Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə16/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Adabiyotlar:

1.Karimov I. A. Asarlari to‘plami 1- 23 jild. T.: O‘zbekiston, 2015

2.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

3.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

4.Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001.

5.Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.

6.Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.
9. Tafakkur o‘zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g‘oyaning roli.

Milliy g‘oyani rivojlantirishning institutsional tizimi
REJA:

1.Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri. Milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni.

2.Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni.

3. “Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

4. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari.

5.. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning ahamiyati.



Tayanch tushunchalar

Mafkuraviy tarbiya,tadrijiy yo‘l, o‘zbek modeli, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, xalq manfaati,tarixiy xotira.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz? Mustaqillik yillarida shakllanish yo‘liga kirgan milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlarini, milliy o‘zligimizni o‘zida mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat,qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa oladi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston buyuk kelajak sari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida hamda ko‘plab ma’ruza va nutqlarida O‘zbekiston xaqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan.

Ayniqsa, Prezidentimizning «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mustaqil taraqqiyot yillarida orttirilgan tajribalarga tayangan holda, sobiq sovet tuzumining og‘ir asoratlariga qaramay, yurtimiz katta rivojlanish yo‘li, O‘zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani asoslanadi. YUrtimizda ma’no-mohiyatiga ko‘ra butunlay yangi jamiyat barpo etish va XXI asrning dastlabki yillariga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.

Ma’lumki, biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, degan masala mustaqillikka erishganimizdan buyon dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu masala Prezidentimizning mazkur asarida ayniqsa o‘zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish Milliy g‘oyaning pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga etishga xizmat qiladi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko‘pmulkchilikka va ular o‘rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo‘lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraqqiyotni bozordagi talab va taklif yo‘lga soladi va boshqara boshlaydi. Uni markazdan turib boshqarishga, mablag‘ va fondlarni rejali taqsimlashga hojat qolmaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, markazdan turib boshqariladigan rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi.

Ko‘pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash — davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.

Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish va ularni amalda joriy qilishning tayyor andozasi yo‘q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham ko‘r-ko‘rona qo‘llay olmas edik. CHunki bizning mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, qazilma boyliklari va iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va o‘sishi biror mamlakatnikiga aynan o‘xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin edi. (Masalan, ayrim Hamdo‘stlik mamlakatlarining shok terapiyasi usulini qo‘llab, qiyin ahvolga tushib qolganini eslang).

SHu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va o‘zimizga mos rivojlanish bu — ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg‘a borishni taqozo etadigan yo‘ldir. Milliy g‘oya ana shu yo‘lda fuqarolarni birlashtiradi, yakdil va hamfikr bo‘lishlariga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini qat’iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga to‘plab, avvalo ana shu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha taraqqiyotni ta’minlash, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali bozor munosabatlariga asoslangan demokratik odil jamiyat barpo etish O‘zbekiston tanlagan yo‘lning ma’no-mazmunini tashkil etadi.

Tanlab olingan bu yo‘l, hamda unga xos Milliy g‘oyaning strategik maqsadlari jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.



Siyosiy sohada:

Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishidir.

Birinchidan, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g‘oyaning siyosiy sohadagi xususiyatlarining mohiyati ana shularda namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o‘z haq-huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, xullas, siyosiy va ma’naviy etukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi.

Binobarin, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o‘stirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-mohiyatini to‘g‘ri tushunib olish va o‘zlashtirishga imkon yaratishdan iboratdir.

Siyosiy madaniyat, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunga bo‘ysunishidan boshlanadi. Demak, biz barpo etayotgan jamiyatda nafaqat aholi huquqiy bilimlarining oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyatning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy institutlari faoliyat samaradorligi ortishiga ham jiddiy e’tibor qaratiladi.

Ijtimoiy taraqqiyotga intilayotgan, siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yo‘lidan borayotgan har qanday jamiyat huquqiy madaniyati yuksak, ozod va erkin shaxsni tarbiyalashga intiladi. Zero, shundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga amal qilib yashash tamoyili jamiyat hayotining asosiy mezoniga aylanadi. CHunki demokratiyaning ijodkori, amalga oshiruvchisi, rivojlantiruvchisi – insondir. Demokratiya – faqat xalq hokimiyati bo‘lib qolmay, u ayni paytda har bir inson, har bir jamoa va butun xalqning o‘z mamlakati kelajagi, o‘z taqdiri oldidagi mas’uliyati hamdir.

Demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini oxlokratiyadan (oxlos – to‘da, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o‘zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo‘rin talablar qo‘yishidan, tazyiq o‘tkazishidan farq qilish lozim.

Bu o‘z navbatida demokratiya, siyosiy hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o‘z manfaatlarini davlat va jamiyat manfaati bilan uyg‘unlashtirishni, yuksak siyosiy madaniyatga ega bo‘lishni talab qiladi.

Ikkinchidan, jamiyatimizdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik tamoyilini qaror toptirish. Mazkur jihatlar Milliy g‘oyaning siyosiy sohadagi o‘ziga xos tamoyillarini ifodalaydi.

Mulkchilikning rang-barang shakllari qaror topayotgani, ular teng huquqliligining davlat tomonidan kafolatlanayotgani jamiyatning ijtimoiy-tabaqaviy tarkibini o‘zgartirmoqda. Bugun yangi ijtimoiy qatlam va guruhlar – sarmoyadorlar, tadbirkorlar va o‘rta sinf vujudga kelmoqda. Mulk shakllari xilma-xiligi va ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga mos holda turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar hamda harakatlar ham paydo bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllangani buning yaqqol dalilidir.

Hozirgi o‘tish davrida mulkchilikning nodavlat shakllari va siyosiy partiyalar hali mustahkam oyoqqa turib olgani yo‘q. Lekin ular kundan-kunga kuchga to‘lib o‘z mavqelarini oshirib bormoqda.

SHu ma’noda, Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi mulohazasi muhim ahamiyatga ega: «SHunga erishish kerakki, mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topishi darkor. Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o‘zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo‘lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o‘z ifodasini topishi lozim»32.

Ko‘ppartiyaviylik, partiyalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, eng avvalo, parlament ishida o‘z vakillari orqali ishtirok etuvchi partiyalarning demokratik qonunlar qabul qilish va ularni hayotga tatbiq etish borasida faolik ko‘rsatishi, parlament orqali ijroiya hokimiyat faoliyatini nazorat qilib borishi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi muvozanatni vujudga keltiruvchi asosiy omildir.

Turli manfaatlar, qarama-qarshi kuch va harakatlar muvozanatini ta’minlaydigan ma’naviy omil bu – milliy g‘oyadir. U ijtimoiy guruhlar manfaati va mafkurasidagi umumiylikni, ya’ni umummilliy manfaatlarni va yagona oliy maqsadni aks ettiruvchi g‘oyadir. U millatning jipsligiga, konsolidatsiyasiga xizmat qiluvchi ma’naviy kuchdir. SHu bois mamlakatimiz mustaqilligi, kelajak taraqqiyotimiz uni xalqimiz ongiga muntazam va bosqichma-bosqich singdirib borishni taqozo etadi. Milliy g‘oya negizida milliy mafkura shakllanadi.

SHunday qilib, biz barpo etayotgan jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi mexanizm quyidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillardan tashkil topadi:


  • mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish;

  • haqiqiy ko‘ppartiyaviylikni qaror toptirish;

  • mulkdorlar sinfi va o‘rta sinf shakllanishini jadallashtirish;

  • ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hamkorlik va sherikchilikni vujudga keltirish;

  • Milliy g‘oyani muntazam va bosqichma-bosqich jamiyat ongiga singdirib borish.

Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada kengroq shart-sharoit yaratish, hokimiyatning konstitutsiyaviy bo‘linishi tamoyiliga qat’iy amal qilish, jamiyat a’zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni ishga solish taqozo etadi.

Bu — mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchning sub’ektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmasdan ishni faol tashkil qiladigan, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jamiyatning olg‘a siljishiga xalaqit berayotgan illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan samarali tizimni shakllantirish demakdir.

Bunday samarali tizim – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatidir. Huquqiy davlatda nafaqat hokimiyatning uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati bir-biridan ajratiladi va bir-biridan mustaqil harakat qiladi, balki ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy institutlar ham erkin va mustaqil bo‘lib, hech qanday kuchga qaram bo‘lmaydi. Hokimiyat bo‘g‘inlari va ijtimoiy institutlar faqat Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka tayanib ish tutadi. Ularning o‘zaro munosabati va hamkorlik mexanizmi ham Konstitutsiya va amaldagi qonunlar orqali belgilab qo‘yiladi. Ularning mustaqilligi, bir-biriga bevosita bo‘ysunmasligi, faqat qonun oldida mas’ulligi, amalda ularni butun jamiyat oldida mas’ul qilib qo‘yadi.

Demak, mustaqillik bu — huquq, huquq esa – mas’uliyat yoki, bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik – mas’uliyat. Mana shu bog‘liqlikni, ayniyatni oddiy fuqarodan tortib mas’ul xodimlargacha teran anglab, o‘z faoliyatini ana shu asosda yuritishi maqsadga muvofiqdir.

To‘rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyat doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni ko‘zda tutadigan «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini amalga oshirish.

Bu — odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining oshishi, ularga ko‘proq huquqlar berilishi demakdir.

Siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonida jamiyatni boshqarish borasidagi vazifa-funksiyalar ikki yo‘nalishda qayta taqsimlanib boradi. Birinchisi – davlat markaziy idoralarining ayrim huquq va vazifalari mahalliy hokimiyatlar zimmasiga o‘tkaziladi. SHu tariqa mahalliy hokimiyatning huquq va mas’uliyati oshiriladi. Ushbu jarayon markazning vazifalarini kamaytirish – detsentralizatsiya deb ataladi. O‘z navbatida, mahalliy hokimiyat idoralari huquq va vazifalarining bir qismi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (fuqarolar yig‘inlari, mahalla qo‘mitalari, uy-joy shirkatlari va boshqalar) zimmasiga o‘tkaziladi. Ayniqsa, bu aholining ma’lum toifalarini ijtimoiy himoyalash, yashashning umumiy tartib-qoidalarini tartibga solish va nazorat qilishga, kommunal xizmat kabi hayotiy masalalarga taalluqlidir.

Ikkinchisi – jamoat tashkilotlarining huquqi va mas’uliyatini oshirish, davlat zimmasidagi vakolatlarning bir qismini ular zimasiga o‘tkazish. Buning uchun Konstitutsiya va qonun doirasida faoliyat ko‘rsatadigan jamoat, ya’ni nodavlat va nohukumat tashkilotlarining tarmog‘ini kengaytirish zarur.

Nodavlat, jamoat tashkilotlarining ko‘payishi, ularning kundalik hayotimizdagi ahamiyati ortib borayotgani fuqarolik jamiyati asoslari tobora mustahkamlanib, rivojlanayotganidan dalolat beradi. Aynan shunday tashkilotlarning faolligi va mas’uliyatining ortgani, fuqarolarning ongi va tasavvurida, kundalik hayotida ular tobora ko‘proq ishtirok etayotgani «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasini hayotga tatbiq etishning muhim sharti va shaklidir. «Kuchli jamiyat» tushunchasining mohiyati shundan iboratki, xalq jamoat tashkilotlari orqali davlat idoralari faoliyatini nazorat qiladi, ularning o‘z vazifalari va jamiyat oldidagi burchlarini to‘g‘ri va samarali bajarishiga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat ana shunday kuchli jamiyat bo‘ladi. Uning siyosiy tuzumi – demokratik, huquqiy davlat bo‘lsa, ijtimoiy tuzumi – qonun ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir.

Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash joy-joyiga qo‘yish va yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish. Bu – hech qaysi zamonda osonlikcha hal bo‘lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgarishini taqozo etadigan, odatda sub’ektivizm, manfaatparastlik, uruQ-aymoqchilik kabi ko‘p-ko‘p illatlarni bartaraf etish, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan jarayondir.

Davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy siyosatining qanchalik to‘g‘ri va samarali amalga oshirilishi ko‘p jihatdan turli bo‘Qindagi tashkilotchi–ijrochilarga bog‘liq. Ularning kasbiy tayyorgarliklari qanchalik baland bo‘lsa, o‘z vazifalarini qanchalik halol va vijdonan bajarsa, ishlar shuncha olg‘a ketadi, kundalik muammolar tezroq hal bo‘ladi. Bu hol odamlarning kayfiyatiga va ularning davlat idoralariga munosabatiga ijobiy ta’sir qiladi. SHunda jamiyatda o‘zaro ishonch mustahkamlanadi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muhit yaxshilanadi.

Vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sodiqlik rahbarning faoliyatini, izlanishlarini yuksak ma’no-mazmun bilan to‘ldiradi. U yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni, ba’zi bir omadsizliklarni psixologik jihatdan osonroq engadi, tushkunlikka tushmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. U o‘z faoliyatiga va jamoasi erishgan yutuqlarga doimo eng yuksak mezonlar bilan yondashib, unga tanqidiy baho beradi. U eng ilQor tajribalarni ko‘zlab ish yuritadi, ularni jamoasi faoliyatida joriy etishga urinadi. Vatanparvarlik va milliy Qoyaga sodiqlik uning kuchiga kuch, aqliga aql, tashabbusiga tashabbus qo‘shadi, uni haqiqiy fidoyiga aylantiradi.

Rahbar xodim nafaqat tashkilotchi, balki tarbiyachi ham bo‘lmoQi lozim. SHu bois vatanparvarlik va milliy Qoyaga sodiqlik fazilatlari uning o‘z jamoasini to‘g‘ri tarbiyalashda, uni yuksak omillarga etaklashda rahbarga yordam beradi. Vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sodiqlik bor joyda dangasalikka, o‘g‘irlikka, ta’magirlikka, mahalliychilikka, guruhbozlik, urug‘-aymoqchilik va boshqa salbiy illatlarga aslo o‘rin bo‘lmaydi.

Bu turli bo‘g‘in rahbarlarining kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish borasidagi o‘zboshimchaliklarining, noxolisliklarining ko‘p jihatdan oldini oladi yoki kadrlarni ularning o‘zboshimchaligidan, turli tasodiflardan muhofoza qiladi. Oshkoralik tamoyilini qo‘llash, ba’zi sohalarda konkurs-tanlov asosida lavozimga tavsiya etish, tanlanayotgan mutaxassis haqida jamoaning fikrini o‘rganish va shu kabi tadbirlar ham kadrlar tanlash mexanizmini takomillashtirishga, binobarin, yangi jamiyat qurishni tezlashtirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy sohada:

Iqtisodiyotnnig barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish – bu sohadagi o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlaridir. Mazkur o‘zgarish va yo‘nalishlar Milliy g‘oyaning iqtisodiy sohadagi xususiyat va tamoyillarini belgilaydi. Bunda bir qator vazifalar amalga oshiriladi.

Birinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini – funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash.

Bu – xususiy biznesga, umuman, iqtisodiy faoliyatining bozorga xos mexanizmlariga ko‘proq erkinlik berish, buning uchun tegishli huquqiy zamin, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlarni yaratish, institutsional o‘zgarishlar, moliya va bank tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish, rivojlangan bozor infratuzilmasini barpo etish, raqobat muhitini shakllantirishga asosiy e’tiborni qaratish demakdir.

Mustaqillik davrida mulkchilikning turli shakllari, jumladan xususiy mulk rivojlanishi uchun zarur huquqiy kafolatlar va amaliy mexanizm yaratildi. Masalan, Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, uning joylardagi tuzilmalari barpo etildi, tovar, xom ashyo, fond birjalari, tijorat banklar tizimi, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, biznes-fond, turli konsalting, lizing va boshqa bozor infratuzilmasi tarmoQi shakllantirildi. Mulkning aksariyat qismi davlat tasarrufidan chiqarildi. Nodavlat shaklidagi mulkchilikning aksiyadorlik jamiyatlari, korporatsiyalar, kompaniyalar, firmalar, shirkatlar, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, o‘rta va kichik korxonalar kabi tarmog‘i vujudga keldi. Bozor infratuzilmasini shakllantirish va takomillashtirish jarayoni bundan buyon ham davom ettiriladi va chuqurlashtiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik, huquqiy erkinligi to‘laqonli amaliy erkinlikka aylanishi uchun ular ishlab chiqarishni bozor talablariga mos tashkil etish, etarlicha investitsiyalar jalb qilish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, zarur axborot va konsultatsiya olish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozim. SHunda bozor mexanizmi yaxshi ishlay boshlaydi, haqiqiy raqobat vujudga keladi, iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga soladigan, muvozanatga keltiradigan mexanizmi shakllanadi. SHu bois yangi jamiyat barpo etish jarayonida mazkur masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ikkinchidan, xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va bu borada haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, bu jarayonga tarmoqlarning asosini tashkil qiluvchi yirik korxonalarni jalb etish.

Bu — xususiy mulkning miqyosi va ulushi uzluksiz ortib boradigan ko‘pukladli iqtisodiyotni rivojlantirish, jamiyatda mulkdorlarning ko‘pchilikni tashkil etishiga erishish orqali ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikni kafolatlash demakdir.

Xususiylashtirishning asosiy maqsadi, bir tomondan, mulkchilikning turli nodavlat shakllarini rivojlantirib, ular o‘rtasida haqiqiy raqobatni vujudga keltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mulkdorlar sonini, ayniqsa band aholi tarkibidagi yaqin kelajakda ko‘pchilikni tashkil etadigan o‘rta sinfni qaror toptirishdan iborat.



Uchinchidan, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kengaytirish.

Bu – salohiyatli xorijiy sheriklar bilan faol hamkorlik qilish, ular bilan birga zamonaviy, xalqimiz ehtiyojiga mos, dunyo bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirish demakdir.

Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. CHunki ishlab chiqarish fondlarini zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va mexanizmlar bilan yangilab, ilg‘or texnologiyalarga o‘tish uchun mablaQ kerak. Xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar qilish, ko‘plab yangi korxonalar qurish, ishlab chiqarishning va bozor iqtisodiyotining infratuzilmasini rivojlantirish uchun ham mablag‘ kerak.

SHu bois xorij sarmoyasini iqtisodiyotga oqilona, qulay shartlar asosida jalb qilish zarurati kuchli.

YAngi jamiyat barpo etish jarayonida O‘zbekistonda chet ellik investorlarning manfaatlarini kafolatlaydigan, ularning tadbirkorlik faoliyatlari uchun ma’lum muddatga imtiyozlar beradigan tegishli qonunlar qabul qilinib zarur huquqiy baza yaratilmoqda. U muttasil kengayib boradi.

CHet elliklarga o‘zlarining korxonalarini ochishga, ma’lum shartlar asosida er osti boyliklarini qazib olishda ishtirok etishlariga ruxsat berilayotgani ham bu borada olib borilayotgan ishlar sirasiga kiradi.

Mamlakatimizda sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish qanchalik ko‘paysa, xalqimizning moddiy ehtiyojlari shunchalik qondiriladi, turmush farovonligi o‘sadi, davlatimizning iqtisodiy qudrati oshadi.



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə