Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə8/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

Hayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining faoliya-tiga qo‘yilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuq-larni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bo‘laverishi tabiiy. Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. SHunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, o‘zini ko‘rmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demak, muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim9.

Targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. SHu bois, maqtash targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demak, mafkuraviy hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.

Masalan, bir vaqtlar AQSH fuqarolarida demokratik tamoyillar-ning bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan edi. Mutaxassislar tomnidan bu muammoning turli echimlari taklif qilindi, lekin targ‘ibotning bir oz noan’anaviy usuli tanlab olindi: demokratiya kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba’zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi va unga muqobillar sifatida kommunizm va monarxiya targ‘ib etildi. Targ‘ibotning bu usuli kutilgan samarani berdi: odamlar «yomon bo‘lsa ham, demokratiyadan qo‘ymasin» degan fikrga keldilar va demokratiyaning ashaddiy himoyachilariga aylandilar.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini haqiqiy «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylantirish muammosi o‘ta dolzarb bo‘lib turmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘laqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta’sirchan vositaga aylantirish vazifasi shuni talab etmoqda. Ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan, jurnalistlarni tayyorlash masalasiga davlat darajasida e’tibor berilmoqda, jurnalist-kadrlarni o‘zimizda tayyorlash bilan qanoatlanmay, bu soha mutaxassislarining xorijda ta’lim olishlaridan mablag‘ ayalmayotir.

Etuk demokratik davlatlarda OAVlar jamiyatning «ko‘zlari», «quloqlari» vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil ko‘tarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq. Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini ko‘rsatadigan shunday bir gap bor: «Har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa - «haqiqat» tayyor bo‘ladi, odamlar unga chippa-chin ishonadilar».

Oxirgi paytlarda informatsion xurujlarning tez-tez uyushtirilayot-gani aslida urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi.

Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadar ko‘p mehnat, u qadar ko‘p harakat, u qadar ko‘p xarajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon to‘kishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday informatsion qo‘po-ruvchilikdan maqsad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilishdan iborat. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi xurujlarning maqsadini oydinlashtiradi.

Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher: «Ommaviy axborot vositalari - terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi», degan. Bu gapning mag‘zini chaqqan odam «ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan», degan xulosaga keladi.

Demak, ularning maqsadlari - o‘ldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari o‘zlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchilik, ko‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga «xizmat» qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qo‘rquvni, dahshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati tug‘iladi.



Aksiltarg‘ibot «g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish» tamoyiliga mos ravishda olib borilishi kerak. Bunda davlatimiz siyosatiga qarshi kuchlarning g‘oyaviy hujumlarini qaytarish talab etiladi. Xususan:

1) xorijiy xurnalistlarning hukumat siyosatini buzib talqin qiluv-chi chiqishlariga;

2) diniy aqidaparastlarning tanlagan yo‘limizga qarshi mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlariga;

3) rivojlangan davlatlarning o‘z mafkurasi hukmronligini o‘rnatish yo‘lidagi urinishlariga;

4) axborot xilma-xilligi sharoitidagi informatsion tajovuzlarga;

5) odamlar ongida saqlanib qolgan kommunistik mafkuraning asorat-lariga qarshi faol kurashish zarur.

Aksiltarg‘ibotni tashkil etishda tezkorlik, qat’iyatlilik, hujum-korlik, murosasizlik talab qilinadi. Bu borada tayyorlangan materiallar dalillar bilan isbotlangan, haqqoniy, ommabop va barcha uchun tushunarli bo‘lishi shart.

Aksiltarg‘ibot salbiy ta’sirning oldini oluvchi va fosh etuvchi shakllarda amalga oshiriladi. Oldini oluvchi yo‘nalish asosan tarbiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Bunda:

1) fuqarolarning pozitsiyalarini shakllantirishda g‘oyaviy raqiblar-dan o‘zib ketish;

2) insonlarni begona g‘oyalarning noto‘g‘riligini fosh etishga va ularning dalillarini rad etishga o‘rgatish;

3) pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan xushyor-likni oshirish;

4) yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.



Aksiltarg‘ibotning fosh etuvchi yo‘nalishida:

1) g‘oyaviy dushmanlar tomonidan e’lon qilingan fikrlar va baho-larni rad etish;

2) «mafkuraviy urush» olib borayotgan taraf tashviqotining mohiya-tini ochib berish;

3) mafkuraviy tazyiq ko‘rsatuvchi guruh etakchilarini obro‘sizlan-tirish;

4) raqiblarning ruhini susaytirish orqali ularning harakatlarini kuchsizlantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.

Aksiltarg‘ibotning har ikkala ko‘rinishi o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Insonning ongi va qalbi uchun shiddatli kurash ketayotgan hozirgi paytda aksiltarg‘ibot bilan maxsus shug‘ullanish zarurligi, shak-shubhasizdir. SHu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida bu masalaga alohida etibor bergan edi. «Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzulmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo‘lidagi ilgari borishimizga to‘siq bo‘lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar hususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi»10.



Mafkuraviy tarbiya samarali tashkil etish imkoniyatlari. Bugungi voqelik milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti masalasiga alohida e’tibor berishni talab qilmoqda. CHunki «Endilikda yadro maydonlarida emas, - degan edi I.A.Karimov, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi». Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intilayotganligini ham unutmaslik kerak. SHu boisdan mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh qolgan mafkura maydonida bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar o‘rin egallashga urinishi shubhasiz. Negaki hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda.

SHu boisdan ham mafkuraviy tarbiyaning maqsadi haqida 1999 yil iyun oyida «Hushyorlikka da’vat» mavzuidagi O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida, YUrtboshimiz I.A.Karimov: «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir»1, degan edi.

Har qanday yangi g‘oya singari mafkura ham ommaning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda o‘zini to‘la oqlasagina real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi.

Milliy mafkuramizni hayotga tez va keng yoyish uchun, dastavval uning mohiyatini chuqur o‘rganish, maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bilib, o‘zlashtirib olish, xalq o‘rtasida keng targ‘ib-tashviq etish, turli vosita va shakllardan foydalanish talab etiladi.

Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‘or fikrli ziyoli-lar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosa-larni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsad-larini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim2.

Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam11. SHu bilan birga, milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, oqko‘ngillik xususiyatlari haqida ham uzoq gapirish mumkin.

Mana shu yuqoridagi holatlarni nazarda tutish, mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondashish, milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuramizni targ‘ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Milliy istiqlol g‘oyasini yosh avlod ongiga singdirish muayyan uslublar asosida olib borilgandagina yaxshi natija berishi mumkin.

Bu texnologik uslub tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlarini qamrab oladi. Bu masalaning muhimligi yana shunda ko‘rinadiki, targ‘ibotda me’yorning buzilishi, miliy mafkura to‘g‘risida hadeb va noo‘rin gapiraverish teskari samara berishi mumkin. Targ‘ibot texnologiyasi milliy g‘oya va milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo‘lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish dolzarb vazifalardan biridir.

Mafkura targ‘ibotining bizda keng rasm bo‘lgan turi voizlarning faoliyati bilan bog‘liq. Targ‘ibotning bu shakli samaradorligini oshirish alohida e’tibor talab qiladi. CHunki birinchi, voizlar nutq so‘zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to‘plash ba’zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan qarshi boshlab kelingan insonda esa hali va’zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo‘ladi. Demak, hali targ‘ibot boshlanmasidanoq u teskari samara berishi ehtimoli kuchayadi. Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o‘zi tomoniga og‘dirish, unga ta’sir ko‘rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi.

Milliy g‘oya targ‘ibotining ta’sirchanligini oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri - zimdan targ‘ibot qilishdir. Inson unga ta’sir o‘tkazilayotganini sezmasligi lozim. Aslida, targ‘ibot davomida mafkura so‘zining ishlatilishi ham shart emas. Umuman, targ‘ibot-tashviqot ishlarida masalaning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim:


  1. oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishdan har birimiz shaxsan manfaatdor ekanligimizga kishilarni ishontirish;

  2. kelajagimizni ko‘z oldimizga keltirish imkonini beradigan, ertangi kunimiz qanday bo‘lishini ko‘rsatadigan materiallar tayyorlash;

  3. dolzarb qadriyatlarni singdirish maqsadida jamoatchilik fikriga shu qadriyatlarni jozibali qilib etkazish;

  4. ommaviy axborot vositalaridan maorif tarqatish tizimidan insonlarni aqliy jihatdan boyitish quroli sifatida mohirona foydalanish;

  5. insonlarning erkin fikrlashini rag‘batlantirish, ularni o‘z fikrlarini himoya qilishga o‘rgatish orqali mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash;

  6. taraqqiyotimiz yo‘lida g‘ov bo‘layotgan illatlarni fosh etish va tanqid qilish yo‘li bilan ularni samarali «davolash»;

  7. ommaviy axborot vositalaridan haqiqat ko‘zgusi sifatida foydalanish orqali insonlarning ularga ishonchini kuchaytirish;

  8. yaqin o‘tmishimizda sodir bo‘lgan yorqin voqealarga bag‘ishlangan xronikal filmlarni yaratish yo‘li bilan yaxshi va yomon kunlarimizni bot-bot eslatib turish;

  9. insonlarda chuqur taassurot qoldirish maqsadida badiiy obrazlar orqali milliy mafkurani singdirish.

Mafkuraning targ‘ibotiga aynan shunday yondashish ko‘proq samara beradi. SHundagina insonlarning salohiyati, mehnati, vaqti, mulki va mablag‘larini tanlangan maqsad sari yo‘naltirish mumkin. Bu esa mafkuraviy siyosatning natijasini moddiy narsalarda - yuqori sifatli mahsulotlarda, badavlat turmushimizda, bunyodkorlik ishlarida, erkin va farovon hayotda, iqtisodiy o‘sishda «o‘lchash» imkonini beradi.

Mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezonlari. Mafkuralar kurashining jahonshumul jarayonini o‘rganish, uning monito-ringi, bu kurashning umumbashariy va mintaqaviy muammolarini aniqlashga asosiy e’tiborni qaratish zarur.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uchun Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.



Mafkuraviy monitoring: - Monitoring - inglizcha so‘z bo‘lib tekshirib turish, nazorat ma’nosini bildiradi. Demak, mafkuraviy monitoring - bu insonning g‘oyaviy, mafkuraviy, xususan milliy mafkuraviy faoliyati orqali jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ya’ni g‘oyaviy holatini kuzatish, baholash va oldindan aytib berish - prognozlashdir.

Milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkura milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit tizimi sifatida xalqimizni g‘oyaviy jihatdan mushtarak maqsad yo‘lida birlashtiruvchi kuch bo‘lib quyidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Demak, mafkuraviy monitoring tufayli:



  1. O‘zligimizni anglash, milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlarimizni joyiga qo‘yib, ularni yangi sifat bosqichiga ko‘tarib, ta’sirchanligini oshiradi.

  2. Milliy maqsadlarimizni hozirgi zamon umumbashariy talablar bilan uyg‘unlashtiradi.

  3. Islom dini iymon, e’tiqod, axloq va ma’rifat aqidasi ekanligidan kelib chiqib, «Olloh qalbimizda, yuragimizda» tamoyiliga safarbar etadi.

  4. Milliy g‘oya va e’tiqodimiz dushmanlariga qarshi mafkuraviy kurashish, fuqaroda Vatan tuyg‘usi - «Men O‘zbekistonlikman» degan iftixor tushunchasini shakllantiradi.

  5. Jismoniy sog‘lom, zamonaviy tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalaydi.

  6. Milliy qadriyatlarimizni, urf-odat, an’analarimiz mohiyatini oshirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik va siyosiy-g‘oyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.

Mafkuraviy monitoring asosida Milliy g‘oyaningshakl-lanishini nazorat, kuzatish natijasida milliy mafkuramiz quyidagi omil-larga bog‘liqligi ma’lum bo‘ladi:

  1. Aholi munosabatlarining tig‘izligi va dinamikasiga, ya’ni aholi zich joylashgan joylarda bunga katta e’tibor zarurligi ayon bo‘lmoqda.

  2. Odatlarning shakllanishining muddati va bartaraf etish vositalariga bog‘liq bo‘lishi kuzatilmoqda. Masalan, vahhobiylik yoki hizbut-tahrir-likka moyil odamlar to‘plangan joylardagilarning odat, ko‘nikmalarini bilish zarur bo‘ladi.

  3. YAngi odatlarning odamlar hayot sharoitlari va turmush darajasiga mosligiga bog‘liqligi sezilmoqda.

  4. YAngi g‘oyalarning odamlar tabiati va ruhiyatiga mosligiga bog‘liq bo‘layot-ganligi bilinadi.

Umuman, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezon-lari ko‘pincha milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkuraning tarbiyaviy tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tamoyillarga quyidagi jarayonlarni kiritish mumkin:

1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik mavzuni yanada oydinlashtiradi.

2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.

3) Ongga ta’sir etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.

4) Ziyolilar mavqeini oshirish.

5) Turli bilimlarga ega bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.

6) Ommaviy axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta’sir» tamoyiliga amal qilish. («Ta’lim va tarbiya» jurnali. 2000. № 1-2, 40-bet).

Adabiyotlar

1.Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident Islom Karimovning 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi, 2010 yil 30 yanvar.

2.Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi to‘g‘risida to‘g‘risida Axborot. 2010 yil 28 yanvar.

3.Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dustarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2009 yil 14 fevral.

4.Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T., «Ma’naviyat», 2008.


  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T.: O‘zbekiston, 2009.

5.Karimov I.A. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. T., «O‘zbekiston», 2007.

6.Karimov I.A. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi so‘zi. «Xalq so‘zi», 2007 yil 15 avgust.

7.Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005, 3-30-betlar.


«Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan

ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib

yuborish osonroq»

I.A.Karimov

Buzg‘unchi g‘oyalar xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‘xtata olmaydi.

Demak, vayronkor g‘oya deb, turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg‘unchilik va jinoyatga yo‘naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‘oyaga aytiladi.

SHu bilan birga vayronkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Bu fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun buzg‘unchi g‘oyalar xavfini anglash, o‘zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam beradi.



XX asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

XX asrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tu solgan davr bo‘ldi. XX asr so‘ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o‘zgardi. YUrtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «XX asr oxirida dunyoda jo‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va ko‘lami jihatidan noyob o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o‘ylab ko‘rishni, balki ko‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo‘lgan ko‘p qoidalar, tamoyillar va g‘oyalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim bo‘lib bormoqda, unda o‘zi - o‘zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o‘rin yo‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo‘ymoqda»1


Jahon maydonlarini mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar:

1.Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi).

2.Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm).

3.Badiiy (G‘arb turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, Amerikacha turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, zo‘ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ‘ib qiluvchi.


XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsia-listik partiya ta’siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bo‘lindi. Ana shu rivojlangan ba’zi mamlakatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
Dunyoni bo‘lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari:

1. Buyuk davlatchilik mafkurasi.

2. Diniy ekstremistik mafkuralar.

3. Pansovetizm mafkurasi.

4. Panislomizm mafkurasi.

5. G‘arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.

6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.

7. Turli diniy sektolarning g‘oyalarni ifodalovchi mafkuralar.


1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (SHovinizm - fran. burjua mil-latchiligining o‘ta reaksion formasi). SHovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. SHovinizm go‘yo to‘laqonli bo‘lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qi-lishga da’vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‘ib etadi.

SHovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy - siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi. Davlat etakchi mavqe (davlat)ga ega bo‘lgan, o‘z millatini «oliy» millat deb e’lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo‘lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.

Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‘zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‘da bo‘ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to‘ldiradi, bular o‘z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma’naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o‘rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo‘y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o‘z ta’sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirishda, xalqaro-huquqiy me’yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘sishda, yangi mustamlakachilikni zo‘rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida shovinizmga «SHovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashida namoyon bo‘ladi» deb ta’rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T. 6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko‘proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‘ladi.

O‘zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqinlarning 2 tasi haqida «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida fikr yuritilgan:

1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‘z metropoliyasidan zarur rag‘batlarni olib turar edi. CHunki podsho Rossiyasi mahalliy an’analar va asoslarni yo‘q qilmagan va buzmagan holda o‘lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‘batlantirgan edi, deb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o‘tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. SHu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o‘ynash uchun juda mos keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar.

2) Boshqa fikrga ko‘ra, mintaqadagi muammolarni o‘lkaning mustamlaka o‘tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‘lkani o‘z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar.

Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan.

Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo‘la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni to‘g‘rilash haqidagi imperiyachilik da’volari bilan chiqqan edi.

Maqolada go‘yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo‘stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi.

Prezident Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o‘z vaqtida javob berib, Ukrainadagi «Zarg‘aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqealarni», O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi.1

Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g‘oyalari mazmunan o‘sha-o‘sha bo‘lsada, unga endilikda o‘ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‘g‘rofiy - siyosiy maydon yaratish, «YAgona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo‘yish va boshqa sohalarda ko‘rinmoqda.

Mustaqil O‘zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug‘dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:

1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.

2)Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga qarshilik ko‘rsatish.

3)O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ular-ni teng huquqli bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.

4)Mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilish.

5)Millatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.

6)YAngi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‘rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə