Toshkent moliya instituti



Yüklə 441,17 Kb.
səhifə7/11
tarix07.06.2022
ölçüsü441,17 Kb.
#88961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Режа-5(1)

Monotsentrizm
Monotsentrizm – bozorni markazlashtirish, birjalar va moliyaviy institutlar sonini kamaytirishga intilish. Moliya bozori monotsentrizmi yetakchi birja guruhlarining o‘shilishi,
birja xolding guruhlari tashkil etilishida namoyon bo‘ladi. Texnologiyalarning rivojlanishi, savdoni tashkil qilish xarajatlarining ortishi va mamlakatlar o‘rtasidagi to‘siqlarning yo‘q bo‘lib ketishi tufayli jahon bozorida raqobatning kuchayishi ro‘y berdi, bu esa birja institutlari o‘rtasida qo‘shib olish va birlashish jarayonlarining keng tarqalishiga olib keldi.
Birjalar va birja maydonlarining birlashuvi bitta mamlakat miqyosi bilan chegaralanib qolmaydi: ushbu jarayon transchegaraviy o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirgan holda xalqaro darajada ham tarqalmoqda. Misol tariqasida 2000 yil Parij, Bryussel va Amsterdam birjalari negizida tashkil etilgan, keyinchalik yana bir nechta birja maydonlari qo‘shilgan Euronext birjasini keltirib o‘tish mumkin. 2007 yil Euronext va NYSE Group birlashuvi ro‘y berdi.
NASDAQ OMX guruhining shakllanishi ham muhim bir hodisaga aylandi.
Birjalarning qo‘shilishi tez rivojlanayotgan mamlakatlarni ham chetda qoldirmadi. 2008 yil BOVESPA xoldingi Braziliya tovar va fyuchers birjasi (BM&F) bilan qo‘shildi. Ushbu bitim Lotin Amerikasidagi dastlabki shunday bitimlardan biri bo‘ldi. 2010 yil BM&FBOVESPA strategik investitsiyalar jalb qilish maqsadida SME Group bilan strategik hamkorlik haqida e’lon qildi.
Dezintermediatsiya
Dezintermediatsiya (ingl. disintermediation)– bu banklarning ssuda kapitali bozoridagi vositachiligidan voz kechib, fond bozorida kapital jalb qilish bevosita emitentlar tomonidan amalga oshirilishi. Bunda fond bozori rivojlanadi.
Dezintermediatsiya deganda bank vositachilarining kapitalni qayta taqsimlashdagi rolining pasayishi tushuniladi. Moliya bozorining o‘zgarishi kompaniyalar uchun bank kreditlari olishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bozorida resurslar jalb qilishni yanada jalb etuvchan qilib qo‘ydi. Oqibatda banklarning bozordagi roli pasayib, biznesni moliyalashtirishning turli murakkab sxemalariga o‘z o‘rnini bo‘shatib bera boshladi.

Yüklə 441,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə