Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
 
 
 
 
 



MAJMUANING QISQACHA ANNOTATSIYASI 
 
O‘quv-uslubiy majmua
– Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavriat va 
magistratura ta’lim bosqichilarining O‘quv rejalarida aks etgan fanlar bo‘yicha professor-
o‘qituvchining dars jarayoniga o‘quv-uslubiy tayyorligini tasdiqlovchi eng muhim mezon
me’yoriy-uslubiy hujjatdir. 
Majmuaning asosiy maqsadi
– avvalombor fanning o‘qituvchisi, xuddi shuningdek 
talaba uchun, fanni har tomonlama sermazmun, chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda 
etkazish (talaba uchun – o‘zlashtirish) uchun yagona o‘quv-uslubiy va axborot-resurs 
manbaini yaratish hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura ta’lim 
yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u jumladan quyidagi tarkibiy tuzilishga ega: 

fanning me’yoriy-uslubiy ta’minoti,

fanning mazmuni va axborot-resurs ta’minoti,

fanni o‘qitishning interaktiv texnologiyalari,

talabalarning bilimini baholash uslubiyoti, 

qo‘shimcha elektron ta’lim resurslarini
o‘z ichiga olgan. 
Ilg‘or xorijiy tajriba bilan uzviylik. 
Mazkur majmua ilg‘or xorijiy tajribani keng o‘rganish, umumlashtirish va undan 
ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 20 aprelda imzolangan 
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»”gi qarorda “har bir 
oliy ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik 
aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy 
qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga 
xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb 
qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, 
yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni 
qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish”
1
vazifalari alohida ta’kidlangan. 
Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va 
tadqiqotlarning mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Dankin Universiteti, 
Massachusets Texnologiya instituti va Nyu-York Davlat Universiteti (AQSH), Oksford 
Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk Britaniya), 
Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (YAponiya), Kemyong 
Universiteti (Koreya Respublikasi), SHanxay Universiteti (XXR) va boshqa etakchi 
xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə