Toshkent moliya instituti



Yüklə 441,17 Kb.
səhifə1/11
tarix07.06.2022
ölçüsü441,17 Kb.
#88961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Режа-5(1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI
ELEKTRON TIJORAT YO’NALISHI

BET-60 GURUH TALABASI

“XALQARO QIMMATLI QOG’OZLAR TURLARI BO’YICHA SAVDO JARAYONLARI ” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI

Reja:
Kirish


1. Moliya bozoring iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari va ularning tasnifi
2. Moliya bozorlari va ularning rivojlanish bosqichlari tahlili
3. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda moliya bozorining nazariy jihatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari
Xulosa

Kirish
Hozirgi davrda moliya bozorining jahon iqtisodiyotidagi oʻrni va ahamiyatini tоʻgʻri tushungan holda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivojlantirishga jiddiy e‟tibor qaratilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga e‟tibor qaratilsa, moliya bozori mamlakat iqtisodiyotining oʻsishida muhim oʻrin tutayotganligini koʻrish mumkin.
Hozirgi kunda moliya bozori iqtisodiyotni rivojlanganligi amaliyotining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish va buning natijasida korporativ tuzilmalarda davlat ulushini kamaytirish muhim masala hisoblanadi. Bu borada albatta mamlakatimizda bir qancha chora tadbirlar olib borilmoqda, chunki albatta moliya bozorini yaxshi yo‘lga qo‘ymasdan jahon bozori va dunyoda rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar oldida o‘z o‘rnini topish murakkab masaladir.
Moliya bozori iqtisodiy tizimda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu iqtisodni boshqaradigan vositadir, ortiqcha birliklar defitsit birliklari bilan uchrashadigan va har xil moliyaviy kelishuvlarni muhokama qiladigan platformalardandir. Moliya bozorini rivojlantirishning maqsadi, moliyaviy bozorning vositachi sifatida samarali ishlash imkoniyatini oshirishdir. Samarali moliya bozorida to‘g‘ri risklar va imkoniyatlar, ya'ni taklif tomonida bo‘lgan, aktivlar talabining barcha sinflarini qondirish uchun emitentlarning tanlovini taklif qiluvchi keng miqyosli moliyaviy vositalar, kredit xatarlari va boshqalar mavjud. Talab tomonda har xil investorlarning turli xil xavf-xatar bilan birga katta miqdorda investitsiya talabi bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, emitentlar va investorlar o‘rtasidagi xilma-xillik odatda bozorning yaxshi rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa moliyaviy aktivlarni faol almashinuviga olib keladi. Yuqori likvidli moliya bozori eng kam narx ta'sirida katta hajmdagi va turli xil moliyaviy vositalarni berishga qodir. Bu yerda moliyaviy vositalar tezda o‘rtacha narxlarda almashinishi mumkin. Samarali kliring va hisob
kitob qilish tizimi tranzaktsion xarajatlarni kamaytirishga yordam beradigan asosiy omil hisoblanadi1.
Bugungi kun iqtisodiyotida real sektor singari moliyaviy sektor ham alohida dolzarblik kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyotida va bugungi darajaga erishishlarida moliya bozori shak-shubhasiz muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real sektorni moliyaviy taʼminlash, boʻsh pul mablagʻlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish, yangi sohalarni oʻzlashtirish, davlat byudjeti defitsitini noinflyatsion yoʻllar bilan mablagʻ jalb qilish orqali qoplash, aholi daromadlarini moliyaviy aktivlar orqali oshirish kabilar alohida ahamiyat kasb etadi. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlashtirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham moliya bozorini rivojlashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilganligi ham yuqoridagilar bilan bevosita bogʻliq.
Davlat moliyasini boshqarishda va korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash faoliyat davomiyligiga xizmat qilsa, moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanish korporativ tuzilmalar faoliyat samaradorligi o‘sib borishini ta’minlaydi. Bunda moliya bozori orqali moliyaviy resurslar jalb qilish masalasiga bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida e’tibor qaratiladi.



Yüklə 441,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə