Toshkent moliya instituti "moliya" fanidan


-rasm. Investitsiyalar bo‟yicha  qaror  qabul  qilish jarayoni



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix25.03.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#84720
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Мустақил таълим МОЛИЯ 2022

 

2-rasm. Investitsiyalar bo‟yicha  qaror  qabul  qilish jarayoni

2

 

 

Ikkinchi  qoidani  amalga    oshirish    uchun    moliyaviy  menejer  zararni 

maksimal darajada bilib, u nimaga  olib  kelishini  biladi, riskni oldindan  ko‘radi  

va riskdan voz kechishga  qaror  qilardi. Riskni  boshqa kishining javobgarligiga 

qo‘yadi. 

Uchinchi  qoida  riskni  sug‘urtaga  yuboradi. Bu xol  sug‘urta  mukofoti  

va sug‘urta summasi o‘rtasida maqbul nisbatni tanlash degan ma‘noni anglatadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

2

Islomqulov A.X., Sattorov B.K., Sharifxodjayeva K.U: ―Moliyaviy risklarni boshqarish‖.  –T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 



2017. 

 



 

XULOSA 

Korxonalar  moliyaviy  faoliyatini  samarali  tashkil  etish  va  ularning 

moliyaviy  barqarorligini  ta‘minlashda  risklarni  boshqarish  muhim  masalalardan 

biri  sanaladi.  Hammamizga  ma‘lumki,  hozirgi  kunda  ko‘plab  davlatlarning 

iqtisodiyotiga, xususan real va moliyaviy sektor korxonalar faoliyatiga risklarning 

mavjudligi  jiddiy  ta‘sir  ko‘rsatmoqda.  Albatta  buning  natijasida  korxonalar 

xo‘jalik  moliyaviy  faoliyatining  risklilik  darajasini  keskin  ortib  ketishini,  hatto 

ularning  bankrot  holatiga  tushib  qolishligini  ham  kuzatishimiz  mumkin  bo‘ladi. 

Bunday  sharoitda,  davlat  tomonidan  korxonalar  xo‘jalik-moliyaviy  faoliyatini 

tartibga  solish,  ularga  turli  imtiyozlar  berish  va  qo‘shimcha  moliyaviy  resurslar 

bilan  ta‘minlash,  korxonalarda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  risklarni 

kamaytirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada  mamlakatimizda  ham 

ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Fikrimizcha,  risk    -      bu    moliyaviy  kategoriya  bo‘lib,    kutilishi  mumkin 

bo‘lgan omad yoki xatar, ya‘ni ko‘zlangan foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan 

umid  qilish  yoki  ko‘p  mablag‘larning  yo‘qotilishi  ehtimolliklari  bo‘lib,  u 

qandaydir holatlar, omillar ta‘sirida kutiladigan foydaning pasayishi, ortishi yoki 

yo‘qotilish ehtimolida namoyon bo‘ladi.  Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, risk 

bu,  korxonalarda  rejalashtirilgan  miqdorlarda  daromad,  foydani  ololmaslik  yoki 

zarar ko‘rish ehtimolligidir.  

Risklarni  kichik  biznes  korxonalari  foydasiga  ta‘sirini  baholash  va 

kamaytirish  maqsadida  risklarning  turli  belgilari  bo‘yicha  tasniflash  muhim 

ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes korxonalari joriy va uzoq muddatli vazifalarni 

amalga  oshirishlarida  qator  risklarga  duch  keladilar.  Shuning  uchun  risklarning 

tabiati va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir.  

Risk  turlarining  deyarli  barchasi    korxonalari  moliyaviy  ko‘rsatkichlariga 

ta‘sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog‘ida o‘z faoliyatini yuritishiga 

qarab, risklar ta‘siri darajasi ham o‘zgarishi mumkin. 

Ko‘plab  xorijiy  va  mamlakatimizdagi  chop  etilayotgan  iqtisodiy 

adabiyotlarda  risklarning  bir  necha  xil  turlari  sanab  o‘tilgan.  Risklarini 

boshqarishni  samarali  tashkil  etish  ularni  muayyan  belgilari  bo‘yicha  aniq 

guruhlarga  bo‘lishga  bog‘liq.  Risklarning  ilmiy  asoslangan  tasnifi  ularni  har  

birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash imkonini beradi.  

Xulosa  o‘rnida  aytish  mumkinki,  iqtisodiyotni  rivojlanish  tsiklining    har  

qanday  bosqichida  ham  korxonalarda  riskni  samarali  boshqarish  dolzarb 

hisoblanadi. Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy siyosatini ishlab chiqishda 

riskni  boshqarishga  alohida  e‘tiborni  qaratish  lozim.  Korxonada  riskni 

boshqaruvchi menejerlar yuksak mahorat, nazariy bilimlarning mukammalligi va 

chuqur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.  



 


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə