Toshkent moliya instituti


-rasm. Moliya bozorining tarkibiy qismlari



Yüklə 441,17 Kb.
səhifə3/11
tarix07.06.2022
ölçüsü441,17 Kb.
#88961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Режа-5(1)

1-rasm. Moliya bozorining tarkibiy qismlari

Bozor qatnashchilari
Moliya bozorini bevosita xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida hamda moliyaviy aktivlar bilan savdo amalga oshiriladigan bozor institutlari yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.


4
2-rasm. Moliya bozori qatnashchilari

Moliya bozorida asosiy vositachilar rolida tijorat banklari, birjalar, jamg‘arma institutlari, jamoaviy investitsiyalash kompaniyalari va boshqalar ishtirok etadi. Ularning barchasi, alohida operatsiyalarni bajargan holda, kapital egalari va undan foydalanuvchilarni birlashtirishga yordam beradi.




3-rasm. Moliya bozorida vositachilar turlari

Bozor vositalari


Moliya bozorini ushbu bozorda muomalada bo‘ladigan «tovarlar» yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Moliya bozorida moliyaviy vositalar muomalada bo‘ladi. Moliyaviy
vositalar tushunchasi Moliya hisoboti xalqaro standartlarida berilgan5.
Moliyaviy vositabu shunday shartnomaki, uning natijasida bir
korxonada moliyaviy aktiv va boshqa korxonada – moliyaviy majburiyat yoki ulush vositasi paydo bo‘ladi.
Moliyaviy vositalar bozor qatnashchilari o‘rtasidagi bitimlar natijasida vujudga keladi. Bitim qatnashchilaridan birida moliyaviy aktiv yuzaga kelgan holatda ikkinchi qatnashchida moliyaviy aktiv bo‘yicha talablarni ijro etish uchun xizmat qiladigan majburiyat yuzaga kelishi muqarrar. Shunday qilib, moliyaviy aktiv moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar talab qilish huquqini beradi, moliyaviy aktivlar summasi moliyaviy majburiyatlar summasiga teng bo‘ladi, moliyaviy vositalar esa ularni aks ettirish shakli hisoblanadi.
Misol uchun, aksiya uning egasi (investor) uchun moliyaviy aktiv, uni chiqargan shaxs (emitent) uchun esa – majburiyat hisoblanadi. Emitent aksiya egasiga quyidagi huquqlarni taqdim etishi lozim:
– boshqaruvda ishtirok etish;
dividend olish;
– kompaniya tugatilgan paytda uning mulkini bir qismini olish.
Moliyaviy aktiv – tashkilot yoki fuqaroga tegishli bo‘lgan mulkiy
huquqlar yig‘indisi:
– pul (so‘m, valyuta);
– tijorat va fond qimmatli qog‘ozlari;
– sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlarining so‘zsiz dalolatini
ifodalaydigan qimmatli qog‘ozlar;
– quyma holatdagi qimmatbaho metallar;
– ko‘chmas mulk ob’ektlari;
– hosilaviy moliyaviy vositalar.
6

Yüklə 441,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə