustamlaka o‘lkalarga bo‘linishi ta’sirida G‘arb xalqlarining boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi g‘oyasi ilgari surildi. Bu kabi intilishlar XX asr va ayniqsa, XXI asrning boshlariga kelib yanada avj olib, G‘arbdagi siyosiy kuch va markazlar SHarq jamiyatlariga "erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish", "adolat va tartib o‘rnatish", "sivilizatsiyaga oshno etish" va "ochiq jamiyat barpo etish" niqobi ostida amalga oshirilayotgan siyosatning asl mohiyati va maqsadlari, avvalo, muayyan mamlakatlarni o‘ziga tobe etish, ularning er usti va er osti boyliklarini egallab olish, milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo etishga qaratilgan.

Demokratiyani olg‘a surish”.

Avvalo demokratiya niqobidagi tahdidlar xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlar tamonidan ongli ravishda, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. Ular uzoq va davomli strategik rejalarga ega ekani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Erkinlik, demokratiya, inson huquqlari kabi jozibali g‘oyalarni niqob qilib olgan bu siyosiy kuchlar shu asosda dunyodagi xohlagan mustaqil davlatning ichki ishlariga aralashib, g‘arazli maqsadlariga erishmoqchi bo‘ladi.

SHuning uchun ham bunday tahdidlardan ko‘zlangan maqsad ayrim qudratli davlatlar tomonidan muayyan mamlakatlarni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan tobe qilishi, endigina rivojlanib kelayotgan milliy davlat va hududlarning er osti hamda er usti boyliklarini egallab olish, dunyoning ba’zi mintaqalardagi tinch hayotni izdan chiqarib, bu erlarda aynan qudratli davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarni hokimiyat tepasiga keltirish kabi mudhish oqibatlarni sodir etishdan iboratdir.

Bir so‘z bilan aytganda, demokratiya niqobidagi tahdid mustaqil davlatni o‘zga bir davlatga qaram qilishga qaratilgan xavf-xatardir. Bunday g‘arazli siyosatga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Misol uchun, sobiq YUgosloviya davlati erkinlik va demokratiya niqobi ostida bir necha mayda davlatlarga bo‘lib yuborildi. Demokratik jamiyat qurish bahonasida Iroq va Afg‘onistonda hamon urush alangasi o‘chgani yo‘q.

XIX asrning 80-yillaridan boshlab ayrim g‘arb g‘arb mamlakatlari yordamida YAponiyaning Nagasaki va Xrosima shaharlarini megopolis shahrlarga aylantirish harakatlari boshlandi. Bu ikki shaharda xorij mablag‘i hisobidan sanoat rivojlantirildi, g‘arbona turmush tarzi targ‘ib etildi. 1945 yilga kelib esa aynan Nagasaki va Xirosima shaharlariga atom bombasi tashlangani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Salkam oltmish yil davomida qurilgan shahar vayron qilib tashlandi va hozirga qadar davom etib kelayotgan nurlanish kasaliga duchor qilindi.

SHu ma’noda, chetdan bo‘ladigan “mehribonchilik”larni hamma vaqt ham beg‘araz deb bo‘lmaydi. Jumladan, erkinlik va demokratiya niqobi ostidagi intilishlarni ham. Bu niqoblar, shunchalik jozibaliki, ularning zararli mohiyatini darhol anglab olish qiyin. CHunki ular balandparvoz va’dalarga o‘ralgan bo‘ladi. Bunda ko‘pincha quyidagi usullar qo‘llanadi:

muayyan davlat uzluksiz va izchil ravishda xalqaro miqyosda yillab tanqid qilib boriladi;

mustaqil davlatning rahbariyati asossiz ravishda demokratiyani xush ko‘rmaslikda ayblanadi;

mustaqil davlat fuqarolari orasida manfaatparast, Vatan tuyg‘usidan bebahra kishilar topilib, soxta demokratiya g‘oyalariga, aldanishga moyil odamlar guruhi shakllantiriladi;

boylikka o‘ch va hokimiyatparast ayrim kimsalar bilib-bilmay bunday g‘arazli siyosiy kuchlarga xizmat qila boshlaydi, ular arzimas muammolarni ham yirik muammo sifatida ko‘rsatib, ayuhannos solishadi;

vaqt o‘tib, ma’lum bir sharoitlar etilgach, “rangli inqilob” qilinib, hokimiyat tepasiga betayin va beburd, xalq, Vatan manfaatlaridan begona, aksincha yot manfaatlarga xizmat qiladigan kimsalar ko‘tariladi.

Bularning barchasi tadrijiy ravishda, shov-shuv ko‘tarilmasdan zimdan bamisoli tabiiy rivojlanish zarurati shuni taqozo etayotgandek amalga oshiriladi. Qizig‘i shundaki, bu g‘arazli siyosiy o‘yinga manfaatdor davlatlar, qani, nima bo‘lar ekan, voqealar rivoji bizning foydamizga ishlasa qo‘shilamiz, bo‘lmasa, tinch turganimiz ma’qul, degan qoidaga amal qilib, shunchaki tomoshabin bo‘lib turadi va turli grantlar vositasida o‘z harakatchilarini moliyaviy ta’minlash bilan cheklanadi. Zaruratga qarab, bu harakatchi ularning faoliyati zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab boriladi. Bunday siyosiy kuchlarning vakili istalgan vaqtda dunyoning har qanday davlatiga etib bora oladi. Buning uchun muayyan mablag‘, sharoit va imkon – barcha-barchasi muhayyo qilinadi.

Xullas, ana shunday makkorlik bilan o‘ylangan xatti-harakatlar, g‘oyaviy, moliyaviy, tashkiliy-amaliy omillarning birgalikdagi qudratli kuchi orqali real hayotga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan soxta g‘oyalar ham sodda va ishonuvchan, mafkuraviy immuniteti to‘la shakllanmagan insonlar nazarida bamisoli haqiqatga o‘xshab ko‘rina boshlaydi. Bunday aldanishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun doimiy hushyorlik va ogohlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ilmiy asosda dunyodagi real holatlardan, mafkuraviy kurash talablaridan kelib chiqqan holda olib borish zarur.

Demokratiya niqobida turli jozibali dastur va harakatlar bugungi kunda g‘arazli maqsadlarni ko‘zlaydigan siyosiy kuchlarning eng maqbul va qulay kurash usuliga aylanib bormoqda. Bu usul bamisoli ichi zaharga to‘la bo‘lgan asalni eslatadi. Ko‘pchilik sodda odamlar uni asal sifatida tasavvur etib, aslida nima ekanligini bilmay, iste’mol qiladi, ammo uning tarkibidagi zahar bir kun kelib qon qustirishidan bexabar bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, demokratiya niqobidagi tahdidlarning mudhish oqibatlari keng ko‘lamdagi hech narsa bilan o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan ma’naviy-ruhiy zarari bilan dahshatlidir. Bunday zararlarning asosiy ko‘rinishlari haqida gapirganda, quyidagilarga alohida to‘xtalish o‘rinli bo‘ladi.

1. G‘arazli maqsadlarni ko‘zlaydigan kuchlar erkin turmush tarzi, iqtisodiy ma’murlik va farovon hayot va’da qiladi. Bunday jozibali va’dalar har qanday sodda kishini o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan va o‘tish davridagi davlatlarning fuqarolari bunga tez ishonib qoladi. SHu ma’noda, demokratiya niqobidagi tahdidning birinchi zarari mustaqil davlatning fuqarolari ongini yolg‘on va’dalar bilan chalg‘itishdir.

2. Demokratiya niqobidagi tahdiddunyoqarashi hali to‘liq shakllanmagan odamlar, avvalo yoshlarni ma’naviy jihatdan majruh qiladi. CHunki yolg‘on va’dalarga ishongan odamda o‘z Vatani, xalqi va jamiyatiga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Ularda fidoyilik, tashabbuskorlik va mehnatsevarlik ishtiyoqi asta-sekin so‘nib boradi. Eng yomoni – shaxsda o‘z jamiyatida o‘zini yolg‘iz sezish ruhi paydo bo‘ladi. Bu esa jamiyatda parokandalikka, birlik va birdamlikka putur etishiga olib keladi.

3. Demokratiya niqobidagi tahdid davlatning mustaqilligi, xalqning tinch-osoyishta hayotiga xavf soladi. CHunki yot g‘oyalar ta’sirida inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashib, mamlakat asta-sekin boshqalarga, iqtisodiy qaram bo‘lib boradi.

4. Demokratiya niqobi ostida mustaqil davlatga iqtisodiy tazyiq va cheklovlar e’lon qilinadi. Bu esa mamlakatning tashqi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumki, dastlabki yillarda, “Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish” degan doktrina asosida sobiq SSSR hududida g‘oyaviy - informatsion tahdidlar avj olgan edi. SHuning oqibatida Ukraina, Gruziya va Qirg‘iziston davlatlarida “rangli inqilob”lar amalga oshirilgan edi. Bugun, oradan ancha vaqt o‘tgach, ana shu inqiloblar mazkur mamlakatlar aholisi uchun yangi-yangi muammo va tashvishlardan boshqa hech narsa bermadi. Buni o‘sha mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi holatlar ham tasdiqlab turibdi.

Birinchidan bu mamlakatlarning iqtisodiyoti o‘nglanmadi, aksincha, ularda yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasayib ketdi. Mazkur davlatlar tashqi qarz batqog‘iga qotib qoldiki, bu esa iqtisodiy qaramlik va nochorlik belgisidir.

Ikkinchidan mazkur davlatlarning o‘zlariga yon qo‘shni davlatlar bilan munosabati yomonlashdi. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish, transport, kommunikatsiya, yo‘l va ijtimoiy hayot sohalari bilan bog‘liq jiddiy muammolar majmui kelib chiqdi.

Uchinchidan mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha yagona fikr va kelishuv bo‘lmagani uchun mamlakatdagi siyosiy kuch o‘rtasida ham, rahbariyati orasida ham bo‘linish ro‘y berdi. Natijada davlat boshqaruvida samaradorlik yo‘qoldi, boshboshdoqlik yuzaga keldi.

To‘rtinchidan mazkur mamlakatlarning aholisi o‘rtasida bo‘linish yuz berdi, ma’naviy-axloqiy muhit izdan chiqa boshladi Odamlar bir - birlariga nisbatan “Sen kim tamondansan?” deyish bilan so‘z boshlaydigan bo‘lishdi va qo‘shni davlatlarda yashovchi qarindosh-urug‘lari bilan ko‘rishish baxtidan judo bo‘ldi.

Aslida bu inqiloblar oldidan odamlarga qanday quruq va’dalar berilgan edi? Lekin ularning barchasi sarob bo‘lib chiqdi. Demak, demokratiya niqobidagi tahdidlarning zararli oqibatlari shu qadar dahshatliki, ular milliy mentalitetni, o‘zlikni va Vatan taqdirini og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. SHu ma’noda “yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o‘ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga etib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‘lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi”dir Bu vazifa har bir sog‘lom fikrli inson uchun birlamchi, hal qiluvchi ish bo‘lishi kerak.

Rangli inqilob”lar.

Rangli inqilobdeb ko‘pincha qator SHarqiy Evropa mamlakatlarida, mahalliy aholining uyushtirgan, harbiylar ishtirok etmagan, ammo odatda siyosiy rejim almashinishi bilan tugallanadigan ko‘cha tartibsizliklari va ommaviy namoyishlariga aytiladi. Ba’zi ana shunday mamlakatlarda hatto hokimiyat tepasidagi sulolalar ham almashadi. Hozirgi paytda aynan qanday hodisani rangli inqilob nomi bilan atash to‘g‘risida yagona fikr mavjud bo‘lmasa ham, biroq barcha tadqiqotchilar Gruziyadagi Atirgullar inqilobi va Ukrainadagi inqilob aynan rangli inqilob bo‘lganligini uqtiradilar. Ko‘pgina tadqiqotchilar YUgoslaviyadagi Buldozerlar inqilobini ham shu nom bilan atash mumkin deb aytadilar.

Ba’zilar fikricha, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Lolalar inqilobini ham rangli inqiloblar sirasiga kiritish mumkin. Ammo bu fikrga qarshi chiquvchilar ham yo‘q emas.

Qator OAV va boshqa manbalarda shu kabi inqiloblar ro‘yxati yanada kengroq beriladi:



  • 2003 – Gruziyadagi Atirgullar inqilobi;

  • 2004 – Ukrainadagi Zarg‘aldoq rang inqilob;

  • 2005 – Qirg‘izistondagi Lolalar inqilobi;

  • 2006 – Belorussiyada inqilob qilishga urinish;

  • 2008 – Armanistondagi rangli inqilob qilishga urinish;

  • 2009 – Moldaviyada rangli inqilob qilishga urinish.

Bu kabi inqiloblar oppozitsiya o‘zi mag‘lub bo‘lgan saylovlardan keyin amalga oshiradigan ommaviy mitinglar, namoyish va ish tashlashlar shaklida amalga oshadi. Oppozitsiya bu hollarda saylov qonunchiligi buzilganligi, bu saylovlar xalq irodasini ifoda etmasligini uqtirib ko‘chalarga chiqadilar. Ommaviy chiqishlar yo qayta ovoz berish o‘tkazilishiga (Ukraina), yo hokimiyat idoralari binolarining omma tomonidan bosib olinishiga olib keladi (YUgoslaviya, Gruziya, Qirg‘iziston).

Inqilob korrupsiyaga qarshi va radikal-demokratik shiorlar ostida o‘tadi. Bu holda Russo xalq suvereniteti g‘oyalari asosiy o‘rin tutib, unda xalq (ko‘chaga ongli ravishda chiqqan fuqarolar) rejim tomonidan aldangan, noto‘g‘ri yo‘lga olib kirilgan ommaga qarshi qo‘yiladi.

Inqilobdan oldin yoshlar tashkilotlari shakllantirilib, ular o‘z navbatida “inqilob dala otryadlari”ni tashkil etadilar.

Inqiloblar qon to‘kishlarsiz o‘tadi. Ularda Gandi faoliyati va politsiyachilarga gullar ulashgan xippilar harakati ta’siri seziladi. Inqilob brendi (ramzi) sifatida “tajovuzkor bo‘lmagan rang” (ya’ni qizil yoki qora emas) tanlanishi ham inqilob tinchlik yo‘li bilan amalga oshirilishiga ishora.

SHu bilan birga inqilob ishida harbiylar va politsiyaning aralashmasligi yoki qat’iy va keskin harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi ham jiddiy rol o‘ynaydi. Biroq Qirg‘izistonda hukumat idoralariga tegishli binolar kuch bilan egallanganidan so‘ng politsiya bilan ro‘y bergan to‘qnashuvlar va do‘konlar talon-taroj qilinishi oqibatida bir qancha kishi jabrlangan (halok bo‘lganlar yo‘q).

Ba’zilar ko‘cha namoyishlarining J.Sorosning “Ochiq jamiyat”, Garvard universiteti, Albert Eynshteyn instituti, Xalqaro respublika instituti va Milliy demokratiya instituti (AQSH), Zo‘ravonliksiz (Kuch ishlatilmaydigan) mojarolar xalqaro markazi, Londondagi Strategik tadqiqotlar xalqaro instituti kabi jamg‘armalarning grant va stipendiyalari bilan bog‘liqligi to‘g‘risida uqtirmoqdalar. 2006 yilning aprelida “Moskovskie novosti” gazetasi savollariga javob bera turib, A.I.Soljenitsin shunday degan edi: “NATO o‘zining harbiy apparatini ochiq-oydin rivojlantira borib, ham Evropa sharqi orqali, ham Rossiya janubidan o‘rab olishga harakat qilmoqda. Bu yo‘lda rangli inqiloblarni moddiy va mafkuraviy qo‘llab-quvvatlash va SHimoliy Atlantika manfaatlarining Markaziy Osiyoga tatbiq etilishi kabilardan foydalanmoqda”.



“Dunyo fuqaroligi”. Kosmopolitizm  yunon, kosmopolites – “dunyo fuqarosi”) - dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechish g‘oyasini ilgari suradigan qarash. Kosmopolitizmning negizlari antik davr falsafasida vujudga kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Laertiyning ta’kidlashicha, "kosmopolit" so‘zi ilk bor kiniklar ta’limoti vakili sinoplik Diogen tomonidan qo‘llangan. Boshqa bir yunon mutaffakiri Plutarxning fikriga ko‘ra, ushbu tushunchani kitionalik Zenon kiritgan. Epiktet nazarida esa kosmopolitizm atamasining muallifi Suqrot bo‘lgan. Uning aytishicha, «Agarda faylasuflarning odam va Xudoning o‘rtasida yaqinlik bor, degan fikrlari to‘g‘ri bo‘lsa, unda insonning vatani qaer degan savolga Suqrotning men afinalik ham, karfagenlik ham emasman, men kosmopolitman, degan so‘zlari bilan javob berish lozim» bo‘lgan. Bunday ma’lumotlar Sitseron asarlarida ham uchraydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, kosmopolitizm g‘oyalari sofistlar ta’limotining tarafdorlari asarlarida ham ifodalangan. Antik polisni inqiroziga sabab bo‘lgan Peloponess urushlari makedoniyalik Iskandar imperiyasining paydo bo‘lishi, keyinchalik esa Rim hukmronligining kuchayishi turli mazmundagi kosmopolitik qarashlarni keltirib chiqargan. Makedoniyalik Iskandar, Mark Avreliy bu g‘oyalarni yangi hududlarni qo‘lga kiritish harakatlarida ko‘rgan bo‘lsa, stoiklar - Zenon va Kitiona kosmopolitizm idealini kishilarning hayotini umumjahon qonunlari orqali amalga oshirish imkonini beradigan yagona ijtimoiy shaklni izlashda deb bilgan. Bugungi kunda kishilik jamiyatining global yaqinlashuvi, avvalo, texnik taraqqiyot, transport vositalari, aloqa va kommunikatsiya tarmoqlari, mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Postkommunistik makonda mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ularning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga faol kirishishi globallashuvning yana bir kuchli omiliga aylandi. Hozirgi davrda globallashuv jarayonining kengayishiga aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi, ayniqsa, ishchi kuchining migratsiyasi sezilarli ta’sir qilmoqda. Dunyoning birorta ham davlati migratsiya jarayonlaridan chetda qolayotgani yo‘q. Buning ham o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, donor davlatlar, ya’ni migrantlarni etkazib beradigan mamlakatlarda aholining tez o‘sishi, mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi orasida ishsizlik darajasining yuqoriligi, maoshning pastligi, etarli darajada hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yuqori ish xaqi to‘lanadigan ish topish va o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatining cheklangani shular jumlasidandir. Retsipient, ya’ni qabul qiluvchi davlatlar uchun esa, qo‘shimcha arzon ish kuchiga, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj, hayot sharoitlari va maoshning yuqori darajasi xos bo‘lib, bu esa mehnat migratsiyasi uchun qulay sharoit yaratmokda. Aholining siljishi, o‘z navbatida, ob’ektiv hodisa bo‘lib, ma’lum ma’noda xalqaro aloqalar va iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashadigan jarayonlarning rivojlanishiga, xalqaro transport va kommunikatsiya vositalarining takomillashuviga, shuningdek, aholining xalqaro moliyaviy tuzilmalardan keng foydalanishiga, axborot tarqatish sur’atiga ijobiy ta’sir etadi.

Kosmopolitи́zm ( grek. κοσμοπολίτης — kosmopolit, Dunyo fuqarosi) — umuminsoniy qadriyatlarni milliy qadriyatlardan ustun qo‘yuvchi, dunyo fuqaroligini targ‘ib qiluvchi dunyoqarash.

Grek shaharlarida siyosiy hayot inqirozi, undan keyingi falsafiy tafakkur rivoji vatanparvarlik talablariga salbiy munosabatni paydo qildi. Agar ilgari odam o‘z shahrining fuqarosi bo‘lgan bo‘lsa, endi shaharlarning mustaqilligi va ahamiyati yo‘qolib, o‘zini butun dunyo fuqarosi sifatida his qilish boshlandi.

Bu o‘sha davrdagi rim davlatini dunyo davlati deb tushuntirishga ham mos kelardi. Aslida bu g‘oya umuminsoniy monarxiyani barpo etish g‘oyalariga borib taqaladi.

Kosmopolitizm vatanparvarlik tuyg‘ularidan, milliy madaniyatdan, an’analardan “inson zotining birligi” uchun voz kechishga chaqiradi. Buning uchun butun dunyo hukumatini tuzish orqali jahonni egallab olmoqni ko‘zlovchi ayrim guruhlar manfaatini ifodalaydi. Xalqlarning mustaqillik uchun kurashlarini susaytirishga xizmat qiladi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə