Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Yusupov. S



Yüklə 240,39 Kb.
səhifə3/13
tarix27.08.2023
ölçüsü240,39 Kb.
#120996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Malakaviy amaliyot daftari MMT 88 Rahimov Nodirbek

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: Yusupov. S._________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
"Agrobank ATB" mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
"Agrobank ATB" oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.

Aksiyadorlik tijorat «Agrobank»ning aksiyadorlari sifatida bir qancha nufuzli tashkilotlar va korxonalar o’rin olgan bo’lib, aksiyalar umumiy qiymatining 46,32%i O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot jamg’armasiga, 52,22%i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga, 1,37%i boshqa aksiyadorlar (yuridik shaxslar – 18407)ga, 0,09%i boshqa aksiyadorlar (jismoniy shaxslar-73083)ga va boshqalar.


Aksiyadorlik tijorat « Agrobank »ning o‘z mablag‘lar manbasi tarkibi shakllanishini va o‘zgarish dinamikasi tahlil qiladigan bo’lsak, o’z mablag’lari manbaasi bankning ustav kapitali, qo’shilgan kapital, zaxira(rezerv) kapitali va taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)dan iborat. Bank ustav kapitaliga to’xtaladigan bo’lsak, ustav kapitali to’laligicha milliy valyutamiz so’mda shakillantirilgan.



Yüklə 240,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə