Quyidagilarning qaysi biri moliyaviy munosabatlarning sohalari tarkibiga kirmaydi?
#Xalqaro moliya
Davlat budjeti – bu...
#davlatning funksiya va vazifalarini amalga oshirishning moliyaviy ta’minotiga xizmat qiluvchi asosiy markazlashgan pul fondi
Iqtisodiy siyosat tarkibiga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi?
#Ta’lim siyosati
Davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisi - bu......................
#Moliyaviy siyosat
Moliyaviy siyosatning vazifalari tarkibiga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi?
#Taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzish
Moliyaviy siyosatning bo‘g‘inlari tarkibiga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? ====
#Joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
Moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshirish – bu.................
#moliyaviy taktika
Ma’lum maqsadga erishish uchun moliya munosabatlariga ta’sir etishning usul va uslublari yig‘indisi – bu.........................
#moliyani boshqarish
Maxsus shakl va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig‘indisi – bu..................
#moliyaviy nazorat
Moliyani boshqarishning obyekti nima hisoblanadi?
#Moliyaviy munosabatlar
Moliyani boshqarishning subyektlari kimlar hisoblanadi?
#Boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzulmalar
Dostları ilə paylaş: |