Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə5/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Adabiyotlar

1. Karimov I.A.”O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T., «O‘zbekiston», 2011.



  1. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son.

  2. Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.-T., «SHarq», 1998,32-6.

  3. Karimov I.A.Hushyorlikka da’vat.T., «O‘zbekiston», 1999.

  4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‘zbekiston», 1999.

  5. Karimov I.A.O‘zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‘zbekiston», 2000.

  6. Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e’tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» gazstasi, 2000 yil, 8 iyun.

  7. Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‘zbekiston», 2000.

  8. Falsafa: ma’ruzalar matni. Toshkent, O‘zbekiston Rsspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2000 y.

3-mavzu: Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi

REJA:

1. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi.

2. G‘oyaviy-mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‘lishi.

3.G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi

4.O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni.

Tayanch tushunchalar

G‘oya, mafkura, milliy, diniy, ilmiy g‘oya, falsafiy g‘oya, bunyodkor g‘oya, vayronkor g‘oya, mafkuraviy meros, mustaqillik mafkurasi.


Milliy g‘oya – milatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli.

U yoki bu g‘oyaning Milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi milatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zeror, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad-muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin.

Milliy g‘oya oxir-oqibatda, ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdiriga ta’sir qiladi. SHu ma’noda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman, insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan g‘oyalar ham bor. Aytaylik, «Milliy yarash» g‘oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, «Manfaatli hamkorlik» g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir.

Milliy istiqlol g‘oyasi-mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari I.Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat:

- tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish;

- xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini o‘tash;

- inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etish;

- har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish.

- O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taaluqli bo‘lish;

- Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;

- turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish;

- biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylantirmaslik;

- har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish;

- sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish;

- so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;

- davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‘lish.

Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‘lgan taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma’naviy-ma’rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin.

Xalqning ma’naviyati, madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir1, deb ta’kidlagan edi, Prezidentimiz I.Karimov. Darhaqiqat, bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni kechayotgan bir sharoitda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘tmish madaniy meros va haqqoniy tariximiz muhim ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan bugungi kunda boy tarixiy merosimiz va madaniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Mustaqillik tufayli, biz bu milliy ma’naviyatimizni tiklashga, o‘rganishga, uni yanada jahon sivilizatsiyasining tarkibiy ajralmas qismida mustahkam bo‘lib qolishga imkoniyat yaratildi.

SHu o‘rinda avvalo meros, madaniy meros, ma’naviy meros tushunchalarining xususiyatlarini tahlil qilish lozim. CHunki ma’naviy meros madaniy merosning tarkibiy qismi sanaladi. Madaniy merosni tushunmasdan ma’naviy merosni ham tushunish qiyin. Bu tushunchalarda umumiylik bo‘lsa ham, ular birday emas, o‘zaro qaysi bir jihatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi.

Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir1.

Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi, kimlarning, ya’ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai – nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni xarakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir

G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr.

Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. g‘oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto, g‘ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. g‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson ruhiyatiga, hatta tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi.

Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi kimlarning ya’ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

G‘oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?

Inson o‘zining aql – zakovati, iymon – e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.

Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, birinchidan, g‘oya inson tafakkurining mahsulidir.

Ikkinchidan, g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir.

Uchinchidan, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.

Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‘oya. Tushuncha, iogos – ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi.

- g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha hisoblanadi;

- muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar bo‘lishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi.

G‘oyaning ijtimoiy mohiyati. Har qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi.

G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.

Inson tafakkurining maxsuli sifatida g‘oya milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma’naviy hayotni, tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, falsafa, din, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:

- Ilmiy g‘oyalar; falsafiy g‘oyalar; diniy g‘oyalar; badiiy g‘oyalar; ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar; milliy g‘oyalar; umuminsoniy g‘oyalar v.h.

1. Ilmiy g‘oyalar – fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir;

2. Falsafiy g‘oyalar har bir falsafiy ta’limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘g‘risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o‘rab turgan dunyoni bilish jarayonida kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to‘plagan bilimlarini umumlashtirish, inson hayotini ma’no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.

3. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini , diniy iymon-e’tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi.

4. Badiiy g‘oyalar – adabiyot va san’at asarining asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi., o‘quvchida muayyan ta’surot uyg‘otadi.

5. Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-mudaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi.

G‘oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umuminsoniy g‘oyalar ham mavjud bo‘lishi mumkin.

Milliy g‘oya – inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar, g‘oyalar majmuidir. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o‘lmas g‘oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlab, ularni o‘z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.

Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g‘oyalar yuksak g‘oyalardir. Odamlar orasiga nifoq, xalqlar o‘rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo‘zg‘aydigan tuban buzg‘unchi g‘oyalarga misol bo‘ladi.

Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum bir tarixiy sharoitda ezgu harakatga undaydigan g‘oya mazmunan umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya jamiyat va inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin.



Ezgu g‘oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrlardir.

Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g‘oyalar, mafkuralar bilan bog‘liqligi

Har qanday jamiyat o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.

Inson hech qachon tashqi dunyodan, o‘zini qurshab olgan olamdagi o‘zgarishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda, ularning ta’sirisiz yashay olmaydi. Xalqlar. Millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar faoliyati tufayli sodir bo‘lgan turli hodisa va jarayonlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta’sir etadi.

Hayotda maqsadi, yuksak g‘oyasi, ezgu orzu-intilishlari bo‘lmagan inson va jamiyat a’zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma’naviy yuksaklikka erishishi qiyin. YUksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari etaklaydi. G‘oyasi etuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‘rsata oladi.

Ayrim yovuz kuchlar ta’sir o‘tkazish orqali o‘z g‘arazli niyatlariga etish maqsadida foydalanishlari mumkin. SHu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat o‘z maqsad mudaolarini ifoda etadigan manfaatiga zid bo‘lgan zararli va begona g‘oyalarga qarshi turadi. Har bir xalq, millat va jamiyat o‘z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta’minlashga yordam beradigan muayyan g‘oyaga ehtiyoj sezadi.

Binobarin, g‘oya muayyan millat va xalqning maqsad-muddoalari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi.

Insoniyat tarixidan ma’lumki, er yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «CHunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, jamiyatning o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi bo‘lgan. CHunki jamiyatning, xalqning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‘oyasi va mafkurasi bo‘lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bo‘ladi.

G‘oya, mafkura jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi bo‘lib, busiz jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin»1.

Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan bosh va asosiy g‘oyalar, bu g‘oyalar ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-madoalarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bo‘ladi. SHu sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo‘lida birlashtirib, jamiyat ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu orzular, maqsad-mudaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-qudrat beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. SHuning uchun ham g‘oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.

Jamiyat tarixini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlarining ko‘pchiligi dastlab SHarqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, qadimgi Misr, Vavilon, Turon, Eron, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiyalar tarixda muhim o‘rin tutadi. Qadimgi SHarq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bo‘lib erga ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning ko‘plab navlarini etishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshootlari va moslamalarini yaratdilar, tarixga ma’lum bo‘lgan birinchi suv tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatdilar, ipak qurti boqib, undan tabiiy ipak olishni kashf etdilar. Nihoyatda murakkab me’morchilik san’atiga asos soldilar, tabiat kuchlari qarshisida qanchalik sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismoniy baquvvat va ruhan engilmas bo‘lishni jahonga namoyon etdilar. SHu asnoda xilma xil g‘oyalarni yaratdilar, ularni amalga oshirdilar.

Ma’lumki, milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari xalqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtriyada ilk bor shakllangan , ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – “Avesto” kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan.

Zardo‘shtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtriyada davlat dini darajasiga ko‘tarildi va rasmiy mafkura vazifasini ham bajardi.

Ammo, Turonning vaqti-vaqti bilan bosqinchilar hujumiga uchrab turishi jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarar edi. Milloddan avvalgi VI-IV asrlarda ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bo‘lgan mustaqil davlatchilikka ma’lum muddatga chek qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Xalqimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‘oyalari, o‘z milliy davlatchilikni tiklash uchun kurash xalqimizning o‘sha paytdagi orzu-umidlari, ta’bir joiz bo‘lsa uning g‘oya va mafkurasini tashkil qiladi.

Mil.av. 7 asrlarda Avesto – Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya davlatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, Mil.av. 6-4- asrlarda Buddaviylik kushon davlatining mafkurasiga aylandi.

9-12 asrlarda samoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi.

Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning o‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar YU.Xamadoniy, YAssaviy, G‘ijduvoniy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog‘lom ma’naviy-axloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi.

Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligini rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi.

17-19 asrda umummilliy manfaatlar o‘rniga tor va cheklangan, shaxsiy va sulolaviy manfaatlarning ustun qo‘yilishi, jamiyat hayotida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ilm-ma’rifatni rivojlantirishga etarlicha e’tibor berilmagani Turkistonda mustamlakachilik tuzumi o‘rnatilib, pirovardda milliy davlatchilikning yana bir bor tugatilishiga olib keldi. SHunga qaramasdan chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan milliy g‘oyalar tamomila yo‘q bo‘lib ketmadi. Aksincha mustamlakachilik sharoitida ular milliy davlatchilikni tiklash, millat taraqqiyoti va istiqboli uchun kurash bayrog‘i sifatida yana ilgari surila boshladi.

Umuman, insonlar, xalqlar, jamiyat hayotida mafkura muhim rol o‘ynaydi. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo, insonning jamimyatdagi o‘rni va ahamiyatini qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog‘liq. CHunki insonni ijtimoiy harakat va faoliyatga unday va shu tariqa ko‘zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma’no-mohiyatini tashkil etadi.

SHu sababli ham milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va pirinsiplari tizimida insonning jamiyatdagi o‘rni bunyodkor kuch sifatida belgilangan. Istiqlolning bosh g‘oyasi ham, asosiy g‘oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yo‘g‘rilgan. CHunki bunyodkorlik xalqimizning eng olijanob fazilati. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tom ma’noda bunyodkordir, do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham daraxt ko‘kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari bunyodkorlik ishlariga yorqin misol bo‘ladi.

Jamiyat taraqqiyotida mafkura va g‘oyalar etakchi mavqelardan birini egallaydi. Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o‘zgarib boradi.



Mafkura (arab.fikrlar majmui)- muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatilari, orzu-istak, maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimidir. Unda manfaatlar ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Bu tizim o‘zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. Demak, mafkura o‘z mohiyati va vazifasi jihatdan nihoyatda rang-barang bo‘lishi tabiiydir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yo‘nalishlar va darajalarga ega bo‘lganidek, mafkura ham xilma xil bo‘lishi mumkin.

Er yuzida barcha insonlar o‘z fikr-mulohazalariga ega bo‘lib, amaliy faoliyat yuritadilar. SHu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma xildir, deganda haq edi. Darhaqiqat, dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir – biridan farq qiladi. Ularning diniy e’tiqodi, milliy madaniyati, demakki, mentaliteti, maqsadlari va taraqqiyot yo‘llari ham rang-barangdir. Ularning orzu-istaklari, hayotiy ideallari, muddaolarini aks ettiradigan g‘oyalar va ularni amalga oshirishda man’aviy-ruhiy kuch bag‘ishlovchi mafkurasi ham xilma xil bo‘lishi tabiiydir. Darhaqiqat, dunyodagi har bir davlat, xalq va millat, jamiyatning maqsad va manfaatlarini ifodalaydigan o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi mavjud.

Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa, taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Fikrlar erkinligi va xilma xilligi mafkuralarning mazmun jihatdan boyishiga, bir-birini to‘ldirishiga xizmat qiladi.

Mustaqil O‘zbekistonda mafkura yakkahokimligidan voz kechildi va milliy taraqqiyot uchun keng yo‘l ochildi. Mamlakatimizda mafkuralar va fikrlar xilma xilligiga alohida e’tibor beriladi. G‘oya va mafkuralar xilma xilligi ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy institutlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. SHuningdek, u mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit yaratadi. Siyosiy partiyalar esa o‘zlari mansub bo‘lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o‘z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.

SHu bilan bir qatorda, tarixiy taraqqiyotning mas’uliyatli davrlarida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar, millat yoki siyosiy yo‘nalishlarin o‘zida mujassamlashtiruvchi, ko‘pchilikka maqbul, umum tomonidan ma’qullanadigan, jamiyatning asosiy manfaatlarini o‘zida mushtaraklashtiradigan mafkuralar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, milliy ozodlik kurashi mafkurasi, milliy mustaqillik mafkurasi va hokazo. Umummilliy g‘oya jamiyat a’zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va ko‘nglidagi orzu-intilishlarini ifoda etgani, millatlarning birdamligi, jamiyatning qudratini mustahkamlashi, fuqarolar o‘rtasidagi bag‘rikenglik munosabatlarini ifoda etgani sababli odamlarni ulkan maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bo‘ldi. Bunday g‘oya jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, fikrini erkin ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijt imoiy qatlam, avvalo, o‘zining aniq-ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarining ochibati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, bahs-munozara madaniyati talablariga amal qilishi lozim. YA’ni fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma xilligi muayan jamiyatning milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlarga, joriy qonunchilik normalariga, axloqiy mezonlarga zid bo‘lmasligi lozim. SHu sababli jamiyatda bunyodkor-yaratuvchilik g‘oyalarini ilgari suruvchi va hayotga tadbiq etuvchi kuchlar jamiyat ahli o‘rtasida o‘z g‘oyalarini singdirishga urinsalar, ko‘pchilik ongiga ijobiy ta’sir etib, jamiyatda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik va yaratuvchilik ishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, bu ilk o‘rta asrlarda mamlakatimiz hududida ilm-fan, din, madaniyat, adabiyot, hunurmandchilik rivojlanishi tufayli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarda uyg‘onish sodir bo‘lib, ko‘plab etuk allomalarning etishib chiqishiga olib keladi. Ular o‘z ta’limotlarida buyuk g‘oyalar yaratib, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Darhaqiqat, bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi.

Jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misoldir. Inson va jamiyat bor ekn, ezgulik g‘oyalarining zidi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishi ham mumkin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qardoshlik, rivojlanish va farovonlik g‘oyalariga tayanib, yuksak maqsadlar sari etaklayveradi. Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat taraqqiyotga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda.

Milliy g‘oya - millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o‘zagidir. Turli xalqlarning milliy g‘oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e’tiqodini ifodalaydi, ayni paytda muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarix saboqlari guvohlik berishicha, o‘tkinchi manfaat va g‘aliz niyatlarga tayangan, o‘zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko‘zlagan yovuz g‘oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g‘oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g‘oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan.

O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol g‘oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi.

«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida quyidagi milliy xususiyatlar qayd etilgan:

- xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi;

- jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;

- ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e’tibor;

- millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;

- kattaga - hurmat, kichikka - izzat;

- mehr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom;

- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;



  • halollik, mehr-oqibat va hokazo».

Milliy g‘oyaga ma’naviy poydevor bo‘ladigan milliy qadriyatlar doirasiga urf-odat va marosimlar, ularga asos bo‘lgan insoniylik va jamoachilik tamoyillari, axloqiy fazilatlar kiradi. Uning tayanchi, negizi bo‘lib ham xizmat qiladi. CHunki, bu qadriyatlarda millatni, xalqni ruhi mujassam.

Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to‘g‘anoq bo‘ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.Milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o‘zaro ta’sir mavjud bo‘lib, bu quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:



birinchidan, milliy qadriyatlar milliy g‘oya uchun ma’naviy negiz, manba bo‘lib xizmat qiladi;

ikkinchidan, milliy g‘oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo‘lib hisoblanadi;

uchinchidan, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma’naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma’naviy mezoni bo‘lib maydonga chiqadi.

Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy g‘oya - jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lgan sohalaridir.

O‘zbekiston istiqlolining asoschisi Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab taraqqiyotning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lini belgilovchi milliy ma’naviy qadriyatlar masalasiga juda katta e’tibor qaratildi. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishning ilmiy-nazariy, fundamental konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Ayni paytda, buyuk kelajakni yaratish yo‘lida xalqni birlashtirib, yakdil qila oladigan, bunyodkorlik ishlariga safarbar etib, ruhiy tayanch bo‘la oladigan milliy g‘oyani shakllantirish muammosi yurtboshimiz Islom Karimovning diqqat nazaridan bir daqiqa ham chetda qolmadi.

Binobarin, ma’naviyat, qadriyat va milliy g‘oya – xalqning bugungi hayoti uchun ham ertangi istiqboli uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-ijtimoiy sohalardir.

Milliy o‘zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish, o‘z xalqining tarixi, madaniy merosini o‘rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar ko‘p asrlik tarixga ega.

O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularning paydo bo‘lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko‘rsatadi.

Misol uchun, «Avesto»ni olaylik. Bundan 2700 yil muqaddam o‘n ikki ming mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan bu asar paydo bo‘lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o‘tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to‘planganligi shubhasiz. Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, xattotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun ham shu paytgacha o‘z qimmatini yo‘qotmadi.

Milliy ma’naviy qadriyatlar va milliy istiqlol g‘oyasining uzviy aloqadorligi ularning o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oya ma’naviyatga tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan birga, ma’naviy-ruhiy hayotga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Milliy g‘oya qadriyatlarni yanada yuksaltirish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga oshiradi. Ma’naviy hayotdagi behisob hodisalarni, qadriyat va ne’matlarni xalq manfaatlari va e’tiqodi nuqtai nazaridan baholash - milliy g‘oya mezonlari bilan o‘lchanadi.

Olamda o‘zi tug‘ilgan, voyaga etgan yurtni Vatan deb bilmaydigan, qaerda qorin to‘yib, tirikchilik o‘tsa - shu yurtda qoladigan odamlar ham bor. Lekin, Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik hissi – faqat etuk va fidoyi, haqiqiy vatanparvar insonlarga xos bo‘lgan ulkan qadriyatdir. Milliy g‘oyaga sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni mustahkamlash va Vatan ravnaqini ta’minlashga shaxsiy hissa qo‘shish istagida namoyon bo‘ladi.

O‘z millatining tili va madaniyatidan, shu millatga mansubligidan or qiladigan, uning madaniyati va merosidan o‘zini chetga oladigan ayrim kimsalar ham ba’zan topiladi. Ammo, haqiqiy millatparvar inson o‘z xalqi boshiga kulfat kelganda uni tashlab ketmaydi, milliy g‘urur va milliy or-nomusni himoya qilishni, qadrlashni eng ulug‘ qadriyat deb biladi. Milliy g‘oya bu qadriyatni har bir yurtdoshimizning ongi va qalbiga singdirishga xizmat qiladi.

Marosimlar, urf-odat va an’analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning hayoti, u tug‘ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o‘tadi. Marosimchilik millatning o‘ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash va an’analarni kelajakka etkazish vositasidir. Ayni paytda, milliy ma’naviy qadriyatga aylangan bunday urf-odat va rasm-rusumlar zamon talablari asosida, milliy g‘oya ruhida qayta baholanib boradi. Kelajak taraqqiyotga ahamiyati bo‘lgan qadriyatlar alohida e’tiborni talab etadi. Milliy ma’naviy qadriyatlar tarkibiga kiruvchi qismlarni o‘zgarmas va bir darajada qotib qolgan deb hisoblash mumkin emas. Bular doimo rivojlanib, o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarib, davr ruhi va milliy g‘oyaning talablari asosida yangilanib, ma’nan boyib, rivojlanib boradi.

Ular jamiyat a’zolari, turli guruh va jamoalar tomonidan o‘zlashtirilganda, hayotiy qo‘llanma sifatida qabul qilingandagina qadriyatga aylanadi. Tom ma’nodagi qadriyat maqomini olish uchun bular shaxs va ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo‘lga solish va baholash mezoniga aylanishi kerak.

Ma’naviy qadriyatlarning aholi keng qatlamlari, ayniqsa yosh avlodning «mulki»ga aylanishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Buning uchun shu millat taqdiri va istiqboliga befarq qaramaydigan ilg‘or vakillarning sa’y-harakati talab etiladi. Moddiy va ma’naviy boyliklar, agar milliy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas ekan, chang bosgan kitoblar, nurayotgan osori-atiqalar, mazax qilinadigan udumlar darajasiga tushib qoladi.

Jamiyatdagi turli kishilarning, har xil guruh va tabaqalarning ma’naviy boyliklar va mezonlarga munosabati turlicha bo‘ladi. Har bir shaxs va guruh o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, qadriyatlarni idrok etadi, o‘z tarbiyasi va saviyasidan kelib chiqib, ma’naviyatni o‘zlashtiradi.

Milliy qadriyatlar o‘tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «o‘tmishning qoldig‘i» degan tamg‘alar bosilgan edi. hatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg‘ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan.

Mustamlakachilik siyosati soxta qadriyatlar, begona taomillarni zo‘rlab kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo‘lgan – ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshladi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millatchilik deb baholandi.

O‘zbekistonning mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy istiqlol g‘oyasi bu qadriyatlarni tiklashni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

I.Karimov: «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek noyob insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zarur», deb ta’kidlaydi. «Nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimizga hamisha hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ularning xizmatini qilib, duosini olish, jajji go‘daklarga, aziz farzandlarimizga gamxo‘rlik qilish, ularni ardoqlashdek xalqimizga xos bo‘lgan, asrlar davomida saqlanib kelayotgan olijanob odatga har birimiz sodiq bo‘lishimiz, uni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz ham farz, ham qarzdir». Lekin bu hammaga ham bir xilda xush kelmayotir. Bizni o‘zimizga xos qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar hozir ham davom etmoqda. «An’anaviy qadriyatlar»ni yo‘q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g‘oya xavflidir.

O‘zbekiston davlati qariyalarni qadrlash, yoshlarga gamxo‘rlik ko‘rsatishni o‘z taraqqiyotining ustuvor tamoyili qilib belgilagan. Binobarin, turli sabablarga ko‘ra boquvchisiz qolgan keksayu-yosh hech mahal mehr-muruvvatdan chetda qolmasligi aniq. Ayni paytda milliy istiqlol g‘oyasi har bir vatandoshimizning o‘z fuqarolik burchlarini chuqur anglab etishini, insoniylik va mehribonlikni eng ezgu qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Dahshatli urush yillarida yuz minglab etim bolalarni asrab olib, milliy bag‘rikengligimizni dunyoga tanitgan insonlarga munosib bo‘lish – milliy g‘oyaga sadoqatning amaliy ifodasidir.

Milliy g‘oya ruhiga yot bo‘lgan salbiy xislatlardan biri – boqimandalik, loqaydlik bo‘lib, bu mehnat kishilarining g‘ayratini, tashabbusini bo‘g‘ib kelgan o‘tmish tuzumdan meros bo‘lib o‘tdi va hozir ham ayrim kishilarning faolligiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.

Mustabid tuzum sharoitida xalqning kundalik ongi, ijtimoiy ruhiyati bilan rasmiy mafkura orasida keskin tafovut, ziddiyat vujudga kelgan. Munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da’vo qilgan rasmiy mafkura real hayotni, odamlarning his-tuyg‘ulari va orzu-niyatlarini aks ettirmay qo‘ygan edi. Ijtimoiy ongdagi bu uzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortar, vaziyatdan chiqish yo‘li yo‘qligi uchun tushkunlik, umidsizlik kayfiyati kuchayar edi. Ayrimlar bu soxta g‘oyaga ishonar edi.

Milliy istiqlol g‘oyasining muhim vazifasi – kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralab kelgan. Milliy qadriyatlarimiz orasida boriga shukur qilish, yo‘g‘iga sabr qilish, yorug‘ kunlarni orzu qilib, armonlar ushalishiga niyat qilish ustuvor bo‘lib kelgan. Qiyinchiliklar oldida chekinish, g‘ayrat qilish o‘rniga xasrat bilan kun o‘tkazish, pana-panada ig‘vo-bo‘xton tarqatish milliy g‘oya ruhiga yot, qadriyatlarimizga zid illatlardir.

Xalqimizga xos milliy xususiyatlar, ayniqsa, to‘y-tantanalar va marxumni xotirlash marosimlarining tashkil etilishida yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday marosimlar qarindosh-urug‘chilik, qo‘ni-qo‘shnichilik va yor-do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi, kishi uchun eng dahshatli bo‘lgan yolg‘izlikni bartaraf etadi. Sobiq mustabid tuzum chog‘ida tazyiq va tahqirga uchragan milliy urf-odat va rasm-rusumlar mustaqillik tufayli qayta tiklandi. Ruhiy tayanch va madad beradigan bunday marosimlarni ochiq-oydin, emin-erkin ado etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Biz o‘zligimizni milliy qadriyatlarimizga sadoqatsiz tasavvur eta olmaymiz. U taraqqiyotning, o‘ziga xos va mos rivojlanishning negizidir.

Milliy istiqlol g‘oyasi milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlar – mohiyati e’tibori bilan aksariyat xalqlar e’tiqod va hurmat qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishi) ga ko‘ra bir yoki bir qancha millatlar hayotidan olingan, umume’tirof etilgan tamoyillar ekanligi shubhasiz.

Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy qadriyatlarda ma’lum darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun ustuvorligi milliy istiqlol g‘oyasining umuminsoniy tamoyili deb e’tirof etilgan. Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O‘zbekiston uchun bu tamoyilni ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va faoliyatiga chuqur singdirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

O‘tmish zamonlardan meros bo‘lib qolgan qonunga bepisandlik, undan ustun turishga intilish kabi salbiy holatlar milliy g‘oyaviy tarbiya vositasida bartaraf etilishi zarur. Ayrim yoshlar ongidagi, qonunni mensimaslik go‘yo «zo‘ravonlik» alomati, huquq himoyasida turishi lozim bo‘lgan shaxs va xizmatlar qonunga rioya etmasa ham bo‘ladi qabilidagi soxta qarashlarni tugatishda milliy tarbiya, huquqiy savodxonlik va siyosiy madaniyatning ahamiyati katta.

XX asrning 90-yillarida yadro poligoniga nisbatan ham ko‘proq kuchga ega bo‘lgan mafkuraviy maydonda xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga asos bo‘lgan aqidaparastlik bosh ko‘tardi. Odamlarning ongini zaharlashga, ularni o‘z g‘aliz maqsadlari yo‘lida qurol qilib, jamiyatda beqarorlik va nizolar keltirib chiqarishga harakat qildi. G‘oyaviy, mafkuraviy immuniteti to‘liq shakllanmagan ayrim yoshlar begona va soxta g‘oyalar domiga ilinganda, YUrtboshimiz, jinoyatchilik ko‘chasiga adashib kirib qolgan yoshlarga nisbatan xalqimizga xos bag‘rikenglik va muruvvat qadriyatini ustuvor bilib, ularning tavba-tazarrusini inobatga olishga da’vat etdi. Bu ko‘pgina yoshlarimiz uchun erkin, farovon hayot qurishda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi.

Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma’naviy borlig‘imizning muhim va serqirra sohasi bo‘lib, inson va jamiyat kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o‘zlashtirilishi ta’lim va tarbiyani talab qiladi.

Bunyodkor g‘oya – Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari etaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi g‘oya.

Bunyodkor g‘oya - insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o‘zida taraqqiyot, ma’rifat, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu his-tuyg‘ularning urug‘ini mujassam etadigan g‘oyadir.

Bunyodkor g‘oyalar: ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do‘stlik, birodarlik, hurfikrlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va h.k.

Bunyodkor g‘oya ta’sirida inson ezgulikka etish, millatlar va davlatlar esa, ozodlik va mustaqillikka erishish uchun intiladi, buyuk tarixiy g‘alabalarni qo‘lga kiritadi. I.Karimov ta’kidlaganidek, o‘zida gumanizm talablarini aks ettiradigan, inson kamolotiga, jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga, xalqning iroda va intilishlariga xizmat qiladigan, uni jipslashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g‘oyalar bunyodkor g‘oyalardir. Ular insonning ichki yaratuvchilik mohiyati, ijodkorlik tabiatidan kelib chiqadi, odamlarni komillik va fozillik sari undaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi, hayotiga ijobiy mazmun baxsh etadi. Vatanni sevish, yurt tinchligini asrash, xalq farovnligi yo‘lida kurashish – bunyodkor g‘oyaning ma’no-mazmunini belgilaydi. Tarix ham, bugungi hayotimiz ham o‘z g‘arazli maqsadlariga erishish uchun yuksak g‘oyalarning joziba kuchidan foydalanishga urunuvchi yovuz kuchlar hamma vaqt vahamma zamonlarda bo‘lishini ko‘rsatadi.

Insoniyat tarixi turli-tuman g‘oya va mafkuralarning vujudga kelishi, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayon turli g‘oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi, o‘ziga ishongan kishilarni qanday maqsadlar tomon etaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari misilsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Masalan, Zardo‘shtiylikning «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» g‘oyasi, Suqrotning «adolat», Aflotuning «ezgulik va yagonalik », Forobiyning «Fozil odamlar jamiyati», Amir Temurning «bunyodkorlik», Konfutsiyning «Tenglik» g‘oyalari shular jumlasidandir.

Ularning har biri ulkan ahamiyatga molik g‘oyalarni yaratganlar. Bu g‘oyalarga tayanib bunyodkorlik yo‘lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu borada insoniyatga ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilgan Zardo‘sht ham, “O‘zini anglamoq buyuk saodat” ekanini anglatgan Suqrot ham, “xalqni yakqalam qildim”, deya insonparvarlik, adolat g‘oyalarini kuylagan va qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Markazlashgan davlat tuzib, xalqni birlashtirib, uning adolat kuchiga ishonchini mustahkamlagan Amir Temur ham, Hindiston ozodligi yo‘liga umrini baxshida aylagan , ma’rifat yo‘li bilan g‘olib chiqqan Maxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bo‘lgan ulug‘ insonlardir. Jamiyatda ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor g‘oyalar asos bo‘ladi.

Bunyodkorlik aql-zakovat, qalb bunyodkorligiga aylanganda chinakam qadr-qimmat kasb etadi. Qalb bunyodkorligi esa e’tiqod bilan, pok niyat bilan nafaqat bugunni, balki olis kelajakni o‘ylab yaratishdir. Odamzodga azaldan aql-zakovat bilan qalb bunyodkorligi xos fazilatdir. Uning qalbi bilan qo‘li bir maromda ishlasa haqiqiy mo‘‘jizalar bunyod etiladi. Necha asrlardan buyon dunyoni hayratga solib kelayotgan Misr ehromlari, SHahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bibixonim, Registon maydonidagi madrasalar majmui, Tojmahal yodgorligi, Eyfel minorasi, qanchadan-qancha san’at va madaniyat durdonalari – barchasi ana shunday bunyodkorlik namunasidir. Bunday mo‘‘jizalar bizning madaniy merosimizda, Xiva, Buxorodagi betakror obidalarimizda, mumtoz san’at asarlarimizda yuksak axloqiylikka asoslangan urf-odat va an’analarimizda o‘z aksini topgan.

Mutasavvuf alloma Bahouddin Naqshband “Diling - Ollohda, qo‘ling- mehnatda bo‘lsin” deya yaratuvchilikka da’vat etganlarida, har qanday ishni aql va e’tiqod bilan bajarishni nazarda tutganlar. Ushbu shiorda inson ko‘nglida Ollohga e’tiqod qo‘yib, o‘zi halol mehnati bilan tirikchilik o‘tkazish va ilm-hunar o‘rgatib, Vatanni obod qilishga da’vat etiladi. Diniy ishlarni dunyoviy ishlar bilan bog‘lab olib borish orqali jamiyatda barqarorlik, osoyishtalik va farovonlikka erishish mumkinligi g‘oyasi targ‘ib qilinadi. Mustaqillik yillarida, O‘zbekistonda, islom dinining ezgu g‘oyalari milliy qadriyatlarimiz va turmush tarzimizga chuqur singib bormoqda. Umuman e’tiqodni faoliyatga, faoliyatni esa e’tiqodga aylantirish xalqimizga xos. Masalan, yaxshilikni, ya’ni oddiy insoniy faoliyatni e’tiqod darajasiga ko‘targanimiz yoki Ollohga bo‘lgan ishonch – e’tiqodimizni faqat ezgulik yo‘lida xizmat qildirishni an’anaga aylantirganmiz.

Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek oliyjanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotingi eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda.

Qariyib uch ming yil muqaddam – ma’rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab olgan davrda buyuk vatandoshimiz Zardo‘sht yakkaxudolik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilishni boshlagan edi. Zardo‘sht ta’limotida insonni ezgulikka da’vat etuvchi g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi.

Ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham bayon etilgan. Unda harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, hayvonlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, yolg‘onchilik, ahdga vafosizlik, xiyonat qilish g‘oyalari qoralanib, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadigan g‘oyalar ulug‘lanadi. Zardo‘shtiylik dinida er, suv, musaffo havo, ona tabiat e’zozlanadi, quruq er ochib, uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardo‘shtning bunyodkor g‘oyalari insonlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib Vatanni obod qilishga da’vat etadi.

“Avesto”da yozilishicha, Zaminni hammadan ko‘proq baxtiyor qilgan shaxs, hammadan ko‘p bug‘doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq erlarga suv chiqargan va suvli erlarni shudgor qilgan zotdir.., - deyiladi.

“Avesto” da aks etgan Zardo‘shtning “Ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amalni olqishlayman! Niyat, so‘z va amallar ichidan men ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih andisha, qabih so‘z va qabih amaldan yuz buraman”, degan hikmatli so‘zlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu o‘lmas g‘oyalar keyinchalik paydo bo‘lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi. Demak, bu kitob o‘z davrida shakllangan g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lgan jamiyat mafkurasi edi.

Hindistonda paydo bo‘lgan Buddaviylik dini asta-sekin Janubiy, SHarqiy Osiyoda yashaydigan ko‘pchilik xalqning mafkurasiga aylandi. Eramizning birinchi asrida Rim imperiyasida shakllangan xristianlik dini jahonning ko‘pgina xalqlari va millatlari tomonidan qabul qilindi, ularning ma’naviy hayotiga singdi. VII asrning oxirida Arabiston yarim orolida paydo bo‘lgan islom dini o‘rtadagi ahillik, birodarlik, hamjihatlik, ezgulik, yaratuvchilik g‘oyalarini targ‘ib qilganligi sababli dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari xalqlari o‘rtasida tarqaldi, ularning ma’naviy hayoti, turmush tarzi va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqidagi qarashlari va bunyodkorlik g‘oyalari ham Osiyoning “sharqona” ma’naviyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Jumladan buyuk xitoy mutafakkiri Konfutsiyning (mil.av. 551-479) g‘oyalari honuzgacha xitoy xalqi mafkurasida etakchilik qilib kelmoqda.

Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi muammolari turadi. Bu g‘oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo‘yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo‘lgan. Bu g‘oyaga ko‘ra, insonlar jamiyatning tabiiy taraqqiyotiga qarshi chiqmasligi, ya’ni inqilobiy yo‘lni tanlamasligi kerak. Konfutsiy insoniyat haqida fikr yuritar ekan, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, haqgo‘ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishishi tufayli kamolga etishuvi mumkin, deb hisoblaydi.

Hayotning, borliqning mohiyatini anglash to‘g‘risidagi buddizm dinining asoschisi Sidxartxa Gautama qarashlari muhim o‘rin tutadi. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatlarni chuqurlashtiradi. Hayot mazmunan tug‘ilish, sevish, o‘lim, azobdan iborat. “Borliq girdobi”dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, ko‘ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim. Faqat shundagina “najot topish yo‘li”ga kirish mumkin. Inson beshta axloqiy talabga amal qilishi lozim. Bular: har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg‘on gapirishdan, o‘g‘irlik qilishdan, his tuyg‘ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan o‘zini tiyishi lozim.

Sidxartxa Gautama insonni hayotdagi azob-uqubatlardan qutqarishning yo‘llarini topish haqidagi ta’limotida, uning echimi insonning o‘ziga bog‘liqligini asoslashga urunib, inson faqat o‘z kuchiga tayangan holda “najotning olijanob quyidagi sakkizlik yo‘lidan” ongli harakati va sobitqadamligi ila o‘z maqsadiga erishishi mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi. Buning uchun:


  1. E’tiqod to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi;

  2. maqsad sari qat’iy harakat qilishi;

  3. to‘g‘ri tafakkur va nutq bo‘lishi;

  4. to‘g‘ri fe’l-atvor bo‘lishi;

  5. to‘g‘ri turmush tarzi bo‘lishi;

  6. kuch-g‘ayratning to‘g‘ri maqsadga qaratilgan bo‘lishi;

  7. fikr, maqsadning to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi;

  8. diqqat-e’tiborni to‘g‘ri orzu-niyat qilishga qaratish kerakligi ta’kidlanadi.

Inson o‘zining hayot faoliyati davomida ushbu qoidalarga rioya qilsa, dunyoning mohiyatini teranroq anglay boradi, maqsad muddaosiga erishib, natijada yuksak kamolotga va osoyishtalikka erishadi. Ushbu ta’limotda ilgari surilgan ijobiy axloqiy talablar, insonni o‘zini idora qilishga da’vat etuvchi to‘g‘ri fikr yuritish, fe’l-atvorni to‘g‘ri bo‘lishi, turmush tarzini kuch-g‘ayratning to‘g‘ri maqsadga qaratilgan bo‘lishi, fikr, maqsadning to‘g‘ri yo‘naltirish; diqqat-e’tiborni to‘g‘ri orzu-niyat qilishga qaratish haqidagi g‘oyalar insonlarni o‘ziga jalb etgan va odamlar ushbu ta’limotni qabul qilib uning talablarini bajarganlar.

Umuman, bunyodkor g‘oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma’lum. Bunday jarayon ijobiy g‘oyalarning tug‘ilishiga, ular esa, o‘z navbatida, elatlar, xalqlar, millatlar manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi uchun asos bo‘lgan. SHuningdek, milliy davlatlarning yuzaga kelishida bu g‘oyalar etakchi va yo‘naltiruvchi ahamiyat kasb etgan. Buni biz o‘zbek davlatchiligi g‘oyalarining shakllanishi va takomili misolida ham kuzatishimiz mumkin.

Milliy davlatchilik g‘oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini mustaqil O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik, mintaqaviy tinchlik, millatlararo totuvlik borasida olib borayotgan siyosati barqarorlikka, taraqqiyotga xizmat qilmoqda.

Mil.av. 7 asrlarda Avesto – Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya davlatining mafkurasi sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, Mil.av. 6-4- asrlarda Buddaviylik kushon davlatining mafkurasiga aylandi.

9-12 asrlarda Samoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, Xorazmshohlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat o‘zbek xalqi, balki jahon xalqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi.

Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy kabi allomalarning o‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvuflar YU.Xamadoniy, YAssaviy, g‘ijduvoniy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlar jamiyatning sog‘lom ma’naviy-axloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi.

Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligini rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi.

Amir Temurning Movarounnahr, Xuroson va boshqa joylarda bunyod etgan inshootlari, Temuriylar sulolasi davridagi madaniyat, fan va adabiyot sohasidagi yutuqlar bunga misol bo‘la oladi. Barcha davrlarda va turli xalqlar tarixida milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyati va imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyosomil bo‘ladi.

Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o‘z ma’naviyati, g‘oyalari va ilg‘or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni birga bog‘lashga harakat qildi. Fidoiylik va vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatdi.

XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yapon taraqqiyot modelida ham YApoln milliy mafkurasi “milliy davlatchilik tizimi” (kokutay), “fuqarolik burchi”, “yapon ruhi”, “tadbirkorlik”, “umumilliylik”, “fidoiylik”, “vatanparvarlik”, “paternalizm”, “jamoaga sadoqat”, “modernizatsiya” kabi g‘oya va tushunchalarga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‘ldi.

SHunday bunyodkor g‘oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga katta hissa qo‘shgan fidoiy inson Yong Ki Kimning yuksak g‘oyalarga asoslangan vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. O‘tgan asrning 30 yillarida “12 oila – qishloqda” degan harakatni boshlab, tashlandiq tepalikni sotib olib, obod qilishga kirishadi. Keyinchalik fermerlar tayyorlaydigan “Kanaan” (imkoniyatlar maktabi)ni ochadi. U odamlarni o‘z tashabbusi, g‘oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bugungi kunda “Kanaan” ta’lim dargohining bosh maqsadi – tinglovchilarda insoniy e’tiqod tuyg‘ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar – komillik, o‘zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir. Vatan va millat yo‘lida fidokorona mehnat qilish, tug‘ilib o‘sgan vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g‘oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Ushbu bunyodkorlik g‘oyasi bugungi kunda ham keng tarqalib Janubiy Koreyaning obod bo‘lishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do‘stlik, birodarlik, hurfikrlilik, ma’rifatlik, bag‘rikenglik, va mehnatsevarlik, barqarorlik, tadbirkorlik, halollik va h.k. bunyodkorlik g‘oyalarining ko‘rinishlari bo‘lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur’atli bo‘lish, sobitqadamlik, mehr-muruvvat, saxovatlilik, baynalmilallik, millatlararo do‘stlik va birodarlik, fidoiylik, yurtga sadoqatlilik, vijdon erkinligi, fikr erkinligi va g‘oyalar xilma xilligini tan olish kabilar bunyodkor g‘oyalarga xos xususiyatdir.



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə