Тошкент молия институти


Sotuv rentabelligi quyidagicha hisoblanadi



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə6/7
tarix31.12.2021
ölçüsü2,55 Mb.
#81551
1   2   3   4   5   6   7
3 mavzu

Sotuv rentabelligi quyidagicha hisoblanadi:

ROS = N1 / NS x 100% (1)

bu yerda: NI – sof foyda, so‘m;

NS – barcha sotuv turlaridan tushum (netto), so‘m.



Aktivlar rentabelligi formulasi korxona faoliyati samaradorligini belgilab beradigan moliyaviy ko‘rsatkichni aniqlashga imkon beradi. Davr uchun aktivlar rentabelligini (Return on Assets – ROA) bilib olish uchun istalgan tanlangan davr uchun sof foydani xuddi shu vaqt darvi uchun aktivlar o‘rtacha miqdoriga bo‘lish yoki muayyan sanaga hisoblab chiqish mumkin. ROA – Dyupon modeli elementlaridan biridir.

ROA = P / A (2)

bu yerda: P – davr uchun foyda; A – davr uchun aktivlar o‘rtacha ko‘rsatkichi.

O‘z (aksiyadorlik) kapitali rentabelligi (Return on equity, ROE) – korxonaning o‘z kapitali bilan taqqoslaganda sof foyda ko‘rsatkichi. O‘z kapitali rentabelligi quyidagicha topiladi:

ROE = Sof foyda / o‘rtacha yillik aksiyadorlik kapitali*100% (3)

Xarajatlar rentabelligi mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflangan har bir so‘mdan korxona qancha foyda olishini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich butun korxona bo‘yicha ham, uning alohida bo‘linmalari yoki mahsulot turlari bo‘yicha ham hisoblab chiqilishi mumkin. Xarajatlar rentabelligi quyidagi formulasi orqali hisoblanadi:

ROCS = Soliqqa tortishgacha bo‘lgan foyda / Sotilgan tovarlar to‘liq tannarxi x 100% (4)

Aylanma aktivlar rentabelligi (Return on Current Assets – RCA) korxonanig foydalanilayotgan aylanma vositalarga nisbatan yetarli hajmda foydani ta'minlash borasidagi imkoniyatlarini namoyish etadi. Ushbu koeffisient qiymati qanchalik yuqori bo‘lsa, aylanma vositalar shunchalik samarali foydalaniladi. U quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

RCA = sof foyda / joriy aktivlar * 100% (5)

Aylanmadan tashqari aktivlar rentabelligi (Rate of Fixed Assets – RFA) korxonaning asosiy vositalarga nisbatan yetarli hajmda foyda olishni ta'minlash qobiliyatini namoyish etadi. Ushbu koeffisient ko‘rsatkichining yuqori ekanligi asosiy vositalardan samarali foydalanish va asosiy kapitalga yangi investisiyalarning o‘zini qoplash muddat kichik ekanligidan dalolat beradi.

Aylanmadan tashqari aktivlar rentabellik koeffisientini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:

RFA = sof foyda / uzoq muddatli aktivlar * 100% (6)

Investisiyalar rentabelligi koeffisienti (Return On Investment, ROI) – investisiya qo‘yilmalari daromadliligini tavsiflaydigan moliyaviy ko‘rsatkich. U boshlang‘ich investisiyalardan qanday foyda olinganini ko‘rsatadi, ya'ni olingan foyda va boshlang‘ich qo‘yilmalar miqdori o‘rtasidagi nisbatdir. ROI koeffisienti va uning darajasi kompaniya muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanmaydi, chunki ayrim tezkor oqimlar (masalan, qarz kapitali moliyaviy qo‘yilmalari va boshqalar) bilan bog‘liq vaziyatlarni aks ettirmaydi, lekin shunga qaramay, asosiy tezkor aylanma samaradorligi yetarli darajada yaqqol aks ettirilgan. ROI qiymat 100%dan katta bo‘lganda loyiha foydaliligini yoki qiymat 100%dan kichik bo‘lganda korxonaning zarar ko‘rishini foiz nisbatida aks ettiradi. ROI aktivlarga ixtiyoriy investisiyalar foydaliligini tahlil qilishning umumlashtirilgan formulasini ifodalaydi. U quyidagi ravishda hisoblanadi

bu yerda: foyda – aktivga egalik qilish vaqtida olingan daromadlar;

xarid narxi – aktiv u bo‘yicha xarid qilingan narx;

sotuv narxi – egalik qilish muddati tugagach,

aktiv u bo‘yicha sotilgan (yoki sotilishi mumkin bo‘lgan) narx.

-6,5


Соф молиявий кўр-саткичлар қаторига абсолют ва муддатли ликвидлик коеффициент-ларини киритиш мумкин бўлиб, улар ёрдамида ХЮС нинг по-тенциал тўлов қобилияти баҳоланади:

Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffisientlarini kiritish mumkin bo‘lib, ular yordamida XYuS ning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi:

Bu yerda;

Kabs - absolyut likvidlik koeffisienti:

Kmud – muddatli likvidlilik koeffisienti;

P – hisob-varaqdagi va XYS kassasidagi pullar;

QQ – lkvidli qimmatli qog’ozlar;

DQ – mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari;

Mkm – XYSning qisqa muddatli majburiyatlar;


Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə