Toshkent moliya instituti


Moliya bozorlari va ularning rivojlanish bosqichlari tahlili



Yüklə 441,17 Kb.
səhifə5/11
tarix07.06.2022
ölçüsü441,17 Kb.
#88961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Режа-5(1)

2. Moliya bozorlari va ularning rivojlanish bosqichlari tahlili
Turli mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanish tarixi8. Angliyada sanoat inqilobi ro‘y berganidan so‘ng uning iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Yirik loyihalarni (fabrika va yo‘llar qurish, savdo kemalarini jihozlash bo‘yicha) moliyalashtirish uchun esa yirik mablag‘lar zarur bo‘lib,buni banklar doim ham ta’minlab bera olmagan. Bundan tashqari, bank uchun loyihani moliyalashtirish bo‘yicha to‘liq riskni o‘z zimmasiga olish foydali bo‘lmagan (agar kemani qaroqchilar ursa yoki yangi stanoklar o‘rnatilgan fabrika ishlamasa, bunda nima bo‘ladi?). Shu sababli tarixan bunday loyihalar savdogarlar, hunarmandlar va hattoki bo‘sh mablag‘lari bo‘lgan cherkovlar tomonidan ulush asosida moliyalashtirilgan. Shu tariqa mablag‘larni bozordan jalb qilish modeli shakllangan. Masalan, Amerikada fuqarolar urushidan keyin temir yo‘llar tez sur’atlar bilan qurila boshlagan bo‘lib, bu ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali xususiy investorlarning mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilgan va shunday ekan, qimmatli qog‘ozlar bozori – ularni qayta sotish mumkin bo‘lgan birjalar paydo bo‘lgan.
Boshqa mamlakatlarda (masalan, Germaniyada, dengizga chiqish yo‘liga ega
bo‘lmagan mamlakatlarda, agrar mamlakatlarda) esa yirik banklar azaldan tadbirkorlarni moliyalashtirib kelgan va agar bitta bankning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, ular vaqtinchalik birlashgan va zarur miqdordagi mablag‘larni ta’minlay olgan. Bu mamlakatlarda loyihalar ko‘lami Angliya va Amerikadan kichik, shu sababli banklar bunday kapitalni markazlashtira olgan.
Turli mamlakatlarda moliya va iqtisodiyot turli surʼatlar bilan va turli sxemalar boʻyicha rivojlanganligi sababli dunyo boʻyicha tarixan moliya bozorlarining ikkita asosiy modeli shakllangan – banklarga asoslangan va qimmatli qogʻozlarga asoslangan moliya bozorlari (baʼzida ular insayderlik 9va autsayderlik modellari , nemis va ingliz modeli deb ham ataladi).
Keyinchalik (moliya sxemalari va munosabatlari xilma-xilligining rivojlanishi bilan) bozorning islom modeli ham vujudga keldi.
1. Bank modeli (boshqacha nomlari: bank based financial system, kontinental, insayderlik, nemis modeli) – banklar tomonidan moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan tizim; Germaniya, Fransiya, Yaponiya kabi dunyoning koʻplab mamlakatlari uchun xos. Asosiy jihatlari:
– moliyaviy vositachilar (brokerlar, dilerlar) funksiyasini tijorat
banklari bajaradi;
– kreditlash mexanizmlari orqali kompaniyalarni qarz hisobiga
moliyalashtirish ustunlik qiladi;
– mulkning katta miqdordagi ulushi shaxslar guruhi qoʻlida mujassam topgan boʻlib, bunda davlat va yirik korporativ strukturalar – “stakeholder capitalism” (“aksiyalar yirik paketlari egalari” kapitalizmi) mulkining ulushi yuqori;
– qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha joylashtirish yopiq xarakterga ega boʻladi;
– aksiyadorlik kapitali tarkibida nazorat paketlari va vertikal ishtirok katta ahamiyatga ega;
– kam sonli chakana aksiyadorlar (kapitalning 1% dan ham kamiga ega) va ularning manfaatlarini ifodalaydigan mulk strukturasidagi jamoaviy investitsiyalash institutlari.
2. Nobank modeli (boshqacha nomlari: market based financial system, autsayderlik, ingliz-amerika modeli) – qimmatli qogʻozlar bozoriga va institutsional investorlar (sugʻurta kompaniyalari, investitsion va pensiya
fondlari) tizimiga yoʻnaltirilgan tizim. Asosiy jihatlari:
– qimmatli qogʻozlar bozorida moliyaviy vositachilar funksiyasini nobank moliya institutlari, qimmatli qogʻozlar boʻyicha kompaniyalar bajaradi;
– banklar va ularning shoʻba kompaniyalariga qimmatli qogʻozlar bozorida mijozlar uchun operatsiyalar amalga oshirish taqiqlangan;
– qimmatli qogʻozlar asosan birja mexanizmlari orqali koʻp sonli mayda mulk egalari qoʻlida joylashtiriladi;
– aksiyalarga mulkchilik strukturasi – chakana, aksiyadorlik kapitalining yarmidan koʻpi mayda xususiy investorlar qoʻlidan oʻrin olgan;
– birjalar xususiy investorlar oʻrtasida moliyaviy aktivlar almashinishi roʻy beradigan bozorlar sifatida rivojlangan;
– aksiyalar bozori kompaniyalarni moliyalashtirish strukturasida qarz majburiyatlaridan ustunlik qiladi (“shareholder capitalism”).
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida Yevropaning koʻplab mamlakatlarida moliya bozorlari ingliz-amerika modeli jihatlariga ega boʻla boshladi, kontinental va ingliz-amerika moliya bozori modellarining asta-sekinlik bilan bir-biriga yaqinlashuvi, oʻxshashib ketishi roʻy bermoqda. 10
3. Islom modelida axloqiy qadriyatlarning moddiy va iqtisodiy neʼmatlardan ustunligi taʼkidlanadi. Ushbu tizimning vujudga kelishi XX asr oʻrtalari va yakunida arab davlatlarida neft eksportidan katta miqdorda daromad yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Shunda bu daromadlarni qayerda va qanday saqlash masalasi vujudga keldi. Bu paytgacha, tushumlar kichik boʻlgan vaqtlarda arab davlatlari hukumatlari oʻz mablagʻlarini anʼanaviy banklarda, yaʼni foizlar bilan ishlaydigan banklarda saqlar edi. Taʼkidlash joizki, hatto islom davlatlarida ham ikki xil turdagi banklar – anʼanaviy banklar va islomiy banklar mavjud, yaʼni bir vaqtning oʻzida parallel ravishda ikkala tizim mavjud hisoblanadi.
Asosiy jihatlari:
– Foiz olishning taqiqlanishi. Biroq bu taqiq faqat bank uchun kafolatlangan daromadlarga taalluqli. Kreditor qarz oluvchidan mukofotga daʼvo qilish huquqiga ega, biroq bu istalgan holatda ham toʻlanadigan foiz stavkasi koʻrinishida kelishib olinmasligi lozim, balki kreditorning qarz oluvchi daromadlarida ulush asosidagi ishtirokini ifodalaydi. Loyiha ziyon koʻrgan holatlarda kreditdan foydalanish uchun toʻlov nolga teng boʻlishi mumkin.
– Ijara va ulush asosidagi ishtirokdan daromad olinishi mumkinligi.
- Obligatsiyalar bozori yoʻqligi. Biroq, islom modelida obligatsiyalarning oʻziga xos shakli – sukuk keng tarqalgan boʻlib, bunda birgalikda moliyalashtiriladigan loyihada ulush asosida ishtirok etishdan daromad olish koʻzda tutiladi.
– Qimor oʻyinlari bilan bogʻliq biznesga yoki nomunosib xulq-atvorni ragʻbatlantiradigan biznes, masalan, spirtli ichimliklar ishlab chiqarishga mablagʻlar investitsiya qilishning taqiqlanishi.
– Har qanday shakldagi chayqovchilikning taqiqlanishi, bozorda hosilaviy moliyaviy vositalar yoʻqligi (masalan, Gʻarb mamlakatlarida odatiy ish sanalgan hali yetishtirilmagan bugʻdoy hosilining sotilishi).
– Kambagʻal va nochorlarga yordam berish tamoyillari. Har bir islomiy bank oʻzi (soliq bankning boshlangʻich va zaxira kapitali va uning foydasidan olinadi) va uning mijozlari 2,5% miqdorida kambagʻal musulmonlar foydasiga zakot toʻlovlari oʻtkazadigan jamgʻarma tashkil qilishi lozim. Autsayderlik, anglo-amerika modeli kabi nomlar bilan ham ataluvchi nobank modeli – qimmatli qog’ozlar bozoriga yo’naltirilgan va institutsional investorlar (sug’urta kompaniyalari, investitsiya va pay fondlari) tizimidir. Mazkur modelning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
- qimmatli qog’ozlar bozorida moliyaviy vositachilar funksiyalarini nobank
moliyaviy institutlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha tashkilotlar (birjalar, vositachilik tashkilotlari va hokozolar) bajaradi;
- banklar va ularning filiallari yoki vakolatxonalariga qimmatli qog’ozlar
bozorida mijozlar uchun operatsiyalarni amalga oshirishlari taʼqiqlangan;
- qimmatli qog’ozlar asosan ko’plab mayda mulkdorlar o’rtasida birja
mexanizmlari orqali joylashtiriladi;
- aksiyadorlik kapitali tarqoq bo’lib, mayda xususiy investorlar ulushi
aksiyadorlik kapitalining 50 foizidan yuqorini tashkil etadi;
- xususiy investorlar o’rtasida moliyaviy aktivlar savdosi uchun bozor
sifatida fond birjalarning rivojlanganligi;
- kompaniyalarni moliyalashtirishda qarz majburiyatlariga nisbatan aksiyalar
bozorining ustunlikka egaligi.
XX asr oxiri – XXI asr boshiga kelib ko’plab Yevropa mamlakatlari moliya
bozorlari anglo-amerika modeli xususiyatlarini o’zlashtira boshladilar. Natijada
moliya bozorining anglo-amerika va kontinental modellari o’zaro yaqinlashuvi yuz
berdi.
Moliya bozorining islom modeli asosan moddiy manfaat, iqtisodiy foydadan
oldin axloq qadriyatlari ustunligiga asoslanadi. Bu tizim XX asr oxirlarida arab
davlatlarida neft eksportidan yuqori daromadga bog’liq holda shakllangan. Aynan neft eksporti bo’yicha yuqori daromad tufayli kelib tushgan pul mablag’larini
qanday saqlash masalasi yuzaga kelgan. Bungacha tushumlar miqdori past
bo’lganligi sababli, mablag’lar anʼanaviy banklarda saqlanar edi. Islom modelining
asosiy xususiyatlari quyidagilar:
- foiz undirishga ta’qiq mavjudligi. Lekin bunday ta’qiq faqat banklar uchun
daromadlar kafolatgan holda amal qiladi;
- ulush asosida ishtirok etishdan yoki ijaradan daromad olish imkoniyatlari;
- obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi. Lekin obligatsiyaning maxsus
turi loyihani moliyalashtirishdagi ulushi asosida daromad olish imkonini berish
orqali amal qiladi.
- azart o’yinlari, alkogol mahsulotlari ishlab chiqar ish bilan bog’liq biznesga
investitsiyalar kiritishga ta’qiq qo’yilganligi;
- hosilaviy moliyaviy instrumentlarning mavjud emasligi. Masalan, pishib
yetilmagan bug’doy uchun ham hosilaviy instrumentlar qo’llanilishi mumkin
emas;
- nochorlarga yordam prinsiplari amal qilishi. Bunda har bir islom banki va
uning mijozlari zaxira kapitali va foydasi hisobidan kambag’al musulmonlar
foydasiga islom solig’i ajratish asosida maxsus fond tashkil etadi.
Umumiy holda ta’kidlash mumkinki, moliya bozori modellari ma’lum
darajada korporativ madaniyatga ham bevosita bog’liq.



Yüklə 441,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə