Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/17
tarix23.09.2018
ölçüsü0,81 Mb.
#70347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

Туш Тушунтириш


Нима қилиш кераклигини кўрсатиб бериш

Кўрсатилган тарзда қайтариш

Машқ қилиш




2.5-chizma. “To‘rt pog‘onali” metodning tuzilmasi
To‘rt pog‘onali” metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. “Tushuntirish” bosqichida muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga avval oddiy operatsiya bosqichini tushuntirib beradi.

2. “Nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish” bosqichida muhandis-pedagog ta’lim oluvchilarga topshiriqni qanday bajarish kerakligini amalda ko‘rsatib beradi.

3. Uchinchi bosqichda ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog ko‘rsatgan ish harakatlarini takrorlaydi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bajarayotgan harakatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirib, xatolarini to‘g‘rilab turadi.

4. “Mashq qilish” bosqichida ta’lim oluvchilarning hatti-harakati muhandis-pedagog tomonidan nazorat qilib boriladi. Ta’lim oluvchilar ish amallarini mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng, uni mustaqil bajaradilar.

“To‘rt pog‘onali” metodning asosiy belgisi-ta’lim oluvchilarning harakatlari muhandis-pedagog ko‘rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanganligidadir.

ПЕДАГОГ ФАОЛИЯТИ

ТАЪЛИМ ОЛУВЧИ ФАОЛИЯТИ



Тинглаш



Тушунтириш



Кузатиш

Кўрсатиб бериш



Такрорлаш

Хатоларни тузатиш


Машқ қилиш

Баҳолаш



Актив фаолият



Пассив фаолият


2.6-chizma. “To‘rt pog‘onali” metodda muhandis-pedagog va ta’lim oluvchining faoliyati
To‘rt pog‘onali" metodning afzalliklari:

  • ta’lim oluvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradi;

  • vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud;

  • oddiy ish bosqichlarini o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘ladi.

To‘rt pog‘onali metodning kamchiliklari:

  • ta’lim oluvchilarning harakatlari ta’lim beruvchi ko‘rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanib qoladi;

  • ta’lim oluvchilar yakka tartibda o‘rganishga yo‘naltiriladilar, lekin mustaqil fikrlash imkoniyati chegaralangan bo‘ladi;

  • ish bosqichlarini amalga oshirishda hech qanday yangicha yondoshuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.

An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir echimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.

“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:


  1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

  2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.

  3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.

Quyida (2.7-chizma) “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.

Муаммоли савол берилади

Фикр ва ғоялар эшитилади ва жамлаб борилади

Фикр ва ғоялар гуруҳланади

Аниқ ва тўғри жавоб танлаб олинади


2.7-chizma. “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi
Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

  2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

  3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

  4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

  5. YUqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

Aqliy hujum metodining afzalliklari:

  • natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;

  • ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

  • fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

  • ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;

  • ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.

Aqliy hujum metodining kamchiliklari:

  • ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

  • ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.

Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.

“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. CHunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan (2.8-chizma).
Кичик гуруҳлар шакллантирилади

Мавзу ёритилади

1-гуруҳга топшириқ

2- гуруҳга топшириқ

3-гуруҳга топшириқ

4- гуруҳга топшириқ



Кўрсатма бериш ва йўналтириш

Муҳокама ва таҳлил қилиш

1- гуруҳ тақдимоти

2- гуруҳ тақдимоти

3-гуруҳ тақдимоти

4- гуруҳ тақдимоти

Баҳолаш

2.8-chizma. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi
Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:


    1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.

    2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.

    3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

    4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.

    5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

    6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

    7. Kichik guruhlar baholanadi.


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

  • o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;

  • muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  • barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi;

  • o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

  • ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  • barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;

  • guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;

  • guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.

“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.




1

2

Белгилар:

1-таълим олувчилар

2-айлана стол

2.9-chizma. Davra stolining tuzilmasi

YOzma davra suhbatida (2.9-chizma) ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. SHundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. YAkuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan (2.10-chizma).



Суҳбатни ўтказиш шартлари билан таништириш

Конвертлар ва Жавоблар варақалари”ни тарқатиш

Конвертларга саволлар ёзиш

Саволларга жавоб ёзиш

Баҳолаш ва таҳлил қилиш

Конвертни ёнидаги ўқувчига узатиш

ларга саволлар ёзиш


2.10-chizma. “Davra suhbati” metodining tuzilmasi
Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:


  1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

  3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.

  4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.

  5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

  6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

  7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi.

  8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.

Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’ektiv baholashi mumkin.


Davra suhbati” metodining afzalliklari:

  • o‘tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi;

  • barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etadilar;

  • har bir ta’lim oluvchi o‘zining baholanishi mas’uliyatini his etadi;

  • o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi.

Davra suhbati metodining kamchiliklari:



  • ko‘p vaqt talab etiladi;

  • ta’lim beruvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;

  • ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.

Ishbop o‘yin” metodi - berilgan topshiriqlarga ko‘ra yoki o‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.

O‘yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan o‘yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko‘ra ishtirokchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Ishbop o‘yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo‘ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va o‘yin davomida o‘zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o‘z maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop o‘yinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi kerak. SHuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga ega. Har bir ishtirokchi avval o‘zining vazifasi bo‘yicha qaror qabul qiladi, so‘ngra guruh bilan maslahatlashadi. O‘yin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi. Quyida “Ishbop o‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan (2.11-chizma).
Вазифаларни тақсимлаш

Вазифалар бўйича иштирокчилар қарор қабул қиладилар

Ўйинни амалга ошириш

Муҳокама қилиш

Ўйин шартлари ва баҳолаш мезонлари билан таништириш

Баҳолаш


2.11-chizma. “Ishbop o‘yin” metodining tuzilmasi
Ishbop o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:


  1. Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar uchun yo‘riqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.

  2. Ta’lim oluvchilarni o‘yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

  3. Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.

  4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘radilar.

  5. Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan o‘yinni amalga oshiradilar. Ta’lim beruvchi o‘yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.

  6. O‘yin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.

  7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.

Har bir rolni ijro etuvchi o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi, berilgan vaziyatda o‘zini qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish qobiliyatini ko‘rsata olishi kerak.

Ishbop o‘yin metodining afzalliklari:



  • ta’lim oluvchilarning bilimlarini va tajribalarini o‘z qarashlari va hulqlari orqali ifoda etishga yordam beradi;

  • ta’lim oluvchining boshlang‘ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;

  • ta’lim oluvchilar o‘z bilimlari doirasidan kelib chiqqan holda imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.

Ishbop o‘yin metodining kamchiliklari:

  • ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;

  • vaqt ko‘p sarflanadi;

  • tanlangan mavzu ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;

  • ta’lim oluvchining his-hayajoni to‘g‘ri qaror qabul qilishga halaqit berishi mumkin.

Rolli o‘yin” metodi - ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir.

Rolli o‘yinlarning ishbop o‘yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. SHu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o‘yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari hal etadilar.

Rolli o‘yinda ham ishbop o‘yin kabi muammoni echish bo‘yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. Rolli o‘yinlar ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.

“Rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. CHunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi. Quyida “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan (2.12-chizma).



Сценарий ишлаб чиқилади

Ўйиннинг мақсади ва вазифалари тушунтирилади

Роллар тақсимланади

Роллар ижро этилади

Якуний хулосага келинади

2.12-chizma. “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi

Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi.

  2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.

  3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.

  4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar.

  5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi.

Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy t’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Ssenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.

“Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari:



  • o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi;

  • ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni o‘rgatadi;

  • ta’lim oluvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.

Rolli o‘yin metodining kamchilik tomonlari:



  • ko‘p vaqt talab etiladi;

  • ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;

  • ta’lim oluvchilarning o‘yinga tayyorgarligi turlicha bo‘lishi mumkin;

  • barcha ta’lim oluvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.

Bahs-munozara” metodi - biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir.

Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.

“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:


  • barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;

  • “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish;

  • fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;

  • bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;

  • bir-birlariga o‘zaro hurmat.

Quyida (2.13-chizma) “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan. Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.

  3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.

  4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

  5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul echimi tanlanadi.

Bahs-munozara metodining afzalliklari:

  • ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;

  • ta’lim oluvchilar o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratiladi;

  • ta’lim oluvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Bahs-munozara metodining kamchiliklari:



  • ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;

  • ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.

Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.

“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini topishni o‘rganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan (2.14-chizma)



2.14-chizma. “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi

Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.

  2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

  3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.

  4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

  5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.

  6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar.

  7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.

  8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.

Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari:



    • ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;

    • ta’lim oluvchilar muammoning sabab, oqibat va echimlarni topishni o‘rganadilar;

    • ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;

    • ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.

Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari:



  • ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;

  • qo‘yilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;

  • ko‘p vaqt talab etiladi.

Loyiha” metodi - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning echimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.

Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.

Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan (2.15



5. Текшириш

4. Амалга

ошириш

2. Режа тузиш

6. Хулоса чиқариш

3. Қарор қабул қилиш

1. Маълумот йиғиш

2.15-chizma. “Loyiha” metodining bosqichlari
Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.



  1. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.

  2. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.

  3. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.

  4. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Ta’lim oluvchi yoki kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi: og‘zaki hisobot; materiallarni namoyish qilish orqali hisobot; loyiha ko‘rinishidagi yozma hisobot.

  5. Muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda me’yoriy ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan bo‘lsa, uning sabablari aniqlanadi.

Muhandis-pedagog “Loyiha” metodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi, loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi lozim.

“Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud:



  • yakka tartibdagi ish;

  • kichik guruhiy ish;

  • jamoa ishi.

Yo‘naltiruvchi matn” metodi - ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda yo‘naltiruvchi savollar yordamida ma’lumot yig‘ish, rejalashtirish, amalga oshirish vazifalarini bajaradigan metoddir.



МУҲАНДИС-ПЕДАГОГ ФАОЛИЯТИ

ТАЪЛИМ ОЛУВЧИ

ФАОЛИЯТИ

Ўқув материалларини ва йўналтирувчи саволларни бериш

Олдиндан тайёрланган режалаштиришга оид варақаларни тарқатиш

Таклифларни муҳокама қилиш

Муаммоларни муҳокама қилиш

Баҳолаш варақаларини биргаликда ишлаб чиқиш

Биргаликда хулоса чиқариш

Мустақил равишда маълумот йиғиш

Мустақил равишда режа тузиш

Мустақил равишда қарор қабул қилиш

Мустақил равишда амалга ошириш

Мустақил равишда текшириш

Мустақил равишда

хулоса чиқариш

Quyida (2.16- chizma) “Yo‘naltiruvchi matn” metodida muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilarning faoliyati keltirilgan.



2.16-chizma. Yo‘naltiruvchi matn metodida muhandis-pedagog va

ta’lim oluvchi faoliyati

“Yo‘naltiruvchi matn” metodining barcha bosqichlarida muhandis-pedagog faoliyati “passiv”, ta’lim oluvchi faoliyati esa “aktiv” bo‘ladi. CHunki ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog tomonidan oldindan tayyorlangan materiallar asosida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadilar. “Yo‘naltiruvchi matn” metodidan o‘quv amaliyot darslarida foydalaniladi. Ushbu metodni o‘tkazish bosqichlari “Loyiha metodi”ning bosqichlari bilan bir-xildir. Ma’lumot yig‘ish, rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirish bosqichlarida ta’lim oluvchi mustaqil ishlaydilar. Qaror qabul qilish va xulosa qilish bosqichlarida ta’lim oluvchi va muhandis-pedagog orasida “qaytar aloqa” o‘rnatilib, birgalikda muhokama qiladilar. Ta’lim oluvchilarga boshlang‘ich bosqichlarda muhandis-pedagog tomonidan tuzilgan yozma hujjatlar beriladi. Bunday hujjatlarga texnik chizmalar, jadvallar, yo‘naltiruvchi savollar, tarqatma materiallar, topshiriqlar varaqasi, baholash varaqasi va boshqalar kiradi.

Quyidagi chizmada “Yo‘naltiruvchi matn” metodining tuzilmasi keltirilgan (2.17-chizma).

Топшириқ бериш

Мустақил равишда маълумот йиғиш

Мустақил равишда режалаштириш

Биргаликда қарор қабул қилиш

Мустақил равишда амалга ошириш

Ўз—ўзини текшириш

Биргаликда умумий хулоса чиқариш

2.17-chizma. “Yo‘naltiruvchi matn” metodining tuzilmasi

Yo‘naltiruvchi matn” metodining bosqichlari:



  1. Muhandis-pedagog topshiriqlarni, tarqatma materiallarni va yo‘naltiruvchi savollarni ishlab chiqadi.

МА+САД:

ТОПШИРИ+ ТАЪРИФИ:

ЙЫНАЛТИРУВЧИ САВОЛЛАР:

ТАРҚАТМА МАТЕРИАЛЛАР

ЧИЗМАЛАР, СХЕМАЛАР




  1. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar, yo‘naltiruvchi savollar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar va “Yo‘naltiruvchi matn” tuzadilar.

  2. So‘ngra ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda “yo‘naltiruvchi matn” asosida ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalar va yordamchi vositalarni rejalashtirilishi lozim.

ЙЫНАЛТИРУВЧИ МАТН:

ИШ РЕЖАСИ





Иш

тартиби


Зарур былган

асбоблар


Ва =т



































































































  1. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Ta’lim oluvchilar bajariladigan ishlar ketma-ketligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar, muhandis-pedagog esa faqat maslahatchi sifatida ishtirok etadi.

  2. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda yakka tartibda yoki guruhlarda amalga oshiradilar. Bu bosqichda ta’lim oluvchilarning amaliy ko‘nikmalari shakllanadi. Muhandis-pedagoglar topshiriqning bajarilishini “Nazorat varaqasi”ga qayd qilib boradi.

БАҲОЛАШ ВАРАҚАСИ



Мезонлар

Ы=увчи Ф.И.Ш.









































































НАЗОРАТ ВАРАҚАСИ



Ы=увчи Ф.И.Ш.

Мезонлар









































































Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar va “Baholash varaqasi”ni to‘ldiradilar. “Baholash varaqasi”da sifat mezonlari, ya’ni talab etilgan me’yorlar beriladi va ular erishilgan natija bilan taqqoslanadi.

  1. Muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilar birgalikda ish jarayonini va erishilgan natijalarni yakuniy suhbat davomida tahlil qiladilar. Ushbu suhbatda barcha ta’lim oluvchilarning natijalari baholanadi va kelajakda ish jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.

“Yo‘naltiruvchi matn” metodi “Loyiha” metodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai nazar bo‘yicha farqlash mumkin:



  • “Yo‘naltiruvchi matn” metodi ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘rganishiga qaratilgan;

  • “Loyiha” metodi esa ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘rganishidan tashqari, e’tiborni kasb o‘rganishda kerak bo‘ladigan shaxsiy qobiliyatlar va ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan.

Yo‘naltiruvchi matn metodining afzalliklari:



  • ta’lim oluvchilarning ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga olib keladi;

  • ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi;

  • ta’lim oluvchilarda muloqot qilish, o‘z natijalarini o‘zi tekshirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;

  • ta’lim oluvchilarda ish-harakatlarni rejalashtirish, mustaqil qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Yo‘naltiruvchi matn metodining kamchiliklari:



  • ko‘p vaqt talab qiladi;

  • tanlangan mavzu ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;

  • ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.


Nazariy materiallar

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə