Toshkent moliya instituti "moliya" fanidan


 Risk menejmentida boshqarish uslublari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix25.03.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#84720
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Мустақил таълим МОЛИЯ 2022

 

3. Risk menejmentida boshqarish uslublari 

Keyingi  yillarda  risklar  tadqiq  etilgan  qator  ilmiy  ishlarda  ularni 

minimallashtirishni  amalga  oshirish  borasida  ma‘lum  natijalarga  erishish 

ta‘kidlansada, mazkur jabhada hamon o‘z echimini kutayotgan qator muammolar 

mavjudligini  alohida  qayd  etish  lozim.  Xususan,  bu    jarayonda  risklarning 

mohiyati,  ularning  yuzaga  kelish  sabablari  va  o‘zaro  boqliqligi,  shuningdek, 

oqibatlarini 

kamaytirishga 

qaratilgan 

faoliyat, 

ya‘ni 

risk-menejment 



imkoniyatlarini  tadqiq  etish  dolzarb  mavzularidan  biri  hisoblanishini  qayd  etish 

o‘rinlidir.  

Risklarni  o‘rganish  jarayonida,  bir  tomondan,  risk  menejmenti 

imkoniyatlari  birmuncha  orttirib  ko‘rsatilishi  moliyaviy  risklar  nazariyasi 

yaratilishiga bo‘lgan talabni oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar 

―moliyaviy risk‖ tushunchasining mohiyati to‘laligicha ochib berilmaganligi, bu 

yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta‘kidlash lozim. 

  Risk -  moliyaviy kategoriyadir. Shuning uchun, risk darajasi va qiymati 

moliyaviy  mexanizmi  orqali  ham  ta‘sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Bunday  ta‘sir 

moliyaviy    boshqarish    texnik  yordami    va    maxsus    strategiyasi    bilan    amalga 

oshiriladi.  Birgalikda, strategiya va texnikada, ya‘ni,  risk menejment mexanizmi  

bir    hil    shakllantirish    tushuniladi.  Shunday    qilib,  risk  menejment,  moliyaviy 

menejmentni    bir    qismidir.  Risk    menejmentning  pirovard    maqsadi    foyda    va  

xavfni  optimal    darajada    bilish,  maqbul  nisbatda  foydani  qo‘lga  kiritishdan 

iborat.  

Obyektni boshqarish funksiyasi –  bu funksiyaning vazifasi riskning yuzaga 

kelishini,  qo‘yilgan  kapitalga  riskning  ta‘sirini  va  ta‘sir    doirasini  kamaytirish, 

aniqlashni,  riskni  sug‘urta  qilishni,  ishlab  chiqaruvchilar  subektini  iqtisodga 

munosabati va aloqasini ochib beradi. 

Subyektni  boshqarish  funksiyasi    –    bu  riskni  tahlil  qilish,  yo‘nalishlarini 

aniqlash, boshqarish, kamaytirish va nazorat vazifalarini bajaradi. 

Strategik  boshqarish  –  oldiga  qo‘yilgan  maqsadga,  yaxshi  qaror  qabul 

qilish  va  tanlangan  qaror  asosida  maqbul  hulosalar  chiqarish  orqali  muhim 

natijaga  erishish  tushuniladi.  Maqsadga  erishgandan  keyin  bu  strategik 

boshqarish o‘z kuchini yo‘qotadi va strategik boshqarishni yangi qarorini ishlab 

chiqishga to‘g‘ri keladi. 




 

Taktik  boshqarish  amaliyot  usuli  hisoblanib,  bu  menejmentning 

belgilangan  sharoitda  aniq  maqsadga  erishishi  tushuniladi.  Taktik  boshqarish 

vazifasi  deganda,  biznesda  riskni  boshqarishni  optimal  qarorlarini  yaratish 

tushuniladi. 

Risk menejmentining vazifalarini amalga oshirish uchun bilim, mahorat va 

tadbirkolik  zarur  bo‘ladi,  bu  esa  risk  menejmentida  strategik  uslubni  yaratishni 

talab qiladi. Risk menejmenti strategiyasi deganda biznesda aniqlangan va yuzaga 

kelishi  mumkin  bo‘lgan  riskli  munosabatlarni  tahlil  qilishni  va  uning  ta‘sir 

darajasini pasaytirish uslublarini yaratishni mahorat bilan boshqarish va baholash 

tushuniladi.  

Risk  menejmentining  strategik  muhitida  quyidagi  qonunlar  kiritilgan: 

maksimal  daromadga  erishish,  ehtimollikni  optimal  darajasini  aniqlash,  riskning 

ta‘sir doirasi va daromadning optimal darajasi o‘rtasidagi munosabat. 

Maksimal daromadga erishish  –  bu investor qo‘ygan o‘z  kapitaliga  ta‘sir 

qiluvchi  riskning  minimal  ta‘sir  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  daromad 

darajasini belgilashi tushuniladi. 

Ehtimollikni  optimal  darajasi  –  bu  riskni  oldini  olish  maqsadida  taklif 

qilingan  bir  qancha  usullardan  investor  uchun  eng  maqbul  uslubni  tanlash 

tushuniladi. 

Riskning  ta‘sir  doirasi  va  daromadning  optimal  darajasi  o‘rtasidagi 

munosabatda,  risk  menejmenti  kutilayotgan  daromadni  baholash  va  riskning  bu 

daromadga ta‘siri doirasidan kelib chiqqan holda o‘z kapitalini sarflashni davom 

ettirish yoki bu riskli munosabatdan chekinish tushuniladi. 

Risk menejment tizimi moliyaviy munosabatlar boshqaruv jarayonida kelib 

chiqadi. Risk menejment o‘z ichiga boshqarish strategiyasi va taktikasini oladi. 

Risk  menejment  strategiyasi  maqsadga  erishish  yo‘nalishini  belgilaydi  va 

vositalarni  to‘g‘ri  yo‘naltirishni  anglatadi.  Bu  yo‘nalishda  bir  qarorga  kelish 

uchun  ma‘lum  bir  qoidalar  va  cheklovlar  to‘plami  mavjud.  strategiya  barcha 

boshqa qabul qilingan variantlarni rad qilishga, yana bir marta o‘ylashga imkon 

beradi. Yangi maqsadlar yangi strategiyani ishlab  chiqish imkonini beradi. 

Taktika    –    aniq  maqsadlarning  aniq  echimidir.  Taktikaning  maqsadi  eng 

yaxshi  echim  va,  usullarni  tanlash  va  boshqarish  texnikasini  munosib  tanlash 

hisoblanadi.   

Risk  menejment  boshqarish  sistemasi  sifatida ikiita tizimdan iborat,  ya‘ni  

boshqariladigan  sistema (obyekti), va  boshqaradigan  sistema (subyekti). 

Risk  menejmenti  boshqaruv  obyekti  risklar,  risk  sarmoyasi  va  riskni 

amalga  oshirish  jarayonida  xo‘jalik  sub‘ektlari  o‘rtasida  iqtisodiy  aloqalar 

hisoblanadi.  Bu  iqtisodiy  aloqalar,  tadbirkorlar  (sherik,  raqib)  o‘rtasida  va 



 

boshqalar  sug‘urtalovchi  va  sug‘urtalanuvchi,  qarz  beruvchi  va  qarz  oluvchi 

o‘rtasidagi aloqalardir. 

Risk  menejmenti  boshqaruv  subyekti    -    (moliyaviy  menejeri,  sug‘urta 

mutaxassisi,  akvizitor  va  boshqalar)  odamlarning  bir  maxsus  guruh  deb  turli  hil 

texnik  va  ma‘muriy  ta‘sir  usullari  nazorat  obyekti  orqali  maqsadli  faoliyat  olib 

boradi. Ya‘ni nazorat obyekti, sub‘ektning ta‘sir jarayoni, o‘zini o‘zi boshqarish 

jarayoni amalga oshirilishi mumkin, agar faqat boshqaruv va nazorat qilish tizimi 

o‘rtasida  muayyan  axborot    aylanishi  sodir  bo‘lsa.  Agar  risk  sharoitida  harakat 

haqida  aniq  bir  qaror  qabul  qilish  imkonini  bermasa,  bu  sharoitda  etarli  va 

ishonchli ma‘lumotlar, muhim rol o‘ynaydi. 

Risk  menejment  axborot  ta‘minoti  har  xil  axborotlardan  iborat:  statistik, 

moliyaviy,  iqtisodiy.  Bu  ma‘lumotlar  ustida,  sug‘urta,  sug‘urta    xizmatlari,  shu  

jumladan,  tovar,  kapital,  moliyaviy    barqarorlik    va    ularning    mijozlari, 

hamkorlari,  raqobatchilar,  narxlar,  narxlar    va    xarajatlarini    to‘lovga  

qobiliyatlilik,  talabning    mavjudligi    va    kattaligi,  ehtimollar    bilimi,    sug‘urta  

shartlari, dividendlar va foizlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 

  Risk menejment asosiy qoidalari: 

 

o‘z kapitalidan ortiq risk qilish mumkin emas; 



 

risk qilish oqibatlari haqida o‘ylash kerak; 



 

kichik narsa uchun ko‘p risk qilish mumkin emas; 



 

ijobiy  qarorlar  faqat  ikkilanmasadn  qabul  qilinganda  qabul qilinadi;  



 

ko‘p ikkilangan hollarda salbiy qarorlar qabul qilinadi



 

har    doim    faqat    bir    echim    bor,  deb  o‘ylash    hato.  Balki    boshqa 



yechimlar ham bor. 

Birinchi  qoidaga  ko‘ra  investitsiyalar  bo‘yicha  qaror  qabul  qilishdan 

oldin quyidagilarni bajarish kerak: 

 



 


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə