Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Milliy g‘oyaning targ‘ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqcadga muvofiq



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə12/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

Milliy g‘oyaning targ‘ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqcadga muvofiq
- qeng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a’zolariga g‘oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi.

- uzluksuzluk - milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi.

- qetma-qetlik; - har bir bosqich uchun taraqqiyot va inson kamolotiga xizmat qiladigan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;

- 6osqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ‘ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog‘liq bulib, ham targ‘ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tishini taqozo qiladi. - me’yoruyluk - aksiltarg‘ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishiga olib keladigan balandparvozliq rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yul quymaydi;

- shaxsii ibrat - milliy g‘oyani targ‘ib qilishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o‘quvchilarga millat manfaatlari, orzuumidlari, intilishlari to‘g‘risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, uzi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ‘ibotning samarasi nolga teng bo‘ladi.

- ulgor targibot-tashvuqot texnologuyalarudan foudalanush - bunda g‘oyaviy targ‘ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Mazkur targ‘ibot tamoyillari milliy istiqlol g‘oyasini inson ongi va qalbiga singdiriupning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bulib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ‘ibot olib borishda sanab utilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta’minlash targ‘ibot samaradorligini ta’minlaydigan eng muhim omildir.

Targ‘ibot davomida insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta. Lekin ishonchli dalillar, e’tiroz uyg‘otmaydigan hayotiy ma’lumotlarning keltirilishi bu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqdagi fikrni uyg‘otadi.

Insonlar milliy mafkuradan urin olgan g‘oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g‘oya xalqing e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.
O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yunalishlari quyidagilardan iborat
• belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan utkazilishini ta’minlash

• milliy istiqlol g‘oyasining targ‘iboti sifatini muntazam oshirib borish;

• davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yullarini izlash

• bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo‘l quymaslik;

• mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish

• mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan

rasmiyatchilikva majlisbozlik kurinishlariga barham berish;

• mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilaetganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.


2.Fuqaro tarbiyasini tashkil etish: dunyo tajribasi va muammolar.
G‘oyaviy tarbiya Bu –inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir.

Dunyoqarash–tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni jamiyatda o‘zligini saqlagan holda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.

Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o‘z yaqinlariga mehribonlikni tanlagan yo‘li- kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. YAngicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir. Bunda quyidagilar muhim rol o‘ynaydi:

a) ijtimoiy–siyosiy, ma’naviy–ma’rifiy muhit. YOshlarda sog‘lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashning shakllanishi uchun ma’lum muhit ham zarur. ijtimoiy va siyosiy institutlar davlat va nodavlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, iqtidorli yoshlarni qo‘llab -quvvatlovchi jamg‘armalarning tashkil etilishi o‘ziga, xos ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning buyuk kelajak bunyodkori bo‘lib voyaga etishda muhim o‘rin tutmoqda.

b)siyosiy ong va huquqiy madaniyatning o‘sishida siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular o‘z faoliyati bilan fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‘oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.

v). Odatiy an’anaviy fikrlash tarzidan yangicha, ilg‘or fikrlashga o‘tish mafkuraviy yangilanishlar jarayonining muhim xususiyatidir.

SHuning uchun milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarining keng omma qalbi va ongiga singishi birdaniga, tez va bir tekisda ro‘y bermaydi. Bu-murakkab, bosqichma-bosqich amalga oshadigan jaryon bo‘lib, bu jarayonda, boshqa ijtimoiy qatlam vakillaridan farqi o‘laroq yoshlar tashabbuskorlik ko‘rsatishi va dunyoqarashi va e’tiqodi bilan boshqalarga ta’sir ko‘rsatishi kerak.

Muloqot madaniyati –insonga xos ma’naviy ehtiyoj bo‘lib, undagi umumiy madaniy saviyaning muhim ko‘rsatgichidir. Inson o‘zining his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, o‘y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi. Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi.

Milliy istiqlol mafkurasining funksiyalari:

1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish. Mafkura g‘oyalar sistemasi sifatida biron bir g‘oyani targ‘ib etish, kishilarni shu g‘oyaning to‘g‘ri hayotiy va ilg‘or ekanligiga ishontirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Mafkuraviy targ‘ibot ishlarining muvaffaqiyatini belgilaydigan shunday hayotiy qonuniyat bor: boshqalarni bir g‘oyaga ishontirmoq uchun, avvalo unga o‘zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o‘zing yonishing, boshqalarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoq uchun o‘zing uyg‘oq va bedor bo‘lishning shart

2. G‘oya asosida kishilarni uyushtirish. jamiyatning g‘oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik, totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi

G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg‘or g‘oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir.

Mafkurada ifoda etilgan g‘oya va maqsad jamiyatdagi ko‘plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo‘ladi, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi.

Mafkuraning safarbar etuvchilik funksiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to‘laroq namoyon bo‘ladi.

4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jahatdan qo‘llab-quvvatlash. Mafkura milliy taraqqiyotning eng og‘ir murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy –ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi.

5. G‘oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. G‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g‘oyani himoya qilish, targ‘ib etish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.

6.G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. G‘oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.

7. Harakat dasturi ekanligi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy- siyosiy harakatning o‘ziga xos dasturilamali bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad-g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijadir.

Targ‘ibotiga AQSH hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bulmasa kerak. Fransiya ham uz siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamydi.(Mafkura targ‘iboti. Tafakkur. №3, 2001. N.Umarova 13 bet))

AQSH nimaning evaziga fan va texnologiyalar sohasida boshqalardan uzib ketdi? Bu savolning ham javo6i bor Amerikada erkin va ijodiy fikr qadrlanadi hamda uzgacha fikrlaydiganlarga nisbatan 6ag‘rikenglik qapop toptirilgan. Lekin amerikalik fuqaroni tarbiyalashning eng asosiy jihati boshqa bir g‘oyada yashirin. U ham 6ulsa, har bir insonni noyob iste’dod egasi deb bilish, har bir shaxsga hazrati inson sifatida murojaat qilishdir. Insonga bunday munosa6at, suzsiz, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga imkon beradi. Aynan shu g‘oya ta’sirida amerikaliklar orasida uzini «urtamiyona odam» de6 6iladigan yoxud «men bir oddiy odam» de6 gapiradigan kishilar nihoyatda kam uchraydi. Amerika fuqarolari adolatni ham uziga xos tarzda tushunadilar shaxs nimagaki erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat uz aqli va iste’dodi bilangina etishadi. SHunday qilib, har bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir opqa qilishga emas, balki uz kuchiga tayanishga Urgatiladi. Lekin, eng asosiysi, har bir amerikalikda kelajakka ishonch uyg‘otiladi. Xuddi ana shu «amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga shavq uyg‘otadi. Xulosa yasaydigan bulsaq demokratiya qoidalari va erkinlik Amerika mafkurasining poydevorini tashkil etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat uz kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singi6 ketgan.

Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlar «AQSHda 6u borada muammo yuq ekayu» degan xulosa uchun asos bulmaydi. Oxirgi paytlarda erkinlikka hadeb ypg‘u beraverish oqibatida amerikaliklar erkinlikni jamiyat oldidagi majburiyatlardan ham ozodlik sifatida idrok eta boshladilar. SHu bois hozirgi kunda AQSHning ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «liberal-natsionalizm» mafkurasini yaratish zarurligi haqdagi fikr urtaga tashlanmoma. Bu mafkura milliy va irqy jihatdan bulinib ketgan kup sonli ijtimoiy guruhlarni «AQSH - millatlar hamjamiyatidir» g‘oyasi atrofida birlashtirishni nazarda tutadi. E’tibor beradigan bulsaq yangi mafkurada milliy omilning ustuvorligi urnatilmoqda. Demaq gap AQSHda asta-sekinlik bilan yagona milliy vujudni shakllantirish, xalqing birdamligini kuchaytirishga xizmat qiluvchi mafkurani yaratish haqda borayotir. SHarqninr eng ilg‘or mamlakatlaridan biri - YAponiyada fuqaroni tarbiyalashninr enr samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi. Bunday tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. CHunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya» tizimi doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi «xarakterni shakllantirishga yunaltirilgan ta’lim», «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida, bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini utaydi. Undan qudratli g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida ham foydalaniladi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil qiladi. CHunki bu tizim ishlab chiqarishda ma’naviy salohiyatdan unumli foydalanishga yunaltirilgan.

Milliy g‘oya va O‘zbekiston tajribasi ko‘tarilgan masalaning muhimligi. O‘zbekistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil kilishga undaydi. E’tibor berib karaydigan bo‘lsak bizda "fuqaro tarbiyasi" haqida kam gapiriladi. Lekin bizda bu vazifa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan emas. O‘zbekistonda fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lib, asosan ikki ynalishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va milliy istiqlol g‘oyasini singdirish vositasida amalga oshirilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bizda ham fuqaro tarbiyasini amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan.

Milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad -zamon talablariga mos insonni tarbiyalashdan iborat.



3. Mafkurani samarali tashkil etish imkoniyatlari
Targ‘ibot tushunchasining o‘zagini «rag‘bat” so‘zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. “Tashviqot» tushunchasining o‘zagi esa “shavq” so‘zidan olingan bo‘lib, u kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltiriladi. Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad-bilim ortirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat.

Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, «milliy istiqlol g‘oyasi» haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g‘oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. CHunki milliy g‘oya chuqur e’tiqodga aylangan taqdirdagina u ulakan kuch va qudratga ega bo‘ladi.

Milliy g‘oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo‘nalishlari 21 asrda insoniyat o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo‘ydi. MIG‘ni xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi.

Mafkura targ‘ibotida yangi texnologiyalarni qullashda jahoning qator davlatlarida bu borada tuplangan ilg‘or tajribalardan foydalanish ayni muddao bulur edi.

Masalan, jahonda keng tarqalgan «to‘rt qadamli» universal modeldan ham mafkura targ‘ibotida foydalanish mumkin. SHu bois uning moqyatini batafsil yoritishga hapakat qilamiz

l-qadam Muammoning quyilishi. Mafkura targ‘ibotida singdirilishi zarur bulgan g‘oyalar belgilab olinadi. Bundan tashqari, «Nima uchun aynan bu g‘oyalarni singdirishga ehtiyoj to‘g‘ildi», «Bo‘ g‘oyani singdirish ishlariga qaysi tuzilmalar jalb qilinishi kerak?», «Bu g‘oyalarni singdirish jarayonida qaysi ijtimoiy guruhlar qamrab olinadi?» kabi savollarga javob topish lozim. Tuplangan ma’lumotlar asosida singdirilishi zarur g‘oyalarga jamiyatdagi ehtiyoj, jamoatchilikning fikri, ommaviy axborot vositalarida bu masalalarning qay darajada yoritilganligi va umuman, shu kungacha qilingan ishlar aniqab olinadi.

2-qadam Rejalashtirish va dasturlashtirish bo‘ bosqich uzoq muddatga muljallangan kommunikativ (muloqot) vazifalar strategileini ishlab chiqishni nazarda tutadi. G‘oya targ‘ibotida, avvalo, kishilarning milliy g‘oyaga munosabatlari, uni qay darajada tushunishlari, ularning qadriyatlari o‘rganib chiqladi. Bundan tashqari, kishilarni milliy istiqlol mafkuraeining muayyan g‘oyasi haqda doimiy xabardor qilib turuvchi axborot manbai yaratiladi. Singdirib borilayotgan g‘oyalarga kishilarning munosabati urganilib, bu axborotlar chuqur tahlil qilinadi. Davlat idoralari va fuqarolar urtasidagi muloqotlar muntazam ravishda muvofiqlashtirib boriladi. Umuman bu bosqichda, dasturning maqsadi (harakatlar qanday maqsadga xizmat qiladi), ta’sir kursatish auditoriyasi (kimlarga asosiy, e’tibor beriladi), kutilayotgan natijalar (har bir auditoriya bilan ishlashdan kuzlangan aniq maqsad) belgilab olinadi. Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotida auditorilni segmentlash, ya’ni uni bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish, shu guruhga ta’sir kursatish samarali usullarini ishlab chiqsh zarur. Bu guruhlarga qadriyatlari va manfaatlari bir-biridan farq qiluvchi qatlamlarni, masalan, Talabalarni, askarlarni, tadbirkorlarni, nafaqaxurlarni, ziyolilarni, erkaklarni, ayollarni, yoshlarni yoki keksalarni kiritish mumkin. Tabiiyki, milliy g‘oyani singdirishda ziyolilarga muljallangan axborotlar bilan tadbirkorlarning kayfiyatlariga ta’sir kursatib bo‘lmaydi. SHuning uchun vatanparvarlik tuyg‘ularini singirishda talabalarga ham, harbiy xizmatchilarga ham, ziyolilarga ham, dehqonlarga ham bir xil munosabatda bulish, bir xil usullardan foydalanish kutilgan samara ni bermaidi. CHunki turli ijtimoii guruh vakillarining dunyoqarashi, manfaatlari va qadriyatlari birbiridan farq qiladi. Mafkura targ‘ibotida ainan mana shu qadriyatlarga, manfaatlarga mos g‘oyalarni ilgari surish ko‘proq samara berishi mumkin. Umuman olganda, ushbu bosqichda kishilarning ongida, ularning harakatlarida uzgarishlar yasash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlab olinishi zarur.

Z-q,adam Muloqotga kirishish milliy istiqlol mafkurasi targ‘ibotini samarali tashkil etish uchun asosii kommunikativ vazifalar rejalashtirilgan va aniq maqsadlar sari yo‘naltirilgan bulishi lozim. Buning uchun, birinchi navbatda, kommunikator (axborot beruvchi) va auditoriyaning qarashlari bir-biriga yaqinlashtirilishi lozim. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarda quyidagi omillarga e’tibor qaratish zarur 1) auditoriya fikrini eng kup ifoda etayotgan ommavii axborot vositalari turiga e’tibor qaratish; 2) auditoriya ishonchini eng kuy qozongan ommavii axborot vositasi turidan keng foidalanish; 3) biror muammo xususidagi kommunikator va auditoriyaning qarashlaridagi farqlarni kamroq kursatish zarur (jumladan, mavjud muammolarni xolis eritish va auditoriyaning ishonchini qozonish); 4) voqea-hodisalarni yoritishda auditoriyaning manfaatlaridan kelib chiqib yondashish; 5) kommunikatorning pozitsiyasini kupchilikning pozitsiyasi sifatida talqin etish; 6) jamiyatdagi ijtimoii guruhlarning manfaatlariga mos holda alohida yondashish axborotni etkazishning e’tiborli jihati shundaki, u yangiliklar kurinishida bulsada, faqat bir tomonlama maqtov shaklida emas, balki ko‘pchilikni qiinayotgan muammolarning echimi sifatida, barchaga tushunarli tilda bayon etilishi lozim. SHundai qilib, uchinchi bosqich uz ichiga quiydagi elementlarni qamrab oladi harakat strategiyasi, kommunikativ strategiya, dasturni amalga oshirish rejasi.

4-qadam yakuniy xulosalar yasash yakuniy xulosalar yasash ikki yo‘nalishda baholash mezonini ishlab chiqish va qaita aloqa kanalidan olingan. Ma’lumotlarni o‘rganish shaklida amalga oshiriladi. Baholash mezonini ishlab chiqishda kishilarga singdirilgan g‘oya ularga qai darajada ta’sir etganligini aniqlashning ob’ektiv mezonlari belgilansa, qaita aloqa kanalidan olingan materiallarni urganishda berilgan axborotlar soni, unga nisbatan javob reaksiyasi singdirilgan g‘oya natijasida kishilar uz harakatlarini qai daraja uzgartirganliklari tahlil qilinadi, ularning mafkuraviy ta’sirga javob reaksiyasi o‘rganiladi. Milliy istiqlol mafkurasini singdirishning samaradorligini ta’minlashda bu bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki kishilarning fikrlari, voqealapra beradigan baholari, munosabatlaridagi uzgarishlarni doimiy urganib borish g‘oyaviy ta’sirning samaradorligini «ulchash» imkonini beradi. Bundan tashqari, insonlarni bezovta qiladigan muammolar haqida doimiy axborot tuplanib, shunga mos ravishda targ‘ibot yo‘nalishini uzgartirish yoki muayyan g‘oyalarning tashviqotini faollashtirish buyicha tavsiyalar beriladi. Jamoatchilik fikridagi bu kabi uzgarishlarni muntazam ravishda urganib borish mafkurani singdirish borasidagi kelgusi ishlar uchun zamin bulib xizmat qladi.

YUqorida ta’kidlanganideq Milliy istiqlol mafkurasini singdirishda yangi texnologiyalardan foydalanish auditoriyani segmentlanishi (turkumlarga ajratilishi) taqozo etadi. Auditoriyani segmentlash quydagi omillar asosida amalga oshiriladi

• Geografik makonga kura. Kishilarning yashash joyi, mintaqada joylashgan urni bir-biridan farq qilishi tufayli milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ularning yashash joyiga e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisining qarashlari, urf-odatlari Toshkent shahri yoki Qoraqalpokiston Respublikasi aholisining qarashlari va urf-odatlaridan ancha farq qiladi.

• Demografik omilga kura. Kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli bir-biridan farq qilgani bois ularning qarashlarida va qadriyatlarida ham muayyan tafovutlarni uchratish mumkin. Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining samaradorligini oshirishda bu omillarni ham nazardan qochirib bulmaydi.

• Psixologik omilga kura. Kishilarning ruhiy holati ancha uzgaruvchan bulsa-da, bu omil mafkura targ‘ibotida katta ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g‘oyasini insonlar ongi va qalbiga singdirishda ularning ruhiy holati, jamiyatimizda kechayotgan islohotlarga munosabati, qullab-quvvatlash darajasiga, voqea-hodisalarga munosabati va kayfiyatlarini hisobga olish darkor.

• Ijtimoiy maqomiga kura. Kishilarning jamiyatda tutgan ijtimoiy maqomi ularning axborotni qay darajada qabul qilishlariga, bu axborotga qanday munosabat bildirishlariga sezilarli ta’sir kursatadi.

• Obro‘-e’tiboriga ko‘ra. Targ‘ibotda yangi texnologiyalarni qo‘llashda fikr etakchilaridan Foidalanish axborot etkazishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. SHu bois kishilarga ta’sir qo‘rsatishda ularning obro‘-e’tiborli kishilarga bo‘lgan ishonchidan mohirona foidalanish talab etiladi. Negaki, muaiyan guruhning manfaatlarini ifoda etishda, avvalo, fikr etakchisini aniqash va u orqali axborot etkazish targ‘ibotining samaradorliligini oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

• A’zolikka ko‘ra. Kishilar u yoki bu partiyaning, jamoat birlashmaeining a’zosi ekanligi mafkura targ‘ibotida qo‘l keluvchi omil sanaladi. Odatda, bitta guruhga mansub kishilarning qarashlarida umumiiliq o‘xshashlik bo‘ladi. Bu esa mafkura targ‘ibotini bir qadap engillashtirishga xizmat qiladi.

• Qarorlar qabul qilishdagi ishtirokiga ko‘ra. Kishilarning ijtimoii-siyosiy hayotdagi ishtirokqari va faolliklari ularning axborotni qabul qilishlariga ta’sir ko‘rsatgani bois bu omil millii istiqol g‘oyasi targ‘ibotida hisobga olinishi lozim. Qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishni xohlovchilar yoki o‘zini hech narsani hal qilmaidigan «kichkina odam» deb hisoblaidigan kishilar bir xil mazmundagi axborotni qabul qilishda turli nuqtai nazar bilan yondashadilar.

Milliy istiqol g‘oyasi targ‘ibotida auditoriyani segmentlash, kishilarni alohida guruhlarga bo‘lib ta’sir ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, bir vaqtning o‘zida juda keng auditoriyani va ko‘p ob’ektlarni qamrab olishga intilishning samaraei kam bo‘ladi.



Milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongini singdirishning quyidagi shakllari hozirgi paytda yaxshi natija bermoqda.


  • Oila, mahalla, ta’lim-tarbiya muassasalarida talaba yoshlarni, fuqarrlarni Duneqarashini rivojlantirishga, ongliligini oshirishga, Vatan ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirish.

  • Fan va ilmiy muassasalar hamda ularda yaratilayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy tavsiyanoma va ko‘rsatmalar orqali;

  • Madaniy ma’rifiy muassasalar tomonidan olib borilayotgan ommaviy tadbirlar;

  • Adabiyot va san’at asarlari orqali hamda ularning teatrlashtirilgan ko‘rinishlari, shuningdek, hujjatli filmlar;

  • Hadis ilmida komillikka intilish g‘oyalarining bugungi hayotimizdagi talqini miosllari;

  • Sport musobaqalarini tashkil etish orqali;

  • Ommaviy axborot vositalaridagi eshittirishlar;

  • Nodavlat tashkilotlarining ma’rifiy faoliyati, ma’rifiy ko‘rsatuv va boshqalar.

Milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongiga singdirish vositalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  • Ta’lim dargohidagi yoshlarga ularning yoshiga qarab, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish o‘quv dasturini yaratish;

  • Milliy istiqlol g‘oyasini teran aks ettiruvchi o‘quv dasturlari, darslik, ko‘rgazmali qurollar;

  • Bugungi taraqqiyotni olijanob umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa, san’at asarlari, muzey, me’moriy obidalar;

  • g‘oyaviy ta’lim tarbiyada informatsion texnikalar (EHM, masofaviy ta’lim, Internet kabilar);

  • ilmiy ko‘rgazmalilik;

  • Milliy istiqlol g‘oyasi mAqsad va vazifalari asosidagi bahs. munozara, davra suhbati, saxna ko‘rinishlari tashkil etish;

  • OAV yordamida axborotlar oqimini muntazam ravishda kuzatib, tahlil qilib bori shva kerakli joylarda ularning jamiyatimiz taraqqiyotiga ta’siri haqida chiqishlar qilish.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə