Toshkent moliya instituti «buxgalteriya hisobi, iqtisodiytahlil va audit»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#86537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Korxona buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi



 

O’ZBEKISTON 

 

RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI

 

 



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

 

 



 

«BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIYTAHLIL VA AUDIT»  

KAFEDRASI

 

 



 

«

Moliya va tahlil

»

 fanidan

 

 



KURS ISHI

 

MAVZU:

 

Korxona buxgalteriya balansi va uning 

tarkibiy tuzilishi

 

                                            

 

 

 

BAJARDI:          SST-51 guruh D.Zayayeva

 

TEKSHIRDI:      Ilmiy rahbar Xotamov Q.X. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

TOSHKENT-2022 


 

 

BO‘LIM BET 

 

BET 

2. Kirish. 

1-2 

1.Buxgalteriya balansi, uning tarkibi va tuzilishining mohiyati

 

3-19 

2.

Xo‘jalik

 yurituvchi subyektlarda buxgalteriya balansining 

tasniflanishi 

va uning amaliyotda qo‘llanilishi

 

20- 26 

3.Buxgalteriya balansi moddalarining turkumlanishi va ularning 

xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga ta’siri tahlili

 

27-34 

4.Xulosa

 

35-37 

5.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

 

38-40 

6.Ilovalar

 

40 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Reja: 

Kirish 

1.

 

Buxgalteriya balansi, uning tarkibi va tuzilishining mohiyati 

2.

 

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya balansining tasniflanishi 

va uning amaliyotda qo‘llanilishi 

3.

 

Buxgalteriya balansi moddalarining turkumlanishi va ularning xo‘jalik 

yurituvchi subyektlar faoliyatiga ta’siri tahlili 

4.

 

Xulosa 

5.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 

6.

 

Ilovalar 

 

 



 

 “Ilm-u fan shunday bir sohaki, qarib qolish, 



keksayish, safdan chiqib qolish kabi 

holatlar uning tabiatiga begonadir” 

Islom Karimov. 

 

KIRISH 

Respublikamiz mustaqillikka  erishganidan  

 

keyin 


  ilgarigi

 

iqtisodiy 



tizim o‘rniga 

  jahon standartlariga mos 

demokratik huquqiy davlatni barpo etish modeli tanlab olindi. Shuning uchun ham 

o‘tish davrida huquqiy asoslarni shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy 

bazasini 

mustahkamlash 

va 

  rivojlantirish 



vazifasi  qo‘yildi. 

Bugungi kunga kelib xuxusiy mulkka asoslangan mulkchilik shaklini isloh qilish 

hisobiga  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  negizini  yaratish  masalasi  ustuvor  yo‘nalish 

sifatida qabul qilindi. 

Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Mamlakatimiz 

iqtisodiyotini  yanada  rivojlantirish,  jahon  mamlakatlari  bilan  har  sohada 

raqobatlasha  oladigan  darajaga  yetkazish  eng  avvalo  har  birimizning  eng  oliy 

maqsadimiz bo‘lmog‘i lozim. Shunday ekan tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va 

shaxsiy  javobgarlik  har  bir  rahbarni –  bu  bosh  vazir  yoki  uning o‘rinbosarlari 

bo‘ladimi,  hukumat  a’zosi  yoki  hududlar  hokimi  bo‘ladimi,  ular  faoliyatining 

kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak”.

1

 



Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  “Iqtisodiy  islohotni 

amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini 

yaratishdan  iboratdir. Avval boshdanoq biz o‘zimiz uchun muhim saboq chiqarib 

oldik – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy 

hujjatlarni  qabul  qilmasdan  turib,  islohotlarni  amalga  oshirishning  ishonchli 

kafolatini, islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo‘lmaydi”.

2

 

 



1

 Sh.M.Mirziyoyev.  Vazirlar  Mahkamasining  kengaytirilgan  majlisidagi  ma’ruza,2017-y. 

14-yanvar T.:O’zbekiston, 2017-104 b. 

Karimov I.A. Ozod va obod vatan erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz, 8-jild. 



T.:O‘zbekiston, 2000.-76 b 


 

O‘zbekiston  Respublikasining  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  kadrlar 



potensialini iqtisodiy ta’lim va tarbiyasiga katta ahamiyat berilgan. Bugungi kunda 

talaba-yoshlar  berilayotgan  iqtisodiy  bilimlarni  egallash  bilangina  emas,  balki 

ularda  iqtisodiy  fikrlash  tarzining  shakllanishi  va  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

ulardan foydalana olish, bozor iqtisodiyoti modellarini tushunish, bozor aloqalari va 

talablarini anglash bilan o‘rganib borishi lozimdir. 

Xususan,  buxgalteriya  hisobining  ahamiyati  sifatida  xo‘jalik  yurituvchi 

subektlarda  hisob  tizimining  naqadar  to‘g‘ri  yuritilishi,  xo‘jalikning  iqtisodiy 

moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek 

iqtisodiy  ko‘rsatkichlarning  samaradorligini  aniqlash  hamda  nazoratini  o‘rganish 

bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi. 

Olib   borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  samarasi o‘laroq   mamlakatimiz 

buxgalteriya  tizimining  yanada  rivojlanishi,  xalqaro  andozalarga  moslashtirilishi 

va 

shu  asnoda O‘zbekiston  Respublikasi   “Buxgalteriya 



hisobi 

milliy 


standartlari”ning yaratilishi va amaliyotga keng joriy etilishini ta’kidlash lozim. 

Ammo, buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni yuritish bo‘yicha huquqiy- 

me’yorlar  va  standartlar  mavjud  bo‘lishiga  qaramasdan  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlarda  buxgalteriya  balansini  tuzish,  uni  yuritish  va ba’zi  bir balans 

moddalarida  sodir  bo‘luvchi  muomalalar  bo‘yicha  muammolarning  mavjudligi 

buxgalteriya tizimida hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masala hisoblanadi. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə