Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə14/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20

Barchamizga yaxshi ma’lumki, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim qismi, ma’naviyat va ma’rifat sohasida barkamol shaxsni shakllantirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat. Bu hayotiy, biz hamisha amal qiladigan tamoyil jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelgan. Bizning muqaddas dinimiz ham, butun SHarq falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug‘lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim shartlari deb bilgan. Mana shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yoki shunga intilgan odam demokratiya ne’matlarining oddiy iste’molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Ana shunda demokratiya va fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlarini va erkinliklarini ta’minlash mumkin bo‘ladi. SHundagina inson o‘z mamlakatining tom ma’nodagi munosib fuqarosi bo‘la oladi. Darhaqiqat, buyuk ajdodimiz Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi bilim, fan, axloq va ma’rifat sohasida yuksak darajaga ko‘tarilgan jamiyatgina ijtimoiy taraqqiyotda samarali natijalarga erisha olishi mumkin, degan fikrida juda katta ma’no bor.


Ma’lumki, erkinlik mavhum tushuncha emas. Erkinlikning tabiatini anglash uchun uning namoyon bo‘lish shart–sharoitlarini, insonning mavjudligi va jamiyatdagi o‘rnini hisobga olish lozim.

Erkinlik ijtimoiy tushuncha. U insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlarda ro‘yobga chiqadi. SHuning uchun jamiyatdan tashqarida erkinlik bo‘lmaydi. Jamiyatda erkinlikni tushunish va amalga oshirish mamlakatda ustuvor bo‘lgan milliy madaniy, tarixiy, diniy va boshqa tartibotlar, qonun-qoidalar hamda qadriyatlarga, ularning xarakteri, mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Erkinlikni anglash va uni ifoda etishda G‘arb va SHarqning o‘ziga xos jihatlari bor. G‘arbda erkinlik to‘g‘risida fikr yuritilganda, asosan, alohida olingan shaxs erkinligi va huquqlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi, erkinlikka shu mezondan kelib chiqib baho beriladi.

SHarqda ham shaxs erkinligi va huquqlari hisobga olinadi. Lekin shaxs hatti–harakati, xulq-atvori, jamiyatdagi o‘rni, ma’suliyatini idrok etish holatlariga baho berilganda, muayyan guruh, etnos, xalq, millat, jamiyatning manfaatlari, huquqlariga alohida qadriyatlar, an’analaridan kelib chiqqan holda yondoshiladi.

SHaxsning xohish–irodasi, istagi, maqsad va manfaatlari uning faoliyatida namoyon bo‘ladi. Erkinlik va jamiyat hayotini erkinlashtirish muammosi muayyan, g‘oya, g‘oyalar tizimi bilan ham bog‘liq. G‘oya erkinlik, jamiyat hayotini erkinlashtirishga xizmat qilishi yoki aksincha, erkinlikni, erkinlashtirish jarayonlarini bo‘g‘ishi, ya’ni unga imkoniyat bermasligi ham mumkin. CHunki, jamiyat hayoti siyosiy tizim sifatida,muayyan g‘oyalar orqali muayyan tartibotlar, urf–odat, an’analar, qadriyatlar bilan shakllanadi. Ular esa jamiyatning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatadigan insonlar dunyoqarashi, ongi va tafakkuri orqali o‘z ifodasini topadi. G‘oyaga mos ravishda erkinlik va erkinlashtirish jarayonlari sodir bo‘ladi. Mamlakatda yagona g‘oya tan olinib, faqat unga amal qilinsa, shunga mos faoliyat qaror topadi. Masalan, kommunizm g‘oyasi yakka hukmronlikka asoslangan bo‘lib, natijada inson erkinligi, umuman, jamiyatni erkinlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Inson fikri, uning jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotidagi o‘rni ham sinfiylashgan mafkuraga yoki proletar manfaatlariga bo‘ysundirildi. Inson ongi va dunyoqarashida uning dunyoni idrok etishi bilan bog‘liq qarashlari, tasavvurlari emas, aksincha, dunyoqarashni «sinfiy»lik tamoyiliga moslashtirish va undan kelib chiqqan holda fikrni ifodalash, munosabat bildirish hodisasi ro‘y berdi. Bu dunyoqarash majburiy tarzda shakllantirildi.

Jamiyatning erkinlashishi insonlar, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokiga, o‘zaro munosablardagi o‘rni, mavqei, holatiga bog‘liq. Inson erkinlikni xohlaydi, lekin nosog‘lom siyosat, mafkuraviy maqsadlar bunga yo‘l bermasligi mumkin. Bunga sobiq Ittifoq davri aniq misol bo‘ladi. O‘zining erkin yoki erkin emasligini farqlamaydigan insonlar ham uchraydi. Bu ularning ongi, dunyoqarashi, tafakkuri darajasiga bog‘liq. Inson erkinlikni istaydi, ammo mavjud ijtimoiy–iqtisodiy holati bunga imkon bermasligi mumkin. O‘z erkinligini idrok eta olmagan kishi ozod bo‘la olmaydi. Bunday odamlar doimo birovning ta’sirida va unga qaram bo‘ladi. Iqtisodiy qaramlik inson erkinligini yuzaga chiqarmaydi. Bu o‘ziga xos iqtisodiy tobelik ruhiyatini shakllantiradi. Ayrim ijtimoiy muammolarning mavjudligi kishining erkin faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Masalan, bir amallab o‘z ish o‘rnini saqlab turgan, boshqa mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qo‘lidan kelmagan yoki unga imkoniyati bo‘lmagan kishi o‘z ishini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun jim turishni afzal ko‘radi. U ishsiz qolishdan qo‘rqadi. SHo‘rolar davrida insonlar bir kasb doirasiga chambarchas «bog‘lab» qo‘yilgan, boshqa mehnat faoliyati, xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari cheklangan edi. Bugun xususiy tashabbusga keng imkoniyatlar berildi, biroq bu imkoniyatlardan foydalanish oson kechayotgani yo‘q.

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning bozor iqtisodiga asoslangan, mulk xilma–xilligiga o‘tgan O‘zbekistonda hammaning oldida yangi-yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Insonlar endi faqat bir narsaga tayanib qolish emas, balki mulkdor bo‘lish huquqining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanishlari mumkin. Buning uchun odamdan faqat etarli salohiyat, izlanish, mehnat, faollik talab etiladi. Bugun kim shu talablarga javob bersa, muayyan yutuqlarga erishayapti va yomon yashamayapti.

Bugun milliy g‘oyaning jamiyat hayotiga tadbiq etilishi jamiyatni erkinlashtirish va erkinlik muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. U erkinlik, erkinlashtirishning muhim ma’naviy omili bo‘lib xizmat qiladi. CHunki u tayanadigan, amal qiladigan qoidalar, tamoyillar shunga shart-sharoit yaratadi va shuni talab ham qiladi. Mustaqillik tufayli jamiyat yangilanishga, erkinlashishga ehtiyoj sezayotgan ekan, demak mustaqillikkacha amal qilgan g‘oyalar, qoidalar, tamoyillar bugungi kun talablariga javob bermaydi ularga asoslangan holda jamiyat va inson hayotining erkinlashtirish mumkin emas. Mamlakatning huquqiy asoslari, qonunchilik sohasi, ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy negizlari yangilanmoqda. YAngi g‘oyalar demokratik tamoyillar asosida qurilmoqda Bu istiqbolda kuchli, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Erkinlik va erkinlashtirish esa, uning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Insonlarning erkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi jamiyatda qanday g‘oya amal qilayotganligiga, u qanday tamoyillarga asoslanishiga bevosita bog‘liq. Agar mamlakatda fikrlar, qarashlar, g‘oyalar xilma–xilligi e’tirof etilsa va jamiyat hayoti unga asoslansa, shunga mos tarzda ong va tafakkur erkinligi shakllanadi. Tafakkur erkinligi, ya’ni fikr erkinligi esa insonlar, shaxs erkinligiga, ozod shaxs ma’naviyati qaror topishiga xizmat qiladi.

Agar jamiyatda fikrlar, qarashlar, g‘oyalar xilma xilligiga amal qilinsa, insonning jamiyatdagi o‘rni yangicha ma’no kasb etadi. Ong va tafakkur erkinligi fikrlar xilma–xilligini yuzaga chiqaradi. Mamlakatning kuch-qudrati, salohiyati ortadi. Milliy g‘oya mamlakatning ma’naviy kuch-qudrat manbaiga aylanadi.

«Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, o‘zining erkin fikrini ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijtimoiy qatlam, avvalo, o‘zining aniq - ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarining oqibati uchun ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishi, bahs–munozara madaniyati talablariga amal qilishi lozim. YA’ni, fikrlar rang–barangligi va qarashlar xilma–xilligi muayyan jamiyatning milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlariga, huquqiy normalariga, axloqiy mezonlariga zid bo‘lmasligi zarur».28

Milliy g‘oyaning fikrlar, g‘oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishga xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalari amalga oshirilmoqda.

Istiqlolga erishgandan so‘ng O‘zbekiston demokratik, adolatli, fuqarolik jamiyatni barpo etish yo‘lini tanladi. Zero Prezident I.A.Karimov aytganidek, «Demokratik jamiyatni qurish ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi manfaatlariga to‘la mos tushadi. Bu xalq o‘zining erk, baxt–saodat, farovonlik to‘g‘risidagi orzularini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘tkazilayotgan islohatlar bilan bog‘laydi. Bu islohatlar xalqqa nima berishi muhimdir. Kishilar hayotida yaxshilik tomon qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, ularning hayoti qanchalik to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini naqadar chinakam erkin his etishi, o‘z mehnatining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishi muhimdir»29.

Bu siyosiy sohada demokratlashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va jonlashtirish, so‘z va fikr erkinligini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy sohada erkinlashtirishning tub mohiyati mulkka munosabatni o‘zgartirish, mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish, iqtisodiy faoliyat tashabbusini rag‘batlantirish, xususiy mulk daxlsizligini qonunan va amalda kafolatlashdan iborat. YUrtboshimizning jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishni erkin fuqarolar jamiyatini barpo etish, yangi shaxsni shakllantirishning ustuvor yo‘nalishi deb e’lon etgani bejiz emas. Zero, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish o‘z haq-huquqini tanigan, qadr-qimmatini bilgan, kurashchan, faol vatanparvar shaxslarning bo‘lishini taqozo etadi.

Milliy g‘oya insonparvarlik tamoyiliga amal qilishni taqozo etadi. Mamlakatimizda insonparvar va demokratik jamiyat barpo etilmoqda. Biz xalqimizning muqaddas qadriyatlari hamda ulkan tarixiy merosiga tayanib, shuningdek, umume’tirof etilgan demokratik tamoyil va me’yorlarga rioya qilgan holda, insonparvar jamiyat barpo etmoqdamiz. Bugunga kelib mustabid tuzum asoratlaridan, uning g‘ayriinsoniy g‘oyalaridan, shuningdek yakka mafkurachilik amalidan xalos bo‘ldik. Hozirgi murakkab rivojlanish bosqichida O‘zbekistonning demokratik istiqbolini jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish orqaligina ta’minlash mumkin. Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.

Millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi qarashlar xilma–xilligini aslo inkor etmaydi. Xalqimizning «Kengashli to‘y tarqamas» degan maqoli ham fikrimizni tasdiqlaydi. Umumbashariy demokratik tamoyillarning hayotimizdan mustahkam o‘rin olishi, ma’naviy kuch-qudratimiz timsoli bo‘lgan milliy g‘oyada aks etgan insonparvar tuzum, barqaror taraqqiyot, xavfsizlik, milliy davlatchilikning ma’naviy tayanchlari nechog‘lik mustahkam bo‘lishiga bog‘liq.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida va mamlakatimiz qonunlarida fuqarolarimizning huquqlari to‘la kafolatlangan. Bu huquqiy asosga tayangan holda g‘ayriinsoniy qarashlarning hayotimizga ta’siridan mutloq xalos bo‘lish, millatning kuch qudratini zaiflashtiruvchi ayrim ma’naviy nuqsonlarga barham berish jarayoni izchil amalga oshirilishi kerak. Bu esa demokratiya mohiyatini tom ma’noda anglab etishni, hokimiyat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi va madaniyatini yuqori saviyaga ko‘tarishni talab etadi.

Mamlakatimizda demokratik jarayonlar rivojlanishi va jamiyat hayotini yangi sharoitga mos ravishda ma’naviy–ma’rifiy yangilanish, odamlarni ana shu jarayonlarga moslashuvi jarayonlari bozor munosabatlari shakllanishidan orqada qolayotganligi kuzatilmoqda.Odamlarimiz hammasi ham kelajakni etarlicha tasavvur qilisha olmayapti.

SHuningdek, jamiyatning demokratiyalashuvi uchun yaratilgan imkoniyatlar, huquqiy bazalar bilan ularning real hayotga aylanishi o‘rtasida nomutanosiblik sezilmoqda. YUrtimizda jamiyatni demokratiyalashuvi uchun huquqiy baza va imkoniyatlar yaratilgan. Ammo, ularning real amalga oshuvi mavjud ehtiyoj darajasidan orqada qolmoqda.

Bugungi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga turli ma’naviy–ma’rifiy xurujlar bqlmoqda, «demokratiya» va «erkinlik» niqobi ostida «soxta» demokratiya va erkinlik g‘oyalari turli usullar orqali uzluksiz ravishda tiqishtirilayapti. Maqsad, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni duragaylashtirishga qaratilgan tajavuzlarni, muntazam harakatlarni sezib turibmiz. Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to‘xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g‘oyalarga qarshi xalqimizning or–nomusi, diniy va dunyoviy e’tiqodi, ma’naviy qadriyati mafkuraviy immunitet vazifasini o‘tashi zarur.

YUrtboshimizning «Bugungi kunda g‘oyani taqiq bilan, ma’muriy choralar bilan engib bo‘lmaydi. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishishi mumkin»30, -degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz uchun dasturulamal bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda I.Karimov milliy uyg‘onish ruhi, milliy g‘oya hayotimizga tobora chuqurroq kirib bormoqda deb ta’kidladi. SHuningdek, davlatimiz rahbari o‘z nutqida hozirgi paytda ba’zi xorijiy mamlakatlarda turli g‘oya va qarashlar niqobi ostida bizning milliy qadriyatlarimizga, umuman barcha millat vakillari hurmat qiladigan insoniylik tamoyillariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan nomaqbul harakatlar televidenie orqali tez–tez ko‘zga tashlanib turishini afsus va nadomat bilan aytib o‘tdi. Darhaqiqat, bunday g‘ayriinsoniy harakatlarni ko‘rganda, inson beixtiyor o‘ylab qoladi: Aslida demokratiyadan maqsad insonning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish emasmi? Kuppa kunduz kuni qip-yalang‘och ko‘chaga chiqib turli namoyishlar o‘tkazib kimlarnidir huquqini talab qilmoqchi bo‘layotgan kimsalar aslida odamzodning eng buyuk boyligi bo‘lmish yuksak tuyg‘ularini erga urmayaptimi, aql–zakovat va tafakkur, or–nomus sohibi bo‘lgan insonning qadrini tushurmayaptimi?

Insoniylikni har narsadan aziz bilgan xalqimiz bunday «demokratiya», bunday «erkinlik»ni aslo qabul qilolmaydi. SHu sababli ham bunday yot va zararli g‘oya va harakatlarning turmush tarzimizga kirib, yoshlarning qalbini egallashi va milliy urf–odat, qadriyatlarimizni qadirsizlantirishga murosasiz bo‘lish har bir ma’rifatli insonning vatanparvarlik burchidir.

Ayrim kuchlar tomonidan «demokratiya targ‘iboti» shaklida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘ridan–to‘g‘ri G‘arb turmush tarzining zo‘rma zo‘raki tiqishtirilishiga aylanib ketayapti. Bir paytlar «jahon proletariati inqilobi» qanday eksport qilingan bo‘lsa, bugun behayolik, uyatsizlik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik singari noinsoniy tushunchalar shunday eksport qilinayapti. Bunday zararli g‘oyalarga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning zarurligi to‘g‘risidagi Prezidentimizning quyidagi fikrlari o‘rinli. YA’ni, «Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota–bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»31.

Ushbu omillarning millatimizga, mustaqilligimizga, ma’naviyatimizga zararini e’tiborga olib YUrtboshimiz «Millatni asrash kerak» degan g‘oyani qayta-qayta uqtirdi. Millatni asrash o‘zligimizni, odob–axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab, asrash, ularga qarshi kurash fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish degan ma’noni ham anglatadi. SHu sababdan mustaqil O‘zbekistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish borasida sobitqadamlik bilan ma’naviy–ma’rifiy va amaliy ishlar olib borilmoqda

Milliy g‘oyaning shakllanishi shaxs qadriyatlari, inson ma’naviy olami bilan bog‘liq. SHubha yo‘qki, milliy g‘oyani amalga oshirish avvalo har tomonlama bilimli, ma’naviy, jismoniy va etuk insonlarga bog‘liq. Bu esa har bir yurtdoshimizni milliy taraqqiyot g‘oyalari bilan qurollantirishni taqazo etadi hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, barkamol insonni voyaga etkazish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi. Zero, har bir shaxs ijtimoiy jarayonlarni o‘zida mujassam etuvchi kuch sifatida jamiyatdagi barcha jarayonlarning, jumladan milliy g‘oyaning amal qilishida asosiy omil hisoblanadi. Avvalo, shaxs milliy g‘oyaning, uning hayotbaxsh tushunchalarining o‘zlashtiruvchisi, o‘ziga singdiruvchisidir. Ta’lim va tarbiya jarayonida ijtimoiy–ma’naviy tizim, malakani oshirish va qayta tayyorlash, qolaversa, jamiyatdagi to‘laqonli axborot makoni orqali, u aniq va oqilona yo‘naltirilgan mafkuraviy qadriyatlar, me’yorlar va talabalarni o‘zlashtirishi zarur.

SHaxsning milliy g‘oyani keng yoyishdagi o‘rni, avvalo, uning mafkuraviy jarayonlarda qanchalik faol ishtirok etishida ko‘rinadi. Faol, intiluvchan shaxs mafkuraviy ta’sir, targ‘ibot va tashviqotning ob’ektidan mafkuraviy jarayonlarning sub’ektiga, mafkurachiga, mafkuraviy tarbiya tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanib boradi. SHundan so‘ng u milliy mafkura g‘oyalarining tashuvchisiga, targ‘ibotchisiga, uni boshqalarga etkazuvchi vositaga aylanadi. Har bir shaxs tegishli g‘oyaviy-mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo‘lgach, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash, harbiy xizmat va hayotning boshqa sohalaridagi faoliyati orqali milliy mafkuraning asosiy tamoyillarini yoyishda, targ‘ib etishda va mustahkamlashda faol ishtirok eta oladi. SHu tariqa bu g‘oya va tamoyillar odamlarni aniq maqsad va taraqqiyot sari etaklaydi, millat qo‘lidagi bayroqqa aylanadi.

Ana shu sabablarga ko‘ra, milliy g‘oyaning amalga oshirishda shaxs tayanch omil deb qaraladi, uning imkoniyatlarini yuksak baholagan holda, asosiy e’tibor muayyan shaxsning mafkuraviy tayyorgarlik darajasiga qaratiladi. Bunda muayyan shaxsga o‘zbek milliy xarakterining afzalliklarini tashviq qilish, xalqimiz madaniyatining bebaho va betakror ekanini anglatish, o‘zbeklarga xos jamoaviylik jamiyatimizning muhim xususiyati ekani, ijtimoiy birdamlik taraqqiyotimizning manbai bo‘lib xizmat qilishiga alohida e’tibor beriladi. SHuningdek, bu jarayonda taraqqiyotga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘sha oladigan etuk shaxs timsolini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, milliy–ma’naviy salohiyatni o‘z zaminlarimiz asosida rivojlantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oyaning demokratik va gumanistik mazmunini singdirish muhim vazifadir.

Mustaqil O‘zbekistonimiz huquqiy demokratik davlat qurilishining o‘ziga xos yo‘li, ya’ni jahonda e’tirof etilgan «o‘zbek modeli» ni tanlagan. O‘tgan yillar ichida har jihatdan qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz bilan fahrlansak arziydi. Ana shu muvaffaqiyatlarda jamiyatimizdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy–nazariy fikrlar va g‘oyalar majmui hisoblangan milliy mafkuramiz ham muhim rol o‘ynamoqda.

Har bir davlat, jamiyat o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vazifani amalga oshirish, barcha ijtimoiy sinflar, tabaqalar, millatlar, turli diniy e’tiqod vakillarini birlashtirish uchun ma’lum bir mafkurani tanlaydi.

Insonparvar, demokratik jamiyat va huquqiy davlat o‘z faoliyatida jamiyatdagi barcha ijtimoiy kuchlarning umumiy manfaatlarini ko‘zda tutib ish ko‘radi, oqibatda muxolif ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar o‘zaro kurashmaydilar. Negaki, ular jamiyat umummafkurasi asosida ish yuritadilar va demokratiya va insonparvarlik qoidalariga rioya qilib, har bir masalani o‘zaro bahs-munozara, fikrlashuv asosida hal etadilar. CHunki, har qanday davlat va jamiyatda demokratik tartib-qoidalar buzilsa, huquqiy normalar paymol etilsa, u albatta inqirozga yuz tutishini tarix isbotlagan. Jumladan, fashistlar Germaniyasi, Italiya, Sobiq SSSR, Afg‘oniston, Iroq bunga yorqin misoldir.

Demokratik huquqiy davlat qurilishida mafkuraning ahamiyati kattadir. Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida asoslab berilgan nuqtai nazar va g‘oyalar milliy mafkuraning asosi sifatida e’tirof etilmoqda. YA’ni, bu mafkura xalqimizning tarixini, axloqini, turmush tarzini, qadriyatlarini, falsafasini, badiiy didini, diniy ta’limotlarini o‘ziga chuqur singdirgan.

Fuqarolik jamiyatini barpo etish millay mafkuraning asosiy maqsadi bo‘lib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson tarbiyasi, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik g‘oyalarini insonlar ongiga singdirish bilangina demokratik huquqiy davlat poydevorini mustahkam qurish mumkin.

Har bir insonning jamiyatdagi o‘z o‘rni, huquq va burchini hamda kelajakni aniq tasavvur etishi katta ahamiyatga ega.

Fuqarolik jamiyatida shaxsning barcha huquqlari qonun yo‘li bilan kafolatlanadi va uning manfaatlari imkon qadar ro‘yobga chiqariladi.

Inson huquqlari ustuvorligi jamiyat a’zolarining tom ma’nodagi tengligini anglatadi. Huquqiy madaniyat insondagi fuqarolik jamiyati a’zosiga xos bo‘lgan dunyoqarashning zaruriy poydevori hisoblanadi. Sobiq shurolar davri Konstitutsiyalarining barchasi jamiyatning bir qismini boshqa bir qismiga qarama-qarshi qo‘yishga, davlatning sinfiyligi tushunchasiga asoslangan edi. Mamalakat ishchi va dehqonlar davlati deb e’lon qilinib, xususiy mulk bekor qilingan, tadbirkorlik, tashabbuskorlikka chek qo‘yilgan edi. Sotsializm davrida barcha sohalarda mafkuraviy aqidabozlik avjga chiqdi, jamiyat hayotida «ishchilar sinfining dunyoqarashi» hamma narsadan baland qo‘yildi. Ilmiy, badiiy, ma’naviy, falsafiy hayot erkinlikdan mahrum etildi. SHu sababli sho‘ro tuzumi tanazzulga yuz tutdi.

Demokratiya tamoyillari tizimida mafkuraviy plyuralizm turli fikrlarning o‘zaro hamohangligini e’tiborga oladi. G‘oyaviy-mafkuraviy plyuralizm jamiyat demokratiyalashuvining yorqin ko‘zgusidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyat hayotining, xususan mafkuraviy jarayonlarning ham huquqiy me’yorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 12 moddasida: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma – xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» deyilgan».1

Albatta, davlat - jamiyat siyosiy tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun mas’ul bo‘lgan siyosiy institutdir. SHu ma’noda, u jamiyatning o‘z milliy `g‘oyalari atrofida mustahkam jipslashuvi, fikrlar rang–barangligi va qarashlar xilma xilligi asosida hayotda mafkuraviy jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdor.

Bosh islohatchi sifatida davlat ijtimoiy–siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib jamiyatda milliy g‘oyaini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi.

Fikrlar rang–barangligini qaror toptirish – demokratik jamiyat barpo etishning asosiy shartidir. Demokratiya davlat va jamiyat qurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida har bir fuqaroga o‘z qarashlarini, fikrini erkin ifoda etish uchun sharoit yaratadi. Bu esa insonning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, qonunlarni ishlab chiqish va ularni hayotga joriy etishdagi faolligini ta’minlaydi. Milliy g‘oyaning ushbu tamoyili olamdagi turli tumanlik bilan insoniyat dunyosidagi xilma xillikning, odamlar fikrlashi, orzu–umidlari, g‘oya va maqsadlari sohasidagi rang–baranglikning uyg‘unligini ifodalaydi. Fikrlar rang–barangligi milliy mafkuraga jon bag‘ishlaydi, uning takomillashishiga yordam beradi. Ana shu asosda bu mafkura xilma–xil fikrlar bilan boyib boradi, turli g‘oyalarni o‘ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo‘ladi.

Mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy plyuralizm, hayotni erkinlashtirish, mulkning turli shakllari teng huquqligini qonuniy kafolatlash yo‘lidan bormoqda. Natijada o‘tgan yillar ichida turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, sinflar maydonga keldi. Ularning o‘z iqtisodiy va siyosiy manfaatlari bir–biridan ma’lum darajada farq qilmoqda. Ammo, ular umumiy maqsad – yagona Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, halq farovonligi yo‘lida o‘zaro hamkorlik va tinch–totuvlik, kelishuvchanlik talablariga rioya qilmoqdalar.

Jamiyat kimning qanday partiya yoki harakatga mansub bo‘lganiga qarab emas, el–yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlariga qarab baho beradi.

Milliy istiqlolimizning ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi turli partiya, harakat, dinga mansub xilma–xil jamiyat a’zolari qarashlaridagi tabiiy rang-baranglikni uyg‘unlashtiradi va umumiy taraqqiyot manfaatlariga xizmat qiladi.

Axolining turli qatlamlari orasidagi munosabatlar va o‘zaro hamkorlikni yaxshilash jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlashga zamin yaratadi. O‘zaro hamkorlikning izdan chiqishi ijtimoiy beqarorlik, siyosiy boshboshdoqlik va milliy parokandalikni keltirib chiqaradi.

Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari va qoidalari mavjud. Bu tamoyillar: fuqarolarning o‘z xohish–irodasini erkin bildirishi; barcha fuqarolarning teng huquqligi; davlat va jamiyatni boshqarish ishlarida qonun ustivorligi; davlat hokimiyati organlarining saylov asosida shakllantirilishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.

Dunyo tajribasi shundan dalalat beradiki, muayyan mamlakat hududida nodavlat tashkilotlar va jamoat birlashmalarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi demokratik jamiyatni shakllantirishning muhim ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada biz tanlagan yo‘l, bir tomondan, xalqaro huquqiy mezonlarga, ikkinchi tomondan esa, milliy davlatchiligimiz an’analariga mos keladi.

Konstitutsiyamizning 56 moddasiga asosan, kasaba uyushmalari siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.

Hozirgi kunda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan 300 dan ortiq xalqaro va Respublika miqyosidagi 3000 ga yaqin mahalliy maqomdagi jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda. 30 dan ortiq davlatlar bilan do‘stlik jamiyatlari tashkil etilgan bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va madaniy–ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashda katta rol o‘ynamoqda.

Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar hamda inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan izchil siyosat fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Bu jarayon «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyil asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tamoyil mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik–huquqiy islohatlarni fuqarolar ongiga singdirish milliy mafkuramiz oldida turgan muhim masalalardandir.

Demokratiya – erkinlik, erkin fikr, erkin harakat – faoliyat demak. YA’ni, o‘zlikni namoyon etish imkoniyatining mavjudligidir. Har bir fuqaro qobiliyati, bilimi, malakasini ishga solib, yaxshi yashash uchun bemalol kurash olib bora oladi. Biroq ayni vaqtda, demokratiya – yuksak ma’naviyatni, ma’suliyatni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq burch, o‘zgalar manfaatini hisobga olish esa mas’uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini bildirib turadi. SHu zaminda raqobat ham, aqlu zakovat ham, adolat o‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Demokratiya - bozor iqtisodiyoti. Bu esa, turgan gapki, hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim o‘zarga» bardosh berishni talab qiladi. Buning oqibatida shaxsda kurashchanlik ortadi, kishi toblanadi, shu bilan birga, xudbinlik ham rivojlanadi. Xudbinlik andishasizlikni vujudga keltirishi mumkin. Biroq, yuqorida qayd etganimizdek, demokratiya erkin va ochiq muloqotlarni, qonun asosida munosabatlarni qat’iy yo‘lga qo‘yib, oshkoralikni yuzaga keltiradi va adolatni tiklashga imkon yaratadi.

Hayot shuni ko‘rsatadiki, inson avvalo muayyan mafkura, dunyoqarash tizimiga, asrlar davomida shakllangan ma’naviy tajribaga tayanib, jamiyat bo‘lib yashaydi. Odamni shakllangan dunyoqarashdan ajratib bo‘lmaydi. Agar dunyoqarash to‘g‘ri yo‘lda, ezgulik asosida shakllangan bo‘lsa, inson shu yo‘lda harakat qilaveradi, ilmi, qobiliyatini ham shunga sarflaydi. Agar buning aksi bo‘lsa, demak noto‘g‘ri yo‘lni tanlaydi, adashadi yoki «haq» deb buzg‘unchilik qiladi. Bunyodkor shaxs ezgulik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan erkin shaxsdir. SHu bois ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ma’naviy–axloqiy tarbiyaning ahamiyati benihoya ortib boraveradi. Va bu axloqiy–ma’naviy tarbiyaning markazida milliy g‘oya va mafkura turishi lozim. CHunki, milliy g‘oya O‘zbekiston xalqining yagonaligi, yaxlitligi va birligini, yagona, bayroq ostida jipslashuvini, kelajagi buyuk Vatan uchun fidoyi farzand bo‘lish tuyg‘usini ifodalab keladi. SHu bois milliy g‘oya har bir fuqaroning va butun xalqimizning qalbidan joy olgan bo‘lishi, uni ruhlantirishi, chidamli va shijoatli qilib tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Milliy g‘oya bizning tariximiz, bugunimizni va kelajagimizni birlashtiradi. Demokratiya yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikning yashash tarzi. Ammo, u barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Fransiya (boshqa Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy – e’tiqodiy udumlar negizida amal qilmoqda. SHubhasiz, O‘zbekistonda ham biz ana shunday bo‘lishi uchun intilmoqdamiz. YUrtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e’tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun jiddu jahd qilinayotir. Xalq o‘zligini yo‘qotmasligi kerak. Bu esa haqiqiy vatanparvarlik zaminida, har bir fuqaroning yuksak ongliligi asosida qo‘lga kiradi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə