Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə14/17
tarix23.09.2018
ölçüsü0,81 Mb.
#70347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

3-ilova

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari

Mezonlar

Maks.

ball

Guruh natijalarini baholash

1

2

3

4

5

Axborotning to‘liqligi


3 b.
















Axborotning grafik shaklda ifoda etilishi

1 b.
















Guruhning faolligi


1 b.
















Ballarning maksimal summasi, jami

5 b.
















4-ilova

  • Tarbiyaviy ish metodlari va shakllari.

  • Jamoa va uning tarbiyaviy tasiri.

  • Tarbiyada individual yondoshishning psixologik asoslari

1-ilova.


Klaster” grafigi asosida o‘quvchining o‘qituvchi psixologiyasi mavzusiga doir bilimlarini tizimlashtirish



Шарқ алломалари

Хориж психологлари

Ўқитувчи
1-topshiriq





2-topshiriq.




Ўқитувчининг касбий сифатлари






3-topshiriq.




Профессиограмма

4-topshiriq.




Педагогик қобилият






«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» TEXNIKASI

Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va bosh-qalarni o‘rgatadi.

Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la hajmda egallab olishdan iborat.



«Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi.



3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.

4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.



5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalari tinglanadi. Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.

6. Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.




Гуруҳларда ишлаш қоидаси

Шеригингизни диққат билан тингланг.

Гуруҳ ишларида ўзаро фаол иштирок этинг, берилган топшириқларга масъулият билан ёндашинг.

Агар ёрдам керак бўлса, албатта мурожаат қилинг.

Агар сиздан ёрдам сўрашса, албатта ёрдам беринг.

Гуруҳлар фаолиятининг натижаларини баҳолашда ҳамма иштирок этиши шарт.

Аниқ тушунмоғимиз лозим:


  • Бошқаларга ўргатиш орқали ўзимиз ўрганамиз;

  • Биз битта кемадамиз: ёки биргаликда сузиб чиқамиз, ёки биргаликда чўкиб кетамиз.


2-ilova

3-ilova

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari

Mezonlar

Maks.

ball

Guruh natijalarini baholash

1

2

3

4

5

Axborotning to‘liqligi


3 b.
















Axborotning grafik shaklda ifoda etilishi

1 b.
















Guruhning faolligi


1 b.
















Ballarning maksimal summasi, jami

5 b.
















4-ilova

  • Hozirgi zamon o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar.

  • SHarq mutafakkirlarini o‘qituvchi kasbi to‘g‘risida.

  • O‘qituvchi kasbiga xos xislatlar.

  • Pedagogik qobiliyatlar.

  • Didaktik qobiliyatlar.

  • Akademik qobiliyatlar.

  • Perseptiv qobiliyatlar.

  • Nutq qobiliyati.

  • Tashkilotchilik qobiliyati.

  • Avtoretart qobiliyat.

  • Pedagogik hayol.

  • Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati

Keyslar banki

Keys: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari

Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan ishga qaytgan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi I.Allabergenov pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 103 guruhida pedagogika nazariyasi fanidan seminar mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi. Seminar mashg‘ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa bo‘lganida mazkur guruh talabasi A.Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi. O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha marotabadan bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga qolgan talaba A.Petrovaning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi. SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga qaramasdan va har qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko‘rilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o‘rinbosari I.Allabergenovni bu haqida ogohlantirdi. O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Bir hafta muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi.

Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har qanday vaziyatda ham I.Allabergenovni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. I.Allabergenovga so‘z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, I.Allabergenov kafedra mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.

YUqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz I.Allabergenovning o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? I.Allabergenovning ishdan bo‘shab ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?



Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo‘yicha tinglovchilarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ish bosqichlari va vaqti

Maslahat va tavsiyanomalar

1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa

Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat mazmuniga alohida e’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bag‘ishlanganligini aniqlang.

2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O‘z fikringizni guruh bilan o‘rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.

3. Muammo echimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa

Guruh bilan birgalikda muammo echimini toping. Muammoga doir echim bir necha variantda bo‘lishi ham mumkin. SHu bilan birga siz topgan echim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.

4. Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Guruh bilan birgalikda keys echimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo‘lishi tamoyillariga rioya qiling.

Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi

Muammo (asosiy va kichik muammolar)

Echim

Natija



















KEYS: ZAMONAVIY PEDAGOGIK ATAMALAR

2011 yilning mart oyida “Pedagogika” kafedrasida “Zamonaviy pedagogik atamalar” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan “metodika”, “texnologiya”, “interfaol metod”, “strategiya”, “grafik organayzerlar” kabi atamalar tahliliga alohida e’tibor qaratildi. Seminar-treningda pedagogik texnologiyalar sohasiga doir qator izlanishlar olib borgan mutaxassis olimlar taklif etildi.

Moderator birinchi bo‘lib so‘z navbatini “metodika” va “texnologiya” tushunchalari mohiyatini aniqlashtirib berish uchun pedagogika fanlari doktori, professor I.Jo‘raevga berdi. Olim o‘z nutqida “Metodika – qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi”ni, “texnologiya – bu rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi”ni ifoda etadi, degan umumiy fikrni berdi. SHundan so‘ng, “Pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Alieva I.Jo‘raevga shunday savol bilan murojaat etdi: “Domla, kechirasiz, sizningcha, metodika va texnologiyaning bir-biridan farqi nimada?”. I.Jo‘raev qisqa qilib “Metodika o‘rgatadi, texnologiya o‘ynatadi” degan javobni berdi. M.Alieva javobni tushunmasdan hayron bo‘lib, indamay qo‘ydi. Olim unga “Nega siz javobdan qoniqmadingizmi?” savol nazari bilan qaradi, M.Alieva esa indamadi. Kafedra o‘qituvchisi G.Qo‘ldosheva M.Alievaga “Nimaga tushunmaysiz, domla aytmoqchilarki, o‘qitish metodikasi talabalarni faollashtira olmaydi, texnologiya esa ta’lim oluvchini faollashtirib, o‘yin asosida mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi” deb tushuntirgan bo‘ldi.

I.Jo‘raev o‘z chiqishini yakunlagach, moderator so‘zni pedagogika fanlari doktori, professor D.Abdullaevaga berdi va “zamonaviy pedagogik texnologiyalar” haqida ma’lumot berishni so‘radi. D.Abdullaeva bugungi kunda ko‘plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar mavjudligi, ularga Aqliy hujum, B-B-B, kaskad, pinbord, klaster, zigzag, tarmoqlar, o‘yinli texnologiyalar kabilar borligini aytib, ularga qisqa-qisqa izoh berdi. D.Abdullaeva so‘zini yakunlagach, dotsent A.Ikromov unga quyidagi savol bilan murojaat etdi: “Ustoz, meni bir savol ko‘p vaqtdan beri qiziqtiradi: “Texnologiya bilan interaktiv metod” tushunchasi bir narsami? Har doim ularni aralashtirib qo‘llayveramiz, shu to‘g‘rimi?”. D.Abdullaeva savolga quyidagicha javob berdi: “Siz manimcha, savolni man yuqorida bir nechta texnologiyani sanab o‘tganimdan kelib chiqib beryapsiz. Ularni “texnologiya” deb aytish ham, “interfaol metodlar” deb nomlash ham mumkin” degan javobni berdi. Javobni eshitgach, A.Ikromov “unda birini qo‘llayversak bo‘lmaydimi?” degan savol nazari bilan qaradi. Unga javoban olima “Istaganigizni ishlatavering” deb javob berdi. SHu bilan D.Abdullaeva ham chiqishini yakunladi.

Uchinchi bo‘lib so‘z navbati L.Vasiljonovaga berildi. U “Nutq so‘zlashdan avval men sizlarni qiziqtirgan savollarni eshitmoqchiman” degan fikr bildirdi. SHunda qolganlar indamasdan turganda, A.Ikromov “man savol bersam, maylimi?” deb ruxsat so‘radi. Bering, degan ishora qilingach, u “Men hali professor D.Abdullaevaga ham shunga o‘xshash savolni bergandim, sizning ham fikringizni bilmoqchiman: Metod bilan texnologiyani bir-biridan nima farqi bor? Sizni pedagogik texnologiyaga doir kitobingizda keys-stadi, o‘quv loyihasi haqida ma’lumot berilganda, ularga nisbatan ham metod, ham texnologiya so‘zlari qo‘llanilavergan. O‘zi bu tushunchalarni qanday qo‘llash o‘rinli bo‘ladi?”. L.Vasiljonova: “Menimcha, siz D.Abdullaevaning fikrlariga yaxshi e’tibor qaratmabsiz, ular bu tushunchalarning ikalasini ham qo‘llayverish mumkin, deb aytdilar. Men sizga osonroq tushuntirib beraman. Mana e’tibor qarating: men ishxonada Vasiljonova Latofat Abdurashidovnaman, farzandim uchun onaman, turmush o‘rtog‘im uchun ayoliman, baribir o‘sha Latofatman” degan javobni berdi. Hamma miyig‘ida kulib, bir-biriga qarab qo‘ydi.

A.Ikromov yana savol berishga ruxsat so‘radi. Uzr so‘ragan holda, L.Vasiljonovaga “Siz kitobingizda grafik organayzerlarni “ta’lim vositalari” deb bergansiz. Men bu fikrga qo‘shilmadim. CHunki biz didaktik vositalar deganda kitob, chizma, rasm, jadval, nutq, laboratoriya jihozlari, o‘quv qurollarini tushunamiz. Grafik organayzerlarni vosita deb aytish to‘g‘rimi?” L.Vasiljonova savolga quyidagicha javob berdi: “Grafik organayzerlar tuzilishiga ko‘ra chizma, jadval ko‘rinishiga ega bo‘lganligi uchun ularni “vosita” deb talqin qilganmiz”. So‘ng A.Ikromovga savol bilan murojaat qildi: “Siz grafik organayzerlarni qanday xarakterga ega deb hisoblaysiz?” A.Ikromov “Grafik organayzerlarni vosita emas, metod deb qo‘llash o‘rinli bo‘ladi” degan javobni berdi. Unga javoban L.Vasiljonova “Siz istasangiz shunday qo‘llashingiz mumkin” deb aytdi.



L.Vasiljonova chiqishini tugallaganidan so‘ng, moderator umumiy tarzda seminar-treningga yakun yasadi. Kafedra-o‘qituvchilarining ko‘pchiligi seminar-trening davomida zamonaviy sharoitda keng qo‘llanilayotgan tushunchalar haqida aniq ma’lumot olishmaganini o‘zaro bir-birlariga sekin-sekin shivirlab qo‘yishdi...

Siz nima deb o‘ylaysiz, seminar-trening oldiga qo‘yilgan maqsad to‘liq amalga oshdimi? Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq holda qo‘llanilayotgan tushunchalarning mohiyati etarlicha aniqlashtirildimi? Siz mazkur tushunchalarni qanday izohlagan bo‘lar edingiz? Seminar-treningda qaysi tushuncha mohiyatiga umuman e’tibor qaratilmadi? “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarini farqlashga doir I.Jo‘raev tomonidan berilgan javobga siz qanday munosabat bildirasiz? D.Abdullaevaning o‘z nutqida Aqliy hujum, B-B-B, kaskad, pinbord kabilarni texnologiya deb ishlatishi to‘g‘rimi? L.Vasiljonovaning “metod” va “texnologiya” tushunchalariga nisbatan aytan fikrini qanday baholaysiz? Grafik organayzerlarni “ta’lim vositasi”mi yoki “metod” sifatida talqin etish maqsadga muvofiqmi?

KEYS-STADI: OLIY TA’LIMDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISH

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati tomonidan 2010 yilning 17 aprelida “Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni oliy ta’lim ta’lim muassasalarida joriy etishni tashkil etish” to‘g‘risidagi 3/1 sonli qarori qabul qilindi. Barcha oliy ta’lim muassasalari kabi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham mazkur qaror ijrosini ta’minlashga doir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Dastlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida universitetning 10 nafar o‘qituvchisi (uch nafar pedagog, bir nafar psixolog, ikki nafar matematik, bir nafar kasb ta’limi o‘qituvchisi, bir nafar tarixchi, bir nafar rassom, bir nafar biolog) to‘rt kunlik trening-ceminarda ishtirok etib kelishdi. Keyin malaka oshirib kelgan o‘qituvchilardan guruhlar tashkil etilib, har bir fakultetda to‘rt kunlik dastur bo‘yicha o‘qish tashkil etildi. So‘ngra o‘qituvchilarga barcha fanlar bo‘yicha ikki oy ichida ta’lim texnologiyalarini yaratish vazifasi yuklatildi. Kafedralarda o‘qishlar tashkil etilib, o‘qituvchilarga ta’lim texnologiyasini yaratish o‘rgatildi. Qaysidir kafedralarda o‘qitish tizimli tashkil etilgan bo‘lsa, ba’zi kafedralarda bir-ikki marotaba trening o‘tkazish bilan ish yakunlab qo‘yildi. So‘ng kafedrada o‘qitiladigan fanlar o‘qituvchilarga taqsimlanib, universitet o‘quv bo‘limi tomonidan ko‘rsatib berilgan vaqt davomida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlardan ta’lim texnologiyasini yaratish shart ekanligi haqida ko‘rsatma berildi. Kimdir vazifani o‘zi xohlagan holda, kimdir o‘zi tushunmay turib majburan ishga kirishishdi. Belgilangan vaqt o‘tib bo‘lgandan so‘ng, kafedra mudirlari o‘qituvchilardan ta’lim texnologiyalarini olib kelib topshirishni talab qilisha boshlashdi. Biroq o‘qituvchilar belgilangan vaqt tugab bo‘lgan bo‘lsa ham ta’lim texnologiyasini tugallay olishmadi. Ayrim fan o‘qituvchilari yarim-yorti tarzda yaratishgan bo‘lsa, ayrimlari umuman topshiriqni bajarishmagan edi. Kafedra mudirlari o‘qituvchilardan bajarishni qattiq talab qila boshlashdi. Kafedra mudirlari o‘qituvchilar uchun har majlisda gap eshitib yurmasligini, kimki o‘z vaqtida bajarmasa, o‘sha o‘qituvchini biriktirilgan fandan dars berishdan mahrum qilishlarini aytib, ularga bosim o‘tkaza boshlashdi. Turli ta’na-dashnomlar ostida o‘qituvchilarning ko‘pchiligi ta’lim texnologiyasini yaratishni jadallashtirdi, ayrimlar esa fandan dars o‘tmaslikka ham rozi bo‘ldilar. Bu orada o‘quv-metodik boshqarmadan ta’lim texnologiyalarini to‘plashga mutaxassisligi fizik-matematik bo‘lgan mas’ul tayinlandi. Mas’ul rahbar yaratilgan texnologik ishlanmalarni olib kelib topshirishni talab qila boshlashdi. Avvaliga ta’lim texnologiyalarini elektron va qog‘oz variantda kafedra mudirlarining o‘zlari o‘quv-metodik boshqarmaga olib borishdi. Xato bajarilgan deb qabul qilimay boshlangandan so‘ng, har bir fan o‘qituvchisi o‘zi ishni topshirishga harakat qila boshlashdi. O‘qituvchilar ta’lim texnologiyalarini qabul qilishda universitet bo‘yicha mas’ulning oldiga borganlarida topshira olmasdan qayta boshladilar. Ularning deyarli barchasiga “Ta’lim texnologiyasi modeli”ning uchinchi bandi - “o‘quv mashg‘ulotining tuzilishi” (1-rasm)ni noto‘g‘ri bajargansiz degan ayb qo‘yildi. O‘qituvchilar mas’ulga ularga berilgan namunada shunday yozilganligini aytishganda, “yo‘q, u bandda mashg‘ulot rejasini kiritasizlar” (2-rasm) degan talab qo‘yildi.

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

  1. O‘quv kursi va mashg‘ulot mavzusiga kirish.

  2. Avval egallangan bilimlarni mustahkamlash.

  3. Ma’ruza matnini tarqatish.

  4. Taqdimot texnologiyasi asosida ma’ruzani taqdim etish.

  5. Mavzuning asosiy tushunchalarini aniqlashtirish.

  6. Mavzuni yakunlash.

1-rasm. O‘qituvchilar tomonidan bayon qilingan o‘quv mashg‘ulotining tuzilishiga doir ko‘rsatma

Mashg‘ulotning rejasi

  1. Pedagogika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.

  3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

  4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə